scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KROTALARIYA TURKUMIGA MANSUB O'SIMLIKLAR TUPROQ AGROEKOLOGIK XUSUSIYATLARINI YAXShILAShDAGI AHAMIYATI. THE IMPORTANCE OF PLANTS BELONGING TO THE CROTALARIA GENUS IN IMPROVING THE AGROECOLOGICAL PROPERTIES OF SOIL

Yoqubov G'ayrat Quvandiqovich; Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna; Yoqubov Shuhrat Quvandiqovich

Full text

538 KROTALARIYA TURKUMIGA MANSUB O‘SIMLIKLAR TUPROQ AGROEKOLOGIK XUSUSIYATLARINI YAXShILAShDAGI AHAMIYATI. THE IMPORTANCE OF PLANTS BELONGING TO THE CROTALARIA GENUS IN IMPROVING THE AGROECOLOGICAL PROPERTIES OF SOIL Yoqubov G’ayrat Quvandiqovich, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat universiteti q.x.f.n, dotsent Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, b.f.d., professor. Yoqubov Shuhrat Quvandiqovich, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat universiteti, mustaqil izlanuvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17753389 Annotatsiya: mazkur maqolada krotlariya turkumiga mansub o‘simliklarni tuproq agroekologik xususiyatlari ta’siri va Xorazm viloyati tuproq iqlim sharoitida iqlimlatrilgan Crotalaria juncea o‘simligi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Crotalaria juncea, o‘tloqi allyuvial tuproq, azot, fosfor, kaliy, siderat, tuproq unumdorligi. Abstract: This article presents data on the influence of soil agroecological characteristics on plants belonging to the Crotalaria genus and the Crotalaria juncea plant acclimatized to the soil and climatic conditions of the Khorezm region. Keywords: Crotalaria juncea, Meadow alluvial soils, nitrogen, phosphorus, potassium, siderate, soil fertility. Respublikamiz qishloq xo‘jaligida oqsil moddasiga boy bo‘lgan yangi, noan’anaviy dukkakli va dukkakli-don ekin turlarini tanlash, urug‘chiligini tashkil etish, tuproq iqlim sharoitiga mos parvarishlash agrotexnikasini ishlab chiqish, tuproq unumdorligini oshirishdagi rolini ilmiy asoslash, ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy ishlarni kengaytirish muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi PF-5853-sonli «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmonida qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishda tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvor yo‘nalish deb belgilangan [1]. Respublikamizning turli darajada sho‘rlangan tuproq va iqlim sharoitlarida Crotalaria juncea o’simligini ekish muddatlari, me’yorlari, tuproq agroekologik xususiyatlari choralarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish dolzarb 539 hisoblanadi. Tuproq unumdorligini yaxshilashdagi krotlariya turkumiga mansub o‘simliklarini xorijiy manbalardagi ma’lumotlar va Xorazm viloyatida yangi iqlimlashtirilgan Crotalaria juncea L. o‘simligining bioekologik va agroekologik xususyaitlari o‘rganildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, krotalariya (Crotalaria juncea L.)ning vatani Hindiston bo‘lib, dukkaklilar (Fabaceae) oilasiga mansub Janubiy tropik Osiyo o‘simligi hisolanadi. Krotalariyaning Crotalaria sessiliflora, Crotalaria pumila, Crotalaria trichomoto, Crotalaria retusa, Crotalaria pallida turlari mavjud. Krotalariya Hindistonning Maxarashtra, Bixar, Pradesh, Orissa shtatlarida yetishtiriladigan umumiy maydon qariyb 87 % ni egallaydi. Ushbu shtatlar orasida birgina Orissa shtatidagi krotalariya maydonlari 26 % ni egallaydi. Krotalariya Hindistondan tashqari, Xitoy, Janubiy Koreya, Pokiston, Ruminiya, Rossiya va MDH davlatlarida yetishtirilib, 320 ming gektarga yaqin maydonni egallaydi [2]. Hindistonlik tadqiqotchilardan R.Krishnat, D.Jagdish, G.Swaroopsingh, G.Nikhil kabi olimlar [3] tomonidan krotalariyaning shrirangiana (Fabaceae) turi o‘rganilgan. Crotalaria shrirangiana hozirgi vaqtda yangi tur xisoblanib, bo‘yining balandligi 1,5 