JANUBIY QASHQADARYO O'ZBEK SHEVALARIDA PAREMIALOGIK BIRLIKLARINING O'ZIGA XOS TIL XUSUSIYATLARI
Full text
56 1 3 JANUBIY QASHQADARYO O‘ZBEK SHEVALARIDA PAREMIALOGIK BIRLIKLARINING O‘ZIGA XOS TIL XUSUSIYATLARI Primov Islom Xalqaro innovatsion universiteti“Lingvistika (o„zbek tili)” yo„nalishi magistranti SPECIFIC LANGUAGE FEATURES OF PAREMIALOGICAL UNITS IN THE UZBEKISTAN DIALECTS OF SOUTHERN KASKADARYA Primov Islam International Innovation UniversityMaster‟s degree student in Linguistics (Uzbek language) ОСОБЕННОСТИ ЯЗЫКА ПАРЕМИОЛОГИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ В УЗБЕКСКИХ ГОВОРАХ ЮЖНОГО КАШКАДАРЬЯ Примов Ислом Международный инновационный университетМагистрант направления «Лингвистика (узбекский язык)» E-mail: [email protected] Orcid: https://orcid.org/0009-000775421-3942 Doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.17759071 Annotatsiya. maqolada Qashqadaryo vohasi G„uzor va Dehqonobod shevasining muhim xarakterli jihatlari hamda shevaga xos paremiologik birliklarining lisoniy qirralari tahlilga tortilgan. Kalit so‘zlar: Milliy til, dialektal birliklar, lahja, paremiologik birlik, leksik birliklar. Аннотация. В статье анализируются важные характерные стороны диалектов Гузара и Дехканабада Кашкадарьинского оазиса и лингвистические аспекты паремиологических единиц, характерных для диалекта. Ключевые слова: National language, dialectal units, dialect, paremiological unit, lexical units. Annotation. The article analyzes the important characteristic aspects of the dialects of the Guzar and Dehqanabad of the Kashkadarya oasis and the linguistic aspects of the paremiological units specific to the dialect. Keywords: Национальный язык, диалектные единицы, диалект, паремиологическая единица, лексические единицы. KIRISH VA DOLZARBLIGI Shevalar har bir milliy tilning asosini tashkil etadi hamda u milliy-ma‟naviy qadriyatimiz hisoblanadi. Shuning uchun ham uni asrab - avaylash, qadrlash zarur.
57 1 3 Hozirgi kunda sheva xususiyatlari adabiy til ta‟sirida juda tez birlashib, sayqallanib borayotganiga qaramay, bu xususiyatlar faqat qishloqlarda emas, balki shaharlarda ham ma‟lum darajada saqlanib turibdi. Qashqadaryo hududida 14 ta tuman mavjud bo„lib har birining o„ziga xos til xususiyatlari mavjud. Bu esa tilimizning rang-barang ekanligidan darakdir. Har bir hudud shevasining o„ziga xos xarakterli xususiyatlari bo„lgani kabi Janubiy Qashqadaryo shevasining ham boshqa shevalardan farqlanadigan juda ko„plab lisoniy qirralari mavjudki, uning leksik qatlamida bu yaqqol ko„zga tashlanadi. Ma‟lumki, G„uzor va Dehqonobod tumani aholisining asosiy qismini qipchoq tilida so„zlashuvchilar tashkil qiladi. Ularning nutqida adabiy tilda mavjud bo„lmagan, dialektal lug„atlar tarkibidan o„rin olmagan, tarkibida qadimiy so„z unsurlarini saqlagan o„ziga xos paremiologik birliklar mavjudki, ularni nutq egalari muloqatidan to„plab, linvistik jihatdan tahlil qilish dolzarb masalalardan biridir. METODLAR VA O‘RGANILISH DARAJASI. Jahon tilshunosligida paremilogik birikmalar V.Gumboldt, V.Mieder, L.Kerschen, L.Apperson, E.C.Lucas, R.P.Honeck, V.V.Vinogradov, G.L.Permyakov, N.M.Shanskiy, L.B.Savenkova, Z.K.Tarlanov, S.G.Lazutin, V.P.Jukov, G.D.Sidorkova, N.F.Alefirenko, T.G.Bochina, N.R.Oynotkinova, O.Y.Frolova singari olimlar tomonidan maxsus o„rganilgan. Turkiy filologiyada esa barqaror birliklar dastlab M.Koshg„ariyning “Devonu lug„otit-turk” asarida o„rganilgan. O„zbek va turkiy tilshunoslikda paremiogik birliklarning sintaktik, leksik, dialektal, semantik va struktur, lingvomadaniy, pragmatik xususiyatlari yuzasidan