scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI JANUBIY VILOYATLARI SHAHAR MAKTABLARIDA TAHSIL OLAYOTGAN O'QUVCHILARNING AYRIM ANTROPOMETRIK KO'RSATKICHLARI

Avliyoqulova Musharraf Baxtiyorovna

Full text

133 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI JANUBIY VILOYATLARI SHAHAR MAKTABLARIDA TAHSIL OLAYOTGAN O’QUVCHILARNING AYRIM ANTROPOMETRIK KO’RSATKICHLARI Avliyoqulova Musharraf Baxtiyorovna Qarshi davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761092 Annotatsiya: Ushbu maqola Qarshi va Termiz shaharlaridagi 7-17 yoshli o‘g‘il bolalarning tana vazni, bo‘y uzunligi va ko‘krak qafasi aylanasi ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahliliga bag’ishlangan. Olingan natijalarga ko‘ra, o‘quvchilarning barcha yosh guruhlarida tana vazni va, bo‘y uzunligi ko’rsatkichlarida farq aniqlanmadi. Ko‘krak qafasi aylanasi ko‘rsatkichlari Termiz shahrida Qarshi shahridagi o‘quvchilarga nisbatan yuqoriligi kuzatildi. Kalit so’zlar: maktab o’quvchilari, tana vazni, bo’y uzunligi, ko’krak qafasi aylanasi, shahar maktablari. Аннотация: Статья посвящена сравнительному анализу массы тела, роста и окружности грудной клетки мальчиков 7–17 лет городов Карши и Термез. По результатам исследования различий в массе тела и росте во всех возрастных группах учащихся не выявлено. Окружность грудной клетки в Термезе оказалась выше, чем в Карши. Ключевые слова: школьники, масса тела, рост, окружность грудной клетки, городские школы. Abstract: This article is devoted to a comparative analysis of body weight, height, and chest circumference in boys aged 7–17 in the cities of Karshi and Termez. The study revealed no differences in body weight or height across all age groups. Chest circumference was higher in Termez than in Karshi. Key words: schoolchildren, body weight, height, chest circumference, urban schools Kirish. Ma’lumki, inson salomatligi ular yashaydigan atrof-muhitning qator omillariga uzviy bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga tibbiy, biologik hamda ijtimoiy omillar ham ta’sir etmasdan qolmaydi. Xususan, sog‘lom turmush tarzining asosiy determinantlaridan bo‘lgan to‘g‘ri ovqatlanish, badantarbiya, jismoniy faollik va boshqalarga yetarlicha e’tibor bermaslik yoki ularning buzilishi, bunday holatlarning surunkali davom etishi kishilar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Antropometrik o‘lchamlar o‘z navbatida salomatlikni belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Chunki bolalar va o‘smirlar organizmida kechadigan fiziologik, biokimyoviy hamda ruhiy-hissiy jarayonlar ularning ayniqsa tana vazni va bo’y uzunligi ko’rsatkichlarida o’z ifodasini topadi. Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Maktab o’quvchilarining jismoniy taraqqiyotini o’rganishga bag’ishlangan Respublikamizda hamda Xorijda o’tkazilgan ko’plab tadqiqot natijalarining ko’rsatishicha, bolalarning jismoniy rivojlanish darajasini pasayishi, bo’y uzunligi, tana vazni va boshqa somatometrik 134 ko’rsatkichlarning mavjud standartlarga mos kelmasligi kuzatilmoqda [1, 2, 4]. Bu esa o’z navbatida bolalarning salomatlik holatiga ta’sir etishi, o’shish-rivojlanish jarayonlarining me’yordan chetga chiqishi hamda jismoniy taraqqiyotida turli nuqsonlarning yuzaga kelishi haqida tegishli xulosalar berilgan [2, 4, 5]. Shu munosabat bilan maktab o’quvchilarining jismoniy taraqqiyotini o’rganish, ularning antropometrik ko’rsatkichlari monitoringini o’tkazish fiziologiya va tibbiyot oldidagi dolzarb vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Qarshi va Termiz shaharlaridagi maktab o’quvchilarining ayrim antropometrik ko’rsatkichlari (tana vazni, bo’y uzunligi va ko’krak qafasi aylanasi) ni o’rganish va tahlil qilish ishimizning asosiy maqsadini tashkil etadi. Shu bois tanlangan ob’yektlardagi 7-17 yoshli 631 nafar o’quvchilarning somatometrik ko’rsatkichlari aniqlandi. Tekshirishlarda umumiy qabul qilingan antropometrik usullardan foydalanildi [3]. Olingan natijalar va ularning tahlili. Olingan natijalarga ko‘ra, Qarshi va Termiz shaharlaridagi 7-17 yoshli o‘g‘il bolalarning bo‘y uzunligi ko‘rsatkichlari ularning yoshiga mos holda ortib boradi. Ularning bo‘y uzunligi ko‘rsatkichlari o‘rtasida statistik ishonarli farq kuzatilmaydi. Faqatgina Termiz shahridagi 7 va 8 yoshli bolalarning bo‘y uzunligi ko‘rsatkichlari deyarli bir xil bo‘lishi bilan ajralib turadi. Xuddi shuningdek, boshqa yosh guruhlaridagi bolalarning bo‘y uzunligi ko‘rsatkichlari har ikkala hududda bir-biriga yaqinligi kuzatildi. R.T.Kamilova (2018) tomonidan nashr etilgan maktab yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari, xususan bo‘y uzunligini baholash jadvallarida berilgan qiymatlarga nisbatan ham farq qayd etilmadi. Bu shundan dalolat beradiki, Qarshi va Termiz shaharlaridagi 7-17 yoshli o‘g‘il bolalarning bo‘y uzunligi ko‘rsatkichlari har bir yosh guruhlarida yoshga monand o‘sib borganligini ko‘rish mumkin. Kuzatuvda bo’lgan 7-17 yoshli o‘g‘il bolalarning tana vazni ko‘rsatkichlariga nisbatan ham shunday tendensiya kuzatildi. Ya’ni, Qarshi va Termiz shaharlaridagi o‘quvchilarning tana vazni ham yoshga bog‘liq holda mos ravishda ortib borishini ko‘rish mumkin. Xuddi shuningdek, Qarshi va Termiz shahridagi bolalarning tana vazni ko‘rsatkichlari R.T.Kamilova (2018) tomonidan e’lon qilingan baholash jadvallardagi ma’lumotlarga nisbatan farq kuzatilmadi. Ko‘krak qafasi aylanasining o‘rtacha ko‘rsatkichlari Qarshi va Termiz shaharlaridagi 7 yoshli o‘quvchilarda tegishli holda 58,41±0,32 va 62,3±0,7 sm, 8 yoshda 62,59±0,54 va 64,9±0,9 sm, 9 yoshda 61,12±0,58 va 67,3±1.2 sm, 10 yoshda 66,74±0,59 va 72,1±1,9 sm hamda 11 yoshda esa 66,76±0,76 va 75,3±2,7 sm ni tashkil etadi. 12 yoshda bu ko‘rsatkich Qarshi sharoitida 70,84±0,67 sm ni va 135 Termizda esa 61,8±0,7 sm ni tashkil etib, o‘rtacha 9,04 sm gacha yuqori ekanligini qayd qilish mumkin. 13 yoshlilarda tegishli holda 76,13±0,73 va 79,7±1,9 sm, 14 yoshda esa 81,00±1,58 va 81,8±1,0 sm ga teng bo‘lib, Qarshi va Termiz shahridagi aynan shu yoshdagi o‘quvchilarning mazkur ko‘rsatkichlari o‘rtasida statistik ishonarli farq aniqlanmadi. 