metrgacha bo‘lgan tik o‘suvchi, yorqin sariq ranglari bilan krotalariya (Crotalaria juncea L.) ga yaqin bo‘lsada, barglarining shakli va o‘lchami, gullarining shakli va hajmi, xar bir poyadagi urug‘lar soni bilan ajralib turadi. Krotalariyaning yana bir keng tarqalgan nomi quyoshli kanop, madras kanopi, jigarrang kanop, hind kanopi va odatda sunn kanopi kabi nomlar bilan ham ataladi. Crotalaria juncea turi turlarning ichida eng ko‘p tarqalgani va tez o‘sadigani hisoblanadi. Umuman olganda, Crotalaria juncea L. ko‘p maqsadli tropik va subtropik, butasimon 1 yillik o‘simlik. Balandligi 1-3 metrga yetadi, ildizlari qalin, yaxshi rivojlangan, uzun ildizga ega. Gullarining rangi yorqin sariq rang. Crotalaria juncea L.ning urug‘lari 2-3 sm chuqurlikda ekiladi va qulay sharoit bo‘lsa, 3 kun ichida unib chiqadi. Poyasi ingichka va pishiq hisoblanadi, qisqa tukchalar bilan qoplangan. Barglari oddiy lentasimon, navbatma navbat joylashgan, uzunligi 10 sm gacha. Gullari ikki jinsli, sariq rangda, jigarrang tuklar bilan qoplangan. Kosachasining uzunligi 1,5-2 sm. Urug‘larining uzunligi 0,5-0,7 sm, kengligi 0,3-0,5 sm. Texnik tolasining uzunligi 120-150 sm, rangi sariqdan to‘q kulranggacha. Dukkaklar shingilda mustahkam birikkan bo‘lib, pishganlari tushib ketmaydi hamda dukkaklari chatnab ketmaydi. Krotalariya urug‘ining tarkibida 8,6% namlik, 34,6% xom proetin, 12,6 % yog‘, 41,1 % kraxmal, 3,3 % kul, 20,3 % to‘yingan yog‘li kislatalar, 4,6 linolenik kislota, 46,8 % linoleik kislatasi bor. Bundan tashqari, urug‘lari dorivor maqsadlarda xam ishlatiladi [5]. 540 D.Catling, J.Graysonlarning aytishicha krotalariyaning 200 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularning aksariyati yashil o‘g‘it yoki yem-hashak ekinlari sifatida yetishtiriadi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida krotalariyadan maxsus qog‘oz ishlab chiqarish uchun foylaniladi [6]. Sharqiy Hindiston kompaniyasi tomonidan o‘simlikdan birinchi marta 1791 yilda tola olinib, 1792 yilda Yevropaga kirib kelgan va tolali ekin sifatida katta maydonlarga ekila boshlangan [2]. Crotalaria juncea L. Hindiston, Indoneziya, ShriLanka, Vetnam va AQSh davlatlarida tola olish uchun (quruq poyada 10-12%) yetishtiriladi. Shuningdek, undan yashil go‘ng sifatida ham foydalanish mumkin. Crotalaria juncea L. tola uchun yetishtiriladigan bo‘lsa, unumdorligi o‘rtacha va yuqori bo‘lgan yengil tuproqlardan, boshqa maqsadlarda ekilganda loyli va unumdorligi past tuproqlardan ham foydalanish mumkin. Crotalaria juncea L. tez o‘sadigan o‘simlik bo‘lganligi uchun begona o‘tlarning o‘sishini soyalash orqali bostiradi. Crotalaria juncea L. o‘rim ishlari nima maqsadda ekilganiga bog‘liq. Agar tola olish uchun ekilgan bo‘lsa, ekishdan 60-90 kun o‘tgach gullash bosqichida amalga oshirish mumkin. Ko‘k massa uchun o‘rib olingan o‘simlikning yuqori qismi chorva mollariga beriladi. Poyaning asosiy qismi 1-6 kun davomida quritish uchun qoldiriladi. Yashil o‘g‘it sifatida foydalanish uchun o‘simliklar gullashni boshlaganda, ekishdan keyin ikki oy ichida yerni xaydash kerak. Crotalaria juncea L qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lib, deyarli barcha tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Crotalaria juncea L. tuproqda pH miqdori 5 dan 8,4 gacha bo‘lgan tuproqlarda o‘sishi mumkin. O‘simlik sho‘rlanishga chidamliligi odatda past, ammo o‘rtacha bardoshliligi to‘g‘risida ham ma’lumotlar mavjud [7]. Crotalaria juncea L. ning muhim hususiyatlaridan biri qurg‘oqchilikka chidamliligi va erta pishishidir. Shuning uchun ham o‘simlik ko‘pgina mamlakatlarda jut bilan birga yetishtiriladi. O‘simlik hosili ekilgandan keyin 130-140 kun o‘tgach yig‘ib olinadi. Hosil o‘rib olingandan so‘ng poyalari 2-3 kun quritiladi. So‘ngra 19-220C haroratida suvga solinib, 4-5 kun davomida namlanadi. Crotalaria