scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SANOAT KORXONALARIDAN CHIQADIGAN ZAHARLI TUTUNLARNI EKOLOGIK MUVOZANATGA VA INSON SALOMATLIGIGA TA'SIRI

Xayitov Yozil Qosimovich; Qadamboyeva Ra'noxon Mansur qizi

Full text

71 SANOAT KORXONALARIDAN CHIQADIGAN ZAHARLI TUTUNLARNI EKOLOGIK MUVOZANATGA VA INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI Xayitov Yozil Qosimovich, professor BuxDU Qadamboyeva Ra’noxon Mansur qizi, talaba BuxDU DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17754822 Annotatsiya. Maqolada sanoat korxonalardan chiqayotgan zaharli gazlarning atmosfera ifloslanishiga ta’siri tahlil etilgan . Global, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammlarni kelib chiqish sabablari bayon qilingan. Ekologik muvozanatning buzilishi oqibatida inson salomatligini o’zgarishi yoritib berilgan. Tayanch so‘zlar; sanoat korxonalar, zaharli gazlar , ekologik muvozanat, atmosfera, ozon, iqlim Dolzarbligi. Hozirgi kunda sanoat korxonalaridan chiqayotgan zaharli tutunlarning ekologiya va inson salomatligiga ta’siri dolzarb muammolardan biri sanaladi . Chunki u havo ifloslanishining asosiy manbalaridandir. Bunday tutunlar atmosferaga zararli gazlar, zarrachalar va toksit moddalarni chiqarib, iqlim o’zarishiga, kislotali yomg’irlarga, tuproq va suv havzalarining ifloslanishiga olib keladi. Ekologik muvozanatning beqarorligiga va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Buning oqibatida esa turli kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Jumladan; yurak-qon tomir tizimi kasalliklari,nafas olish kasalliklari (astma,bronxit) va hatto saraton kabi kasalliklarning keskin tus olishi fikrimizning yaqqol dalilidir. Tadqiqot maqsadi; Shu sababli sanoat korxonalaridan chiqadigan zaharli va zararli gazlarning atmosferaga chiqarilishi oqibatida ekologik muvozanatning buzilishi hamda inson saalomatligiga salbiy ta’sirini o’rganish davr talabi hisoblanadi. Vazifalari – biz maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni ko’rib chiqdik. -sanoat korxonalardan chiqayotgan zaharli tutunlarni o’rganish. -inson salomatligiga zararli ta’sirini o’rganish -ekologik toza texnologiyalarni joriy etish bo’yicha takliflar ishlab chiqish -havoni nazorat qilish bo’yicha zamonaviy texnologiyalarni o’rnatish -ekologik muvozanatga salbiy ta’sirlarini o’rganish -eng ko’p tutunlar qaysi sanoatdan chiqishini tahlil qilish O‘rganilganlik darajasi; Soha mutahassislari va olimlarning ko’p yillar davomida olib borgan tadqiqotlar natijalari shuni ko’rsatadiki, korxonalardan chiqayotgan tutun tarkibidagi kimyoviy moddalar, ayniqsa freonlar va azot oksidlari, 72 ozon molekulalarini parchalab, ozon qatlamining yemirilishiga sabab bo’ladi. Bu esa inson salomatligi va butun biosfera uchun xavf tug’diradi. Evolutsiyon jarayon natijasida va aholi sonini oshishiga bog’liq holda chiqindilarni ko’payishi turli sanoat korxonalarni barpo etilishi global iqlim o’zgarishiga keskin ta’sirini ko’rsatmoqda. Bu esa turli geografik hududlarda umumbashariy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarni yuzaga keltirmoqda . 1-rasm. