MOBIL O'YINLARIGA QARAMLILIK VA UYQU RITMLARINING BUZILISHI
Full text
166 MOBIL O‘YINLARIGA QARAMLILIK VA UYQU RITMLARINING BUZILISHI Hazratova Нulkar Normurodovna dotsent v.b., b.f.f.d (PhD) Qarshi davlat universiteti Jonimqulova Sarvinoz Rahmiddin qizi Biologiya ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Qarshi davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761187 Annotatsiya. Mazkur maqolada yoshlarda mobil o‘yinlariga qaramlikning va uyqu gormoni ritmlari, xususan uyqu gormonlari-melatonin va kortizol ritmlariga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Mobil o‘yinlar bilan kechasi va uzoq muddat shug‘ullanish natijasida uyqu gormonlari melatonin va kortizol sekretsiya ritmlarida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni aniqlash va ularning sog‘likka ta’sirini ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Tadqiqotlarda mobil o‘yinlariga qaram yoshlar orasida melatonin darajasini nisbatan o‘rtacha 35-40% past, kortizolning sutkalik ritmi esa 2-3 soatga kechikishi va natijada ekran vaqtida ko‘z zo‘riqishi, uyqu yetishmovchiligi, surunkali charchoq, asabiylik hamda miya faoliyatidagi neyrobiologik jarayonlar oqibatlari ko‘rsatilgan. Shu sababli yoshlar o‘rtasida profilaktik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, uyqu gigiyenasi, mobil o‘yinlariga qaramlikni kamaytirish, kechki payt ekranlardan foydalanishni cheklash, jismoniy mashqlar hamda biologik ritmni tiklovchi tabiiy vositalardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish tavsiya etiladi. Kalit so‘zlar. Mobil o‘yinlarga qaramlilik, uyqu ritmi, melatonin, kortizol, raqamli texnologiyalar, ekran nuri, sog‘lom turmush tarzi. Аннотация. В данной статье проводится глубокий анализ влияния зависимости от мобильных игр на ритмы гормонов сна, в частности мелатонина и кортизола, у молодежи. На основе научных источников рассматриваются изменения в секреции этих гормонов, возникающие при длительном и ночном использовании мобильных игр, а также их воздействие на здоровье. Исследования показывают, что у молодых людей, зависимых от мобильных игр, уровень мелатонина в среднем на 35–40 % ниже нормы, а суточный ритм кортизола смещается на 2–3 часа. Это приводит к перенапряжению глаз во время экранного времени, недостатку сна, хронической усталости, раздражительности и нарушениям нейробиологических процессов головного мозга. В связи с этим рекомендуется усилить профилактическую работу среди молодежи, соблюдать гигиену сна, снижать зависимость от мобильных игр, ограничивать использование экранов в вечернее время, заниматься физической активностью и осторожно применять природные средства, восстанавливающие биологические ритмы. Ключевые слова: зависимость от мобильных игр, ритм сна, мелатонин, кортизол, цифровые технологии, экранное излучение, здоровый образ жизни. Annotation: This article provides an in-depth analysis of the impact of mobile game addiction on the rhythms of sleep hormones—particularly melatonin and cortisol—among young people. Based on scientific sources, the study highlights alterations in the secretion patterns of these hormones resulting from prolonged and nighttime engagement with mobile games, as well as
167 their effects on health. Research indicates that in individuals addicted to mobile games, melatonin levels are on average 35–40% lower than normal, while the circadian rhythm of cortisol is delayed by 2–3 hours. Consequently, screen-induced eye strain, sleep deprivation, chronic fatigue, irritability, and neurobiological dysfunctions in brain activity are observed. Therefore, it is recommended to strengthen preventive educational efforts among youth, promote sleep hygiene, reduce mobile game addiction, limit screen exposure during evening hours, engage in physical activity, and carefully use natural remedies that help restore biological rhythms. Keywords: mobile game addiction, sleep rhythm, melatonin, cortisol, digital technologies, screen light, healthy lifestyle. XXI asr raqamli texnologiyalar inson hayotining barcha sohalarida kirib keldi. Smartfon va mobil o‘yinlar yoshlar hayotida muhim o‘rin egallamoqda. Ularning o‘quv jarayonidan so‘ng bo‘sh vaqtini asosan mobil o‘yinlar orqali o‘tkazishi kuzatiladi. Mobil o‘yinlar dam olish, muloqot, stressni kamaytirish sifatida foydali bo‘lishi mumkin, biroq ularning haddan ortiq o‘ynashi fiziologik muammolarni, xususan uyqu gormomlari melatonin va kortizol ritmlarining buzilishini keltirib chiqaradi. Mobil o‘yinlariga qaramlilik – bu insonning o‘yin faoliyatiga psixologik va biologik darajada bog‘lanib qolish holatidir. O‘yin vaqtida miyaning dopamin tizimi faollashadi. Dopamin-zavq va qoniqish hissini shakklantiradi. Doimiy o‘yin jarayonida dopamin retseptorlari haddan ortiq stimulyatsiyaga uchraydi va miyaning dopamin o‘z sezgirligini yo‘qota boshlaydi. Bu holatda inson real hayotdagi zavq manbalarini yo‘qotadi va faqat o‘yin orqali rohatlanish hissini izlaydi. Shu bilan birga o‘yin jarayonida doimiy hissiy hayajon, yutqazish yoki g‘alaba holatlari stress tizimini faollashtiradi. Natijada, kortizol sekretsiyasi oshadi, yurak urishi tezlashadi, qon bosimi ko‘tariladi va uyqu buzila boshlaydi. Melatonin gormoni epifiz bezidan ajralib chiqib, insonning sirkadiyal ritmini boshqaradi. Kechasi qorong‘ulikda melatonin ishlab chiqilishi ortadi, bu esa uyquga kirishi osonlashtiradi. U kechqurun qorong‘ulik ta’sirida ko‘payadi, ertalab esa kamayadi. Melatonin quyidagi jarayonlarni nazorat qiladi; uyqu va uyg‘oqlik sikli, tana haroratning pasayishi antioksidant himoya, immun tizimi faolligini nazorat qiladi. Biroq mobil o‘yinlar vaqtida ekrandan chiqayotgan ko‘k spektrli yorug‘lik epifiz faoliyatini tormozlab, melatonin sekretsiyasini kamaytiradi. Natijada uyquning kechikishi,s ifatsiz uyqu, ertalabki charchoqlik va diqqatning susayishi kuzatiladi. Kortizolbu buyrak usti bezlari po‘stlog‘idan ajraladigan stress gormoni. Uning miqdori ertalab eng yuqori,kechasi esa eng past bo‘lishi kerak. Mobil o‘yinlar paytidagi hissiy zo‘riqish va psixik stress tufayli kortizol sekretsiyasi kechikadi. Bu holat uyqu va uyg‘oqlik tizimini izdan chiqaradi va gormonal disbalansni kuchaytiradi.