H.Zarif, Sh.Shomaqsudov, Sh.Shorahmedov, Sh.Jo„rayev, B.Karimov, Sh.Rizo, O„.Azimov, O„.Xolmatov, M.Afzalov, S.Ibrohimov, N.Mahmudov, D.S.Xudoyberganova, I.Haqqulov, A.Musoqulov, P.Bakirov, X.Abdurahmonov, M.Sadriddinova, M.Madrahimova kabi olimlar tadqiqot ishlari olib borgan. Dialektlarda barqaror birliklar yuzasidan kuzatuvlar esa X.Doniyorov, T.Sodiqov, H.Uzoqov, Sh.Shomaqsudov va S.Dolimov kabi tadqiqotchilar ishlarida ko„zga tashlanadi. Maqolada muammoni yoritishda tavsiflash, qiyoslash metodlari tatbiq qilindi. TADQIQOT NATIJALARI. Tilshunoslikda paremilogik birliklar haqida gap ketganda eng avvalo ular har bir xalqqa xos bo„lgan milliylikni, madaniyatni o„zida namoyon qiluvchi birlik sifatida gavdalanadi. Chunki barqaror birikmalar til egalarining dunyoqarashi, urf-odati,
58 1 3 tafakkuri, kasb-kori va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqib yaratiladi. Xalqning tabiiy tili hisoblangan paremiologik birliklarning ba‟zilari adabiy til tarkibidan o„rin olgan bo„lsa-da, ba‟zilari sheva vakillari nutqida og„izdan-og„izga ko„chib, yashab kelmoqda. Janubiy Qashqadaryo hududida ham qadimiy til unsurlarini tarkibida saqlagan, adabiy til tarkibidan o„rin olmagan barqaror birliklar talaygina bo„lib, ularning o„ziga xos jihatlarini tahlilga tortamiz. Paremiologik birliklarning variantlashuvi, transformatsiyasi, ularning semantikstruktur funksiyalarida eng asosiy xususiyatlardan biri ularning morfologik hamda sintaktik ifodasidir. Dialektal paremalar haqida gap ketganda esa ularning qurilishida qatnashgan leksemalarning ham semantik, ham fonetik jihatlari qaysi daha vakillari nutqiga aloqadorligini belgilashda, ulardan kelib chiqqan holda butun bir paremaning morfologik-sintaktik xususiyatini belgilashga asoslanadi. Misol uchun barqaror birikmalarda fonetik o„zgarishlarni kuzatishimiz mumkin. Dovush chiqardi birligi tarkibidagi tovush so„zi dovushga o„zgardan bo„lsa yelkasiga og„ir yukni oldi iborasida jelkasiga ovur jukti joyladi tarzda ifodalanadi. Shuningdek, Janubiy Qashqadaryo shevalarida uchrovchi paremalar tarkibida morfologik hodisalar ham kuzatiladi. Jumladan, tarkibida kelgan kabi yordamchi so„zi (ko„makchi) Dehqonobod tumanida yashovchi ko„plab Qo„ng„irot urug„i nutqida day o„xshatmasi o„rnida qo„llaniladi. Tolov jegan it kabi iborasi tolov jegan ittay tarzda, bilan-minan [mыnən-birga]. Cho„pon toyog„i bilan, kelin oyog„i bilan maqoli cho„pon toyog„i minan kelin oyogi minan tarzda ifodalanadi. Ushbu hudud leksikasida fonetik va morfologik o„zgarishlarga nisbatan leksik o„zgarish ko„plab uchraydi. Molli yuzi yorug„dir, molsiz yuzi choriqdir, oxmoq kalla oyog„iga jol bermas, badani junjukti, bermas qiznding qolini ko„p singari parema tuzilmasi tarkibidagi ayrim leksemalar dialektal so„zlardir. Bu kabi dialektal leksemalar adabiy til tarkibida uchramaydi. Yoki boshqacha variantda uchraydi. Dialektal paremalarda sintaktik jihatlar ham ko„zga tashlanadi. Umuman olganda, bugunga qadar barqaror birikmalarning sintaktik xususiyatlari ilmiy tadqiq etilgan. V.Vinogradov, I.A.Fillipovskaya, G.S.Varlakovalarning izlanishlarida, shuningdek, X.Abdurahmonovning ishlarida barqaror birikmalarda sintaktik xususiyat o„rganiladi. X.Abdurahmonovning “O„zbek xalq og„zaki ijodi asarlarining sintaktik xususiyatlari bo„yicha kuzatishlar”ga bag„ishlangan ishida matal, qo„shiq va topishmoqlarga qisman to„xtalingan bo„lib, asosan maqollarning sintaktik xususiyatlari yoritilgan. Janubiy Qashqadaryo o„zbek shevalaridagi barqaror birikmalar lisoniy tabiati juda xilma-xildir. Zero, bu hududda o„zbek xalqining turli sheva vakillari hayot