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Ozon qatlamining yemirilishi va issiqlik samarasini hosil qiluvchi korxona zavodlar sirasiga korxonalardagi yoqilg’i (neft,gaz,ko’mir) yoqilishi , kimyoviy moddalarning parchalanishi, metalni eritish, sement, metallurgiya, plastmassa va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish natijasida atmosfera havosiga turli zaharli gazlar va aerozollarning chiqishi sabab bo’ladi . Freonlar – strosferada parchalanib xlor atomlarini ajratadi, ular ozon molekulalarini yo’q qiladi.Azot oksidlari – ozon bilan reaksiyaga kirishib uni parchalaydi. Uglerod oksidlari – bevosita ozonni yemirmaydi, lekin issiqxona effekti orqali iqlim o’zgarishiga olib keladi; bu esa ozon qatlamining tiklanish arayoniga ta’sir qiladi. Oltingugurt –havoda kislota yomg’irlarini hosil qiladi, ozon hosil bo’lish jarayonini sekinlashtiradi. Aerozollar havoda ozon hosil bo’lish va saqlash muvozanatini buzadi. [3] Bizga ma’lumki, iqlim o’zgarishiga eng ko’p zarar yetkazigan sanoat korxonalari, metallurgiya ,kimyo,neftni qayta ishlash va energetika korxonalari, havoga turli zararli moddalarni chiqaradi. Bu moddalar gazlar, suyuq tomchilar va chang zarralar shaklida bo’ladi. Korxonalardan chiqayotgan tutun va gazlar faqat mahalliy havoni ifloslantiribgina qolmay, balki global iqlim tizimiga ham katta zarar 73 keltiradi. Ular issiqxona effekti, kislotali yomg’ir, smog va iqlim o’zgarishi kabi muammolarni kuchaytiradi. [4] Geografik qobiqning asosiysi atmosfera - butun insoniyat va hayvonot, o’simlik dunyosi uchun hayot manbai hisoblanadi. Bu global ekologik muammo bo’lib, havo tarkibidagi zararli moddalarning ortishi natijasida kislotalar yomg’irlar., tutunli tuman, global isish va ozon qatlamining yemirilishi kabi jiddiy muammolar yuzaga kelmoqda. Ayniqsa sanoat transport, energetika va qishloq xo’jaligi sohalarining rivolanishi natijasida atmosferaning tabiiy tarkibi buzilmoqda. Atmosfera havosini doimiy muhofaza qilish ekogeografik muvozanatni barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. [5] Keyingi yillardagi kuzatishlarga ko’ra, ayrim geografik hududlarga yog’adigan kislotali va ishqorli yomg’irlar xalq xo’jaligining turli sohalariga ziyon yetkazmoqda. Misol tariqasida shuni aytish kerakki, mamlakatlardagi tarixiy obidalar va binolarning yemirilishi, o’rmonlarning kasallanib qurib yo’qolishi hamda madaniy o’simliklarning hosildorligini pasayib ketishi shular jumlasiga kiradi. Atmosfera havosiga chiqarilayotgan oltingugurt dioksidi va azot oksidlari kabi birikmalar kimyoviy reaksiyaga sabab bo’ladi. Ushbu moddalar atmosferaga baland ko’tarilishi mumkin, yerda ular suv va boshqa kimyoviy moddalar bilan aralashib, kislotali yomg’irlar hosil qiladi. Oltingugurt dioksidi va azot okidi suvda juda oson eriydi va shamol tomonidan juda uzoqqa olib ketilishi mumkin. Natijada, bu ikki birikma ma’lum kunlarda biz boshdan kechiradigan yomg’ir, qor, va tumanning bir qismiga aylanadi. [1] Kislotali yomg’irlar va havoda to’plangan zararli moddalar tuproq va suv havzalariga tushadi va kimyoviy tarkibini o’zgartirib, undagi foydali mikroorganizimlarga zarar yetkazadi. Bu esa ekotizimga va qishloq xo’jaligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. [2] Bu esa o’z navbatida tuproqlarning degradatsiya va eroziyaga uchrashiga hamda tuproqlarning ekomeliorativ holatiga putur