GALOFITLAR GURUHIGA MANSUB TABIIY DORIVOR O'SIMLIKLAR
Full text
128 GALOFITLAR GURUHIGA MANSUB TABIIY DORIVOR O’SIMLIKLAR Abdiniyazova G.J. QDU Biologiya fakulteti Dorivor o’simliklar agroekologiyasi va introduktsiyasi kafedrasi dotsenti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17760995 Annotatsiya: Maqolada hududning tabiiy dorivor o’simliklarining galofit ekologik guruhiga mansub dorivor o’simliklari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shunungdek galofitlar guruhi 117 tur bilan dorivor o’simliklarning 26,35% ini tashkil etadi. Galofit ekologik guruhiga dorivor o’simliklarning oilalar bo’yicha tahlil qilinganda, Amaranthaceae – (40 tur), Asteraceae – (13), Poaceae – (6), Tamaricaceae– (6), Brassicaceae – (5), Fabaceae – (5) oilalari yetakchilik qilishi aniqlandi. Kalit so‘zlar: dorivor o’simliklar, turlar, oilalar, psammofitlar, petrofitlar, galofitlar, gipsofitlar, to’qay o’simliklari, qumli joylar, sho’r gipsli joylar, toshloq yerlar. Abstract: The article provides information on medicinal plants belonging to the halophytic ecological group of natural medicinal plants of the region. Also, the halophyte group comprises 117 species and makes up 26.35% of medicinal plants. When analyzing medicinal plants by families in the halophytic ecological group, it was established that the leading families are Amaranthaceae - (40 species), Asteraceae - (13), Poaceae - (6), Tamaricaceae - (6), Brassicaceae - (5), Fabaceae - (5). were found to be leading families. Key words: medicinal plants, species, families, psammophytes, petrophytes, halophytes, gypsophytes, tugai plants, sandy areas, saline gypsum areas, rocky lands. Qoraqalpog’iston hududidagi o’simliklarning o’sishiga, turli xil ekologik omillar, tuproq-iqlim va yillik ob-havo sharoiti, Orol dengizining qurishi, ya'ni oxirgi 20 yillikda o’rin egallagan keng ko’lamdagi tuproqning sho’rlanishi va qurg’oqchilik katta ta’sir ko’rsatmoqda. Hozirgi vaqtda Qoraqalpog’iston hududida tabiiy holda o’sadigan 63 ta oilaga mansub, 240 ta turkumga tegishli 444 ta tur dorivor o’simliklar o’sadi [1]. Ular mazkur hudud florasining 40% ni tabiiy holda o’sadigan dorivor o’simliklar tashkil qiladi [1]. Hududdagi tabiiy holda o’sadigan dorivor o’simliklarni 5 ekologik guruhlar boyicha tahlil qilganimizda, yani psammofitlar, petrofitlar, galofitlar, gipsofitlar, to’qay o’simliklari mansub ekanligi o’rganildi, ularning ko’pchiligi psammofitlar hisoblanadi, chunki, mazkur hududning tuproq-iqlim sharoitiga moslasha olishi sababli ustunlik qilishi aniqlandi. Shuni ta’kidlash kerakki, ayrim o’simlik turlari turli xil ekologik sharoitlarda uchraydi. Qoraqalpog’iston hududdagi o’simliklarni ekologik guruhlarga ajratishda bir qator olimlarning ishlaridan, ya'ni N.I. Akjigitova [2] sho’rlangan tuproqlarida uchraydigan Halophyta, N.I. Akjigitova [3] O’rta Osiyoning galofitli o’simliklari manbalaridan foydalanildi.
129 Tahlil qilingan ma'lumotlarga ko’ra, galofitlar guruhiga 117 tur bilan dorivor o’simliklarning 26,35% ini tashkil qildi [1]. Bu guruhga sho’r tuproqlarda yashashga moslashgan o’simliklar kiradi. Bu guruhga mansub 249 turdan, 47 turi qumli joylarda, 36 sho’r gipsli joylarda, 37 toshloq yerlarda, 23 esa to’qaylarda uchraydi [1]. Oilalar bo’yicha tahlil qilinganda, Amaranthaceae – (40 tur), Asteraceae – (13), Poaceae – (6), Tamaricaceae– (6), Brassicaceae – (5), Fabaceae – (5) yetakchilik qilishi aniqlandi [1]. Bu guruhga va oilalar vakillariga misol qilib quyidagi turlarni keltirish mumkin: Eminium lehmannii (Bunge) O.Kuntze, Agriophyllum latifolium Fisch. & C.A.Mey., Amaranthus albus L., Anabasis aphylla L., Anabasis salsa (Ledeb.) Benth. ex Volkens, Atriplex calotheca (Rafn)Fries, Atriplex patula L., Atriplex sagittata Borkh., Atriplex tatarica L., Chenopodium album L. Chenopodium urbicum L., Climacoptera transoxana (Iljin) Botsch., Gamanthus gamocarpus (Moq.) Bunge, Halocharis hispida (Schrenk ex C.A. Mey.) Bunge, Halocnemum strobilaceum (Pall.) M.Bieb., Halothamus glaucus (Bieb.) Botsch., Halothamus iliensis (Lipsky) Botsch., Haloxylon persicum Bunge, Kalidium capsicum (L.) Ung.- Sternb., Nanophyton erinaceum (Pall.) Bunge, Salsola dendroides Pall., Suaeda altissima (L.) Pall., Artemisia songarica Schrenk va boshqalarni keltirish joizdir. Bu ekologik guruhga mansub dorivor o’simliklar keng diapazonda tarqalgan [1]. Xulosa qilib aytganda, Qoraqalpog’istonning dorivor o’simliklarini ekologik guruhlar bo’yicha tahlil qilganimizda, umumiy 93 ta tur psammofitli, gipsofitli, petrofitli, galofitli va to’qayli tuproqlarda ham o’sa olishi, dorivor o’simliklarning hudud bo’ylab tarqalish diapazonining kengligini ko’rsatadi, bu floraning hudud tuproq-iqlim sharoitlariga mos keladi [1]. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Abdiniyazova G.J. Qoraqalpog’iston Respublikasining dorivor o’simliklari. Toshkent: Bayoz2017y. 168 b. 2. Akjigitova N.I. Galofilnaya rastitelnost Sredney Azii i eyo indikatsionnie svoystva. – Tashkent: Fan, 1982. – 192 s. 3. Akjigitova N.I. Galofilnaya rastitelnost Halophyta / Rastitelniy pokrov Uzbekistana. V 4-x t. – Tashkent: Fan, 1973. T. 2. – S. 211-302.