scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA OʻZARO BOGʻLIQLIK

Abdigʻaniyeva, Farangiz

Abstract

This article discusses the stories of Abdulla Qahhor, their distinguishing features from others. It also discusses the interconnectedness of the stories.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 31 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA OʻZARO BOGʻLIQLIK Abdigʻaniyeva Farangiz Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti oʻzbek tili va adabiyot yoʻnalishi 1kurs talabasi Annotasiya . Ushbu maqolada Abdulla Qahhor hikoyalari, uning boshqalardan ajralib turadigan jihatlari haqida toʻxtalib oʻtiladi. Hamda hikoyalarning bogʻliqlik jihatlari xususida soʻz yuritiladi . Kalit soʻzlar: Abdulla Qahhor, hikoya, qissa ,asar, ijod, oʻzgarish, adib, ijodiylik, hayot, real voqealar. Abstract. This article discusses the stories of Abdulla Qahhor, their distinguishing features from others. It also discusses the interconnectedness of the stories. Keywords: Abdulla Qahhor, story, short story, work, creativity, change, writer, creativity, life, real events. Аннотация. В статье рассматриваются рассказы Абдуллы Каххора, их отличительные особенности от других произведений. Также рассматривается взаимосвязь между рассказами. Ключевые слова: Абдулла Каххор, рассказ, новелла, произведение, творчество, перемены, писатель, творчество, жизнь, реальные события. Adabiyotning yirik namoyondalaridan biri bu Abdulla Qahhor hisoblanadi . Abdulla Qahhor umri davomida deyarli barcha janrlarda qalam qoralagan ijodkordir.Uning oʻnlab hikoyalari , feleton , qissalari mavjud. Masalan " Oʻgʻri" hikoyasini tahlil qiladigan boʻlsak , unda oʻtgan zamondagi muammolardan biri yoritilgan.Oʻsha paytdagi adolatsizlik , nohaqliklar yuzaga chiqarib koʻrsatilgan .Ellik boshi , Qozikalon kabi personajlar salbiy xarakterni ifodalagan . Negaki oddiy bir inson deyarli hech narsasi yoʻq Qobil bobodan ham uning musibati tufayli foydalanmoqchi boʻldi va shunday ham qildi . Bu voqea tufayli shuni anglash mumkinki , oʻsha vaqtlar ham xozirda ishlatiladigan " korrupsiya" tushunchasi mavjud boʻlgan . Yana " Mayiz yemagan xotin " hikoyasini ham keng qamrovda tahlil qilsak boʻladi. Mazkur hikoyada kinoyaviy uslub,badiiy tasvir ,ayol obrazi tahlil qilinadi.Hikoyada "Mayiz yemagan xotin " oʻzini boshqa ayollar ustun koʻradi, oʻzini or - nomusli qilib koʻrsatadi. Lekin bu koʻrinish orqasida riyokorlik , ikkiyuzlamachilik yashiringan. Abdulla Qahhor bu narsani ochiqchasiga yoritmasdan oʻzining mahoratidan foydalanib yumor orqali buni yuzaga chiqaradi.Yozuvchi bu ayol orqali boshqa INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 32 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us oʻzini " "toʻgʻri" deb biladigan insonlarni ham ifodalagan.Ayolning mayiz yetmaganligi faqat oʻzini oqlash vositasi boʻlgan. Bu bilan u amal bilan gap oʻrtasidagi tafovutni tanqid qiladi. Shu bilan bir qatorda yozuvchi milliy qadriyatlarni sunʼiylashib borayotganligida eʼtibor qaratadi va oʻquvchini achchiq kulgu orqali chuqur oʻy , mulohazaga chorlaydi. "Ochiq xotin-qizlarning har bir harakatidan mulla Norqo‘zi buzuqlikka dalolat kiladigan talay belgilar topadi. «Yetti qavat parda ichida» o‘tiradigan o‘z xotini esa bular qarshisida ko‘ziga farishta bo‘lib ko‘rinadi: namoz o‘qiydi, to‘pig‘idan yuqorisini ovrat hisoblab, jiyakli ishton kiyadi…" bu jumlalar orqali har bir inson uning xotinini siz ham " farishta deb oʻylagning tayin . Lekin oxiriga kelib bu fikringiz uchun afsuslanganingiz aniq. Bu ham bir tomondan yaxshi chunki boshidan har bir personaj qanaqaligi ochiq aytilganida hikoyani qiziqish bilan oʻqimasdingiz . Oxirida tubdan oʻzgarish boʻlishi hikoyani yana qayta - qayta qiziqish bilan oʻqishga yana va yana mulohaza qilishga chorlaydi.