juncea L. o‘simligi tropik mintaqa o‘simlik bo‘lib, tuproqqa azot va organik moddalar qo‘shish, begona o‘tlarning o‘sishini oldini olish va almashlab ekishda samarali hisoblanadi. O‘simlik gullari changlatuvchilar uchun nektar manbai hisoblanadi [8]. Crotalaria juncea L. turli almashlab ekishda ham sinab ko‘rilgan. Eng yaxshi natija krotalariyadan keyin bug‘doy ekilganda kuzatilib, hosildorlik 10-15 % oshganligi kuzatilgan [2]. Krotalariya almashlab ekishda qo‘llanilib ekinlarning hosildorligini oshiradi va begona o‘tlarning unib chiqishini kamaytiradi. Issiq mavsumda ekish tavsiya qilinadi. Krotalariya tropik o‘simlik 541 bo‘lsada, u mo‘tadil zonalarda ham yetishtiriladi. Uni 1 sm chuqurlikka ekish tavsiya etiladi. Krotalariya kam parvarish talab etadi va qurg‘oqchilikka juda chidamli hisoblanib, tuproqning nam xolatida ekish yaxshi samara beradi. Atmosfera azotini o‘zlashtirish hususiyatiga ega bo‘lganligi sababli hosilning azotga bo‘lgan extiyojini kamaytiradi . Krotalariya tomonidan to‘planadigan azot miqdori iqlim sharoitlariga, kunning uzun-qisqaligiga, ekish mavsumiga va tuproq unumdorligiga bog‘liq [8]. Shuningdek, tadqiqotchilar o‘simlikning havo biomassasida gektariga 320 kg azot to‘plashini aytishgan. S.Mauro, F.Araújo, J.Barroso, L.Freitas larning ta’kidlashicha, tuproqning fizik va kimyoviy hususiyatlarini yaxshilash uchun ekishdan oldin qoplamali ekinlardan biri bo‘lgan krotalariyadan foydalanish maqbul hisoblanadi[11]. A.Clark Editor kabi xorijiy olimlarning ta’kidlashicha, krotalariya tuproq eroziyasini kamaytirish va namligini saqlash, begona o‘tlarning o‘sishini kamaytirish va tuproqqa azot miqdorini ko‘paytiradi degan xulosaga kelishgan[12]. M.Sh.Nurullayeva, S.Negmatova [5] larning olib borgan tajribalarida Xorazm viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida Crotalaria juncea o‘simligini aprel oyining 20-25 sanasida, gektariga 18 kg urug‘ sarflab ekish tavsiya qilingan. Crotalaria juncea ildizlarida ko‘proq tuganak bakteriyalar hosil qilish uchun uni aprel oyining uchinchi o‘n kunligida (20-25.04) va gektariga 18 kg dan ekish maqbul ekanligi aniqlangan. B Silvério, G Wanderley, M Tassia, N Cristina, I Fiorini krotalariya (Crotalaria juncea L.) ni yashil go‘ng sifatida keng qo‘llanilishi, biologik azotni biriktirish va biomassasini to‘plash qobiliyati ega ekanligini va tuproqdagi misni olib chiqib ketishini isbotlashgan[13]. R.Ellen, O.Thiago, D.Wander, H.Ricardo, S.Urquiaga, J.Alcirlar krotalariyani yashil go‘ng sifatida brokkili o‘simligining o‘sish samaradorligida qo‘llab o‘rganishganda uning samaradorligi yuqori bo‘lganligi kuzatalgan[14]. M.W.Oliveira, R.Bhatt, C.A.Patrício, W.O Assis, G.J. Castro Gava kabi olimlar crotalaria juncea va crotalaria spectabilisni havo biomassasida oziqa moddalarning to‘planishini o‘rganishgan. Crotalaria juncea havo biomassasidan crotalaria spectabilis ga nisbatan yuqori natijani ko‘rsatib, u 86% azotni, 37% fosforni, 47% kaliyni, 97% kalsiyni, 21% magniyni to‘plagan. Shuningdek, crotalaria juncea va crotalaria spectabilis ga qaraganda vegetativ rivojlanishi tezroq va yashil o‘g‘itlash uchun foydali deya ta’kidlashgan[15]. Yuqorida keltirilgan adabiyotlar tahlilidan ko‘rinib turibdiki, xorijda olib borilgan ilmiy ishlarda asosan uning biologiyasi, unda kechadigan fiziologik jarayonlar, tola, dori-darmon ishlab chiqarishdagi, tuproq agroekologiyasini yaxshilash xossalari bag‘ishlangan. 