scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

USE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN RISK MANAGEMENT SYSTEM

Farkhodov, Farrukh; Yusupov, Lazizbek

Abstract

This thesis analyzes the role of artificial intelligence and data analysis technologies in improving the risk management system in customs activities. Based on international experience, practical problems in the customs system of Uzbekistan and ways to overcome them are identified and proposals are developed.

Full text

CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 225 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us XAVFNI BOSHQARISH TIZIMIDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH Farxodov Farrux Furqatovich Bojxona instituti katta oʻqituvchisi, email: [email protected] Yusupov Lazizbek Orifjon oʻgʻli Bojxona instituti 4-kurs kursanti, email:lazizbekyusupov3[email protected] Annotatsiya: Ushbu tezisda bojxona faoliyatida xavfni boshqarish tizimini takomillashtirishda sunʻiy intellekt va maʻlumotlar tahlili texnologiyalarining oʻrni tahlil qilinadi. Xalqaro tajribalar asosida Oʻzbekiston bojxona tizimidagi amaliy muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari koʻrib, takliflar ishlab chiqilgan. Kalit soʻzlar: Xavf, xavf profili, sunʻiy intellekt, maʻlumotlar tahlili, bojxona toʻlovlari, xavf reytingi, data mining. USE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN RISK MANAGEMENT SYSTEM Farkhodov Farrukh Furqatovich Senior lecturer, Customs Institute, email: [email protected] Yusupov Lazizbek Orifjon oʻgʻli 4th year cadet, Customs Institute, email:lazizbekyusupov3[email protected] Annotation: This thesis analyzes the role of artificial intelligence and data analysis technologies in improving the risk management system in customs activities. Based on international experience, practical problems in the customs system of Uzbekistan and ways to overcome them are identified and proposals are developed. Keywords: Risk, risk profile, artificial intelligence, data analysis, customs payments, risk rating, data mining. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В СИСТЕМЕ УПРАВЛЕНИЯ РИСКАМИ Фарходов Фаррух Фуркатович Старший преподаватель Таможенного института, email: farrux.farkhod[email protected] Юсупов Лазизбек Орифжон угли Курсант 4-го курса Таможенного института, email: [email protected] CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 226 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Аннотация: В данной диссертации анализируется роль искусственного интеллекта и технологий анализа данных в совершенствовании системы управления рисками в таможенной деятельности. На основе международного опыта выявляются практические проблемы в таможенной системе Узбекистана, пути их решения и разрабатываются предложения. Ключевые слова: Риск, профиль риска, искусственный интеллект, анализ данных, таможенные платежи, оценка риска, интеллектуальный анализ данных. Soʻnggi yillarda xalqaro savdo hajmining tez surʻatlar bilan ortib borishi bojxona organlarining faoliyatiga yangi talablarni qoʻymoqda. Xususan, bojxona xodimlari nafaqat tovar va transport vositalarining qonuniyligini nazorat qilish, balki shu jarayonda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, noqonuniy harakatlarning oldini olish, shuningdek, savdo jarayonlarini soddalashtirish vazifalarini ham bajaradi. Bu esa xavfni boshqarish tizimini samarali ishlatish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Bojxonada xavfni boshqarish tizimi - maʻlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va baholash asosida tekshiruv resurslarini optimal taqsimlashga qaratilgan tizimdir. Jahon bojxona tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “Risk Management Compendium”da qayd etilishicha, xavf tahlilining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilishi bojxona jarayonlarini soddalashtirish bilan birga, huquqbuzarliklarni kamaytirishga ham xizmat qiladi[1]. Bugungi kunda bojxona tizimida eng muhim muammolardan biri maʻlumotlarning hajmi, xilma-xilligi va ularni tezkor qayta ishlashdagi murakkablikdir. Shu sababli, dunyo tajribasida sunʻiy intellekt, katta ma’lumotlar bazasi (Big Data), Mashinali o‘qitish (Machine Learning) kabi texnologiyalar bojxona faoliyatiga keng joriy etilmoqda. Bu texnologiyalar yordamida bojxona organlari xavflarni oldindan aniqlash, xavfli deklaratsiyalarni filtrlash va real vaqt rejimida nazoratni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.