scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KONSTITUTSIYA VA YOSHLAR: KELAJAKKA ISHONCH HUJJATI

Mirxamidova Farangiz Muzaffar qizi; Bektemirova Beknozaxon Baxtiyorjon qizi

Abstract

Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yoshlar hayotidagi o’rni ular uchun yaratilgan huquqiy kafolatlari, ta’lim, mehnat, ijtimoiy himoya va shaxsiy rivojlanish borasidagi imkoniyatlari keng yoritiladi. Yangi O’zbekiston taraqqiyotida yoshlar siyosatining ustuvor yo’nalishlari, Konstitutsiyaning yangilangan tahriri orqali kuchaytirilgan normalar va ularning real hayotga ta’siri ilmiy-nazariy hamda tahlily yondashuvda sharhlanadi. Shuningdek, yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi faolligi, fuqarolik burchi, mas’uliyati va huquqiy ongning shakllanishi masalalari ham umumlashtirilgan.

Full text

957 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 KONSTITUTSIYA VA YOSHLAR: KELAJAKKA ISHONCH HUJJATI Mirxamidova Farangiz Muzaffar qizi Fan va Texnalogiyalar universiteti 1-kurs talabasi. [email protected] Bektemirova Beknozaxon Baxtiyorjon qizi Fan va Texnalogiyalar universiteti oʻqituvchisi. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17759649 Annotatsiya. Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yoshlar hayotidagi o’rni ular uchun yaratilgan huquqiy kafolatlari, ta’lim, mehnat, ijtimoiy himoya va shaxsiy rivojlanish borasidagi imkoniyatlari keng yoritiladi. Yangi O’zbekiston taraqqiyotida yoshlar siyosatining ustuvor yo’nalishlari, Konstitutsiyaning yangilangan tahriri orqali kuchaytirilgan normalar va ularning real hayotga ta’siri ilmiy-nazariy hamda tahlily yondashuvda sharhlanadi. Shuningdek, yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi faolligi, fuqarolik burchi, mas’uliyati va huquqiy ongning shakllanishi masalalari ham umumlashtirilgan. Kalit so’zlar: Konstitutsiya, yoshlar, huquqiy kafolat, ta’lim, erkinlik, mas’uliyat, Yangi O’zbekiston, demokratiya, fuqarolik burchi, taraqqiyot. Annotation. This article provides an extensive overview of the role of the Constitution of the Republic of Uzbekistan in the lives of young people, as well as the legal guarantees, educational, labor, social protection, and personal development opportunities created for them. It highlights the priority directions of youth policy in the development of New Uzbekistan, analyzing the strengthened norms of the renewed edition of the Constitution and their impact on real life from scientific-theoretical and analytical perspectives. Additionally, the article generalizes issues related to youth activity in society’s development, civic duty, responsibility, and the formation of legal awareness. Key words: Constitution, youth, legal guarantee, education, freedom, responsibility, New Uzbekistan, democracy, civic duty, development. Аннотация. B данной статье широко освещается роль Конституции Республики Узбекистан в жизни молодежи, а также созданные для них правовые гарантии, возможности в сфере образования, труда, социальной защиты и личностного развития. Рассматриваются приоритетные направления молодежной политики в развитии Нового Узбекистана, анализируются усиленные нормы обновленной редакции Конституции и их влияние на реальную жизнь с научно-теоретической и аналитической точек зрения. Кроме того, обобщены вопросы активности молодежи в развитии общества, гражданского долга, ответственности и формирования правового сознания. Ключевые слова: Конституция, молодежь, правовая гарантия, образование, свобода, ответственность, Новый Узбекистан, демократия, гражданский долг, развитие. Konstitutsiya har bir davlat hayotida eng yuqori kuchga ega bo’lgan hujjat sifatida e’tirof etiladi. U nafaqat jamiyatning boshqaruv tamoyillarini belgilaydi, balki har bir insonning huquq va erkinliklarini himoya qiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi esa bugungi kunda yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar eshigini ochayotgan muhim huquqiy manbaa sifatida qadrlanadi. 