scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TALABALARDA SMARTFONGA QARAMLIK VA UNING SALBIY OQIBATLARI

Rizamamatova Gulsanam Rifat qizi

Full text

230 TALABALARDA SMARTFONGA QARAMLIK VA UNING SALBIY OQIBATLARI Rizamamatova Gulsanam Rifat qizi Qarshi davlat universiteti, biologiya ta’lim yo‘nalishi talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761483 Annotatsiya. Mazkur maqolada talabalarda smartfon qaramligi va uning salbiy oqibatlari tahlil qilinadi. Smartfonlardan me’yoridan ortiq foydalanish nafaqat o‘quv jarayoniga, balki jismoniy sog‘liq, ruhiy holat va ijtimoiy hayotga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Ayniqsa, kechki payt telefondan foydalanish uyqu gormoni — melatonin sekretsiyasini kamaytirishi, biologik ritmni buzishi va uyqu sifatini pasaytirishi ta’kidlangan. Tadqiqotlarda haddan tashqari ekran vaqtining ko‘z zo‘riqishi, uyqu yetishmovchiligi, tashvish, depressiya, ijtimoiy faollikning pasayishi kabi oqibatlari ko‘rsatilgan. Shu bois talabalar uchun kunlik ekran vaqtini me’yorlashtirish, dars paytida telefondan uzoq turish va jismoniy hamda ijtimoiy faollikka ko‘proq e’tibor qaratish tavsiya etiladi. Kalit so‘zlar. Smartfon qaramligi, uyqu sifati, talabalar salomatligi, ekran vaqti, melatonin, raqamli texnologiyalar, sog‘lom turmush tarzi. Аннотация. В данной статье анализируется зависимость студентов от смартфонов и её негативные последствия. На основе научных источников показано, что чрезмерное использование смартфонов негативно влияет не только на учебный процесс, но и на физическое здоровье, психоэмоциональное состояние и социальную жизнь. Особенно подчеркивается, что использование телефона в вечернее время снижает секрецию гормона сна — мелатонина, нарушает биологические ритмы и ухудшает качество сна. В исследованиях отмечаются такие последствия избыточного экранного времени, как зрительное перенапряжение, недостаток сна, тревожность, депрессия и снижение социальной активности. В связи с этим студентам рекомендуется нормировать ежедневное время использования смартфонов, ограничивать их во время занятий, а также уделять больше внимания физической активности и живому общению. Ключевые слова. Зависимость от смартфонов, качество сна, здоровье студентов, экранное время, мелатонин, цифровые технологии, здоровый образ жизни. Annotation. This article analyzes smartphone addiction among students and its negative consequences. Based on scientific sources, it is highlighted that excessive use of smartphones negatively affects not only the learning process but also physical health, psychological well-being, and social life. It is particularly emphasized that using a phone in the evening reduces the secretion of the sleep hormone melatonin, disrupts biological rhythms, and lowers sleep quality. Research findings indicate that excessive screen time can lead to eye strain, sleep deprivation, anxiety, depression, and reduced social activity. Therefore, it is recommended that students regulate their daily screen time, limit phone use during classes, and pay more attention to physical activity and face-to-face social interactions. Keywords. Smartphone addiction, sleep quality, student health, screen time, melatonin, digital technologies, healthy lifestyle 231 Ma’lumki, bugungi globallashuv davrida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, xususan, smartfonlarning hayotimizning barcha jabhalariga chuqur kirib borishi zamonaviy talabalarning kundalik faoliyati, oʻquv jarayoni va ijtimoiy muloqotiga sezilarli darajada taʼsir koʻrsatmoqda. Ayniqsa, oliy taʼlim tizimida bilim olish, maʼlumot almashish, onlayn platformalardan foydalanish kabi jarayonlarda smartfonlar vositasidan keng foydalanilmoqda [1]. Zamonaviy jamiyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi, internet tarmog‘ining global miqyosda keng tarqalishi va raqamli muhitning kundalik hayotning deyarli barcha jabhalariga kirib kelishi inson psixologiyasida yangi fenomen va jarayonlarning yuzaga kelishiga zamin yaratdi. Ushbu jarayonlar orasida internet qaramligi va unga bog‘liq regressiv psixologik holatlar alohida ilmiy e’tiborni talab qiladigan muammolardan biridir. Internet qaramligi shunchaki odat yoki texnologiyadan ortiqcha foydalanish holati emas, balki psixikaning funksional tuzilishida chuqur o‘zgarishlarga olib keluvchi kompleks psixopatologik holat sifatida namoyon bo‘ladi. Bu jarayonda shaxsning ijtimoiy, emotsional va kognitiv rivojlanish dinamikasi o‘zgarib, ba’zan orqaga ketish (regressiya) belgilari yuzaga chiqadi. Mazkur holat, xususan, o‘smirlar va yoshlar orasida tez tez kuzatilmoqda, chunki ushbu yosh davri shaxs rivojlanishining eng intensiv, lekin ayni paytda eng nozik davridir. Regressiv psixologik jarayonlar shaxsning ilgari egallagan ijtimoiy ko‘nikmalari, emotsional o‘zini nazorat qilish mexanizmlari va kognitiv strategiyalarining zaiflashuvi bilan ifodalanadi. Bu jarayonlar natijasida shaxs bolalik davriga xos oddiy, impulsiv va hissiy jihatdan beqaror reaktsiyalarga qaytadi. Shu ma’noda, internet qaramligi kontekstida regressiya nafaqat psixologik, balki nevropsixologik mexanizmlar bilan ham izohlanadi, chunki raqamli muhitga haddan tashqari sho‘ng‘ish frontal po‘stloq faoliyati, ijro funksiyalari va emotsional regulyatsiya tizimlarida o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi [2,3]. Smartfondan me’yoridan ortiq foydalanish nafaqat o‘qish jarayoniga, balki jismoniy sog‘liq, ruhiy holat va ijtimoiy hayotga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. So‘nggi yillarda bu borada ko‘plab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilib, ortiqcha ekran vaqtining qator zararli oqibatlari aniqlangan. Uzoq vaqt davomida smartfon ekraniga tikilib qolish ko‘z sog‘lig‘iga putur yetkazadi. Xususan, raqamli ko‘rish sindromi deb ataluvchi holat – uzoq muddat ekranga qarash natijasida ko‘zlarda qizarish, quruqlik, xira ko‘rish, bosh og‘rig‘i va bo‘yin va yelka sohasida og‘riqlar keltirib chiqarishi mumkin. Talabalar orasida ham kechasi telefondan foydalanganda ko‘zning zo‘riqishi va uyqu oldidan noqulayliklar 232 kuzatilishi hech kimga sir emas. Shuningdek, kechki payt (uyqudan oldin) telefondan foydalanish uyqu sifatini pasaytiradi – ekranlardan taralayotgan ko‘k yorug‘lik melatonin gormonining chiqarilishini kechiktiradi va insonning biologik sutkalik ritmini buzadi. Natijada uyquga ketish qiyinlashib, uyqu yetishmovchiligi kelib chiqadi. Surunkali ravishda uyquning buzilishi esa kayfiyat va ruhiyatga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi – ilmiy izlanishlarda uyqu sifati yomonlashgan odamlarda tashvish va depressiya alomatlari kuchayishi qayd etilgan [5] London universiteti tadqiqotchilari smartfonlar, planshetlar, elektron kitoblar va boshqa qurilmalarning yorqin ekranlari bolalarning tinchini yo‘qotib, uyqu jarayonining buzilishiga olib kelishini tasdiqlashdi. Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, olti oylikdan boshlab bolalarda uyqu yetishmovchiligi kuzatilar ekan. Olimlar bolalarning gadjyetlardan foydalanish vaqti, shuningdek ularning tungi va kunduzgi uyqusiga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishgan 715 ota-onani so‘roq qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, gadjetdan foydalanilgan har bir soat uyquning umumiy vaqtini 15,6 daqiqaga qisqartirar ekan. Shu bilan birga tungi uyqu o‘rtacha 26,4 daqiqaga qisqargan, kunduzgi uyqu esa - 10,8 daqiqaga uzaygan [6]. Bundan tashqari, ekran nuri melatonin