scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TA'LIM — BU KELAJAKKA YOZILGAN ENG ULUG' MAKTUB

Mamatova Iroda Oybek qizi

Abstract

Har bir maktab va bog‘cha ana shu maktubning bir beti, undagi har bir satr esa ustozlar va jamoalarning fidoyiligi bilan yoziladi. Qalamcha Kids va Summit School — bugungi zamon ta’limiga nafaqat yangi g‘oyalar, balki mehr, mas’uliyat va o‘ziga xos yondashuv olib kirgan maskanlardan biridir. Bu yerda har bir bola alohida qadriyat, har bir tarbiyachi — fidoyi ustoz, har bir xodim esa ta’lim jarayonining ajralmas bo‘lagi sifatida e’tirof etiladi.

Full text

969 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 TA’LIM — BU KELAJAKKA YOZILGAN ENG ULUG‘ MAKTUB Mamatova Iroda Oybek qizi "QALAMCHA kids" MTTda Tarbiyachi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17759773 Har bir maktab va bog‘cha ana shu maktubning bir beti, undagi har bir satr esa ustozlar va jamoalarning fidoyiligi bilan yoziladi. Qalamcha Kids va Summit School — bugungi zamon ta’limiga nafaqat yangi g‘oyalar, balki mehr, mas’uliyat va o‘ziga xos yondashuv olib kirgan maskanlardan biridir. Bu yerda har bir bola alohida qadriyat, har bir tarbiyachi — fidoyi ustoz, har bir xodim esa ta’lim jarayonining ajralmas bo‘lagi sifatida e’tirof etiladi. Ushbu maqolada Qalamcha Kids va Summit Schoolingning ichki hayoti, jamoaning mehnati, pedagogik yondashuvlar, o‘sish strategiyalari hamda asoschilarning ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Bu jamoada uyg‘unlik, mehr va ma’rifat uyg‘otgan kuch bugungi kunda ko‘plab oilalarning ishonchli tanloviga aylangan. Qalamcha Kids va Summit School — bu shunchaki ta’lim maskanlari emas, balki bolalarga mehr, ishonch va bilim bilan yo‘l ko‘rsatadigan haqiqiy tarbiya maskanlari. Ushbu maqolada maskanlarning rivoji, jamoaning fidoyiligi, bog‘cha opalari va asoschisi Dilobar Athamovnaning mehnati hamda bolalarning kelajagi uchun yaratilgan imkoniyatlar yoritiladi. Qalamcha Kids va Summit School nafaqat maktab va bog‘cha emas, balki bolalar hayotida birinchi qadamlarni ishonch bilan qo‘yadigan, ularni mehr va bilim bilan boyitadigan maskandir. Ushbu maskanlarning asoschisi Dilobar Athamovna, bolalarga sifatli ta’lim berish, ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatish va kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor yaratish maqsadida birinchi bog‘chani, so‘ngra zamonaviy maktabni yaratdi. Men shaxsan MTTda ishlayman va bog‘cha opalarning har kuni qiladigan mehnati, sabri va fidoyiligini yaqindan ko‘ryapman. Bolalarni tarbiyalash, ularni o‘yin va ta’lim orqali shakllantirish — bu juda qiyin va mashaqqatli ish. Shu bilan birga, Qalamcha Kids va Summit School jamoasida bu ish mehr, intizom va bilim bilan uyg‘unlashgan. Bog‘cha tarbiyachilari — bu bolalarning birinchi ustozlari, hayotdagi yo‘l-yo‘riq ko‘rsatkichlari va mehr manbai. Har bir bola tarbiyachisi bilan muloqot orqali nafaqat kundalik hayotda kerakli ko‘nikmalarni o‘rganadi, balki o‘zini xavfsiz va ishonchli his qiladi. Qalamcha Kids va Summit School — bu shunchaki ta’lim yoki tarbiya beriladigan joy emas, balki bolalarning hayoti ilk marotaba shakllana boshlaydigan, ularning qalbiga eng birinchi muhabbat, ishonch, jasorat, ezgulik urug‘lari qadalgani bilan ahamiyatli bo‘lgan oila kabi maskandir. Bu muassasaga qadam qo‘ygan har