[3] Mamlakatimizda 2018-yildan boshlab mazkur standartlar va tavsiyalar toʻplami asosida xavflarni boshqarish tizimi joriy etilishi natijasida rasmiylashtirish vaqti eksportda–4,5 baravarga, importda–2 baravarga, bojxona ekspertizalari soni esa 6 baravarga qisqardi va bojxona nazorati samaradorligi 4 baravarga ortdi. Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida 8 ta davlatlarning bojxona xizmatlari bilan eksport qilingan tovarlar boʻyicha, 41 ta xalqaro va milliy aviakompaniyalardan uchib keluvchi yoʻlovchilar va ularning bagajlari haqida oldindan axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyildi. Bu esa, ushbu maʼlumotlarni qayta ishlash va xavflarni oldindan baholash imkoniyati oshdi. Bojxona tizimida ham xavfni boshqarish tizimida ushbu mexanizmlari mavjud boʻlsa-da, ular hali toʻliq avtomatlashtirilmagan, maʻlumotlar integratsiyasi yetarli emas, shuningdek, ayrim hollarda inson omilining ta’siri yuqori. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 227 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Shu sababli, sun’iy intellekt asosida ishlovchi avtomatik tahlil tizimlarini joriy etish milliy bojxona tizimining raqamli transformatsiyasi yoʻlida muhim qadam hisoblanadi. Bojxonada xavfni boshqarish tizimi xalqaro bojxona amaliyotida muhim boshqaruv vositasi sifatida qaraladi. Xavfni boshqarish tizimning asosiy maqsadi - mavjud resurslardan oqilona foydalanish, xavf darajasiga qarab nazoratni differensiallash hamda bojxona jarayonlarini soddalashtirishdir[6]. Bojxona konteksida xavf - bu tovarlar, transport vositalari yoki shaxslar tomonidan bojxona qonunchiligi talablarini buzish ehtimoli sifatida talqin etiladi. Xalqaro standartiga koʻra, xavfni boshqarish jarayoni xavfni identifikatsiya qilish, xavfning ehtimoli va oqibatlarini oʻlchash, xavfni kamaytiruvchi nazorat mexanizmlarini joriy etish, tizim samaradorligini baholash jarayonlaridan tashkil topadi. Bojxona amaliyotida bu bosqichlar odatda avtomatlashtirilgan dasturiy tizimlar orqali amalga oshiriladi. Jahon bojxona tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan modelda asosiy urgʻu tanlab olish tamoyiliga berilgan, ya’ni har bir bojxona yuk deklaratsiyasia xavf profili asosida nazorat darajasi belgilanadi. Bu orqali past xavfli sub’ektlar tezroq oʻtadi, yuqori xavfli operatsiyalar esa chuqurroq tahlil qilinadi[10]. 1-rasm. Xavfni boshqarish jarayoni 1 . 6. Hujjatlar, aloqa va maslahat 3.Xavfni baholash Oqibatlari Ehtimollik 3.1 Xavf identifikatsiyasi 3.3 Xavflarni baholash va ustuvorlik 4.Xavf oldini olish 3.2 Xavf tahlili 5.Monitoring va sharx 1.Maʻlumotlar bazasini shakllantirish 2.Axborot va maʻlumotlar toʻplami CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 228 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Bojxona tizimida xavfni boshqarish nazariy jihatdan resurslarni optimallashtirish, nazoratni soddalashtirish va qonunbuzarliklarni kamaytirish vositasi sifatida namoyon boʻladi. Sunʻiy intellekt va maʻlumotlar tahlili hozirgi kunda bojxona boshqaruvining eng istiqbolli yoʻnalishlaridan biridir. Ular orqali xavfni baholash, deklaratsiyalarni avtomatik tahlil qilish, qonunbuzarlikni aniqlash va real vaqt rejimida nazorat qilish imkoniyati kengaymoqda. Sun’iy intellekt texnologiyalari quyidagi sohalarda qoʻllanmoqda: mashinali o‘rganish algoritmlari yordamida yuqori xavfli deklaratsiyalarni aniqlash; deklaratsiya maʻlumotlarida takrorlanayotgan shubhali xatti-harakatlarni tahlil qilish; ehtimoliy qonunbuzarliklarni oldindan prognozlash; qiymatni kamaytirish, tovar nomini notoʻgʻri koʻrsatish yoki soxta hujjatlarni aniqlashdir[4]. Misol tariqasida, Jahon Banki tomonidan 2023-yilda Senegal bojxonasi misolida oʻtkazilgan tadqiqotda Random Forest va XGBoost modellari yordamida qonunbuzarlikni aniqlash aniqligi 90% gacha yetgani qayd etilgan[5]. Yaponiya, Koreya, Singapur va Estoniya bojxonalarida sun’iy intellekt asosida ishlovchi “smart customs” tizimlari joriy qilingan. Koreya bojxona xizmati tomonidan bojxona nazorati tarmog‘i asosidagi sun’iy intellekt tizimi orqali 24/7 real vaqt rejimida xavfli deklaratsiyalar tahlil qilinadi. Estoniya bojxona organlari esa blokcheyn texnologiyalari asosida import va eksport maʻlumotlarini avtomatik sinxronlashtirishni yoʻlga qoʻygan[5]. Bu tajribalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston uchun ham sun’iy intellekt integratsiyasini joriy etishda samarali model boʻlib xizmat qilishi mumkin. Sun’iy intellekt asosida xavfni