958 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Mamlakatning asosiy qonuni bo’lgan ushbu hujjat yoshlar uchun nafaqat huquqiy himoya, balki kelajakka bo’lgan ishonch, o’zini namoyon qilish, jamiyat rivojida faol ishtirok etish uchun mustahkam poydevor vazifasini bajaradi. Mashhur huquqshunos olim S.Otayev o’zining “O’zbekiston Konstitutsiyaviy huquqi” nomli asarida ta’kidlagandek, asosiy qonun har qanday demokratik jamiyatning asosiy tayanchi bo’lib, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotini tartibga soluvchi mukammal mexanizm vazifasini bajaradi. Olimning fikricha, yoshlar huquqini mustahkamklash masalasi Konstitutsiyada alohida e’tibor bilan yoritilgani ushbu qatlamning kelajakdagi o’rni va salohiyatiga bo’lgan chuqur ishonchni ifodalaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan bo’lib, 2025-yilda uning 33 yilligi nishonlanmoqda. Bu sana nafaqat tarixiy voqea, balki yoshlar uchun ham muhim ramziy ahamiyatga ega. 33 yil davomida Konstitutsiya avlodlar taqdirini belgilab kelayotgan, ularni huquqiy jihatdan himoya qilayotgan va imkoniyatlar sari yetaklayotgan asosiy hujjat sifatida o’z ahamiyatini yanada mustahkamladi. Bugungi kunda O’zbekistonda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar markazida, avvalo, inson manfaatlari va yoshlar salohiyatiga bo’lgan hurmat yotadi. Yurtimizda “Inson qadrini ulug’lash” g’oyasi asosiy o’ringa qo’yilgan bo’lib, uning amaliy ifodasi Konstitutsiyaning yangi tahririda yaqqol o’z aksini topdi. Mazkur o’zgarishlar yoshlar huquqlarini yanada mustahkamlashga, ularni zamonaviy ta’lim, erkin fikrlash, mehnat bozoriga chiqish va ijodiy rivojlanish jarayonida qo’llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. Konstitutsiya yoshlar uchun eng muhim kafolatlardan birini – sifatli ta’lim olish huquqini mustahkamlaydi. Huquqshunos Z.Islomov “Konstitutsiya – taraqqiyot kafolati” kitobida ta’kidlagandek, har bir modda amaliy hayotga moslashgan, inson qadrini ulug’lovchi aniq me’yorlardan tashkil topgan bo’lib, aynan shu jihat uni vaqt sinovidan o’tkazuvchi kuchga aylantiradi. Uning yozishicha, ta’lim va yoshlar siyosati bo’yicha belgilangan normalar jamiyatning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi va bu nafaqat bugungi kun uchun, balki kelajak uchun ham mustahkam asos yaratadi. Bilim olish huquqi yoshlar hayotidagi eng asosiy ustunlardan biri bo’lib, nafaqat ularning intellektual rivojlanishini, balki kelajak kasb tanlash imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning konstitutsiyaviy asosga ega bo’lishi esa bu yo’nalishda izchil, barqaror va davomli rivojlanishni ta’minlaydi. Bugungi kunda yoshlar uchun maktab-ta’limdan tortib oliy ta’limgacha bo’lgan tizimda sifat va qulayliklar sezilarli darajada kengayib bormoqda. Zamonaviy kasblar, IT yo’nalishlari, chet tillarini chuqur o’rganish imkoniyatlari kengaygani ham aynan Konstitutsiyada belgilangan normalarning hayotiy ifodasidir. Bundan tashqari, Konstitutsiya yoshlarning mehnat qilish huquqini, ularga munosib mehnat sharoitlari yaratishni ham kafolatlaydi. Yurtimizda yoshlar tomonidan tadbirkorlik, startap loyihalar, innovatsion g’oyalar bilan shug’ullanish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Ularni qo’llab-quvvatlash uchun turli imtiyozlar, grantlar, kreditlar ajratilishiAsosiy qonun ruhidan kelib chiqadigan ustuvor yo’nalishlardir. Biz yoshlar bugun o’z biznesimizni boshlashimiz, innovatsion yangiliklar yaratishimiz, davlat boshqaruvida faol ishtirok etishimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, “Yangi O’zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni” nomli ilmiy to’plamda qayd etilishicha, Konstitutsiyada yoshlar manfaatlarini himoya qiluvchi o’nlab me’yorlar mavjud bo’lib, ularning barchasi huquqiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan. 959 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Mazkur to’plam mualliflari ta’lim, bandlik, sog’liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohalaridagi konstitutsiyaviy kafolatlarning mazmunini chuqur tahlil qilgan holda, aynan yoshlar uchun belgilangan imtiyozlar O’zbekiston taraqqiyot strategiyasining ajralmas qismi ekanini ta’kidlaydilar. Konstitutsiyaning