bir bola ustidan shamol kabi o‘tib ketilmaydi, aksincha har bir bolaga “Sen men uchun alohida dunyosan” degan mehr bilan yondashiladi. Ularning ko‘zidagi porloq nigoh, beminnat ishonch, tabiiy qiziqish — bu maskanning har bir xodimini yanada mas’uliyatli, yanada fidoyi va yanada mehrli bo‘lishga undovchi eng katta kuchdir. Asoschi Dilobar Athamovna yaratgan bu tizimning ildizida eng avvalo, bolaning haqiqiy qadriyat sifatida e’tirof etilishi yotadi. U uchun bog‘cha yoki maktab bu oddiy loyiha emas, balki jamiyat, millat, kelajak oldidagi burchdir. 970 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Chunki Dilobar xonim yaxshi biladi: bolaga berilgan bir kunlik mehr — uning kelajakdagi o‘n yillik hayoti uchun tayanch bo‘ladi; bugun o‘rgatilgan bir kichik odob — ertaga uning butun taqdiriga ta’sir qiladi. Ana shu e’tiqod bilan Qalamcha Kids avval bog‘cha, so‘ngra zamonaviy Summit maktabini yaratdi. Bu jarayonda u o‘zining bilimini, ruhini, kuchini, vaqtini, qalbini ayamadi. Har bir xodimni tanlashda, har bir darsni tuzishda, har bir maydonni jihozlashda eng birinchi talab sifatida “Bolaga foydasi bormi?” degan mezon qo‘yildi. Shuning uchun bu maskanda bola nafaqat o‘qiydi, balki yashaydi, o‘sadi, rivojlanadi, o‘zini topadi. Tarbiyachilar ishini ko‘pchilik biladi, ammo aslida ular qiladigan ish hammaga ayon emas. Men o‘z ko‘zim bilan har kuni bug‘cha opalarning og‘ir, ammo sharafli mehnatini ko‘rib turaman. Ular ertalab kelib bolalarni quchoq ochib, tabassum bilan kutib olishadi. Bu oddiy harakatdek tuyuladi, ammo bola uchun bu — xavfsizlik, ishonch va mehrni anglatadi. Bola o‘zini tinch tutadi, ko‘ngli osoyishta bo‘ladi. Tarbiyachi birgina tabassum orqali bolaga “Sen menga keraksan” degan tuyg‘uni beradi, bu esa bolaning butun kuniga ta’sir qiladi. Kun davomida ular bolalarga muloqot qilishni, o‘yin orqali o‘rganishni, bir-birini tinglashni, mehribon bo‘lishni, mustaqil fikrlashni o‘rgatadi. Opalar har bir bolaning ruhiy holatini sezadi, kimdir kayfiyati past bo‘lsa, kimdir uyini sog‘insa, kimdir o‘z fikrini ayta olmay qiynalsa — hammasiga bosqichma-bosqich, sabr bilan yondashadi. Bu jarayonni faqat chin dildan ishini sevgan inson bajarishi mumkin. Chunki bu ish nafaqat metodika va qoidalarga tayanadi, balki eng avvalo qalb bilan qilinadi. Har bir bola bir jins emas, bir xil xarakter yoki bir xil ehtiyojga ega emas. Kimdir serharakat, kimdir tortinchoq; kimdir gapdon, kimdir jimjit; kimdir ko‘proq mehr talab qiladi, kimdir mustaqilroq. Qalamcha Kids va Summit School jamoasi ana shu farqlarni chuqur anglab, har bir bola uchun alohida yondashuv uyg‘otadi. Bu yerda hech kim “hammanikidek” tarbiyalanmaydi — har bir bola o‘zining tabiiy rivojlanish yo‘lida qo‘llab-quvvatlanadi. Ta’lim jarayonida har kuni yangilanadigan mashg‘ulotlar, kreativ o‘yinlar, fikrlashni rivojlantiruvchi topshiriqlar, interaktiv darslar o‘tkaziladi. Bularning barchasi bolaning o‘z qobiliyatini namoyon qilishiga xizmat qiladi. Ertalabki jismoniy mashqlar bolani tetiklashtirsa, kundalik mashg‘ulotlar uning intellektini o‘stiradi, tarbiyaviy suhbatlar esa shaxs sifatida shakllantiradi. Bola bu jarayonlarda o‘rganadi, sinab ko‘radi, tushunadi, izlanadi va shu orqali kichik qadamlar bilan katta yo‘lni boshlab o‘tadi. Ota-onalarning ishonchi esa bu muassasalarning eng katta e’tirofidur. Ular