QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASINING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDA REKREATSION RESURSLARNING AHAMIYATI
Full text
34 QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASINING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDA REKREATSION RESURSLARNING AHAMIYATI Embergenov N.J., Allamuratov M.O., Abdimuratova N.K. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17754667 Annotatsiya: Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiiy, madaniy va tarixiy rekreatsion resurslari, ularning hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati, shuningdek sohani rivojlantirish istiqbollari tahlil qilinadi. Maqolada rekreatsion resurslarning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik funksiyalari, Orolbo‘yi hududidagi eko-turizm imkoniyatlari va strategik rivojlanish yo‘nalishlari batafsil ko‘rib chiqilgan. So‘nggi yillarda mamlakatimizda turizm va rekreatsion geografiya sohalarining jadallik bilan rivojlanib borayotgani mintaqalar iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining turmush darajasini oshirishda muhim omilga aylangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi geografik jihatdan Markaziy Osiyo hududida joylashgan bo‘lib, tabiiy, madaniy va tarixiy resurslarga boy. So‘nggi yillarda hududning rekreatsion salohiyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda muhim omil sifatida e’tiborga olinmoqda. Shu jihatdan Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiiygeografik sharoiti, madaniy-tarixiy merosi, ekologik xususiyatlari va rekreatsion imkoniyatlari uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilovchi asosiy resurslardan biridir [1]. Rekreatsion resurslar - bu insonning dam olishi, sog‘lomlanishi, madaniy hordiq chiqarishi va sayohat qilishini ta’minlaydigan tabiiy, madaniy, tarixiy hamda ijtimoiy-infratuzilmaviy omillar majmuasidir. Mazkur resurslar nafaqat turizm sohasini rivojlantiradi, balki mintaqaviy iqtisodiyotni barqarorlashtirish, yangi xizmatlar tarmog‘ini shakllantirish va aholining ijtimoiy faolligini oshirishga ham xizmat qiladi. Rekreatsion resurslar inson hayoti uchun muhim bo‘lgan tabiiy va madaniy muhit bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Rekreatsion resurslar quyidagi asosiy resurs turlarga bo‘linadi: • Tabiiy rekreatsion resurslar: iqlim, suv, relyef, flora va fauna, shifobaxsh mineral suvlar, manzarali hududlar, tabiiy yodgorliklar. • Madaniy-tarixiy resurslar: qadimiy yodgorliklar, me’moriy obidalar, muzeylar, tarixiy joylar, etnografik meros, xalq urf-odatlari va an’analar. • Ekologik va sog‘lomlashtiruvchi resurslar: milliy bog‘lar, sanatoriy-kurortlar, dam olish maskanlari, ekologik marshrutlar. Rekreatsion resurslar hududning iqtisodiy rivojlanishi, bandlikni oshirish va aholining madaniy farovonligini ta’minlashda asosiy vositadir. Turizm turlari bilan
35 bog‘liq holda ular sport, ekologik, ekstremal, sog‘lomlashtiruvchi va madaniy-tarixiy turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi [3]. Qoraqalpog‘iston Respublikasi geografik jihatdan Orolbo‘yi mintaqasida joylashgan bo‘lib, tabiiy-geografik resurslariga boy, gúzzal tabiyati va madaniy merosi bilan Markaziy Osiyoda o‘ziga xos ajoyib hudud sanaladi. Respublikasining tabiiy va madaniy rekreatsion salohiyati katta ahamiyatga ega [4]. Hududning asosiy rekreatsion imkoniyatlarini quyidagicha guruhlash mumkin: Amudaryo vodiysi, Sudochye ko‘li, Orol dengizi qoldig‘i atrofidagi Orolqum sahrosi, Ustyurt platosi, Qizilqum cho‘li va Qaraqalpaq dashti. Bu hududlar ekologik turizm, sarguzasht turizmi va dam olish maskanlari uchun katta salohiyatga ega. Madaniy va tarixiy resurslar qatoriga Ellikqal’a, Tuprakqal’a, Ayazqal’a, Mizdaxqan va Shumanay qal’asi kabi obidalar kiradi. Shuningdek, Nukus shahri markazidagi I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi hududning madaniy-turistik markazlaridan biridir. Sog‘lomlashtiruvchi resurslar sifatida Shumanay, Kegeyli va Chimboy tumanlaridagi sanatoriylar va issiq suv maskanlarini ko‘rsatish mumkin. Ular aholining sog‘lom turmush tarzini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu resurslar Respublikamiznung xalqaro turizm bozorida ham o‘z o‘rniga ega qilish imkonini beradi [2]. Rekreatsion resurslarning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati katta hisoblanadi. Rekreatsion resurslar hudud iqtisodiyotining rivojlanishida quyidagi yo‘nalishlarda ahamiyat kasb etadi va iqtisodiyotning yangi tarmoqlaridan biri sifatida quyidagi yo‘nalishlarda ta’sir ko‘rsatadi: • Turizm va rekreatsion faoliyat orqali iqtisodiy diversifikatsiya kuchayadi; • Yangi ish o‘rinlari yaratiladi va aholining bandligi oshadi; • Xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi - mehmonxona, transport, aloqa va oziqovqat tarmoqlari rivojlanadi; • Soliq tushumlari va byudjet daromadlari ortadi; • Hudud aholisi uchun sog‘lom turmush va madaniy farovonlik yaratiladi. 1-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi asosiy rekreatsion maskanlar va ularning iqtisodiy ahamiyati Muassasa nomi Joylashuvi Turi O‘rinlar soni Yillik turistlar soni Iqtisodiy hissasi (mln so‘m) Shumanay sanatoriyasi Shumanay tumani Sog‘lomlashtiruvchi 150 2000 50 Kegeyli Kegeyli Sog‘lomlashtiruvchi 120 1800 42
36 kurorti tumani Ellikqal’a yodgorligi Ellikqal’a Madaniy-tarixiy 50 1500 35 Orolqum eko-turi Orolqum sahrosi Ekologik 200 2500 60 Orolbo‘yi ekologik hududida eko-turizm va sog‘lomlashtirish imkoniyatlari mavjud búlib, Orol dengizining qurib borishi ekologik muammolarni yuzaga keltirgan bo‘lsa-da, bu hududda eko-turizm va ekstremal turizm uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi.[5] Orolqum sahrosi va Sudochye ko‘li atrofida ekologik marshrutlar, qush kuzatuv turizmi va tabiatni muhofaza qilish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, xalqaro loyihalar orqali Orolbo‘yi hududining ekologik holatini yaxshilash, ekologik ta’lim va ilmiy ekspeditsiyalarni rivojlantirish ushun katta imkoniyatlari mavjud. Rekreatsion sohani rivojlantirish uchun asosan rivojlanish istiqbollari va takliflar muhim hisoblanadi. Rekreatsion sohani rivojlantirish uchun quyidagi yo‘nalishlar dolzarbdir: • Ekoturizm va agroturizmni kengaytirish; • Raqamli marketing va elektron bronlash tizimini joriy etish; • Xalqaro investitsiyalarni jalb etish; • Davlat-xususiy sheriklik asosida dam olish maskanlarini modernizatsiya qilish; • Rekreatsion rayonlashtirish va geografik monitoring tizimini joriy etish; • Madaniy merosni targ‘ib qilish va turistik marshrutlarni boyitish; • Innovatsion turizm xizmatlarini rivojlantirish va qo‘shimcha xizmatlar yaratish. Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiiy, madaniy va tarixiy resurslari hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega sanaladi. Rekreatsion resurslardan oqilona foydalanish iqtisodiyotning yangi yo‘nalishlarini yaratadi va iqtisodiy o‘sishni tamiyinlaydi, bandlik darajasini oshiradi va yanada ekologik barqarorlikni ta’minlash va milliy madaniyatni targ‘ib qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, ekoturizm va innovatsion turizm turlarini rivojlantirish hududning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshiradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Berdimuratov B. Rekreatsion geografiya asoslari. – Toshkent: Fan, 2018. 2. Xudaybergenova N. Turizm va ijtimoiy geografiya. – Toshkent, 2019. 3. “Geografiyaning dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusida Respublika konferensiyasi tóplamida. -Nukus, 2025. 404-407 b. 4. Rasulov R., Abdullayev S. Orolbo‘yi mintaqasining ekologik muammolari. – Nukus, 2021. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari, 2024-yil.