542 Shuningdek, Tajribalarimizda Xorazm viloyati tuproq iqlim sharoitida yangi iqlimlashtirilgan Crotalaria juncea L. o‘simligi bioekologiyasi, turli darajada sho‘rlangan va degradatsiya uchragan tuproq–iqlim sharoitlarida asosiy va takroriy ekin sifatida yetishtirilib, ekish muddatlari va me’yorlari, biostimulyatorlarning o‘simlikni o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligiga va tuproq agroekologiyasi ta’sirlari o‘rganildi (2017-2024 y). Tajribalarning natijasida Respublikamizning barcha hududlaridagi Crotalaria juncea o‘simligini sho‘rlanishga va qurg‘oqchilik sharoitiga moslashgan va hosildor yangi mahalliy “Mo‘jiza-73” (NAP 20220060) navi yaratildi va 2025-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual Mulk agentligi tamonidan patent olindi(NAP 557). Xorazm viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida Crotalaria juncea L. o‘simligini urug‘ olish uchun 60 sm pushtaga 20-25 aprelda, takroriy ekin sifatida kuzgi bug‘doydan keyin yem-xashak, tuproq unumdorligi oshirish va siderat sifatida hamda degradatsiyaga uchragan tuproqlarda biostimulyatorlar (Geougumat, Uzgumi, Fertilayf) bilan ishlov berib ekish tavsiya qilinadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. 1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 23 октябрдаги “Ўзбекистон Республикаси қишлоқ хўжалигини ривожлантиришнинг 2020-2030 йилларга мўлжалланган стратегиясини тасдиқлаш тўғрисида”ги ПФ-5853-сонли фармони. 2. Chaudhury B., Singh , Hazra S.K. Sunnhemp (Crotalaria juncea, L). Central research institute for jute & allied fibres (icar) barrackpore 743, \Bengal, -India. 1976-78. -P.1-36. 3. Krishnat R., Jagdish.D, Swaroopsingh G., Nikhil G. Crotalaria shrirangiana (Fabaceae): A new rattlepod from the Western Ghats of India. //Phytotaxa. 2020. Volume 449(2). -P. 188-194. 4. Pandey B., Sinha R. Effekt of temperature on growth of Crotalaria juncea L. and Crotalaria sericea retz. //Annals of botany.Volume 44(6). 1979. -P 685-691. 5. Нуруллаева.М.Ш., Негматова С., Ёқубов Ғ.Қ. Кроталария. Монография. -Урганч, 2023. - Б. 17. 6. Catling D., Grayson J. Sunn Hemp. In: Identification of Vegetable Fibres. Springer, Dordrecht. 1982. -P.24–29. 7. Orwa C., Mutua A., Kindt R., Jamnadass R., Anthony S. Agroforestree Database: a tree reference and selection guide version 4.0. World Agroforestry Centre. -Kenya, 2009. -P.98. 8. Robert J., Kristal M., Shelby J., Rodney N., James T., Bowers K., Miller N, Stephen D., Jesusa C., John K. Documenting Potential Sunn Hemp (Crotalaria juncea L.) (Fabaceae) Pollinators in Florida. //Environmental Entomology. 2019. Volume 48(2). -P.343-350. 9. Oliveira M.W., Santos D.F., Oliveira T.B., Silva P.A., Assis W.O. Soil fertility and nutrient accumulation in crotalaria juncea.//VI International Congress of Agrarian Sciences -COINTER. Recife -PE. Annals of the Sixth Congress. 2021. -P.45-48. 10. Duarte J., Coelho F. Green fertilizers and their effects on the yield of sugarcane in no-till system. //Brazilian Agricultural Research. 2008. Volume 67. -P.723-732. 543 11. Mauro S., Araújo F., Barroso J., Freitas L. Residual effect of Pre-planting Cover Crops on Cassava Cultivation in Oxisols in the State of Piauí, Brazil. //Agrarian, Dourados. 2021 Volume 14(52). -P.213-222. 12. Clark A. Editor . Sunn hemp: Crotalaria juncea. In: Managing cover crops profitably. //Sustainable Agriculture Research and Education, College Park, MD. 2012, 6 June. -P.9-22. 13. Silvério B., Wanderley G., Tassia M., Cristina N., Fiorini I. Exploring the Potential of Crotalaria juncea L. for Phytoremediation: Insights from Gas Exchange, Pigment Quantification, and Growth Measurements under Copper Stress. //Horticulturae. 2024. Volume 10(7). -P. 36-37. 14. Ellen R., Thiago O., Wander D., Ricardo H., Urquiaga S., Alcir J. Levels of Crotalaria juncea on growth, production, recovery and efficiency of the use of N in broccoli. //Research .Hortic. Bras. 2017. Volume 35 (3) -P.391-401. 15. Oliveira M.W., Bhatt R., Patrício C.A., Assis W.O., Castro.Gava G.J. Growth rates and nutrient accumulation in aerial biomass of sunn hemp junceaand spectabilissown in spring. //Contribuciones a Las Ciencias Sociales. 2023. Volume 16(9). -P.14183-14199.