boshqarishni takomillashtirish uchun bojxona, soliq, bank va transport tizimlari ma’lumotlarini yagona katta ma’lumotlar ombori formatida birlashtirish, mashinali o‘qitish modellari yordamida xavf reytingini avtomatik hisoblash tizimini ishlab chiqish, qonunbuzarlik ehtimolini tahlillar asosida bashorat qiluvchi sun’iy intellekt modulllarini joriy etish, shuningdek bojxona xodimlarini sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirish muhim hisoblanadi. Ushbu yoʻnalishlarni xavfni boshqarish tizimida qo‘llash va takomillashtirish natijasida quyidagi samaradorlikka erishishimiz mumkin. ❖ Xavfli operatsiyalarni aniqlash aniqligi oshadi; ❖ Bojxona toʻlovlarini unduruvchanligi oshadi; ❖ Tekshiruvlar soni qisqaradi, lekin sifati oshadi; ❖ Savdo jarayonlari tezlashadi va soddalashtiriladi; ❖ Inson omilining salbiy ta’siri kamayadi. Xavfni boshqarish tizimini xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrgangan holda quyidagi takliflar beriladi: 1. Axborot almashinuvi va idoralararo integratsiyani kuchaytirish: CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 229 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us -notarif tartibotlarni qo‘llashda xavfni boshqarish tamoyillarini joriy etish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar bilan o‘zaro integratsiyalashgan axborot almashinuvi tizimini yaratish; -pasport nazorati jarayonida bojxona organlari axborot tizimi orqali aniqlangan xavfli yo‘lovchilar bo‘yicha chegara qo‘shinlari bilan real vaqt rejimida hamkorlikni kuchaytirish, xavfli yo‘lovchining harakatini vaqtincha to‘xtatish mexanizmini tartibga solish; -ruxsatnoma talab qilinadigan tovarlar bo‘yicha barcha ma’lumotlarni vakolatli davlat organlarining bojxona axborot tizimlariga ulash; 2. Raqamli texnologiyalar asosida bojxona nazoratini takomillashtirish: -sun’iy intellekt asosida avtomatik xavf baholash tizimini yaratish, deklaratsiya ma’lumotlarini real vaqt rejimida tahlil qilish, shubhali operatsiyalarni oldindan aniqlash; -deklaratsiya va yo‘lovchi ma’lumotlarini avtomatik filtrlovchi AI-modullarni bojxona axborot tizimiga integratsiya qilish, inson omilini kamaytirish va aniqlikni oshirish; -bojxona, soliq, bank, transport-logistika va sertifikatlash tizimlari ma’lumotlarini yagona Big Data platformasiga birlashtirish, xavfni baholashni kompleks ko‘rinishda amalga oshirish; -bojxona xodimlari uchun sun’iy intellekt, risk tahlili va raqamli texnologiyalar bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlarini joriy etish. Bojxona faoliyatiga sun’iy intellektni joriy etish xavfni boshqarish tizimining aniqligi va samaradorligini keskin oshiradi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlash, korrupsion omillarni kamaytirish hamda xalqaro savdo jarayonlarini tez va shaffof amalga oshirilishiga zamin yaratadi. Umuman olganda, ilg‘or davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan ushbu takliflar O‘zbekiston bojxona tizimida xavfni boshqarish mexanizmini yangi bosqichga ko‘tarib, bojxona nazoratining tezkorligi, ishonchliligi va samaradorligini oshirish orqali iqtisodiy xavfsizlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1.World Customs Organization (2018). Risk Management Compendium. Brussels: WCO. 2. Widdowson, D. (2020). Managing Customs Risk and Compliance: An Integrated Approach. World Customs Journal, 14(2), 63–79. 3.World Bank (2023). Machine Learning and Customs Fraud Analytics. Washington, D.C. 4.Kunickaitė, R. et al. (2022). Machine Learning Approaches for Customs Fraud Detection. CEUR Workshop Proceedings, 2915, 60–72. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 230 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us 5.OECD (2021). AI in Trade Facilitation and Risk Management. Paris: OECD Publishing. 6. Farxodov, F., & Sherboboyev, D. (2024). Bojxona organlarida xavfni boshqarish tizimining bugungi kunda. Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati, 1(1), 3-7. 7. Furqatovich, F. F. Bojxona organlarida xavfni boshqarish tizimining bugungi kunda tutgan oʻrni va uning ahamiyati. 8.Ministry of Customs and Trade, Republic of Korea (2022). AI-based Customs Intelligence Model. Seoul. 9.Farxodov, F. F., & oʻgʻli Sherboboyev, D. O. (2024). Bojxona organlarida xavfni boshqarish tizimining bugungi kunda tutgan oʻrni va uning ahamiyati. Indexing, 1(1). 10. “Xavfni boshqarish tizimi” darslik. M.Xamrayev, X.Roʻzmetov, A.Nazarov. Xavfni boshqarish tizimi: Darslik. - Toshkent: BI, 2021 y. - 261b.