1-KURS TALABALARIDA O'QUV JARAYONIGA MOSLASHISHNING PSIXOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Full text
307 1-KURS TALABALARIDA O‘QUV JARAYONIGA MOSLASHISHNING PSIXOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI Xurramova Sevara Ilxom qizi, E-mail: [email protected] Dustov Karim Turayevich Qarshi davlat universiteti E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17761853 Annotatsiya. 1-kurs talabalarining o‘quv jarayoniga moslashishi bilan bog‘liq psixofiziologik ko‘rsatkichlarni o‘rganish natijalari keltirilgan. Bunda ko‘rish xotirasi, diqqat hamda ko‘ruv-motor reaksiya tezligi o‘rganilgan. Olingan natijalarga ko‘ra, o‘quv jarayoni mobaynida talabalarda xotira yaxshilanib boradi, diqqatning ko‘chiruvchanligi ortadi, ko‘ruvmotor reaksiya esa sessiyadan keyin pasayadi. Xuddi shunga o‘xshash natijalar qizlarda ham, o‘g‘il bolalarda ham kuzatildi. Aksariyat ko‘rsatkichlar qizlarda o‘g‘il bolalarga nisbatan yuqoriroq darajada ekani aniqlandi. Aytish mumkinki, yuqoridagi o‘zgarishlar tekshiriluvchilarda o‘quv jarayoniga nisbatan adaptatsiyalanishga imkon beradi. Adaptatsiya jarayonining meyorida borishi esa ta’lim samaradorligini oshirishda, charchashning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Tayanch so‘zlar: o‘quv jarayoni, kognitiv funksiyalar, ko‘ruv-motor reaksiya, obrazli ko‘ruv xotirasi, raqamli ko‘ruv xotirasi, diqqat, aqliy faoliyat, talaba. Аннотация: Приведены результаты исследования психофизиологических показателей, связанных с адаптацией студентов первого курса к учебному процессу. Исследовались зрительная память, внимание и скорость зрительно-моторной реакции. Согласно полученным данным, в процессе учебной деятельности у студентов улучшается память, повышается подвижность внимания, тогда как зрительно-моторная реакция снижается после сессии. Похожие результаты наблюдались как у девушек, так и у юношей. Было установлено, что большинство показателей у девушек находятся на более высоком уровне по сравнению с юношами. Можно сделать вывод, что указанные изменения способствуют адаптации участников к учебному процессу. Нормальное течение процесса адаптации имеет важное значение для повышения эффективности обучения и предотвращения утомляемости. Ключевые слова: учебный процесс, когнитивные функции, зрительно-моторная реакция, образная зрительная память, числовая зрительная память, внимание, умственная деятельность, студент. Annotation: The results of a study on the psychophysiological indicators related to firstyear students’ adaptation to the educational process are presented. The study examined visual memory, attention, and visual-motor reaction speed. According to the results obtained, during the course of the educational process, students’ memory improves, attention mobility increases, while visual-motor reaction decreases after the examination period. Similar results were observed in both female and male students. Most indicators were found to be at a higher level in females compared to males.
308 It can be concluded that these changes allow participants to adapt to the educational process. Proper progression of the adaptation process is important for improving educational effectiveness and preventing fatigue. Keywords: educational process, cognitive functions, visual-motor reaction, figurative visual memory, numerical visual memory, attention, mental activity, student. Mavzuning dolzarbligi; Oliy ta’lim muassasasiga yangi kirgan talabalarning 65-80 % birinchi yilda o‘quv jarayoniga psixologik va fiziologik moslasha olmaydi. Bu esa akademik muvaffaqiyatsizlik, depressiya va o‘qishni tashlab ketish darajasini oshiradi. Mavzuning ilmiy yangiligi shundaki, O‘zbekistonda talabalarning moslashish jarayoni ko‘pincha faqat psixologik nuqtai nazardan o‘rganilgan, lekin psixofiziologik (miya faoliyati, gormonal o‘zgarishlar, uyqu ritmi) jihatlari yetarlicha tadqiq qilinmagan. Maqsad: Birinchi va yuqori kurs talabalarida o‘quv jarayoniga moslashishning psixofiziologik mexanizmlarini aniqlash. Vazifalar: Adaptatsiya darajasini psixologik testlar (Spielberger xavotirlik shkalasi, Lusher testi) orqali baholash; Fiziologik ko‘rsatkichlarni (qon bosimi, yurak urishi,xotira,diqqat,stress darajasini) o‘lchash; Moslashish darajasi bilan akademik natijalar o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash. Obyekt: Tekshirishlarimizda Qarshi davlat universiteti biologiya