QARIQIZ–ARCTIUM LAPPA L. O'SIMLIGINING QORAQALPOQSTON SHAROITIDAGI BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Full text
533 QARIQIZ–ARCTIUM LAPPA L. O‘SIMLIGINING QORAQALPOQSTON SHAROITIDAGI BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI Xalmuratov Polat, Qoraqalpoq davlat universiteti, dorivor o‘simliklar agroekologiyasi va introduksiyasi kafedrasi professori, (E-mail): [email protected] Sultonova Omongul 2-kurs magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17753381 Annotaciya: Maqalada Qaraqalpaqstan sharayatında mádeniy túrde óstirilgen Arctium lappa. L ósimliginiń pregenerativliq, postgenerativliq hám generativliq paqalınıń bioekologiyalıq qásiyetleri keltirilgen. Аннотация: в статье приведены биоэкологические особенности произрастания в культуре. А так же морфометрическая характеристика прегенеративных и постгенеративных, генеративных особей по Arctium lappa L. в условиях Каракалпакстана. Abstract: The article presents the bioecological features of growth in culture. It also provides a morphometric description of generative and postgenerative individuals of Arctium lappa L. in the conditions of Karakalpakstan. Qariqiz (Arctium lappa L.) O‘zbekistonning turli hududlarida oddiy begona o‘t sifatida o‘sadi. Ammo Qoraqalpog‘iston sharoitida u uchramaydi, chunki “Qoraqalpog‘iston va Xorazmning yuqori o‘simliklarini aniqlash qo‘llanmasi”da bu tur keltirilmagan [3]. Qoraqalpog‘iston sharoitida Arctium lappa L. turi bo‘yicha hozirgacha hech qanday tadqiqot olib borilmagan. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston hududida kiritilgan qariqizning biologik va ekologik jihatdan dorivor qiymatini o‘rganish, uni dorivor o‘simlik xomashyosi sifatida oqilona foydalanish imkoniyatlarini aniqlash juda dolzarb masalalardan biridir. O‘simliklarning dorivor xususiyatlari va ahamiyatini inobatga olgan holda, biz 2023–2025 yillarda Qoraqalpog‘iston sharoitida qariqiz o‘stirilishini kuzatdik. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: — Qariqiz–Arctium lappa L. turining Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuproqiqlim sharoitida introduksiya qilingan namunalarining bioekologik xususiyatlarini o‘sish dinamikasi va yer ustki organlarining morfologik ko‘rsatkichlarini o‘rganish; Tadqiqot usullari: Tadqiqotda biologik, ekologik, botanika va statistik usullar qo‘llanildi. Hisob-kitoblar va kuzatuvlar I.N. Beydeman va B.A. Dospexov metodikalari asosida olib borildi[2, 3].
534 Tajriba joyi: Tajriba ishlari Qoraqalpoq davlat universitetining tajriba maydonida olib borildi. Tadqiqot obyekti sifatida tanlangan Arctium lappa L. o‘simliklari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika bog‘idan olingan urug‘lardan yetishtirildi. Ekish usuli: Urug‘lar 20×20 sm, 30×30 sm va 40×40 sm sxemalar bo‘yicha ekildi. Ekin ekish aprel oyining uchinchi o‘n kunligida amalga oshirildi. Ekishda mayda qora urug‘lar ishlatildi. Urug‘lar 1,0–1,5 sm chuqurlikka ekildi. Sug‘orishdan keyin nihollar 8–10 kundan so‘ng +20...+22°C haroratda unib chiqdi. Nihollar paydo bo‘lgandan 4 kundan keyin urug‘pallali barglar chiqdi. Urug‘palla barglarining saqlanish davri 7–10 kun davom etdi. O‘simliklar ontogenezning dastlabki bosqichlarida juda sekin o‘sish va rivojlanish sur’atlariga ega bo‘ladi. Birinchi yilda katta qariqiz faqat ildiz atrofida joylashgan barglar (ildizbarglar) shakllanadi, ikkinchi yilda esa o‘simlik poya, vegetativ va generativ novdalar hosil qiladi. 