scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

VERBENA OFFICINALIS L.-O'SIMLIGINING TARQALISHI VA DORIVORLIK XUSUSIYATLARI

Abdiniyazova G.J; Qiriqbaeva J.Q

Full text

125 VERBENA OFFICINALIS L.-O’SIMLIGINING TARQALISHI VA DORIVORLIK XUSUSIYATLARI Abdiniyazova G.J., 1QDU Biologiya fakulteti Dorivor o’simliklar agroekologiyasi va introduktsiyasi kafedrasi dotsenti, Qiriqbaeva J.Q 2Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo’nalishi 2-kurs magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17760978 Annotatsiya: Moqalada Verbena officinalis L. o’simligining botanik tavsifi, tarqalish areali, kimyoviy tarkibi, ishlatilishi, xom ashyosi, uni yig’ish vaqtlari, dorivor xususiyatlari bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, xalq tabobatida asabni tinchlantiruvchi vosita sifatida, shamollash, bronxit, yo’tal kabi kasalliklarda, verbena ekstraktidan verbenalin tabletkalari, siropi, choylari ishlatiladi. Kalit so‘zlar: Verbena officinalis L., ko’p yillik, barglari, gullari, mevasi, tarqalish areali, dorivorlik xususiyatlari, ishlatilishi, xom ashyosi, ahamiyati. Abstract: The article provides information on the botanical characteristics, distribution area, chemical composition, use, raw materials, collection times, and medicinal properties of the Verbena officinalis L. plant. Also, in folk medicine, verbenaline tablets, syrup, and teas from verbena extract are used as a nerve-calming agent for diseases such as colds, bronchitis, and cough. Key words: Verbena officinalis L., perennial, leaves, flowers, fruit, distribution area, medicinal properties, use, raw materials, significance. Verbena officinalis L. -O’simlik ko’ p yillik yoki ikki yillik o’t hisoblanadi. ildizpoyasi yaxshi rivojlangan, jigarrang, yer ostiga 20–30 sm kiradi. tik, to’rt qirrali, tarmoqlangan, 30–80 sm balandlikda. Barglari: qarama-qarshi joylashgan, patsimon bo’lingan, chetlari tishsimon, sershira. Gullari: mayda, binafsha yoki pushti rangli, shingil gullarda to’plangan. Mevasi: to’rtta mayda jigarrang yong’oqchadan iborat. Gullash davri: iyun–sentyabr.Mevalanish: avgust–oktyabr oylarida [1,3]. Verbena officinalis L. — tabiiy holda Evropa, Osiyo, Shimoliy Afrika va Kavkaz hududlarida o’sadi. O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston va Turkmaniston hududlarida yovvoyi holda, ayniqsa tog’ oldi va vodiy zonalarida, yo’l yoqalarida, ariq bo’ylarida, ekin maydonlarida uchraydi [3]. Yorug’sevar o’simlik, soyaga toqat qilmaydi. Quruq iqlimga chidamli, ammo namlikni yaxshi ko’radi.Tuproqqa talabchan emas, qumloq, yengil, neytral yoki biroz ishqoriy tuproqlarda yaxshi o’sadi. Optimal harorat: +18…+25°C.Vegetatsiya davri: 120–140 kunni tashkil etadi [1]. 126 Verbena officinalis L. -kimyoviy jihatdan boy o’simlik bo’lib, quyidagi moddalarni o’z ichiga oladi: Iridoid glikozidlar: verbenalin, hastatozid, aucubin;Flavonoidlar: luteolin, apigenin, hesperidin; Fenol karbonsi kislotalar: verbenoik, kofeik, xlorogen kislotalar; Saponinlar, taninlar, efir moylari, askorbin kislotasi (vitamin C), shakarlar; Minerallar: temir, rux, marganes, mis, kalsiy, magniy. Bu komponentlar o’simlikka yallig’lanishga qarshi, antiseptik, tinchlantiruvchi, siydik haydovchi va immunitetni mustahkamlovchi xususiyat beradi[1,3]. Shifobaxsh xususiyatlari va tibbiyotda qo’llanilishi. Verbena qadimdan xalq tabobatida quyidagi maqsadlarda ishlatilgan: Nerv tizimi kasalliklarida — asabni tinchlantiruvchi vosita sifatida; Nafas yo’llari kasalliklarida — shamollash, bronxit, yo’talni kamaytirish uchun; Qon aylanish tizimini yaxshilashda; Ayollar salomatligida — hayz siklini normallashtirishda; Jigar va o’t pufagi faoliyatini yaxshilashda; Yaralar, ekzema, toshmalarni davolashda tashqi surtma sifatida[3]. Zamonaviy tibbiyotda: So’nggi yillarda farmatsevtika sanoatida verbena ekstrakti asosida quyidagi preparatlar ishlab chiqilmoqda: Verbenalin tabletkalari — uyqusizlik va stressda; Verbena siropi — yo’talni yumshatadi; Verbena choyi — immunitetni mustahkamlaydi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi [3]. Kosmetologiyada: Verbena efir moyi teri yallig’lanishini kamaytiradi, soch to’kilishiga qarshi vositalarda ishlatiladi. O’simlik xom ashyosini yig’ish va tayyorlash: Dorivor maqsadda o’simlikning yer ustki qismi (Verbenae herba) ishlatiladi [3]. Yig’ish vaqti: gullash davrining boshida, iyun–iyul oylarida.Quritish: soyada yoki maxsus quritgichlarda 40–50°C da.Qurigan xom ashyo yashil-binafsha rangli, o’ziga xos hidi va achchiq ta’mi bilan ajraladi. Saqlash muddati: 2 yil, quruq va shamollatib turiladigan joyda [3]. Foydalanish sohalari: Farmatsevtika: damlama, choy, ekstrakt, sirop, tabletkalar tayyorlashda[2]; Kosmetika: tonik, kremlar, shampunlar;Aromaterapiya: stress, uyqusizlikda efir moyi inhalatsiyasi; Qishloq xo’jaligi: bezak o’simlik sifatida, arilar uchun nektar manbai[3]. Ekologik va xo’jalik ahamiyati: Verbena officinalis tabiiy bioxilma-xillikni saqlashda muhim ahamiyatga ega. U pollyinator hasharotlarni jalb qiladi, eroziyaga qarshi o’simlik sifatida ham ekilishi mumkin. Farmatsevtik qiymatidan tashqari, u biotexnologik tadqiqotlar uchun bioindikator o’simlik sifatida o’rganilmoqda. 127 Foydalangan adabiyotlar 1. Abdiniyazova G.J., Qiriqbaeva J.Q. Verbena officinalis L. - medicinal properties and cultivation technology.//JMEA Journal of Modern Educational Achievements. Volume 5, 2025.-252-256p. https://scopusacademia.org 2. Rehecho S., Hidalgo O., García-Iñiguez de Cirano, et al. Chemical composition, mineral content and antioxidant activity of Verbena officinalis L. LWT – Food Science and Technology. 2011; 4: 875−882. 3. Khojimatov K.Kh., Khojimatov O.K., Sobirov U.A., Collection of rules for the use of medicinal, food and technical plants. Tashkent "Yangi asr avlodi", 2009. 171 p.