59 1 3 kechiradi. Shunga ko„ra ular bisotidagi maqol, matal, ibora, topishmoq kabi barqaror birikmalarning sintaktik qurilishi ham turli xildir. Jumladan, vo„zingniki vo„mganingni vo„yadi (uch komponentli), mevali darxtning boshi tuman (to„rt komponentli), qo„ynimdan op qinjimga tiqdim (to„rt komponentli), tilab og„an erimni echki tevip vo„ltirdi, (olti komponentli), teshik kulcha jerda qolmas, jerda qolsa kimlar olmas (sakkiz komponentli) kabi maqollarda turli xil sintaktik qurilish namoyon bo„ladi. Janubiy Qashqadaryo hududidan to„plangan paremiologik birliklarning tarkibiy tuzilishiga nazar tashlaydigan bo„lsak, ularda ot va fe‟l turkumiga oid birliklar ulushi yuqori ekani ko„zga tashlanadi. Otdan baland, itdan past (ot+sifat), itdan qushdan, qarz (ot+ot), tuya cho„ksa joy olar (ot+fe‟l), sesi chiqmoq (ot+fe‟l), sen menga bormoq (olmosh+fe‟l), ortidagini oltosh qidiribdi (ravish+ fe‟l) singari. Yordamchi so„zlarning barqaror birikmalar tarkibidagi ishtiroki deyarli kuzatilmaydi. Ammo, lekin, biroq, balki zidlov bog„lovchilari qatnashgan barqaror birikmalar uchramadi. Bizningcha, bu toifa bog„lovchilarning maqollar tarkibida uchramasligi o„zbek xalq maqollari uchun ham umumiy qonuniyat bo„lsa kerak. Ma‟lumki, egalik, kelishik va shaxs-son qo„shimchalari, yordamchi so„zlar gap, birikma tarkibidagi mustaqil so„zning ikkinchi bir mustaqil bo„lakka sintaktik munosabatini, shunga ko„ra aloqasini yuzaga keltiradi. Biroq bundan farqli, son kategoriyasiga mansub -lar formanti ham gap bo„laklari orasidagi sintaktik aloqani yuzaga keltirish mumkin. Masalan, toshga solib Tangridan tilar maqolida ushbu qo„shimcha vazifaviy jihatdan o„tgan zamon davom fe‟li ma‟nosida kelgan. Holbuki, nafaqat shevalar tarkibidagi maqollarda, umumxalq (adabiy tildagi) maqollarda ham - lar affiksi sof ko„plikni ifodalamaydi. Paremilogik birliklarda maqollar va ba‟zi ko„p komponentli iboralar qo„shma gap tuzilishida bo„lsa, topishmoq, matal, ibora, farafrazalar esa asosan, sodda gap va birikma holida bo„ladi. Barqaror birikmalar ma‟nosini aniqlashtirishda morfo-sintaktik vositalar qatorida sintagmatik bo„linish, to„xtam, ohang ham muhimlik kasb etadi. Chunki aksar holatlarda bog„lovchisiz qo„shma gap tipida keladigan maqol va matallarning semantik qiyofasini chizishda aynan takt, urg„u, to„xtam kabilarning o„rni va ahamiyati katta hisoblanadi. Ustamchaga dustamcha bo„ldi, talabi toyday, shashtini sindirmoq, kelinni kelganda ko„r, sepini joyganda ko„r. Garchi oddiy so„zlashuvda bu fonetik segmentlar ishoraviy belgilar bilan ajratilmasa-da, shevashunoslar uchun maqol ma‟nosi borasida aniq bir to„xtamga kelishda muhim o„ringa ega.
60 1 3 XULOSALAR. Umuman olganda, xalqning dialektal paremiologik birliklari ham lingvistik, ham adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan dolzarb mavzu bo„lib kelmoqda. Ularning o„ziga xos xususiyatlaridan biri grammatik jihatlari bo„lib, ular fonetik, morfologik yoki sintaktik tahlillar orqali yuzaga chiqadi. Dialektal paremalarning grammatik xususiyatlarini tadqiq qilish, ularni to„plash, o„rganish, ilmiy asoslarda tasniflash tilshunosligimiz rivoji uchun muhim omili bo„lib xizmat qiladi. Adabiyotlar: 1. Абдурахмонов Х. Ўзбек халқ оғзаки ижоди асарларининг синтактик хусусиятлари бўйича кузатишлар. – Тошкент: Фан, 1971. 2. Абдураxмонов Х. Синтаксические особенности узбекских народных пословиц: Автореф. дис. ... канд. филол. наук. – Ташкент: АН УзССР, 1964. 3. Шомақсудов Ш., Шораҳмедов Ш. Нега шундай деймиз? – Тошкент: Ғ.Ғулом, 1988. – 352 б. 4. Усмонова Ш. “Лингвокультурология” фанидан маърузалар курси. – Тошкент, 2014; 5. Жўраева Б. Мақолларнинг лисоний мавқеи ва маъновий-услубий қўлланилиши: Филол. фан. ном . ... дисс. автореф. – Самарқанд, 2002; 6. Мусаева Ф. Ўзбек тилида фразеологик вариантлар / Ўзбек тили ва адабиёти. 2016. №5. – Б. 91-95;