OʻZBEKISTONDA FUQARO MUHOFAZASI TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISHNING HUQUQIY INSTITUSIONAL ASOSLARI
Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar tizimining rivojlanishining yangi bosqichi tahlil etiladi. Xususan, tizimni raqamlashtirish jarayonlari, sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalarni joriy etishning fuqaro xavfsizligiga ta’siri, mavjud muammolar, xorijiy tajribalar, ilmiy tadqiqotlar natijalari, shuningdek, kelajakdagi ustuvor yo‘nalishlar va istiqbollar koʻrib chiqiladi. Maqola rasmiy manbalar – qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari, shuningdek ilmiy jurnallar hamda dissertatsiya tadqiqotlari asosida tayyorlangan.
Full text
RESEARCH AND DEVELOPMENT TADQIQOT VA TARAQQIYOT ISSN: 3030 – 3281 Volume II, Issue 11 (2025) © 2025, the Author(s). Published by IMFAKTOR. This is an open access article under the CC BY license http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/ 102 Davlatning hududiy yaxlitligini saqlash, barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda milliy manfaatlarini muhofaza qilish masalalari har bir mamlakatning ustuvor vazifalaridan biridir. Shu bois, Oʻzbekistonda fuqaro muhofazasi tizimini takomillashtirish faqat harbiy tahdidlardan emas, balki tabiiy ofatlar, texnogen avariyalar va boshqa favqulodda vaziyatlardan aholining, iqtisodiyotning va infratuzilmaning himoyalanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. OʻZBEKISTONDA FUQARO MUHOFAZASI TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISHNING HUQUQIY INSTITUSIONAL ASOSLARI Marattillo TOSHPO‘LOTOV¹. ¹ Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17764771 ANNOTATSIYA Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar tizimining rivojlanishining yangi bosqichi tahlil etiladi. Xususan, tizimni raqamlashtirish jarayonlari, sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalarni joriy etishning fuqaro xavfsizligiga ta’siri, mavjud muammolar, xorijiy tajribalar, ilmiy tadqiqotlar natijalari, shuningdek, kelajakdagi ustuvor yo‘nalishlar va istiqbollar koʻrib chiqiladi. Maqola rasmiy manbalar – qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari, shuningdek ilmiy jurnallar hamda dissertatsiya tadqiqotlari asosida tayyorlangan. Kalit so‘zlar: fuqaro muhofazasi, raqamlashtirish, suniy intellekt, innovatsion texnologiyalar, huquqiy asoslar, profilaktika, monitoring, prognozlash . LEGAL AND INSTITUTIONAL FOUNDATIONS FOR MODERNIZING THE CIVIL PROTECTION SYSTEM IN UZBEKISTAN ANNOTATION This article analyzes the new stage in the development of the civil defense and emergency management system in the Republic of Uzbekistan. In particular, it examines the impact of system digitalization, the introduction of artificial intelligence and innovative technologies on public safety, existing challenges, international best practices, findings from scientific research, as well as future plans and development prospects. The article is based on official sources – including laws, Presidential decrees and resolutions – as well as scientific journals and dissertation research. Keywords: civil defense, digitalization, artificial intelligence, innovative technologies, legal framework, prevention, monitoring, forecasting. ПРАВОВЫЕ И ИНСТИТУЦИОНАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ МОДЕРНИЗАЦИИ СИСТЕМЫ ГРАЖДАНСКОЙ ЗАЩИТЫ В УЗБЕКИСТАНЕ АННОТАЦИЯ В данной статье анализируется новый этап развития системы гражданской защиты и системы реагирования на чрезвычайные ситуации в Республике Узбекистан. В частности, рассматриваются процессы цифровизации, влияние внедрения искусственного интеллекта и инновационных технологий на обеспечение безопасности населения, существующие проблемы, зарубежный опыт, результаты научных исследований, а также планы и перспективные направления дальнейшего развития. Статья подготовлена на основе официальных источников – законов, указов и постановлений Президента Республики Узбекистан, а также материалов научных журналов и диссертационных исследований. Ключевые слова: гражданская защита, цифровизация, искусственный интеллект, инновационные технологии, правовые основы, профилактика, мониторинг, прогнозирование .
