Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 850 “INGLIZ TILIDA PAST PERFEKTDA QO‘LLANGAN FE’LLARNING ASPEKTUAL XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH VA ULARNI O‘ZBEK TILIDA BERISH USULLARI” Kayumova Nilufar SamDChTI mustaqil izlanuvchisi ZARMED Universiteti Chet tillar kafedrasi o’qituvchisi. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17764179 Annotatsiya. Nutq faoliyatimizda harakatlarni ifodalashda fe’lning grammatik ma’nolari muhim o’rinni egallaydi. Shu bilan birga, tilshunoslik fanining asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lgan aspektologiyada, “fe'lning aspekti”, ya'ni vid (tus), harakat qanday sodir bo'layotgani to'g'risidagi ma'lumot berib, tugallangan (telik) va tugallanmagan (atelik) turlari farqlanadi. Maqolada ingliz tilining “Past Perfect (o'tgan tugallangan)” zamoniga oid jumlalar olingan bo'lib, ularning tugallanganlik/tugallanmaganlik xususiyatlari tahlil qilinadi. Buning ustiga bu jumlalarning o'zbek tiliga tarjima variantlari ham solishtirma tahlil qilingan. Tadqiqot materiali sifatida “J.K. Rowlingning "Harry Potter and the Sorcerer's Stone" romani tanlanib, o'tgan tugallangan zamon jumlalari telik va atelik aspektlariga ajratilib, ularning ingliz-uzbek tilida ifodalanish mexanizmlari o'rganildi. Natijalarda ingliz tilida Past Perfect Simple ning deyarli doim telik aspektli ekanligi, atelik aspektli tugallangan o’tgan zamon esa juda kam miqdorda aniqlangan. Masalaning mazkur jihatlari ikkala tilga oid misollar orqali yoritilgan Kalit so'zlar: Fe'l, aspekt, aspektologiya, telik (tugallanganlik), atelik (tugallanmaganlik), solishtirma analiz, aspektual vaziyat, vid (tus), perfektiv/imperfektiv. Аннотация. В речевой деятельности человека грамматические значения глагола играют важную роль в выражении действий. В то же время в одном из основных направлений лингвистической науки — аспектологии — категория вида глагола предоставляет информацию о характере действия и различает завершённые (тéлик) и незавершённые (ателик) виды. В данной статье рассматриваются предложения в прошедшем совершённом времени (Past Perfect) английского языка и анализируются их свойства завершённости/незавершённости. Кроме того, проводится сопоставительный анализ этих предложений с их узбекскими эквивалентами. В качестве материала исследования выбран роман Дж. К. Роулинг «Гарри Поттер и философский камень», из которого были выделены предложения в Past Perfect, классифицированные на тéлик и ателик, и изучены механизмы их выражения в английском и узбекском языках. Результаты показали, что предложения в Past Perfect Simple в английском языке почти всегда имеют тéлик аспект, тогда как предложения с ателик характеристикой в этом времени встречаются крайне редко. Эти особенности рассмотрены на примерах из обоих языков. Ключевые слова: глагол, аспект, аспектология, тéлик (завершённость), ателик (незавершённость), сопоставительный анализ, аспектуальная ситуация, вид, перфектив/имперфектив. Abstract. In human speech activity, the grammatical meanings of verbs play an important role in expressing actions.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 851 In the field of aspectology — one of the main branches of linguistics — the “aspect of the verb,” i.e., the verbal category of vid (view), provides information about how an action is carried out and distinguishes between telic (completed) and atelic (uncompleted) types. This article analyzes sentences in the English Past Perfect tense, focusing on their telic or atelic properties. Moreover, comparative analysis is conducted with their Uzbek translations. The research material is taken from J.K. Rowling’s novel Harry Potter and the Sorcerer’s Stone, where sentences in the Past Perfect tense are identified, classified into telic and atelic aspects, and the mechanisms of their expression in English and Uzbek are explored. The findings show that sentences in the English Past Perfect Simple are almost always telic in aspect, while the occurrence of atelic past perfect constructions is very rare. These issues are explained through examples from both languages. Keywords: verb, aspect, aspectology, telic (completeness), atelic (incompleteness), comparative analysis, aspectual situation, vid, perfective/imperfective. Kirish. Inson nutq faoliyatida fe’lning grammatik ma’nolari ayniqsa muhim o’rinni egallaydi. Bu orqali harakatning qachon, qanday, qanday natija bilan sodir bo'layotgani