yetkazmoqda bundan tashqari suv havzalarida zararli va zaharli moddalar miqdorini keskin oshishi aholi orasida turli xil kasalliklarni kelib chiqishiga zamin yaratilmoqda. Professor Yu. Shadimetovning ma’lumotlariga bo’yicha yuqumli kasalliklarni 70-75% ini suv va suv havzalarining ifloslanishiga bog’liqligi aytib o’tilgan. [6] Muhokama; Tutundagi zararli gazlar bronxit, astma, o’pka saratoni kabi nafas olish tizimi kasalliklarini keltirib chiqaradi. Zaharli tutun – inson salomatligining yashirin dushmanidir. U havoga aralashib, nafas olish organizmiga kiradi va asta – sekin o’pka, yurak, miya va boshqa a’zolarga zarar yetkazadi. Toza hayot – bu hayot manbai, zaharli tutun esa hayotga tahdid. 74 Havoda to’plangan zarrachalar qon oqimiga kirib, yurak xuruji, insult va boshqa yurak – qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi. Zaharli tutunlar yurak va qon tomirlar uchun eng xavfli omillardan biridir. Ular qon tarkibini o’zgartirib, kislorod yetishmovchiligi keltirib chiqaradi, yurak urishini buzadi, tomirlarni toraytiradi va og’ir kasalliklari – infarkt, insult, gipertoniyaga sabab bo’ladi. Tutundagi ba’zi moddalar, masalan; benzopiren, konserogen xususiyatiga ega bo’lib, turli xil saraton kasalliklarini rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Benzopiren – u havoga chiqib, nafas orqali organizmga kiradi va saraton kasalliklarining rivojlanishiga hissa qo’shadi. Shu sababli benzopiren manbalarini kamaytirish va havoni toza saqlash juda muhimdir , masalan; transport chiqindilari va sanoat tutunlari [7] Karsinogenlar – bu saraton kasalligi rivojlanishiga olib keladigan xavfli moddalar va omillardir. Ularning ta’sirini kamaytirish uchun hayot tarzini sog’lom qilish, ekologik muhitni saqlash muhimdir, masalan; sanoat tutunlari va chiqindilari. Xulosa. 1.Sanoat faoliyatida toza texnologiyalar, filtrlar va barqaror energiya manbalaridan foydalanish iqlimni saqlashda muhim ahamiyatga ega. 2.Atrof – muhit muhofazasida mavjud sanoat korxonalaridan chiqadigan chiqindilarni meyoriga qat’iy rioya etish . 3.Chiqindilarni qayta ishlash maqsadida chiqindisiz texnologiyalarni takomillashtirish. 4. Tuproqlarni unumdorli oshirish uchun ilmiy asoslangan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish 5.Mavjud sanoat korxonalari yonida chiqindi suvlarni qayta tozalash suv inshootlarini tashkil etish v ularni samaradorligini oshirish. 6.Atmosfera ifloslanishini oldini olish uchun ko’klamzorlashtirishni geografik hududlarini kengaytirish. 7.Ekologik muhitni yaxshilashda keng xalq ommasi orasida targ’ibot ishlarini olib borish. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Jo’rayev. A Ekologiya asoslari 2018-yil 283 b 2. Saparova.G.K Ekologiya va atrof – muhit muhofazasi Toshkent sh. 2023-yil 136 b 3. Sultonov. P. S Ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish asoslari Toshkent sh . 2007-yil ’’Musiqa ’’56-66 b. 4. Xayitov .Y.Q , Hasanov.I , Hasanova.I Ekologik muhitdagi kimyoviy moddalarning odam organizmiga ta’siri Buxoro 2002-yil ’’ Yoqub Dovud’’ 8 b. 5. Yormatova . D Sanoat ekologiyasi Toshkent 2007-yil ’’O’zbekiston faylasuflarimilliy jamiyati’’ 256 b 6. Shadimetov.Y.Sh Ijtimoiy ekologiya Toshkent 1994-yil ’’O’qituvchi’’ 282 b. 7. Wikipedia.org