QANDLI DIABETDA TANA TARKIBI VA QON BIOKIMYOSI O'RTASIDAGI BOG'LIQLIK: ADABIYOTLAR SHARHI
Full text
180 QANDLI DIABETDA TANA TARKIBI VA QON BIOKIMYOSI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK: ADABIYOTLAR SHARHI Kudeshova G.T., Turdibekova P.O. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761252 AbstractThis article reviews the literature to examine the relationship between body composition (fat, muscle, and water-free mass) and clinical and biochemical blood parameters in people with diabetes. It was found that increased body fat leads to increased levels of glucose, lipid profile, triglycerides, and inflammatory markers, while decreased muscle mass reduces insulin sensitivity. It was also noted that metabolic changes increase the risk of cardiovascular disease. Keywords: Diabetes, body composition, blood biochemistry, muscle mass, fat percentage, insulin resistance, glucose, lipid profile, triglycerides, inflammatory markers. AnnotatsiyaUshbu maqolada qandli diabet bilan og‘rigan odamlarda tana tarkibining (yog‘, mushak va suvsiz massa) qonning klinik-biokimyoviy ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi adabiyotlar tahlili asosida yoritilgan. Tana yog‘ining ortishi glyukoza, lipid profili, triglitseridlar va yallig‘lanish markerlari darajasining oshishiga olib kelishi, mushak massasining kamayishi esa insulin sezuvchanligini pasaytirishi aniqlangan. Shuningdek, metabolik o‘zgarishlar natijasida yurak-qon tomir kasalliklari xavfi ortishi ta’kidlangan. Kalit so‘zlar: Qandli diabet, tana tarkibi, qon biokimyosi, mushak massa, yog‘ foizi, insulin rezistentligi, glyukoza, lipid profili, triglitseridlar, yallig‘lanish markerlari. Kirish. Qandli diabet – zamonaviy tibbiyotdagi eng muhim metabolik kasalliklardan biri bo‘lib, u glyukoza almashinuvining buzilishi, insulin sekresiyasi yoki insulin sezuvchanligining pasayishi bilan tavsiflanadi. Ushbu kasallik nafaqat uglevod almashinuvini, balki yog‘, oqsil va mineral balansni ham buzadi. Shu sababli diabetli bemorlarning tana tarkibi (yog‘, mushak va suvsiz massa) va qonning klinikbiokimyoviy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilish klinik amaliyotda muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 2-tip qandli diabetli odamlarda tana yog‘i foizi ortgan, mushak massasi kamaygan, glyukoza va triglitseridlar darajasi yuqori, yuqori zichlikdagi lipoprotein - xolesterin esa past bo‘ladi [1; 2]. Bundan tashqari, yallig‘lanish markerlari - C-reaktiv oqsil (CRP), interleykin-6 (IL-6) va O‘simta nekrozi omili – alfa (TNF-α) darajasi ham ortadi [3]. Qoraqalpog‘iston sharoiti esa bu jarayonlarni yanada murakkablashtiradi. Aralbo‘yi ekologik omillari (havo va suvning ifloslanishi, mikroelementlar tanqisligi), yuqori haroratli iqlim, yog‘li ovqatlanish va past jismoniy faollik bu kasallikning kechishini og‘irlashtiradi [6]. Shu sababli, bu hududda qandli diabetli odamlarda tana tarkibi bilan qon biokimyosi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilish ilmiy va amaliy jihatdan dolzarbdir.
181 Zhu va Wang (2011) tana tarkibining metabolik kasalliklar, xususan qandli diabet bilan bog‘liqligini tahlil qilib, yog‘ massasining ortishi insulin rezistentligini kuchaytirishini ko‘rsatgan [1]. Yog‘ to‘qimalari endokrin faol to‘qima sifatida leptin, adiponektin, rezistin va boshqa gormonlar ishlab chiqaradi; ular insulin signalizatsiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Vázquez-Lorente va hamkorlari (2022) o‘z tadqiqotlarida qandli diabetga moyil odamlarda tana yog‘i va biokimyoviy markerlar o‘rtasida teskari bog‘liqlikni aniqlashgan: mushak massasi kamaygan sari glyukoza va insulinning qon darajasi ortgan, HDL-xolesterin esa pasaygan [2]. Bundan tashqari, qandli diabetli odamlarda visseral yog‘ to‘planishi - ya’ni ichki organlar atrofidagi yog‘ qatlamining ko‘payishi - metabolik xavfni yanada kuchaytiradi. Bu turdagi yog‘ insulinga nisbatan sezuvchanlikni pasaytiradi va qon tomir kasalliklariga olib keladi [3]. Qandli diabetda glyukoza darajasining doimiy yuqoriligi qonning klinikbiokimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘zgartiradi. Malara va boshqalar (2024) ko‘rsatganidek, tana yog‘i foizi oshgan diabetli bemorlarda triglitseridlar (qon zardobidagi neytral yog‘ birikmalari) yuqori, yuqori zichlikdagi lipoprotein (HDL) past, past zichlikdagi lipoprotein (LDL) esa yuqori bo‘ladi [4]. Balcı va hamkorlari (2024) mushak massasi past bo‘lgan diabetli odamlarda oqsil sintezi pasayganini, jigar fermentlari – alanine aminotransferaza (ALT) va aspartat aminotransferaza (AST) darajalari esa ortganini qayd etgan [5]. Bu holat mushaklarning energiya iste’moli kamaygani hamda yog‘ kislotasi oksidlanishining buzilishi bilan bog‘liq. CRP va IL-6 kabi yallig‘lanish markerlari diabetli bemorlarda sezilarli darajada oshadi. Bu markerlar yog‘ hujayralarida ishlab chiqilib, butun organizmda surunkali past darajadagi yallig‘lanishni keltirib chiqaradi [3]. Bu esa qon tomir devorlarini shikastlaydi va ateroskleroz (tomirlarning qotishi va torayishi) xavfini oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologik jihatdan og‘ir hududlardan biri hisoblanadi. Aralbo‘yi ekologik inqirozi natijasida havoda tuz va chang zarralarining yuqoriligi, suvning mineral tarkibining o‘zgarishi, oziq-ovqat mahsulotlarining mikroelementlarga kambag‘alligi organizmda metabolik buzilishlarni kuchaytiradi. Erkudov va hamkorlari (2023) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda Aralbo‘yi hududida yashovchi yosh sportchilarda tana tarkibi va endokrin tizim ko‘rsatkichlarida sezilarli farqlar aniqlangan [6]. Shunga o‘xshash sharoitda qandli diabet bilan og‘rigan odamlarda tana yog‘ining ko‘payishi va suvsiz massa kamayishi biokimyoviy o‘zgarishlarni yanada kuchaytiradi.