haqidagi ma'lumot ifodalanadi. Shu jihatdan aspekt — voqeaning ichki sifati, uning qanday sodir bo'layotgani to'g'risidagi ma'lumotdir. Aspekt nazariyasi ilk bor Bernard Comrie tomonidan “Aspect: An Introduction to the Study of Verbal Aspect and Related Problems" (1976) asarida chuqur yoritilgan. Unga ko'ra, “telik aspect” — yakunlangan harakatni, “atelik aspect” — esa davom etayotgan yoki noaniq jarayonni ifodalaydi [1, 44-45]. Ushbu tadqiqotda “ingliz tilining Past Perfekt zamoniga tegishli 289 ta misol olingan bo'lib, ularning telik/ atelik xususiyatlari tahlil qilinadi. Jumlalarning o'zbek tiliga tarjima variantlari ham beriladi. Material sifatida Joanna Ketlin Rouling "Harry Potter and the Sorcerer's Stone" va Shokir Dolimov tarjimasi “Garry Potter va afsonaviy tosh” romanlaridan misollar olingan. Nazariy asoslar: Aspekt nima? Comrie fikriga ko'ra: “The perfective presents a situation as a whole, without distinguishing separate phases within it, while the imperfective focuses on an ongoing, often dynamic phase of a situation.” – “Aspect” [2, p. 103], ya’ni Perfektivlik (tugallanganlik) — bu vaziyatni uning ichidagi alohida bosqichlarni ajratmasdan butun sifatida taqdim etadi, imperfective (tugallanmaganlik) esa vaziyatning o'tayotgan, ko'pincha dinamik bosqichiga qaraladi. Tilshunosning ta’limotiga ko’ra, telik — voqea bir “butun” sifatida ko'riladi, atelik — uning ichki dinamik “fazasi” muhimdir. Belgi | Telik Atelik Ma'nosi Yakunlangan harakat Davom etayotgan yoki noaniq jarayon E’tibor qaratiladi Natijaga Jarayonga Misol (ingliz tilida) He had finished He had never met her for several years O'zbekcha tarjima U bitirgan edi U yillar davomida qizni uchratmadi
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 852 Shuningdek, Janubiy Kaliforniya universiteti tilshunosi Bernard Komri telik va ateliklikni farqlashda juda chiroyli misol keltirgan va uni quyidagicha: John qo‘shiq aytyapti (John is singing) va John stul yasayapti (John is making a chair) kabi ikki gapda ifodalangan vaziyatlarning semantik aspektual xususiyatlarini taqqoslash orqali boshlashimiz mumkin [1, p. 45]. Tadqiqot materiali va metodikasi: Hozirgi o’zbek tilida o’tgan zamon fe’lining bir necha formalari mavjud bo’lib, ular o’zlariga xos ma’no va boshqa xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Hozirgi o’zbek adabiy tilida o’tgan zamon fe’lining asosan quyidagi formalari qo’llani’adi: 1) –di affiksi yordamida yasaluvchi shakl (yozdim, yozding, yozdi), 2) –gan affiksi yordamida yasaluvchi shakl (yozganman, yozgansan, yozgan), 3) –(i)b affiksli ravishdoshni shaxs-son bilan tuslash orqali hosil qiluvchi shakl (yozibman, yozibsan, yozibdi), 4) edi to’liqsiz fe’li yordamida hosil qilinuvchi shakl (yozayotgan edim, yozmoqda eding, yozguvchi edi) [4, p. 476]. Material sifatida “J.K. Rowlingning "Harry Potter and the Sorcerer’s Stone" romanidan olingan 289 ta Past Perfect zamonidagi jumla tanlab olindi va tahlil qilindi. Bu jumlalarning barchasi telik/atelik deb belgilanib o’zbek tilidagi “Garry Potter va afsonaviy tosh” tarjimasi bilan taqqoslandi. Olib borilgan izlanishlar natijasiga ko’ra tugallanganlik va tugallanmaganlik xususiyatiga ega Past Perfect jumlalari o’zbek tiliga –gan, -ib qolgan, -ib bo’lgan, -di, -bo’lib – gan, -gan bo’lsada, -gan bo’lar edi, -gan edi, -ibdi, -ganday, -ib –dan, -ab –rar edi, -di-ya, -gan ekan, -ib –day kabi qo’shimchalar qo’shilgan holda berilgan bo’lib ba’zi jumlalar erkin tarjima qilingan va tarjumon o’zbek tili ichki strukturasiga xos, so’z birikmalari va iboralardan foydalanib atroflicha badiiylikka erishgan. Tahlil va natijalar: Tadqiqot materiali tahlili davomida misollarning ko’pchiligi telik xususiyatdagi aspetual vaziyatga xosligi ma’lum bo’ldi: "He’d forgotten all about the people in cloaks until he passed a group of them next to the baker’s" [5, p. 6]. “Do’kon yo’lida yig’ilgan odamlarni uchratmaganda, mister Dursl ertalab ko’rgan anavi rido kiyganlarni eslamagan bo’lar edi” [6, s 8-9]. Ushbu misolda had forgotten misoli tarjimonning uslubiga ko’ra aniqlik maylida bo’lgan jumlani shart maylida va “esdan chiqarmoq, unutmoq” fe’li o’rniga o’zbek tili tarjimasida “eslamoq” fe’li qo’llanilyapti. “He had forgotten” telik xususiyatga egadir, chunki “odamlarni yo’lda uchratgani” tugallangan harakat hisolanadi, “eslamagan bo’lar edi” misoli ish-harakat ma’lum vaqtda tugaganlikni anglatmoqda. Atelik aspektual vaziyatdagi misollar bor-yo’g’ jami