scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SPORT BILAN MUNTAZAM SHUG'ULLANMAYDIGAN TALABA QIZLARNING TANA TUZILISHI VA FUNKSIONAL HOLATI

Shirliyeva Guncha Davletgeldiyevna

Full text

254 SPORT BILAN MUNTAZAM SHUG‘ULLANMAYDIGAN TALABA QIZLARNING TANA TUZILISHI VA FUNKSIONAL HOLATI Shirliyeva Guncha Davletgeldiyevna Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus, O‘zbekiston [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761656 Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda Orol dengizining qurigan tubiga eng yaqin bo‘lgan Mo‘ynoq tumani va nisbatan ekologik jihatdan qulay Xorazm viloyatida yashovchi 20 yoshli talaba qizlarning morfofunksional ko‘rsatkichlari taqqoslandi. O‘lchovlar natijasiga ko‘ra, tananing total o‘lchamlari va tana vazni indeksida guruhlar o‘rtasida statistik jihatdan ahamiyatli farqlar aniqlanmadi (p>0,05). Biroq, Xorazm viloyatida yashovchi talaba qizlarda o‘pkaning tiriklik sig‘imi va qo‘l mushak kuchi ko‘rsatkichlari Mo‘ynoq tumanidagi tengdoshlariga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘ldi (p<0,05). Ushbu natijalar ekologik omillarning inson organizmining funksional imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatishini hamda noqulay ekologik hududlarda yashovchi yoshlarning jismoniy imkoniyatlarida ma’lum cheklanishlar yuzaga kelishini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: o‘pkaning tiriklik sig‘imi, mushak kuchi, ekologik sharoit, Orolbo‘yi, talaba qizlar. Abstract. This study compared the morphofunctional indicators of 20-year-old female students living in Muynak district, located closest to the dried-up Aral Sea bed, and in the relatively ecologically favorable Khorezm region. According to the measurements, no statistically significant differences were found between the groups in total body dimensions and body mass index (p>0.05). However, female students in the Khorezm region showed significantly higher lung vital capacity and hand muscle strength compared to their peers in Muynak district (p<0.05). These results indicate that ecological factors affect the functional capabilities of the human body and that living in environmentally unfavorable areas may impose certain limitations on the physical abilities of young people. Keywords: lung vital capacity, muscle strength, ecological conditions, Aral Sea region, female students. Kirish. So‘nggi o‘n yilliklarda Orol dengizining qurishi mintaqaning ekologik muhitiga, iqlim sharoitlariga va aholi salomatligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Dengizning qurigan tubidan havoga ko‘tarilayotgan tuz va changlar nafaqat atrof-muhitning, balki inson organizmining morfofunksional rivojlanishiga ham salbiy ta’sir etuvchi omil sifatida qaralmoqda [1, 2]. Orolbo‘yi hududida ekologik yuklamaning ortishi, atmosferadagi ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasining yuqoriligi va iqlim o‘zgarishlari natijasida aholi, ayniqsa yosh avlodning fiziologik ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar kuzatilmoqda [3, 4]. Insonning morfofunksional ko‘rsatkichlari organizmning umumiy jismoniy rivojlanish darajasini, funksional imkoniyatlarini va tashqi muhit omillariga moslashuv salohiyatini ifodalaydi [5]. Ular tashqi ekologik muhit, ovqatlanish sifati, jismoniy faollik darajasi va ijtimoiy omillar bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bois, 255 Orolbo‘yi hududida yashovchi yoshlarning morfofunksional rivojlanishini o‘rganish, ularni boshqa ekologik sharoitga ega hududlarda yashovchi tengdoshlar bilan taqqoslab o‘rganish dolzarb ahamiyatga