1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘simliklarning birinchi yildagi barg uzunligi yosh (yuvenil) va yetilmagan (immaturniy) davrlarda 17,4 – 25,2 sm, eni esa 8,4 – 16,8 sm ni tashkil etadi. Bu davrda o‘simliklar odatda generativ (gullash) davriga o‘tmaydi. Eng faol o‘sish jarayoni o‘simliklarning ikkinchi vegetatsiya yilida, g‘uncha hosil bo‘lish davrida kuzatildi. Qoraqalpog‘iston sharoitida qariqiz o‘zining hayotining ikkinchi yilida gullaydi va yuqori hosildorlik ko‘rsatadi. Ikkinchi yilda generativ poyalarning eng faol hosil bo‘lishi 30×30 sm va 40×40 sm ekish sxemalarida kuzatildi. Vegetatsiya davri oxiriga kelib, 40×40 sm sxemada ekilgan o‘simliklar eng katta o‘rtacha bo‘yga ega bo‘ldi: yirik butalarda — 71–76 sm, — o‘rta butalarda — 45–50 sm, — kichik butalarda — 20–25 sm bo‘ldi. 1-jadval Qariqiz–Arctium lappa L. ning generativgacha (prеgenerativ) va generativdan keyingi (postgenerativ) bosqichdagi morfometrik tavsifi Ontogenetik holat Ko‘rsatkichlar Yosh (yuvenil) ( j) Yetilmagan (immaturniy) (im) Voyaga yetgan (virginal) (v) Qari (senil) (s) Vegetativ poyalar soni – – 5±0,03 5±0,03 Ulardagi umumiy barglar soni 8±0,05 18±0,08 56±0,15 157±1,19 Barg uzunligi, sm 17,4±0,25 25,2±0,28 46,2±1,20 55±1,25 Barg eni, sm 10,2±0,25 16,8±0,27 20,5±1,15 43,3±1,20
535 Vegetatsiyaning ikkinchi yilida birinchi g‘unchalar hosil bo‘lganidan 7–10 kun o‘tib gullash jarayoni boshlanadi. Gullash uch bosqichda kechadi: asosiy markaziy (cho‘qqi) gul to‘pguli gullaydi; keyin generativ poyaning yon tomondagi qo‘shimcha o‘qlari gullaydi; so‘ngra pastki, yon tomonga o‘suvchi (plagiotrop) poyalar gullaydi. Barcha o‘qlar bo‘ylab gullarning ochilishi akropetal yo‘nalishda — ya’ni markazdan yuqoriga tomon (o‘rta → yuqori) ketma-ketlikda sodir bo‘ladi. Dastlab yuqori qatlamlardagi gullar ochiladi, keyinroq esa pastki qatlamlardagi gullar ochilib, bu jarayon bazipetal yo‘nalishda, ya’ni yuqoridan pastga tomon rivojlanadi. Populyatsiya bo‘yicha gullash dastlab 2–4 kun davomida asta-sekin kuchayadi, bu davrda atigi 10–15% gul to‘pgullari gullaydi. 4–5-kunlardan boshlab esa populyatsiyaning 100% guli ochiladi. Keyingi uch kun davomida gullayotgan to‘pgullar soni asta kamayib, 45% dan 5% gacha qisqaradi. Qariqiz(Arctium lappa L.) iyun–iyul oylarida gullaydi.Gul qobig‘i bargchalari (obertka barglari) yalang‘och yoki biroz o‘rimto‘rlisimon (to‘rga o‘xshash) tuklar bilan qoplangan bo‘ladi. Pastki bargchalar lansetsimon shaklda, yelkasimon (kilga o‘xshash) tuzilishga ega, eni 1–1,5 mm, chetlari yengil tukchali–tishsimon. Ular tor, lansetsimon, tashqariga yo‘nalgan o‘tkir uchlik bilan tugaydi, uchida egilgan (ilgakli) qismi mavjud. O‘rta bargchalar poyaga yopishgan holda yumshoq tukchalar bilan qoplangan. Ichki bargchalar yashil rangda, ba’zan to‘q binafsha tusda bo‘lib, qisqa tukchalar bilan qoplangan, asta-sekin o‘tkir uchga o‘tadi, uchida yengil egilgan ilgakcha bor. Ularning uzunligi guldan teng yoki undan biroz uzun bo‘ladi. Gul tojining (venchigining) rangi to‘q qizil–binafsha. U birdan 5–6 mm uzunlikdagi naychasimon qismga torayadi, ochilgan qismining (otgib) uzunligi 4–5 mm, har bir bo‘lagi 1,5–2 mm ni tashkil etadi. Mevalari — urug‘mevalar (semanka) bo‘lib, uzunligi 6–6,5 mm, eni 2,5–2,75 mm, shakli tor, teskari tuxumsimon. Urug‘ning qo‘shilish joyi tor maydoncha bilan chegaralangan. Tukchalar tojining (xoxolok) birikish joyi 4–6 ta mayda bo‘rtma (burtma) nuqtalar bilan o‘ralgan. Urug‘mevalar uzunasiga yoriqsimon qirrali, tukchali tojning uzunligi esa 3–3,5 mm ni tashkil etadi. 