yo‘nalishining 1-kursida ta’lim olayotgan 38 nafar talabalar (28 nafar qizlar va 10 nafar o‘g‘il bolalar) qatnashishdi. Talabalarning o‘rtacha yoshi 19,7 ni tashkil etadi. Metodlar: psixodiagnostik testlar, fiziologik o‘lchovlar (tonometr, pulsoksimetr), statistik tahlil (SPSS 26). Asosiy qism. Birinchi kurs talabalarida o‘quv yili boshida xavotirlik darajasi 28 % yuqori, xotira ko’rsatgichidarajasi 42 % oshgan. Bu gipotalamo-gipofiz-buyrak usti tizimi faollashuvini ko‘rsatadi. Kognitiv ko‘rsatkichlar 2024-2025 o‘quv yili davomida 3 bosqichda o‘rganildi: o‘quv yilining boshlanishida (1-bosqich), sessiyadan oldin (2-bosqich) hamda sessiyadan keyin (3-bosqich). Buning uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tanlab olindi: qisqa muddatli xotira hajmi, diqqat parametrlari, ko‘ruv-motor reaksiya (KMR). Xotirani o‘rganish uchun obrazli ko‘ruv xotirasi (OKX) hamda raqamli ko‘ruv xotirasi (RKX) hajmlari aniqlandi. Bunda tekshiriluvchilar berilgan 16 ta
309 obraz hamda 12 ta raqamlarni 20 sekund davomida eslab qolishadi va 1 daqiqadan so‘ng uni esga tushirib, ma’lum belgilar ichidan tanlashadi. Xotira hajmi eslab qolingan axborotning berilgan miqdorga nisbati bilan ifodalandi. Natija foizlarda beriladi [4]. Diqqatning parametrlarini o‘rganish uchun Shulte-Gorbov jadvalidan foydalanildi. Bunda qora rangli raqamlar 1 dan 24 gacha bo‘lgan tartibda belgilab boriladi. Raqamlar qancha tez va aniq topilsa, diqqatning barqarorligi va ko‘chuvchanligi shuncha yuqori bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich sekundlarda ifodalanadi [1]. KMRni o‘rganish uchun qizil va yashil rangga nisbatan tezkor reaksiya aniqlandi. Buning uchun tekshiriluvchilar 1 minut davomida tasodifiy ravishda ketma-ket yonib turadigan qizil va yashil ranglarga nisbatan darhol maxsus tugmachani bosish orqali javob qaytarishadi. Bunda ko‘ruv reaksiyasi tezligi millisekundlarda ifodalanadi [4]. Har uchchala kognitiv ko‘rsatkich psixofiziologik tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan Psixotest apparati yordamida aniqlandi (НС-Психотест, ООО “Нейрософт”). Tadqiqotlar ertalab soat 8.30 dan 12.30 gacha amalga oshirildi. Xulosa. Talabalarning o‘quv jarayoniga moslashishi xotira,diqqat kabi kognitiv funksiyalari o‘zgarishlar bilan kechadi. Birinchi kursda adaptatsiya jarayoni eng og‘ir kechadi va 6-8 oy davom etadi. Olingan natijalardan kelib chiqib aytish mumkinki, o‘quv yili davomida kognitiv ko‘rsatkichlar aqliy ish faoliyatining kuchayib borishiga mos ravishda o‘zgarib boradi. Natijada talabalarning o‘quv jarayoniga adaptatsiyalanishi yuz beradi. Biz o‘rgangan har uchchala ko‘rsatkich ham shu tartib asosida o‘zgarishlarga uchraydi, deyish mumkin. Aytib o‘tilganlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, biz o‘tkazgan tadqiqotlar dastlabki kuzatuv va tekshirishlar bo‘lib, ularning doirasini yanada kengaytirish, bunda turli omillarning ta’sir xususiyatlarini hisobga olish, talabalarning yashash tarzi, turmush xususiyatlari va boshqa ko‘plab omillarni e’tiborga olgan holda tadqiqotlarni chuqurroq o‘tkazish maqsadga muvofiq. Adabiyotlar 1. Методика Горбова «Красно-чёрная таблица» / Альманах психологи-ческих тестов. М., 1995. – С. 117-118. 2. Березина М.Г. Роль психофизиологических особенностей студентов в адаптации к учебной деятельности. Автореферат дисс. на соискание ученой степени канд. биол. наук. Новосибирск – 2000. 3. Иванов В.И. Роль индивидуально-типологических особенностей студентов в адаптации к учебной деятельности. Дисс. канд. биол.наук. Кемерово – 2002.
310 4. Шапарь В.Б., Тимченко А.В., Швыдченко В.Н. Практическая психология. Инструментарий. — Ростов н/Д: издательство «Феникс», 2002. — 688 с. 5. Баданов А.В. Влияние учебной нагрузки на умственное и физическое состояние студентов. Вестник Бурятского государственного университета. 13/2011. – стр. 12-15. 6. Г.А.Севрюкова, Г.М.Коновалова. Функциональное состояние и регуляторно-адаптивные возможности организма человека. Монография. Волгоград – 2015. 7. Ефимова Н.В. Психофизиологичиские особенности умственной роботоспособности студентов первого курса динамике учебного года. Автореферат дисс. на соискание ученой степени канд.биол.наук. Челябинск – 2019. 8. Otashev D.R. Talabalarning o'quv jarayonlariga psixofiziologik moslashuvi. Ilm-fan va innovatsiya. Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi to’plami (2023). 41-43 betlar. inacademy.uz/index.php/si.