farzandining har kuni qanday o‘zgarayotganini ko‘rishadi: dastlab tortinchoq bo‘lgan bola mustaqil fikr bildira boshlaydi, boshqalar bilan muomala qilolmaydigan bola do‘stlari bilan kulib o‘ynay boshlaydi, xavotirli bola o‘ziga ishonch hosil qiladi. Bu o‘zgarishlarning barchasi — muhitning tozaligi, tarbiyachilarning mehribonligi, jamoaning uyg‘unligi natijasidir. Qalamcha Kids va Summit Schoolda tarbiya — hech qachon shunchaki dars jadvali emas. Bu yerda tarbiya — shaxsni tarbiyalash san’ati. Tarbiyachi har kuni bolaga nafaqat bilim, balki hayotni o‘rgatadi. U bolaga sabrni, mehrni, minnatdorchilikni, halollikni, izlanishni, qadrqimmatni his qilishni o‘rgatadi. Bu o‘rgatilgan qadriyatlar kelajakda bolaning butun hayotini belgilaydi. Eng muhimi, bu muassasalarda tarbiya sevgi bilan, e’tibor bilan, hurmat bilan beriladi. Bola bu yerda bir soniya ham yolg‘iz emas: kimdir uni tinglaydi, kimdir unga quloq soladi, kimdir uni quvvatlaydi, kimdir unga yo‘l ko‘rsatadi. Shuning uchun bu ta’lim maskanlari ko‘plab oilalar uchun eng ishonchli, eng sog‘lom, eng ma’rifiy tanlovga aylangan. 971 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Qalamcha Kids va Summit School bugungi kunda nafaqat bolalarning, balki otaonalarning ham hayotiga nur olib kirayotgan maskandir. Bu yerda yaratilgan har bir sharoit, berilgan har bir ta’lim, aytilgan har bir so‘z kelajakka yozilgan sadoqatli maktubdir. Zero, bola — kelajak demakdir. Va bu maskanlarda kelajak mehr, bilim va ezgulik bilan tarbiyalanmoqda. Qalamcha Kids va Summit School bugungi ta’lim manzarasida o‘zining yuksak maslaklari, tirishqoqligi va mehrga boy muhitini shakllantirgan noyob maskan sifatida tanilib bormoqda. Bu yerda bolaga birinchi bo‘lib beriladigan narsa — bilim emas, avvalo mehr, ishonch va o‘zini qadrlash hissidir. Chunki bola o‘zini qadrlagan muhitda rivojlanadi, o‘zini anglagan muhitda o‘rganadi va mehr ko‘rgan maskanda kamol topadi. Har bir bolaning o‘ziga xos qiziqishi, iste’dodi, xarakteri bor, va aynan mana shu farqlarni qadrlagan jamoa har kuni yangi bir imkoniyat eshigini ochadi. Bu ta’lim maskanlarida bola tarbiyasi nazariya bilan emas, amaliy hayot bilan chambarchas bog‘langan. Har bir mashg‘ulot — bola uchun yangi kashfiyot, har bir dars — yangi tajriba, har bir o‘yin — fikrlash va o‘rganishning tabiiy shaklidir. Bugungi kunda ko‘plab maktab va bog‘chalarda darslar mexanik tarzda berilayotgan bo‘lsa, Qalamcha Kids va Summit Schoolda har bir mashg‘ulot bolaning yoshiga, ehtiyojiga, psixologik holatiga, hatto kayfiyatiga moslab tashkil etiladi. Bu yondashuv darsni quruq jarayon emas, balki jonli va mazmunli hayot sahnasiga aylantiradi. Dilobar Athamovna rahbarlik qilayotgan bu muassasalarda insoniy qadriyatlar ustuvor o‘rinda turadi. U har bir tarbiyachi va o‘qituvchidan eng avvalo insonparvarlikni, bosiqlikni, bag‘rikenglikni talab qiladi. Chunki bola eng murakkab mavzularni ham bag‘rikeng ustozdan oson qabul qiladi. Ustozning ko‘zidagi ishonch, ovozidagi sokinlik, harakatlaridagi muloyimlik bola uchun eng katta ruhiy tayanchdir. Tarbiyachilarning kunlik faoliyati asta-sekin, lekin juda teran iz qoldiradi. Bir bola ertalab ota-onasidan ajralishga qiynalsa, opa uni bag‘riga bosib, asta-sekin yangi muhitga moslashtiradi. Bir bola o‘yinchoqni ulashishni istamasa, opa unga do‘stlikning mazmunini o‘rgatadi. Bir