scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KUNJUT (SESAMUM INDICUM L.) O'SIMLIGINING DORIVOR XUSUSIYATLARI VA TIBBIYOTDA QO'LLANILISHI

Menesheva M; Tursunboev H.E.

Full text

209 KUNJUT (SESAMUM INDICUM L.) O‘SIMLIGINING DORIVOR XUSUSIYATLARI VA TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI Menesheva M., Tursunboev H.E. Berdaq nomidagi Qoraqolpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761418 Annotatsiya: Kunjut qadimdan dorivor o‘simlik sifatida qo‘llanib kelinadi. Urug‘i, yog‘i va barglarida biologik faol moddalarning yuqoriligi sababli u xalq tabobati, zamonaviy tibbiyot va parhez ovqatlanishda keng ishlatiladi. Ushbu tezisda kunjutning kimyoviy tarkibi, dorivor xususiyatlari hamda tibbiyotdagi qo‘llanish yo‘nalishlari qisqa ilmiy izohlar bilan bayon etiladi. Kalit so’zlar: Kunjut, dorivor xususiyat, morfologiya, kimyoviy tarkib, antioksidant. Kunjut kunjutsimonlar (kunjutdoshlar — Pedaliaceae) oilasining Sesamum avlodiga kiradi. Sesamun avlodining 19 ta turidan madaniy kunjut yoki Hind kunjutSesamum indicum L. eng ko‘p ahamiyatga ega bo'lib, ko‘p ekiladi [2]. Madaniy kunjut bir yillik o‘t o‘simlik. Ildizining yuqori qismi yo‘g‘onlashgan o‘q ildiz bo'lib, yerga 120 sm chuqur kirib boradi va talaygina yon shoxlar chiqaradi. Poyasi tik o‘sadi, 4 yoki 8 qirrali bo‘ladi, bo‘yi sug‘oriladigan yerlarda o‘rtacha 100110 sm. lalmikor yerlarda 50-60 sm ga yetadi, yashil tuk bilan qalin yoki siyrak qoplangan. Poyasi ko'sakchalar bo‘lmagan pastki qismidan shoxlanib, yuqoriga qarab o‘sadigan 4-6 ta uzun shox chiqaradi. Shoxlarining soni 10-12 tagacha yetishi mumkin, kam shoxlanadi (2 ta shox chiqaradigan) yoki mutlaqo shoxlamaydigan shakllari ham bor [2]. Kimyoviy tarkibi. Kunjut urug‘i tarkibida 60% gacha moy, E vitamini, faktor - T, sezamin, sezamon, sezamanin va boshqa moddalar bo‘ladi. Kunjut moyi 3-6°S temperaturada qotadigan sariq rangdagi suyuqlik bo‘lib, yarim quruvchi moylarga kiradi. Solishtirma og‘irligi 0,9197-0,9260, refraksiya soni 1,4731-1,4760, kislota soni 1,4-10, sovunlanish soni 185,5-195, yod soni 103-116. Moy tarkibida alein, linol, pavletin, stearin, araxin va lignotserin kislotalarining glitsiridlari uchraydi [1]. Tibbiyotda qo’llanilishi. Kunjut moyi dorivor moddalarini yeritishda, surtma va malhamlar tayyorlashda ishlatiladi. Kunjut moyi qondagi trombotsitlar sonini oshiradi va qon ivishini tezlashtiradi. Shuning uchun ham u ba’zan qon kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi [1]. Kunjut urug‘i va yog‘i tibbiyotda ko‘plab foydali xususiyatlarga ega. Uning tarkibida linolenik, linolik va olein kislotalari, shuningdek, sesamin va sesamolin lignanlari, E vitamini (tokoferol), minerallar va tolalar mavjud. Undan tashqari: 210 1. Yurak-qon tomir kasalliklari: Kunjut yog‘i va lignanlar xolesterin darajasini pasaytiradi, qon tomir devorlarini mustahkamlaydi va ateroskleroz xavfini kamaytiradi [3]. 2. Antioksidant xususiyati: Sesamin va sesamolin erkin radikallarga qarshi harakat qilib, hujayralarni oksidlovchi stressdan himoya qiladi, qarish jarayonini sekinlashtiradi [4]. 3. Teri va kosmetik qo‘llanilishi: Kunjut yog‘idagi E vitamini terini oziqlantiradi, namligini saqlaydi, yara va yallig‘lanishni kamaytiradi [3, 4]. 4. Oshqozon-ichak tizimi: Urug‘ tolaga boy bo‘lib, ichak faoliyatini yaxshilaydi va ich qotishi muammolarini kamaytiradi [4]. 5. Immunitetni mustahkamlash: Antioksidant lignanlar va minerallar immun tizimini faollashtirib, tananing kasalliklarga chidamliligini oshiradi [2]. 6. Soch va tirnoqlarni mustahkamlash: Yog‘ va oqsil tarkibidagi biologik faol moddalar soch o‘sishini rag‘batlantiradi, tirnoqlarni mustahkamlaydi [3, 4]. Xulosa: Kunjut o‘simligi dorivor xususiyatlarga boy bo‘lib, uning urug‘i va yog‘i tibbiyotning turli yo‘nalishlarida qo‘llaniladi. Kimyoviy tarkibidagi antioksidantlar, yog‘ kislotalari va mikroelementlar uni nafaqat oziq-ovqat, balki shifobaxsh vosita sifatida ham muhim ekinlar qatoriga kiritadi. Kunjutdan tibbiyotda foydalanishni ilmiy jihatdan chuqur o‘rganish, uning asosida yangi fitopreparatlar yaratish istiqbollari katta ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. O’.Ahmedov, A. Ergashev, A.Abzalov, M.Yulchiyeva, D.Mustafaqulov “Dorivor o’simliklarni yetishtirish texnologiyasi va ekologiya” darslik Toshkent-2018. 2. Yaqubjanov O. O‘simlikshunoslik. NamDU kutubxonasi, 2020. 3. Hamdamov I.H., Hamdamova E.I., Suvonova G.A., Begmatova M. Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi. Toshkent: 2015. 4. Ayupov R.H. Dorivor o‘simliklar va ulardan foydalanish. Toshkent: 2015.