14-16 yoshlilarda esa Qarshi sharoitida tegishli holda 81,61±1,37 sm, 85,81±1,30 sm va 87,2±1,21 sm ni, Termizda esa o‘rtacha 88,1±2,3 sm, 89,8±1,6 sm va 92,5±1,3 sm ni tashkil etib, Qarshiga nisbatan Termizdagi o‘quvchilarda o‘rtacha 6,49 sm, 3,99 sm va 5,3 sm gacha ziyodligini qayd etish mumkin. Qarshi va Termiz shahridagi 7-17 yoshli o‘g‘il bolalarning ko‘krak qafasi aylanasi bo‘yicha olingan natijalarda 7-11 yoshli va 15-17 yoshli bolalarda bu ko‘rsatkich Qarshi shahriga nisbatan Termiz shahridagi bolalarda yuqori ekanligi, 12 yoshda esa Termiz shahri o‘g‘il bolalariga nisbatan aksincha Qarshi shahrida yashovchi bolalarda yuqori ekanligi kuzatildi. Shuningdek 13-14 yoshli bolalar o‘rtasida bu ko‘rsatkichga nisbatan farq kuzatilmadi. Termiz shahridagi bolalarning ko‘krak qafasi aylanasi ko‘rsatkichlari R.T.Kamilova (2018) tomonidan berilgan ma’lumotlarga nisbatan 7-13 yoshli o‘quvchilarda yuqoriligi hamda 14-16 yoshlilar orasida esa farq yo‘qligi kuzatildi. Qarshi shahrida esa bu ko‘rsatkich barcha yosh guruhlarida yoshga monand holda o‘sib borishi aniqlandi. Xulosa. Olingan natijalarning tahliliga asosan xulosa qilib aytish mumkunki, Qarshi va Termiz shaharlaridagi 7-17 yoshli o‘g‘il bolalarning bo‘y uzunligi va tana vazni o‘rtasida statistik ishonarli farq kuzatilmaydi. Lekin, ko‘krak qafasi aylanasi ko‘rsatkichi 7-11 yoshli va 15-17 yoshli bolalarda Qarshi shahriga nisbatan Termiz shahrida yuqori, 12 yoshda esa aksincha Qarshi shahrida yashovchi bolalarda yuqori ekanligi kuzatildi. Qarshi va Termiz shahrida tahsil olayotgan 7-17 yoshli o‘g‘il bolalarda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari, xususan, tana vazni, bo‘y uzunligi ularning yoshiga bog‘liq holda o‘sib borishi qayd etildi. Shuningdek 13-14 yoshli bolalar o‘rtasida bu ko‘rsatkichga nisbatan farq aniqlanmadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Березин И.И. Сазонова О.В. Гаврюшин М.Ю. Сравнительный анализ антропометрических показателей физического развития школьников городов Самара и Пенза // Наука и инновации в медицине. – 2016. Т.1. – С. 25-30. 2. Гаврюшин М.Ю. Современное состояние физического развития школьников Пензенского региона. //The Journal of scientific articles “Health and Education Millennium”, 2017. Vol. 19. №6. Р. 94-97. 3. Камилова Р.Т., Исакова Л.И и др. Оценка физического развития и пищевого статуса детей Узбекистана. Метод. рекомендации (утв. МЗ РУз №012-3/334 от 18.09.2018 г.). Ташкент, 2018. 83 с. 136 4. Карандашева В.О. Региональные особенности возрастной динамики антропометрических показателей детей и подростков г. магадана в период онтогенеза 10–17 лет. // Вестник Московского университета. Серия XXIII. Lomonosov Journal of Anthropology Антропология №3/2023: cтр. 41-51. 5. Чермит К.Д., Тугуз А.Р., Петрова Т.Г., Заболотний А.Г. Возрастные изменения показателей гармоничности физического развития на отрезке восходящего онтогенеза 11-19 лет в зависимости от уровня двигательной активности //Современные вопросы биомедицины. - 2022. - Т.6. - №2. DOI: 10.51871/2588-0500-2022-06-02-16. стр. 127-134.