bola gapirishdan uyalib tursa, opa uni rag‘bat bilan suhbatga tortadi. Bu mayda ko‘ringan ishlarning barchasi kelajakda bolaning shaxs sifatida shakllanishida beqiyos ahamiyatga ega bo‘ladi. Qalamcha Kids va Summit Schoolda bola hech qachon “ko‘pchilikdan biri” sifatida ko‘rilmaydi. Har bir bola — alohida olam, alohida iste’dod, alohida imkoniyat. Shu bois bu yerda “hamma uchun umumiy” yondashuv yo‘q. Har bir bolaning tabiiy ritmi, rivojlanish tezligi, qiziqish sohasi, psixologik ehtiyojlari inobatga olinadi. Bu esa bolaga o‘zini erkin, hurmatli va qadrlangan his qilish imkonini beradi. Ayniqsa, bu maskanning ijobiy muhiti ota-onalarda ham ishonch uyg‘otadi. Farzandining quvonch bilan bog‘chaga borishi, xursand bo‘lib uyga qaytishi, hech kimga aytmaydigan ichki hislarini tarbiyachisiga bemalol aytishi ota-onaga beqiyos quvonch va taskin beradi. Bu ishonch tasodif emas — yillar davomida yaratilgan tinch, tizimli va mehrga boy ta’lim muhitining natijasidir. Bolalarning o‘sishidagi har bir kichik bosqich — ulkan yutuq sifatida qabul qilinadi. Bola birinchi marta o‘zi poyafzal bog‘lab olsa, tarbiyachi quvonadi. Bola yangi she’r yodlab kelsa, ustoz uni faxrlanib tinglaydi. 972 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Bola do‘stiga yordam berishni boshlasa, jamoa uni mehr bilan rag‘batlantiradi. Chunki bu maskanda har bir kichik muvaffaqiyat — katta o‘sishning boshlanishidir. Summit Schoolda esa ta’lim jarayoni yanada kengroq, yanada jiddiyroq bosqichga ko‘tariladi. Bolalar mustaqil fikrlashga o‘rgatiladi, ularga savollarga tayyor javob berilmaydi — o‘ylashga undaladi. Ular dars jarayonida o‘qituvchi bilan teng muloqotda bo‘ladi, fikr bildiradi, bahslashadi, xulosa chiqaradi. Bu esa bolaning tafakkurini o‘tkirlashtiradi, nutqini boyitadi, hayotga tayyorlaydi. Muhimi, bu jarayon hech qachon qat’iy nazorat yoki bosim bilan emas, balki erkinlik va ishonch orqali amalga oshiriladi. Qalamcha Kids va Summit Schoolning eng katta yutug‘i — bu jamoaning birligi. Tarbiyachi, o‘qituvchi, psixolog, yordamchi xodimlar — barchasi bir maqsad yo‘lida birlashgan. Ularni birlashtiruvchi narsa — shunchaki ish joyi emas, balki bolalar kelajagiga bo‘lgan samimiy mas’uliyatdir. Har bir xodim o‘z ishining natijasini ertangi kunning yutuqlari orqali ko‘radi va bu ularga kuch beradi. Bugungi kunda ko‘plab oilalar Qalamcha Kids va Summit Schoolni tanlayotgan bo‘lsa, bu ularning professional jamoasi, pokiza muhiti, zamonaviy yondashuvi, bolaga mehr va e’tibor berish madaniyati bilan bog‘liq. Bu maskanlar nafaqat ta’lim berish, balki kelajak avlod uchun mustahkam poydevor yaratish vazifasini bajarayotgan haqiqiy ma’rifat dargohlaridir. Shu sababli Qalamcha Kids va Summit School haqida gap ketganda, uni oddiy institutsiya sifatida emas, balki kelajakni tarbiyalayotgan maskan sifatida tasavvur qilish lozim. Bu yerda yaratilayotgan har bir sharoit, har bir mashg‘ulot, har bir ta’lim usuli — bolaga qaratilgan sadoqatning ifodasidir. Zero, bola dunyoning eng nozik, eng beg‘ubor, eng halol mavjudoti. Va bu maskanlarda har bir nozik qalb ehtiyotkorlik bilan asraladi, har bir fikr e’lon qilinadi, har bir qadam qo‘llab-quvvatlanadi. Kelajak bugundan boshlanadi. Qalamcha Kids va Summit School esa ana shu kelajakka mehr bilan, mas’uliyat bilan va ilm bilan yo‘l ochayotgan ulkan nur manbaidir.