scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SOLANUM NIGRUM O'SIMLIGINING DORIVOR XUSUSIYATLARI

R.X. Esemuratova; R.Utepova

Full text

144 SOLANUM NIGRUM O’SIMLIGINING DORIVOR XUSUSIYATLARI R.X. Esemuratova b.f.f.d. (PhD), R.Utepova 1-kurs magistrant Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761137 Annotatsiya. Begona o’t o’simliklari ustidagi ilmiy tekshirish ishlari uzoq vaqtlardan beri olib borilmoqda. Bajarilgan hamkorlikdagi botanik, kimyoviy va farmatsevtik tadqiqotlar natijasida ko’plab begona o’t o’simliklarining dorivorlik xususiyatlari aniqlangan va dorivor preparatlar ishlab chiqarilmoqda. Ulardan xalq tabobatida va zamonaviy meditsinada davolash maqsadlarida keng foydalanilmoqda. Kalit sozlar: Qora ituzum, oila, turkum, tur, Solanaceae, gul, barg. Qora ituzum – O’zbekistonning barcha hududlarida uchraydigan bir yillik yoki qisqa muddatli ko'p yillik o't, tik va zich buta. U gullari va manzarali mevalari uchun o'stiriladi. O'simlikning yashil barglari va yozda qisqa poyali guruhlarda o'sadigan kichik yulduz shaklidagi oq gullari bor. Qora ituzum -pomidor, kartoshka, qalampir va baqlajonlarni o'z ichiga olgan Solanaceae oilasining a'zosi. Jins nomi, Solanum, lotincha -solamen so'zidan olingan bo'lib , "tasalli beruvchi yoki tinchlantiruvchi" degan ma'noni anglatadi. Turning nomi, nigrum , "qora" degan ma'noni anglatadi. Solanum nigrum tabiiy va o’zlashtirilgan maydonlarda keng tarqalgan bir yillik dorivor begona o’tlardan sanaladi. Ituzumlar avlodi gulli o’simliklar ichidagi eng yirik avlodlardan biri bo’lib, butun yer sharida 1300 dan ortiq turni o’z ichiga oladi. Uning vakillari, asosan Markaziy Amerika, Janubiy Amerika, Afrikada, bir qismi Yevro Osiyoda va Amerikaning o’rta iqlimli mintaqalarida o’sadi. O’zbekistonda 145 ituzumlarning 7 ta turi uchraydi. Respublikamiz qishloq xo’jaligida ularning bir necha turidan keng foydalaniladi. Shu bilan bir qatorda bu avlodning begona o’t sifatida uchraydigan vakillari ham bor. Qora ituzum (Solanum nigrum L.) xuddi shunday turlardan biri hisoblanadi. Ituzum xalq tabobatida uzoq vaqtlardan beri ishlatib keliniyotgan shifobaxsh o’simlik hisoblanadi. O’simlik O’zbekistonning deyarli barcha sug’oriladigan hududlarida uchraydigan begona o’t. O'simlikning vatani Evropa, Osiyo va Afrikaning shimoliy va shimoliy-sharqiy qismlarida keng tarqalgan dorivor o’simliklar qatoriga kiradi. Qora ituzumni qirg'oq bo'yi hududlarida, botqoqli yerlarda, yaylovlarda, o'rmonlarda, dalalarda, yo'l bo'ylarida uchratishimiz mumkin. Qora ituzum oʻt bogʻdorchilikda, paxtazorlarda keng tarqalgan begona oʻt boʻlib, uning urugʻlari qushlar tomonidan yaylov va choʻl yerlarga o’son tarqaladi. Bu o’simlik 61 mamlakatda begona o'tlar qatoriga kiritilgan. Qora ituzumning balandligi 30 sm dan 120 sm gacha bo’ladi. Poyasi tukli, qalin, yashil yoki binafsha rangga bo'yalgan. Barglari yuqori yuzasidagilari quyuq yashil rangda, pastki tomoni esa binafsha rang bilan och yashil rangda bo’ladi. Barglarining uzunligi 4,0-7,5 sm atrofida. Barglarining shakli tuxumsimon, butun bo'lib, yuqori va pastki yuzalarida kalta qalin tuklar bilan qoplangan bo’ladi. Gullarning shakli yulduzsimon yoki gildiraksimon (5 bo’lakli yulduz ko’rinishida). Gullari oq,bazida och binafsha yoki yashil oq tusda,barg qo’ltig’ida joylashgan mayda gajak to’pgullarda (3-10 ta gacha bitta shoxdan) iborat. Gulqorg’oni yashil rangda, 5 ta birikkan bo’laklardan iborat, meva paydo bo’lganda ham saqlanib qoladi. Changchilari 5 ta, urug’chisi 1ta. Mevalar qora yoki binafsha rangli, rezavorning diametri asosan 6 dan 8mm gacha keladi. Hindistonda esa mevalari pishganda qizarib ketadigan turlari ham uchraydi.Iyun-sentyabrda gullaydi, iyul-noyabrda meva beradi. Qora ituzum-quyoshli yoki yarim soyali joylarni afzal ko’radigan o’simliklar qatoriga kiradi. Nisbatan nam, oziq moddalarga boy tuproqlarda yaxshi o’sadi. Tuproqning mexanik tarkibiga talabchan emas, ammo qumoq va qumloq tuproqlarda ko’p uchraydi. Harorat +18…+30 °C bo‘lganda faol o‘sadi. Oʻsimlik urugʻlari bilan koʻpayadi, gullari esa hasharotlar yordamida changlanadi. Xalq tabobatida o‘simlikning poyasi, bargi va mevasi ishlatiladi. Ituzumning yer ustki qismi, alohida holda bargi, o‘simlik gullaganida, mevasi esa pishgan paytida yig’ib olinadi. Soya joyda yer ustki qismi, ochiq havoda esa mevalari quritiladi. Ituzumning pishmagan mevasi va yer ustki qismi tarkibida glikoalkaloidlar, vitaminlar, organik kislotalar, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Ituzumning pishib yetilgan mevasidan tashqari barcha qismlari zaharli hisoblanadi. Ibn Sino o‘simlikning bosh og’rig’ini qoldirish, shishlarni qaytarish xususiyati borligini bilgan. Shuning uchun quritilmagan 146 o‘simlikni maydalab ezib, bosh og’riganda boshga hamda quloq ostidagi, miyadagi shishgan joylarga bog’lashni tavsiya qilgan. Alloma undan tashqari o‘simlik shirasi bilan ko‘z va tomoq og’rig’i kasalliklarini davolagan hamda uxlatuvchi dori sifatida ishlatgan. Mevasi esa buyrak va qovuq kasalliklarini davolashda, siydik haydovchi va bachadondan qon ketganda qonni to‘xtatuvchi vosita sifatida qo‘llanilgan. Xalq tabobatida ituzum bargidan, mevasidan tayyorlangan damlama yoki pishgan mevasi bolalardagi gijjalarni tushirishda, tomoq og’rig’i, bo‘g’ma kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Gulidan tayyorlangan damlama bod kasalliklarida hamda siydik haydovchi va balg’am ko‘chiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. No‘monjonov M.G‘., No‘monjonova M.G‘., Tojiboyev M.U. “Ayrim dorivor o‘simliklarni morfobiologik tasnifi, kimyoviy tarkibi va yetishtirish texnologiyasi”. - T.: Образование и наука XXI веке // Международный научно-обрвзовательный электронный журнал. Вып. 15 (том 2) июнь 2021. С. 946-948 2. Акопов И.Э. Важнейшие отечественные лекарственные растения и их применение Ташкент, Медицина 1986.