182 UNICEF (2019) ma’lumotlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston aholisi orasida temir, A vitamini, rux va yod yetishmovchiligi kuzatiladi. Bu esa qandli diabet fonida oqsil va ferment almashinuvi buzilishiga olib keladi [7]. Muhokama. Qandli diabetli bemorlarda tana tarkibi bilan qon biokimyosi o‘rtasidagi bog‘liqlik murakkab endokrin mexanizmlar orqali kechadi. Yog‘ hujayralarining ortishi insulin signalini susaytiradi, bu esa glyukoza hujayraga kira olmasligiga olib keladi. Natijada glyukoza darajasi ortib, glikatsiyalangan oqsillar hosil bo‘ladi, ular esa tomir devorlariga zarar yetkazadi. Mushak massasining kamayishi glyukoza utilizatsiyasining pasayishiga olib keladi. Bu esa diabetning asoratlarini - ateroskleroz, gipertenziya, nefropatiya va nevropatiya kabi holatlarni - tezlashtiradi [2; 4]. Qoraqalpog‘iston sharoitida bu jarayon ekologik omillar bilan murakkablashadi. Ekotoksinlar, suvdagi nitratlar, issiq iqlim va past jismoniy faollik insulin sezuvchanligini yanada pasaytiradi. Shu sababli, diabetli bemorlar uchun tana tarkibini nazorat qilish (yog‘ foizini kamaytirish, mushak massasini oshirish) metabolik muvozanatni tiklashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Xulosa. Qandli diabetli odamlarda tana tarkibi va qonning klinik-biokimyoviy ko‘rsatkichlari o‘rtasida yaqin bog‘liqlik mavjud. Tana yog‘ining ortishi glyukoza, triglitserid va LDL-xolesterin miqdorini oshiradi, mushak massasining kamayishi esa insulin sezuvchanligini pasaytiradi. Qoraqalpog‘istonning ekologik va iqlimiy omillari bu jarayonlarga qo‘shimcha ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, diabetni nazorat qilishda tana tarkibini muvozanatlash, jismoniy faollikni oshirish va ovqatlanish ratsionini mintaqaviy sharoitga moslashtirish muhim ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Zhu, S. & Wang, Z. Body composition: clinical implications and biological diversities. International Journal of Obesity, 2011; 35: (2), S1–S3. 2. Vázquez-Lorente H, Herrera-Quintana L, Molina-López J, Gamarra-Morales Y, LópezGonzález B, Planells E. Relationship between Body Composition and Biochemical Parameters with Antioxidant Status in a Healthy Cohort of Postmenopausal Women. Metabolites. 2022 Aug 14;12(8):746. doi: 10.3390/metabo12080746. PMID: 36005618; PMCID: PMC9412505. 3. Shoelson SE, Lee J, Goldfine AB. Inflammation and insulin resistance. J Clin Invest. 2006 Jul;116(7):1793-801. 4. Malara, M. et al. Selected blood biochemical parameters and energy expenditure in physically active women and men. Medical Research Journal 2024; 9 (2): 141–147. 5. Balci, M.C.; Karaca, M.; Gunes, D.; Korbeyli, H.K.; Selamioglu, A.; Gokcay, G. Evaluation of Body Composition and Biochemical Parameters in Adult Phenylketonuria. Nutrients 2024, 16, 3355.
183 6. Erkudov VO, Rozumbetov KU, González-Fernández FT, Pugovkin AP, Nazhimov II, Matchanov AT, Ceylan Hİ. The Effect of Environmental Disasters on Endocrine Status, Hematology Parameters, Body Composition, and Physical Performance in Young Soccer Players: A Case Study of the Aral Sea Region. Life (Basel). 2023 Jul 3;13(7):1503. 7. https://www.unicef.org/uzbekistan/media/2021/file/UNS%20-%20Executive%20Summary.pdf