168 So‘nggi yillarda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kechasi ikki soatdan ortiq o‘yin o‘ynaydigan yoshlar orasida uyqusizlik, uch barobar ko‘p kuzatilmoqda. Masalan, Janubiy Koreyada 2022-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda 500 nafar o‘smir ishtirok etgan bo‘lib, ularning 67% uyquning buzilishidan, 54% esa ertalabki charchoqlikdan shikoyat qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, mobil o‘yinlariga berilgan o‘smirlarda kechki melatonin sekretsiyasi 40% gacha pasaygan, kortizol esa kechasi 30% ga ortgan. Bu holatning asosiy sababi –mobil o‘yinlariga haddan tashqari berilishi va kechasi ekran nuri ta’sirida melatonin sintezining to‘xtashi natijada yuzaga kelishi aniqlangan. Bundan tashqari, mobil o‘yinlarga qaramlik talabalar orasida keng tarqalgan bo‘lib, kechasi ikki soatdan ortiq o‘ynash melatonin uyquga javobgar gormon ishlab chiqishini kamaytiradi. Kortizol ritmining kechikishi stress holatini kuchaytirib, uyquni buzadi. Talabalar o‘rtasida bunday holat o‘qish samaradorligini pasaytiradi, psixologik holatini yomonlashtiradi. Talabalar orasida olib borilgan kuzatuvlar ham bu natijani tasdiqlaydi. Mobil o‘yinlariga kuchli berilgan yoshlarda uyquning sifati pasaygan, charchoq va motivatsiya yo‘qolgan, diqqat susaygan. Shunday qilib, mobil o‘yinlariga qaramlik faqat psixologik emas, balki endokrin va nevrofiziologik buzilishlarni ham keltirib chiqaruvchi omil sifatida qaralishi lozim. Mobil o‘yinlariga ortiqcha qaramlik insonning fiziologik va psixologik holatiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, o‘yin o‘ynash vaqtining kechki soatlarga to‘g‘ri kelishi melatonin gormonining tabiiy sekretsiya ritmini buzadi, bu esa uyqu sifati va davomiyligining pasayishiga olib keladi. Uyqu yetishmovchiligi o‘z navbatida kognitiv funksiyalar, diqqat jamlash qobiliyati hamda umumiy psixik barqarorlikka salbiy ta’sir etadi. Mobil o‘yinlarga qaram yoshlar orasida uyqusizlik, charchoq, ruhiy tushkunlik va diqqat yetishmovchiligi kabi belgilar ko‘proq kuzatiladi. Shuningdek, gormonal disbalans organizmning biologik soatini izdan chiqarib, surunkali stress holatini kuchaytiradi. Shu sababli, mobil o‘yinlardan foydalanish vaqtini cheklash, ayniqsa kechki va tungi soatlarda o‘ynashdan voz kechish, sog‘lom uyqu gigiyenasiga rioya qilish hamda yoshlar orasida raqamli sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish zarur. Foydalanilgan adabiyolar ro‘yxati 1. Hadi, F.; Rahman, T. Cortisol rhythm disturbance in mobile game addicted college students // Journal of Behavioral Science. – 2022. – T. 14, № 2. – B. 88–96. 2. Kang, J.; Park, H. Psychological and physiological effects of smartphone overuse // Frontiers in Human Neuroscience. – 2021. – T. 15. – B. 604–619.
169 3. Hazratova, H. N. The Role of Some Mineral Substances in the Nutrition of Primary Class Students // American Journal of Public Diplomacy and International Studies. – 2024. – T. 2, № 5. – P. 27–28. – ISSN (E) 2993-2157. 4. Hazratova H.N. Provision of some mineral substances to primary school students // Universum: химия и биология Научный журнал Издается ежемесячно с ноября 2013 года Является печатной версией сетевого журнала Universum: химия и биология. 6(120) Июнь, 2024, Часть 2 Москва 2024, 64-67 стр. 5. Karimova, N. Mobil o‘yinlar va uyqu gormoni ritmining buzilishi: dissertatsiya ishi. – Toshkent: Toshkent tibbiyot universiteti, 2023. 6. World Health Organization. International Classification of Diseases, 11th Revision (ICD-11): Gaming disorder. – Geneva: WHO, 2019.