gormoni ishlab chiqilishini kamaytiradi. Natijada yotganimizdan keyin uxlab qolishimizga ko‘proq vaqt ketadi, bu esa uyqu sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Kam dam olgan inson esa kun davomida charchoq, fikri tarqoqlik va hatto ruhiy tushkunlikka ham duch kelishi mumkin. Ko‘pchilik talabalarning kunlik ekran vaqti sezilarli darajada katta bo‘lib, bu ularning kun tartibidagi muvozanatga hamda sog‘lig‘i va o‘qishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, dars jarayonida telefonga chalg‘ish odati talabalarning o‘zlashtirishini pasaytirishi, diqqati bo‘linishi va natijada talabalar o’rtasidagi yutuqlarini cheklashi mumkin Haddan tashqari ekran vaqtining salomatlikka (ko‘zlar charchashi, uyqu buzilishi), psixikaga (tashvish va depressiya kuchayishi) va ijtimoiy hayotga (yolg‘izlanish, diqqatning tarqoqligi) salbiy oqibatlari ilmiy jihatdan ham isbotlangan. Talabalarga kunlik ekran vaqtini me’yorida ushlash, xususan, dars paytida telefondan imkon qadar uzoqroq turishga intilish tavsiya etiladi. Mutaxassislar yoshlar uchun kunlik bo‘sh vaqt ekran faoliyatini cheklash (masalan, <2 soatga) va kun tartibiga jismoniy faollik hamda yuzma-yuz muloqotni ko‘proq kiritishni maslahat beradilar. Shunday qilinsa, smartfondan keladigan zararlarni kamaytirib, uning foydali jihatlaridan (axborot olish, muloqot qilish) oqilona foydalanish imkoniyati ortadi [7]. Bu nafaqat talabalarning sog‘lom turmush tarzi va ruhiy holatini saqlashga, balki ularning o‘qishdagi muvaffaqiyatiga ham ijobiy hissa qo‘shadi. 233 Smartfonlarning kundalik hayotimizga chuqur kirib borishi, ayniqsa, yoshlar va talabalar orasida ijobiy jihatlar bilan birga, muayyan salbiy oqibatlarni ham yuzaga chiqarmoqda. O‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar va amaliy kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ortiqcha ekran vaqti uyqu sifatini pasaytiradi, ko‘z va asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, psixologik holatga ham zarar yetkazadi. Talabalar orasida bu holat o‘zlashtirish darajasining pasayishi va diqqatning tarqoqligiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, smartfonlardan oqilona foydalanish, ekran vaqtini me’yorlashtirish, kun tartibiga jismoniy mashqlar va yuzma-yuz muloqotni ko‘proq kiritish nafaqat sog‘liqni mustahkamlashga, balki talabalarning o‘qishdagi muvaffaqiyatiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Andreassen, C. S., Pallesen, S. (2014). Social network site addiction – an overview. Current Pharmaceutical Design, 20(25), 4053–4061. 2. Demirci, K., Akgönül, M., Akpinar, A. (2015). Relationship of smartphone use severity with sleep quality, depression, and anxiety in university students. Journal of Behavioral Addictions, 4 (2), 85– 92. 3. Hazratova H.N. The Role of Some Mineral Substances in the Nutrition of Primary Class Students. American Journal of Public Diplomacy and International Studies. 2024, Vol.02. Issue 05. ISSN (E): 2993-2157.– P. 27-28. 4. Hazratova H.N. Provision of some mineral substances to primary school students // Universum: химия и биология Научный журнал Издается ежемесячно с ноября 2013 года Является печатной версией сетевого журнала Universum: химия и биология. 6(120) Июнь, 2024, Часть 2 Москва 2024, 64-67 стр. 5. Exelmans, L., Van den Bulck, J. (2016). Bedtime mobile phone use and sleep in adults. Social Science & Medicine, 148, 93–101. 6. Cain, N., Gradisar, M. (2010). Electronic media use and sleep in school-aged children and adolescents: A review. Sleep Medicine, 11(8), 735–742. 7. SSB (2022). O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati materiallari. 8. Birket, L. (2019). Digital media use and adolescent health. The Lancet Child & Adolescent Health, 3(12), 792–793