yana bir muhim jihati-yoshlarning erkin fikr bildirish, tashabbus ko’rsatish, jamiyat hayotida faol bo’lish huquqini tan olishi va himoya qilishidir. Demokratik jamiyatning eng muhim belgisi bo’lgan mazkur erkinliklar yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshiradi. Bugungi kunda yoshlar parlament va mahalliy kengashlarda, nodavlat tashkilotlarda, yoshlar ittifoqlarida faol qatnashmoqda. Ularning ovozi eshitilmoqda, taklif va tashabbuslari qo’llab-quvvatlanmoqda. Bularning barchasi konstitutsiyada belgilangan imkoniyatlarning amaliy natijasidir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi sharhlarida ham yoshlarning jamiyatdagi o’rni alohida ko’rsatib o’tiladi. “Konstitutsiya sharhi”ning 1-jildida qayd etilishicha, davlat yoshlarning huquqlarini ta’minlash bilan birga, ularni ma’naviy yuksaltirish, ijtimoiy faolligini oshirish, shaxs sifatida shakllanishiga ko’maklashishni o’z ustiga oladi. Mazkur sharhda ta’kidlanganidek, yoshlar nafaqat himoya obyekti, balki mustaqil fikrga ega bo’lgan teng huquqli fuqarolar sifatida ko’riladi. Shu bilan birga, Konstitutsiya yoshlarni nafaqat huquqlar bilan, balki mas’uliyat bilan ham bog’laydi. Vatan taqdiri, jamiyat tinchligi, qonunlarga hurmat bilan qarash kabi burchlar aynan yoshlarning qo’lida. Huquqiy ongning shakllanishi, qonun ustuvorligini anglash, jamiyatga foydali bo’lish istagi yoshlarning hayotiy pozitsiyasini belgilaydi. Demak, Konstitutsiya yoshlarni faqat himoya qilish bilan cheklanmay, ularni ongli, bilimli, mas’uliyatli fuqarolar sifatida tarbiyalaydi. Ma’naviyatshunos olim A.Qodirov esa yoshlarga oid konstitutsiyaviy normalarni sharhlab shunday yozadi:”Yoshlar qadr topgan jamiyatda kelajak buyuk bo’ladi, yoshlar erkin fikrlay olgan jamiyatda esa taraqqiyot tezlashadi.” Uning fikricha, Konstitutsiya yoshlarning orzu va intilishlarini qo’llabquvvatlaydigan mustahkam huquqiy zamin yaratgan. Yoshlar mamlakatning eng faol, eng intiluvchan va eng innovatsion qatlamini tashkil etadi. Ularning fikrlashi, orzu-intilishlari, imkoniyatlari qancha keng bo’lsa mamlakat taraqqiyoti shuncha tez bo’ladi. O’zbekiston Konstitutsiyasining yoshlar uchun yaratgan imkoniyatlari bugungi kunda yurtimizning yangi bosqichdagi taraqqiyoti uchun kuchli tayanch bo’lib xizmat qilmoqda. Konstitutsiyaning har bir normasi biz yoshlar uchun mustahkam zamin, ishonchli yo’l, kelajak sari qo’yilgan keng yo’lakdir. Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston Konstitutsiyasi bugungi yoshlar hayotida nafaqat huquqiy kafolatlar manbai, balki ularning kelajak sari dadil va ishonch bilan qadam qo’yishiga imkon beruvchi qudratli hujjatdir. Ta’lim, mehnat, erkinlik, ijtimoiy himoya va rivojlanish kabi eng muhim yo’nalishlarda Konstitutsiya keng imkoniyatlar taqdim etadi. Yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar esa aynan Konstitutsiya asosidagi siyosatning amaliy natijasi bo’lib, kelajak avlodning intellectual, ma’naviy va professional rivojiga xizmat qiladi. Konstitutsiya yoshlarni faqat huquqlar bilan emas, balki mas’uliyat bilan ham qurollantiradi. Har bir ongli, bilimli, tashabbuskor yosh – mamlakat taraqqiyotining hal qiluvchi kuchidir. Shu bois Konstitutsiya yoshlar uchun ishonch, imkoniyat va istiqbol ramzi sifatida qadrlanadi. 960 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Foydalanilgan Adabiyotlar: 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosatiga oid farmon va qarorlari. 3. “Yoshlar - kelajagimiz” davlat dasturi haqidagi ma’lumotlar. 4. Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi bo’yicha ochiq manbalar. 5. Yoshlar siyosati va huquqiy kafolatlari bo’yicha ilmiy maqolalar va tahlillar. 6. S.Otayev “ O’zbekiston Konstitutsiyaviy huquqi” asari. 7. Z.Islomov “Konstitutsiya-taraqqiyot kafolati’ kitobi. 8. “Yangi O’zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni” ilmiy to’plami. 9. Ma’naviyatshunos olim A.qodirovning sharhi. 10. Jalilov Abdulvosidxon Muhammad o’gli, The Age of Digital Technologies, BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT ISSN: 2835-3579 Volume:4 Issue:5 | 2025