scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ZOOLOGIYA FANINI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH - PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Ko'mekbayeva Arzayım Qalbay qızı; Jalǵasbaev Azizbek Baxıt ulı; Perdebaev Berdibek Lepesbay ulı; Genjemuratova Naǵiyma Ansatbaevna

Full text

282 ZOOLOGIYA FANINI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH - PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA Ko'mekbayeva Arzayım Qalbay qızı, Berdaq nomidagi QQDU magistranti Jalǵasbaev Azizbek Baxıt ulı, Berdoq nomidagi QQDU magistranti Perdebaev Berdibek Lepesbay ulı, Berdoq nomidagi QQDU magistranti Genjemuratova Naǵiyma Ansatbaevna, Berdaq nomidagi QQDU talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761792 Annotatsion. Improvement of the methodology of teaching zoology based on innovative technologies - as a pedagogical problem. Jahonda ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tadbiq etish, erishilgan natijalardan inson extiyojlarini qanoatlantirishda oqilona foydalanish, o’sib kelayotgan har bir shaxsni barkamol etib tarbiyalsh, mehnat bozori va buyrutmachilarning talablaridan kelib chiqqan holda kadrlar tayyorlash muhim strategik yo’nalishlardan biri sifatida e’tirof etilgan. Bu borada raqamli, aralash, klasterli, individuallashtirilgan ta’lim, innovatsion yondashuvlar, nazariya va amaliyotning uyg’unligini, o’qitishning zamonaviy tamoyillarini tadbiq qilish bilan bir qatorda pedagogik, psixologik, metodik, didaktik o’quv maqsadlarini to’g’ri tanlash, huquqiy ta’minotni ishlab chiqish ustuvor vazifalardan sanaladi. Raqamli va aralash ta’lim sohasi mamlakatimizda shiddat bilan rivojlanib borishiga keng imkoniyat eshiklari ochib berilmoqda. Bu borada hukumatimiz tomonidan keng qamrovdagi me’yyoriy fundament ishlab chiqilgan va uni yanada mustahkamlash borasidagi amaliy tadqiqotlar intensiv ravishda olib borilmoqda. Xususan, 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni fikrimizning yaqqol dalili sanaladi. Ushbu Farmonning IV. Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish deb nomlangan bo’limi o’z ichiga 33 ta maqsadni mujassamlashtirgan bo’lib, 47-maqsad: 2026-yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini QS va TNE xalqaro reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlash; 48-maqsad: Qariyb 100 ming o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish; 50-maqsad: “El-yurt umidi” 283 jamg‘armasi orqali erkin va ijodiy fikrlaydigan yoshlarni nufuzli xorijiy oliygohlarga o‘qishga yuborish ko‘lamini 2 baravarga oshirish, bunda yoshlarning 50 foizini texnik, aniq fanlar va IT sohalariga o‘qitish; 70-maqsad: Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish[PF-60] kabi ustuvor bo’lgan aniq maqsadlar va ularni amalga oshirish yuzasidan yo’l xaritalari ishlab chiqilgan. hayvonot olamining xilmaxilligi, uning organish aspektlarining haddan tashqari ko’pligi bilan malaka talablari va namunaviy o’quv dasturidagi o’quv yuklamasi soatlarning bir-biri bilan nomutonosibligi; − Zoologiya fanini o’zlashtirish jarayonida nazariya va amaliyotning birligi yetarli darajada ta’minlanmaganligi; − hayvonot olamining klassifikatsiyasi haqidagi qarashlarning yakdil asosga ega emasligi; − oliy ta’lim va umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi hayvonot olamidagi ilmiy ma’lumotlarning bir-biri bilan mos kelmasligi; − hayvonot olamini o’rganishdagi innovatson ta’lim texnologiyalaridan yetarlicha dars jarayonida qo’llanilmayotganligi; − mavzuga doir ilmiy manbaalarning kengligi lekin o’zlashtirish jarayonidagi yangi metodikalarning tadbiq qilish doirasining torligi; − talabalarda sistematik tushunchalarni ajratish bilan birga ob’yektlarni tanish borasidagi bilimlarning yetishmasiligi; − bioxilma-xillikni saqlash jarayonida o’quvchilarning ekologik ong va tafakkurning pastligi va boshqa pedagogik muammolarni sanab o’tishimiz lozim. Ma’lumki, hayvonot olamining xilma-xilligi, uning organish aspektlarining haddan tashqari ko’pligi bilan malaka talablari va namunaviy o’quv dasturidagi o’quv yuklamasi soatlarning bir-biri bilan nomutonosibligi OTMlarda talabalarning zoologiya fanining mazmun sohalarini o’rganishdagi pedagogik muammo sanaladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Tolipova J.O. Biologiyani o‘qitishda innovasion texnologiyalar /TDPU, 2013. −156 b. 2. 2. Raxmatov, U. E., Pardayeva M.S. Biologiya o‘quv fanini o‘qitishda interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari. Муғаллим ҳәм үзликсиз Билимлендириў. Илимий-методикалық журнал. -№ 4/2. Нәкус -2022. - B. 53-58. 3. Rakhmatov, U. E., & Shakhmurova, G. A. (2020). Methodical Instructions of Improving Biology Teachers’ Professional Competence for Conducting Modern Lesson (based on Solutions of Issues and Tasks). Eastern European Scientific Journal, 3, 123-16. 4. S.Z., J. . (2021). The Importance Of Developing Competence In Understanting And Interpreting Processes In Biological Objects Through Problem-Solving And Exercise. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(05), 503–507. 5. Jumayev, S. Z., & Sayidova, R. B. (2021). The use of tasks and exercises in creating interdisciplinary integration in biology lessons. In European Scientific Conference (pp. 227-230).