misollarning qariyb chorak qismiga teng bo’lib, harakatni davomiylik fazasida ekanligi, ish-harakat tugamaganligi yoki vaqtlar davomida takrorlanganligini bildiradi. “When he had been younger, Harry had dreamed and dreamed of some unknown relation coming to take him away, but it had never happened; the Dursleys were his only family” [5, p. 24] jumlasida “he had been younger, Harry had dreamed, it had never happened” tugallangan o’tgan zamon misollarida telik/atelik/telik aspektual vaziyatlarni kuzatish mumkin. Tugallangan o’tgan zamon amal tugaganligini bildirsada, “he dreamed and dreamed” Garrining biron-bir qarindoshi topilishi va uni olib ketishi vaqtlar davomida orzusi bo’lgan, ya’ni amal takrorlangan. Boshqa perfekt shakllari, “had been younger” va “it had never happened” qahramonning “yoshroq bolishi” va “voqea sodir
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 853 bo’lmasa ham” ma’nosida kelib, harakat bir marta va tugal ma’nolarda kelishini ko’rish mumkin. Bu misollarimiz telik xususiyatga egadir. O’zbek tili tarjimasi “Bir necha yil muqaddam Garri biron-bir boshqa qarindoshi topilib kelib, olib ketishini orzu qilar edi. Bunday bo’lishi mumkin emas, albatta. Xolasi bilan amakisidan boshqa hech kimi yo’q uning” [6, s. 39] misolidan ko’rish mumkinki, Past Perfect shakli –ar edi va erkin tarjima qo’llanilyapti. Ingliz tilida Past Perfect Simple konstruktsiyasi deyarli doim telik aspektli hisoblanadi, sababi zamon shaklining talabi ish-harakatni tugatilganligini bildirishdir. Shu o’rinda aytish joizki, perfektivlik/imperfektivlik va telik/ateliklik o’zaro yaqin grammatik-semantik tushunchalar bo’lsada, perfektivlik/imperfektivlik grammatik (shakily) tushuncha, telik/ateliklik esa semantik ma’no bo’lib fe’l (predikat)ni gapdagi semantik xususiyatini yoritib beradi.” [3, p. 144] Xulosa. To’plangan va tahlil qilingan misollar tadqiqi sifatida aytish mumkinki, tadqiqot natijasida ingliz tili Past Perfect Simple zamonidagi fe’llar telik yoki atelik aspektual vaziyatlarga tegishli bo'lib, telik aspekt — yakunlangan harakatlarni, atelik esa davom etayotgan yoki noaniq jarayonlarni ifodalaydi. O'zbek tilida ham telik/atelik farqi mavjud bo'lib, u “bitirmoq”, “tugallamoq”, “borib turmoq”, “o'qib yurgan”, “ketayotgan” kabi konstruktsiyalar orqali ifodalanadi. Tarjima jarayonida aspektual farqlarni saqlash - tilmoch tomonidan voqeani to’g’ri tushunish uchun zarurligi, grammatik va semantik jihatdan yoritilgan va badiiy adabiyot misollarida ko’rsatilgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Comrie B. Aspect: An Introduction to the Study of Verbal Aspect and Related Problems. Cambridge: Cambridge University Press, 1976, 142 2. Bybee J., Perkins R., Pagliuca W. The Evolution of Grammar: Tense, Aspect and Modality in the Languages of the World. Chicago: University of Chicago Press, 1994, 448 3. Vendler Z. Verbs and Times // Philosophical Review. 1957. P. 143–160. 4. Ozbek tili grammatikasi. t. I. Toshkent, 610 5. Rouling J.K., Harry Potter and sorcerer’s stone, 221 6. Dolimov Sh. Garri Potter va afsonaviy tosh, Toshkent, 368 7. Низамов Ғ. М. Используя информационно-коммуникационные технологии, человек способен уравнивать местоимения с помощью предложений //Conference Zone. – 2023. – С. 67-69. 8. Nizamov G. M. Improving the professional competenceofstudents in the specialty by teachingforeignlanguages //Научные исследования и общественные проблемы. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 148-150. 9. Низамов Ғ. М., Турсунова М., Мамаражабов С. М. Олий таълим муассасаларида касбий коммуникатив омилкорликни шакллантириш натижасида экспериментал гуруҳда касбий коммуникатив омилкорликнинг ривожлантириш босқичлари //Agrobiotexnologiya va veterinariya tibbiyoti ilmiy jurnali. – 2022. – С. 996-999.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 854 10. Nizamov M. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarda faoliyat yurutuvchilarning kasbiy kommunikativ komtetensiyasini rivojlantirish xorijiy tilning ahamiyati //Interpretation and researches. – 2024. – Т. 2. – С. 24. 11. Nurmuxammedovna, S. G. (2024, December). NEMIS TILIDA MATN SARLAVHASINING O ‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. In International Conference (Vol. 1, No. 9, pp. 29-32). 12. Nurmuxammedovna, S. G. (2024, December). NEMIS VA O’ZBEK TILI PAREMIOLOGIK BIRLIKLAR, ULAR O’RTASIDAGI O’XSHASHLIKLAR. In International Conference (Vol. 1, No. 9, pp. 25-28).