scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TALABALAR ORASIDA FAST-FOOD TAOMLARIGA QARAMLIKNING FIZIOLOGIK VA IJTIMOIY OQIBATLARI

Ziyodova Dinora Adham qizi

Full text

272 TALABALAR ORASIDA FAST-FOOD TAOMLARIGA QARAMLIKNING FIZIOLOGIK VA IJTIMOIY OQIBATLARI Ziyodova Dinora Adham qizi Qarshi Davlat universiteti magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761752 Annotatsiya: Ushbu tezisda Qarshi Davlat Universitetining Kimyo-biologiya va Tibbiyot fakultetlarida 2025-yil sentabr–oktyabr oylarida 267 nafar talaba oʻrtasida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari tahlil qilindi. Maqsad – talabalar orasida fast-food mahsulotlariga boʻlgan munosabat, isteʼmol tezligi, ularning jismoniy va ijtimoiy salomatligiga taʼsirini baholash. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, 1–2-kurs talabalari orasida fast-food isteʼmoli yuqori boʻlib, yoshga xos qiziquvchanlik va vaqt cheklovlari asosiy omillar hisoblanadi. 3–4-kurs talabalari esa sogʻlom ovqatlanish odatlariga koʻproq rioya qilgan. Tadqiqotlar fast-food isteʼmoli va cheklovlar orasidagi, ijtimoiy bog’liqlikni ham ko’rsatadi. Kalit so‘zlar: fast-food, qaramlik, talaba, sog‘lom ovqatlanish, metabolizm, ijtimoiy oqibatlar. Аннотация: В данной статье представлены результаты исследования, проведённого среди 267 студентов факультетов химии, биологии и медицины Каршинского государственного университета в сентябре–октябре 2025 года. Цель исследования заключалась в анализе частоты потребления продуктов быстрого питания, выявлении факторов, влияющих на их употребление, а также оценке физиологических и социальных последствий среди студентов. Результаты показали, что студенты 1–2 курсов чаще употребляют фастфуд по причинам любопытства, недостатка времени и ограниченных бытовых условий, в то время как студенты старших курсов чаще придерживаются принципов здорового питания. Регулярное потребление продуктов быстрого питания связано с повышенным риском развития ожирения, нарушений пищеварения, сердечнососудистых заболеваний, а также снижением концентрации внимания и повышением уровня стресса. В работе подчёркивается необходимость проведения в университетах профилактических мероприятий, направленных на формирование культуры рационального питания, повышение физической активности и улучшение условий для организации здорового образа жизни студентов. Ключевые слова: фастфуд, студент, здоровое питание, физиологические последствия, социальные последствия. Abstract: This thesis analyzes the results of a study conducted among 267 students from the Faculty of Chemistry and Biology and the Faculty of Medicine at Karshi State University in September–October 2025. The study aimed to evaluate students’ attitudes toward fast food, consumption frequency, and its physiological and social impacts. Results showed that firstand second-year students consumed fast food more frequently due to curiosity and time constraints, while senior students followed healthier dietary habits. The study also highlighted the need for university programs promoting healthy nutrition and physical activity. Key words:Fast food, student, healthy nutrition, physiological consequences, social consequences. 