ega. Avvalgi tadqiqotlarda Orolbo‘yi aholisi, ayniqsa bolalar va o‘smirlarning antropometrik hamda fiziologik ko‘rsatkichlarida ekologik sharoitlar bilan bog‘liq ayrim chetlanishlar aniqlangan [4, 5]. Biroq talaba yoshidagi qizlarda ekologik farqlar fonida morfofunksional rivojlanish darajasini solishtiruvchi ma’lumotlar kam o‘rganilgan [6, 7]. Tadqiqotimizning maqsadi Orol dengizining qurigan tubiga eng yaqin bo‘lgan hudud Mo‘ynoq tumani va Xorazm viloyatida yashovchi 20 yoshdagi talaba qizlarning morfofunksional ko‘rsatkichlarini taqqoslash hisoblanadi. Material va metodlar. Tadqiqotda Qoraqalpoq davlat universitetida tahsil olayotgan 20 yoshli jami 67 nafar talaba qizlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar yashash joyiga ko‘ra ikki guruhga ajtratildi. Bunda, Mo‘ynoq tumanida tug‘ilgan va u yerda yashovchilar 24 nafarni, Xorazm viloyatida yashovchi talabalar 43 nafarni tashkil etdi. Tadqiqot davomida o‘lchovlar 2025-yil mart oyida olib borildi. Talaba qizlarning jismoniy rivojlanish holatini baholashda umumqabul qilingan usul yordamida tana uzunligi va vazni, ko‘krak qafasi aylanasi va tana vazni indeksi (TVI) parametrlari o‘lchandi. Qo‘l mushak kuchining darajasi dinamometrik usul orqali baholandi. Qo‘lning siqish kuchi MEGEON-34090 (Rossiya, 2017) rusumli qo‘l dinamometri yordamida aniqlandi. O‘pkaning tiriklik sig‘imi – havoli spirometr WQS-8888 apparatida o‘lchandi. Barcha hisob-kitoblar Microsoft Office 2010 dasturiy paketidagi Excel funksiyalari yordamida hamda Past (versiya 2.17, Norvegiya (Oslo) 2012) statistik ma’lumotlarni qayta ishlash dasturi yordamida amalga oshirildi. Barcha ma’lumotlar o‘rtacha qiymat (µ), pastki (LL) va yuqori (UL) chegaralari bilan 95% ishonchlilik oralig‘ida (µ; (LL; UL 95% CI)) antropometrik parametr sifatida taqdim etildi. Guruhlar o‘rtasidagi farqlar aniqlanib, p<0,05 darajasida ishonchliligi baholandi. Olingan natijalar va ularning muhokamasi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari Orolbo‘yi hududining ekologik sharoitlari bilan bog‘liq omillar talaba qizlarning morfofunksional rivojlanish ko‘rsatkichlariga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi. Xususan, Mo‘ynoq tumanida, ya’ni Orol dengizining qurigan tubiga eng yaqin hududda yashovchi 20 yoshli talaba qizlar bilan Xorazm viloyatida yashovchi tengdoshlarining morfofunksional ko‘rsatkichlari taqqoslanganda, tananing total o‘lchamlari (bo‘y uzunligi, tana vazni, ko‘krak qafasi aylanasi) hamda tana vazni indeksi (TVI) bo‘yicha statistik jihatdan ahamiyatli farqlar aniqlanmadi (p>0,05). Bu natija ekologik sharoitlarning ushbu morfometrik ko‘rsatkichlarga nisbatan barqaror 256 ta’sirga ega ekanligini, hamda organizmning morfologik rivojlanishi ko‘p omilli jarayon sifatida genetik va ovqatlanish omillari bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi. 1-jadval. O‘rganilgan guruhlarda tana tuzilishi ko‘rsatkichlarini taqqoslash Tana tuzilishi ko‘rsatkichlari Mo‘ynoq tumani (n=24) Xorazm viloyati (n=43) P qiymat Bo‘y uzunligi, sm 161,49 (159,87; 163,12) 161,52 (159,83; 163,20) 0,7681 Tana vazni, kg 55,82 (51,38; 60,27) 54,69 (52,39; 56,98) 0,6751 Tana vazni indeksi, kg/m2 21,37 (19,78; 22,97) 20,99 (20,08; 21,91) 0,9063 Ko‘krak qafasi aylanasi, sm 79,46 (76,68; 82,23) 79,44 (77,90; 80,98) 0,4951 O‘pkaning tiriklik sig‘imi, ml 2652,83 (2485,0; 2820,7) 2922,81 (2776,4; 3069,2) 0,02173 Qo‘lning mushak kuchi (o‘ng qo‘l), kg 25,30 (23,57; 27,05) 28,59 (26,92; 30,26) 0,02928 Qo‘lning mushak kuchi (chap qo‘l), kg 24,61 (23,13; 26,09) 28,07 (26,22; 29,93) 0,02637 Shu bilan birga, funksional ko‘rsatkichlar – o‘pkaning tiriklik sig‘imi (O‘TS) va qo‘l mushak kuchi bo‘yicha ikki guruh o‘rtasida sezilarli farqlar kuzatildi (p<0,05). Xorazm viloyatida yashovchi talaba qizlarda ushbu ko‘rsatkichlarning yuqoriligi ularning nisbatan qulay ekologik muhitda yashashlari, havodagi chang, tuz aerozollari va boshqa zararli moddalar konsentratsiyasining pastligi bilan izohlanadi. Aksincha, Mo‘ynoq hududida ekologik yuklama yuqori bo‘lgani sababli nafas olish tizimi faoliyatining nisbatan pasayishi, shuningdek, umumiy jismoniy faollik darajasining pastligi kuzatilgan bo‘lishi mumkin. Qo‘l mushak kuchining kam bo‘lishi ham shunga o‘xshash sabablarga, masalan, ekologik stress, havo va suv ifloslanishi, mikroelementlar tanqisligi, hamda sport yoki jismoniy mashg‘ulotlarga kamroq jalb etilish bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Bu holat Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi yoshlarning organizmida uzoq muddatli ekota’sirlar fonida fiziologik moslashuv jarayonlari shakllanayotganini ko‘rsatadi. Natijalar boshqa ilmiy manbalar [4, 5, 8] bilan ham mos keladi, ularda ekologik noqulay hududlarda yashovchi aholining O‘TS va mushak kuchi kabi funksional ko‘rsatkichlarida pasayish tendensiyasi qayd etilgan. Bu, o‘z navbatida, ekologik omillar inson organizmining nafas olish va mushak tizimiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi. 257 Xulosa. Umuman olganda, olingan ma’lumotlar Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi yoshlarning sog‘lom rivojlanishini ta’minlash uchun ekologik, ijtimoiy va gigiyenik omillarni yaxshilash, shuningdek, talaba yoshlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish bo‘yicha kompleks sog‘lomlashtiruvchi dasturlarni ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Erkudov V, Pugovkin A, Rozumbetov K, Matchanov A, Arachchi S, Rathnayake U. The impact of unfavorable and toxic environmental conditions on autonomic tone modulations while wearing N95 face masks. Case Studies in Chemical and Environmental Engineering. 2024 Jun 1;9:100619. 2. Muntean N, Jermini M, Small I, et al. Assessment of dietary exposure to some persistent organic pollutants in the Republic of Karakalpakstan of Uzbekistan. Environ Health Perspect. 2003;111(10):1306-1311. 3. Crighton EJ, Barwin L, Small I, Upshur R. What have we learned? A review of the literature on children's health and the environment in the Aral Sea area. Int J Public Health. 2011;56(2):125138. 4. Rozumbetov KU, Esimbetov AT. Assessment of the functional state of the cardiovascular system in males and females. Theoretical & Applied Science. 2021(8):376-80. 5. Розумбетов КУ, Есемуратова СП, Нисанова С, Нажимов ИИ, Есимбетов АТ, Матчанов АТ. Оценка функционального состояния сердечно-сосудистой системы у подростков, проживающих в Южном Приаралье. Бюллетень науки и практики. 2021;7(9):331-40. 6. Rozumbetov KU, Matchanov AT, Esemuratova SP, Nisanova SN. Characteristics of the distribution of somatotypes and assessment of physical development in girls living in the Republic of Karakalpakstan. ISJ Theoretical & Applied Science, 06 (98). 2021:130-4. 7. Розумбетов КУ, Ибраймова АК. Определение ИМТ и телосложения девушек, проживающих в экологически неблагополучных условиях Приаралья. Бюллетень науки и практики. 2021;7(6):191-9. 8. K. U. Rozumbetov, G. K. Shamuratova, A. T. Esimbetov, Comparison of Respiratory, Cardiovascular, and Hand Grip Strength of Adolescents Living in the Republic of Karakalpakstan by Ecological Regions, International Journal of Genetic Engineering, Vol.13 No.9, 2025, pp. 242-250. doi: 10.5923/j.ijge.20251309.13.