scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BELTOV TEPALIGIGA FIZIKO-GEOGRAFIK TAVSIF

Allaniyazov N.P; Matrasulov G'.J.

Full text

7 BELTOV TEPALIGIGA FIZIKO-GEOGRAFIK TAVSIF Allaniyazov N.P., O‘zSSV Res O‘lat Profilaktika Markazi QQ Filiali Taxtako‘pir bo‘limi Matrasulov G‘.J. Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17754516 Qoraqalpog‘iston pas tog‘ qoldiqlari va tepaliklari qatoridagi eng yirik hududlardan biri Beltov tepaligi hisoblanadi. Bu tepalik Taxtakoʻpir tumanidan 25-30 km shimoli-sharqda joylashgan. Tepalikning shimol tomonida, Orol dengiziga tomon pasayish kuzatiladi va Orolning sobiq quruq qismidagi Qizilqum qum massivi bilan tutashgan. Beltov tepaligining umumiy maydoni 800 km2 ga yaqin boʻlib, u sharqdan g‘arbga tomon 130-140 km, shimoldan janubga esa 70-80 km masofani qamrab oladi. Janubi-sharqda cho‘zilib yotgan alohida, o‘z oldiga ajralgan, avtonom tumanni ko‘z oldiga keltiradi. Bu tepalik paleogen va eotsen davriga mansub rangli gipsli soz jins qatlamlari bilan toʻlgan. Beltov tepaligi tabiiy geografik jihatdan mustaqil birlik hisoblanib, atrofi tabiiy-geografik hamda landshaft-ekologik jihatdan aniq chegaralangan. Shimolisharqda Sir-Janadaryo allyuvial tekisligi bilan G‘arb boʻlimi orqali Orol oldi Qizilqum massividan ajralib turadi. Sharq va janubi-sharqda Akchadaryo allyuvial taqir-tekisligi orqali Markaziy Qizilqum va Nukus qum tumanlari bilan, janubda esa Taxtako’pir oazisi hamda, janubi-g‘arbdagi Qoraterang koʻl va Echki-oʻlgan qum massivi bilan tutashadi. Qorao‘zak tumaniga tutash ekish maydonlari zonalari Beltov tepaligining yana bir tabiiy chegarasini tashkil etadi. Shimoli-g‘arb va Shimol tomonlar Orol dengizining qurigan tub qismi bilan tutashgan. Janubi-sharq boʻlimi allyuvial tekisligini oʻz ichiga oladi. Janadaryo bilan Akchadaryo qo‘shilib Aq-sag‘a orqali Orol dengiziga quyib turgan davrda olib kelingan cho‘kindi jinslardan paydo bo‘lgan landshaft hisoblanadi. Tekislikda katta, kichik atov qumliklar, eski daryo salalari turida saqlanib qolgan. Boʻlak-boʻlak qumliklarda qora saksavul, boyalich, juzg‘un, quyon suyak, qizilcha butazorlari, oq juson, byurg‘un, keyreuik kabi buta va yarim butalar, keyinchalik yog‘ingarchilik ta’sirida efemerlardan ran, koster krovelnik, arpagan, aystnik, shulok kabi mayda oʻt oʻlanlar bilan qoplangan. Dengizning qurigan tubiga yaqin joylashgan mayda, zichlashgan qum tizmalari shoʻr yerlar, qopalik qoldiqlari, mayda limanlar turida dengiz qo‘ltiqlariga uziliksiz qum atouvlari shaklida chuqur kirib ketganligi bilan farqlanib turadi. 8 Beltovning Janubi-sharq sohillari ahamiyatli boʻlib, ularda Akchadaryo shaklidan tashkil topgan. Bu tuzli botqoqliklarning tarkibidagi asosiy massa gips va magneziya boʻlib, yoz faslida qattiq qurib, yomg‘irdan soʻng halqalar hosil qiladi. Akchadaryo tekisligining markaziy boʻlimida Bo‘zko‘l yirik qum massivi joylashgan, shimol tomonida Koʻk-tube, Baroq-tom qo‘rg‘oni va Boʻzg‘onoq soyi bilan koʻplagan eski Akchadaryo tarmoqlaridan iborat hisoblanadi. Bo‘zg‘onoq soyidan boshlab Koʻk-tube orqali Beltov tepaligining sharq pas chinki bo‘ylab yirik sho‘rxok taqir tekisligi Qirg‘in belasari tomon choʻzilib yotgan tekislik mavjud. Janubi-g‘arb boʻlimida eng tepaligi toʻshalib Borshetog‘, Taxtako’pir tumanining ekishlik zonasiga tirkalib, chinkning past qatlami boʻylab, Qaraterang koʻli, undan keyin qum qatlamlari bilan boʻlingan. Batakoʻl, SHumoy koʻllari, undan keyin Taxtakoʻpir tumani orqali tashlandiq suvlarini dengizga etkazib beruvchi toʻg‘onli kanal Koʻkdaryo orqali Qabaqli-Ota qabristoniga etib, oʻtgan holda dengiz ustidagi arxipelakka tushadi. Koʻk-daryo kanalining g‘arb tomoni Seren-qala qoʻrg‘oni bilan, Qoraoʻzak tumanining ekishlik zonasi bilan chegaralanadi. Beltov toʻg‘onlari natijasida Orol dengizi ta’siriga uchragan hududlar fizikogeografik jihatdan eng murakkab mintaqalardan biri hisoblanadi. Dengiz tubida joylashgan va qurib qolgan Beltov qum massivlari uzunligi va kengligi jihatidan katta maydonlarni qamrab olgan boʻlib, ularning ayrim joylari dengizning 10-15, ayrim holatlarda 20-30 km chuqur qismigacha kirib borgan. Bu holat dengiz suvlari dengiz koʻlliklari koʻrnishida qum massivlariga chuqur kirib ketganligini va uzoq yillar davomida ushbu hudud dengiz ta’sirida shakllanganligini koʻrsatadi. Bu yerlardagi geomorfologik tarkibini baholashda “Mergen atov”, “Taylaq jegen”, “Aq-petkey” kabi arxipelag atovlari muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur arxipelaglar tarixan koʻp sonli aholi yashab kelgan, baliqchilik va qishloq xoʻjaligi faoliyati olib borilgan hududlar hisoblanadi. Masalan, Aq-petkey arxipelagida 1964 yildan keyin aholi sekin-astalik bilan koʻchib ketishini boshlagan. 1990 yillarga kelib esa bu erlar deyarli aholisiz hududlarga aylangan. Ayni paytda, mazkur hududdagi eng yirik arxipelaglardan biri Aq-petkey boʻlib, u geografik jihatdan Beltov toʻg‘onlari ta’sirida toʻliq qurib qolgan. Hozirgi kunda ushbu arxipelaglarda ekologik monitoring ishlari olib borilmoqda. Ushbu hududlarning florasi va faunasi keskin oʻzgargan. Ayniqsa, ularda oʻtkinchi biomlar rivojlangan. Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq boʻlgan ushbu oʻzgarishlar faqatgina ekologik emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga ham sabab boʻlmoqda. Xususan, bioxilmaxillik kamayib, oʻsimlik va hayvonotlar turlari yoʻqolish xavfiga duch kelmoqda.