273 2015–2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollikni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan davlat dasturi yoshlar orasida to‘g‘ri ovqatlanish odatlarini shakllantirish, ularni sog‘lom turmush tarzini tashkil etishga qaratilgan. Ushbu dastur talabalarda ovqatlanish madaniyatini yaxshilash, salomatlikni saqlash va ijtimoiy faollikni oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, so‘nggi yillarda tez tayyorlanadigan ovqatlar — “fast-food” mahsulotlariga talab ortib bormoqda. Bu tendensiya oliy ta’lim muassasalarida talabalar orasida ham sezilarli darajada namoyon bo‘lmoqda. Fast-food mahsulotlari o‘zining qulayligi, tez tayyorlanishi va jozibador ko‘rinishi bilan ajralib turadi, biroq ularni ortiqcha va muntazam iste’mol qilish fiziologik hamda ijtimoiy salbiy oqibatlarga olib keladi. Talabalar orasida fast-foodga qaramlik nafaqat ortiqcha vazn, oshqozonichaklarda, tez charchash kabi fiziologik muammolarni keltirib chiqaradi, balki ruhiy holatning noturg‘unlashuvi va ijtimoiy faollikning pasayishiga ham sabab bo‘ladi. 2025-yilning sentabr–oktyabr oylarida Qarshi Davlat Universiteti, Kimyobiologiya va Tibbiyot fakultetlarida 267 nafar talabalar orasida anketa soʻrovnoma oʻtkazildi hamda tahlil qilindi. Kuzatuvlarimiz davomida talabalar fast-food isteʼmoli chastotasi, sabablari, sogʻlom ovqatlanishga boʻlgan bilim darajasi va jismoniy holati oʻrganildi. Tahlillarimiz shuni ko‘rsatadiki, fast-food mahsulotlarini isteʼmol qilish chastotasi talabalar guruhlari orasida sezilarli farq qilishi aniqlandi. Umumiy hisobda, talabalarning 65% haftasiga kamida 2–3 marta tez tayyorlanadigan ovqat mahsulotlarini isteʼmol qiladi 1–2 kurs talabalari orasida fast-food isteʼmoli ancha yuqori (76%), bu esa 3–4 kurs talabalari (55%) natijalariga nisbatan katta farqni tashkil etadi. Bu farqning asosiy sabablari orasida yoshga xos boʻlgan qiziquvchanlik, yangi sharoitlarga moslashish, oʻquv yuklamasi sababli vaqt cheklovlari hamda fast foodning arzon va qulayligi kabi omillar mavjud. Ayniqsa, birinchi kurs talabalari koʻpincha yotoqxona sharoitlarida ovqat tayyorlashga qiynalishadi, bu ularni oson yechimlarga – yaʼni tez tayyorlanadigan ovqatlarga murojaat qilishga undaydi. Fakultetlar bo‘yicha tahlil esa Tibbiyot fakulteti talabalarida (63%) va Kimyo-biologiya fakulteti talabalarida (67%) fast-foodni muntazam isteʼmol qilishda sezilarli farq yo‘qligini ko‘rsatdi. Soʻrovnomada ishtirok etgan va fast-foodni tez-tez isteʼmol qiluvchi talabalarning aksariyati ovqat hazm qilish tizimi bilan bogʻliq muammolarga, jumladan, qabziyat kabi holatlarga duch kelishlarini bildirgan. Shuningdek, ular oʻzlarini doimiy ravishda charchoq his qilishlarini va uyqu buzilishi kabi 274 shikoyatlarni qayd etishgan. Bu holat, fast-food tarkibidagi yuqori miqdordagi toʻyingan yogʻlar, shakar va kam tolali moddalarning tananing metabolik jarayonlariga salbiy taʼsiri bilan izohlanadi . Tez-tez fast-food isteʼmol qiluvchi talabalarda oʻquv jarayonlarida diqqatni jamlash qobiliyatining pasayishi, darslarga kechikishlar va auditoriyadan tashqari ijtimoiy faoliyatning cheklanishi kuzatildi. Ratsional ovqatlanish rejimi buzilgan talabalar orasida surunkali stress darajasi yuqori ekanligi, bu esa o’qish sifatiga bevosita taʼsir koʻrsatishi ham aniqlandi. Fast-foodning isteʼmoli tana vazni ortishi (semizlik) va qandli diabet xavfini oshiruvchi asosiy omillardan biri boʻlib, uzoq muddatli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Talabalar orasida fast-food mahsulotlarini muntazam iste’mol qilish holati keng tarqalgan bo‘lib, bu ularning salomatligiga hamda ijtimoiy faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Fast-food tarkibidagi yuqori miqdordagi yog, tuz va shakar moddalari organizmda metabolik muvozanatning buzilishiga, oshqozon-ichak faoliyatining susayishiga, ortiqcha vazn va energiya yetishmovchiligi kabi fiziologik muammolarga sabab bo‘ladi. Shuningdek, fast-foodga qaramlik ijtimoiy jihatdan ham salbiy oqibatlar keltirib chiqarmoqda. Tadqiqotda ishtirok etgan talabalar orasida ruhiy holatning yomonlashuvi, stress va charchoq hissi, ijtimoiy faollikning pasayishi kabi belgilar kuzatildi. Bu esa sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish zaruratini yanada kuchaytiradi. Talabalar orasida fast-food mahsulotlariga qaramlikni kamaytirish va sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish uchun, avvalo, oliy ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha ma’rifiy ishlarni kuchaytirish zarur. Talabalarga to‘g‘ri va ratsional ovqatlanish tamoyillarini o‘rgatish, fast-food mahsulotlarining sog‘liqqa ta’siri haqida muntazam seminar va treninglar o‘tkazish foydali natija beradi. Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali sog‘lom ovqatlanishning afzalliklarini targ‘ib qilish, fast-food mahsulotlarining zararli oqibatlarini yoritish ham talabalar ongida sog‘lom hayot tarziga nisbatan mas’uliyat hissini oshiradi. Shu yo‘l bilan ta’lim muassasalari nafaqat bilim beruvchi, balki yoshlar salomatligini asrovchi muhitga aylanishi mumkin. Oliy ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, sport faoliyatini rag‘batlantirish, shuningdek, fast-food mahsulotlarining zararli ta’siri haqida muntazam targ‘ibot hamda tashviqot ishlarini olib borish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu chora-tadbirlar yoshlarning sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va kelajak avlod salomatligini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 275 Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. O‘zbekiston Respublikasida 2015–2020-yillarda ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollikni rivojlantirish bo‘yicha Davlat dasturi to‘g‘risida. — Toshkent: Lex.uz, 2015. — https://lex.uz/docs/2739753 2. Almojil, T. G. (va boshqalar) Dietary Fast-Food Habits Among University Students: A Systematic Review / T. G. Almojil, A. A. Almojil, S. H. Alkhathami, J. R. Alghannam, M. I. Alshami, M. A. Hameed // Cureus. – 2024. – Vol. 16, Issue 4. – P. 1-13. 3. Al-Otaibi, M. N. (va boshqalar) Exploring the contributing factors of fast food consumption in daily life: a qualitative study of Saudi university students / M. N. Al-Otaibi, M. J. Khan, M. A. A. Almuhanna, Y. A. Al-Ajmi, A. T. Alghamdi // Clinical Nutrition ESPEN. – 2023. – Vol. 56. – P. 367–374. 4. Ashurbayev, O. (va boshqalar) Factors affecting the growth of fast-food consumption among young people in Uzbekistan / O. Ashurbayev, M. Kuldashev, F. Pardayev, A. Rahimjonov // Modern Education and Development. – 2024. – Vol. 12, Issue 4. – P. 132-143. 5. Hazratova H.N. Provision of some mineral substances to primary school students // Universum: химия и биология Научный журнал Издается ежемесячно с ноября 2013 года Является печатной версией сетевого журнала Universum: химия и биология. 6 (120) Июнь, 2024, Часть 2 Москва 2024, 64-67 стр. 6. Hazratova H.N. The Role of Some Mineral Substances in the Nutrition of Primary Class Students. American Journal of Public Diplomacy and International Studies. 2024, Vol.02. Issue 05. ISSN (E): 2993-2157.– P. 27-28. 7. Mahmudova, M. Y., Rahmatova, D. S. Oliy taʼlim talabalarining ovqatlanish ratsioni tahlili va uni optimallashtirish yoʻllari // Oʻzbekiston Tibbiyot Axborotnomasi. – Toshkent, 2023. – № 3. – B. 67-72. 8. Odilov, S. B., Xodjayeva, N. X. Talabalar oʻrtasida ovqatlanish madaniyatining shakllanish muammolari // Oʻzbekistonda ilm-fan va innovatsion ishlanmalar. – Toshkent, 2024. – № 5. – B. 120-125. 9. Silva, S. I. da, Bessa, A. M. Fast food consumption and overweight/obesity prevalence in college students // The Journal of Nutrition, Health & Aging. – 2024. – Vol. 28, Issue 3. – P. 1-8. 10. Sobirova, Z. U., Valiyeva, G. I. Oliy oʻquv yurtlari talabalarining ovqatlanish tartibini buzilish sabablari va ularning profilaktikasi // Xorazm Maʼmun Akademiyasi Axborotnomasi. – Urganch, 2024. – № 1. – B. 92-98.