2-jadval Qariqiz—Arctium lappa L. ning generativ bosqichdagi morfometrik tavsifi Ontogenetik holat Ko‘rsatkichlar g 1 g 2 g 3 Asosiy generativ poyalar soni 15±0,03 19±0,05 23±0,05 Asosiy generativ poyalar 55,23±0,06 73,25±0,08 85,23±0,08
536 balandligi, sm Yon generativ poyalar soni 11±0,03 16±0,04 16±0,04 Har bir o‘simlikdagi gul to‘pgullari soni 66±0,09 120±0,07 180±0,07 Har bir o‘simlikdagi barglar soni 90±0,02 187±0,04 285±0,04 Qariqiz (Arctium lappa L.) o‘simliklarining generativ rivojlanishi davomida quyidagi xususiyatlar kuzatiladi: — O‘rta yoshdagi generativ o‘simliklar (g₂): o‘simlik bo‘yi 73,25 sm ga yetadi, yon poyalar soni 16 taga oshadi. Ba’zi poya uchlarida 3–5 ta gul savatchasi hosil bo‘ladi. Gullashdan keyin ayrim gul savatchalari mevalanish jarayoniga o‘tadi va urug‘mevalar yetiladi. — Qari generativ o‘simliklar (g₃): bo‘yi 85,23 sm va undan oshishi mumkin, poya balandligi 1 m ga yetadi. Bu o‘simliklarda eng ko‘p sonli yon poyalar va barglar mavjud bo‘ladi (2-jadval). Generativ organlar asosan yetilgan urug‘mevalardan iborat. O‘simliklar oktyabr oxiri — noyabr boshida to‘liq quriydi. — Qariqizning gul to‘pgullari o‘rtacha 3,0–3,5 sm uzunlikda bo‘ladi. O‘rta yoshdagi generativ o‘simliklarda (g₂) har bir o‘simlikda 120–150 ta gul, qarigan generativ o‘simliklarda (g₃) esa 160–180 ta gul mavjud (2-jadval). — Mevalar gullashdan 28–30 kun keyin yetiladi, ya’ni ortotrop poyalarda bu jarayon iyul oxiri – avgust boshida sodir bo‘ladi. Har bir o‘simlikda o‘rtacha 235–280 ta meva, har bir gul to‘pgulida esa 67–95 ta urug‘meva hosil bo‘ladi, bu esa gul sonining 85–90% ni tashkil qiladi. — Vegetatsiya davri oktyabr oxirigacha davom etadi, o‘simlik to‘liq rivojlanish tsiklini o‘taydi va tirik urug‘lar hosil qiladi. Ikki yillik kuzatuv natijalari shuni ko‘rsatdiki, qariqiz Qoraqalpog‘iston sharoitlariga yaxshi moslashadi. Tavsiya: Dorivor xomashyo sifatida maksimal hosil olish uchun qariqiz o‘simliklarini bir-biridan 40 sm masofada ekish tavsiya etiladi. Xulosa: 1. Arctium lappa L. Qoraqalpog‘iston sharoitlariga moslashgan o‘simliklar uchun o‘sish davri qisqargan va o‘sish sur’ati yuqori bo‘lishi xosdir. Bunda g‘unchalar rivojlanish davrining asosiy cheklovchi omili — yuqori harorat va past namlikdir. 2. Qoraqalpog‘iston sharoitida vegetatsiyaning ikkinchi yilida Arctium lappa L. mevalarining yetilishi uchun 200–215 kun kerak bo‘ladi. Fenologik rivojlanish bosqichlari ob-havo sharoitlariga bog‘liq.
537 3. Olingan tajriba ma’lumotlariga ko‘ra, Arctium lappa L. o‘simligini Qoraqalpog‘iston sharoitida ommaviy ravishda yetishtirish mumkin va u dorivor o‘simlik sifatida hayotimizga joriy etilishi maqsadga muvofiqdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Бейдеман И.Н. Методика изучения фенологии растений и растительных сообществ. – Новосибирск: Наука, 1974. – 154 с. 2. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта / Б.А. Доспехов - М.: Агропромиздат, 1985 – 351 с. 3. Иллюстрированный определитель высших растений Каракалпакии и Хорезма 2-том.- Т.: «ФАН», 1983 – 214 с.