TADQIQOT VA TARAQQIYOT | II-JILD | 11-SON | 2025 \ 103 Fuqaro muhofazasi – harbiy harakatlar jarayonida yoki ularning oqibatida yuzaga keladigan xavflardan Oʻzbekiston Respublikasi aholisi, hududlari hamda moddiy va madaniy boyliklarini himoya qilish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlarning davlat tizimidir. Ushbu tizimning asosiy maqsadi aholini va iqtisodiy obyektlarni tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar, shuningdek harbiy mojarolar va ularning oqibatlaridan himoya qilishga doir huquqiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Tizim insonparvarlik, oldindan choralar koʻrish, oshkoralik va ilmiy asoslanganlik kabi prinsiplar asosida tashkil etiladi. Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq, fuqaro muhofazasining asosiy vazifalariga aholining harbiy harakatlar vaqtida yoki ularning oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga oʻrgatish, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil etish, aholining hamda moddiy va madaniy boyliklarning xavfsiz hududlarga evakuatsiyasi, fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarining shayligini ta’minlash, radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan monitoring va laboratoriya nazoratini olib borish kabi vazifalar kiradi. Mamlakatimizda aholining xavfsizligi ustuvor qadriyat sifatida e’tirof etiladi. Xatarlar ko‘payib borayotgan hozirgi sharoitda favqulodda vaziyatlar sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish zarurati tobora kuchaymoqda. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga qaratilgan kompleks choralarni amalga oshirish, shu jumladan fuqaro muhofazasi tadbirlarining samaradorligini oshirish mazkur yo‘nalishdagi muhim vazifalardan hisoblanadi. Amaldagi tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlar asosan davlat idoralari tomonidan amalga oshirib kelinayotgan bo‘lsa-da, sodir bo‘layotgan yong‘inlarning 70 foizdan ortig‘i aholining uy xo‘jaliklarida nosoz yoki muddati o‘tgan gaz va elektr jihozlaridan foydalanish, xavfsizlik madaniyatiga rioya etmaslik oqibatida yuzaga kelmoqda. Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 8-oktabr kuni o‘tkazilgan “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirishga oid” taqdimotda sohada raqamli texnologiyalar va zamonaviy texnik vositalardan foydalanish darajasi yetarlicha yuqori emasligi, tizimning zamon talablari asosida modernizatsiya qilinmaganligi, favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish uchun zamonaviy texnika va jihozlar parkini kengaytirish, ularni mahalliylashtirish zarurligi kabi bir qator muammolar mavjudligini ta’kidladi. So‘nggi yillarda yurtimizda barcha sohalarda transformatsiya jarayonlari faollashib, qurilish industriyasi jadal rivojlanmoqda. “Yashil” texnologiyalarni keng joriy etish esa yangi turdagi texnogen xatarlarni baholash va oldini olish uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malaka oshirishning uzluksiz tizimini yaratishni talab etmoqda. Shu munosabat bilan, sohalarda raqamli infratuzilmani shakllantirish, favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida xabar berishdan tortib ularning oqibatlarini bartaraf etishgacha bo‘lgan jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish, shuningdek xalqaro standartlarga mos innovatsion mexanizmlarni tatbiq etish zarurati yuzaga kelmoqda. Shu asosda, keyingi yillarda respublikada zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarni baholash, tabiiy ofatlar va texnogen avariyalarning kelib chiqish sabablarini ilmiy tahlil qilish, mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda fuqaro muhofazasi tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasida fuqaro muhofazasi tizimini takomillashtirishga qaratilgan muhim normativ-huquqiy baza shakllantirildi. Ushbu sohada huquqiy asoslarni O‘zbekiston Respublikasining “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi 2000-yil 26-maydagi 80-II-son Qonuni [1], “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi 2021-yil 15-dekabrdagi 737-son Konstitutsiyaviy Qonuni, shuningdek “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 2022-yil 17-avgustdagi 790-son Qonuni tashkil etadi. Mazkur qonunlar bilan bir qatorda, sohani tubdan modernizatsiya qilishga xizmat qiluvchi qator Prezident farmon va qarorlari ham qabul qilingan bo‘lib, ular tizimning institutsional, tashkiliy va texnologik asoslarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan. Ayniqsa, 2025-yil 20-oktabrda imzolangan “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PF–185-son Farmon favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini kompleks isloh qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi [2]. Unga muvofiq, hududlarda favqulodda vaziyatlarning barvaqt oldini olish va ularning oqibatlarini kamaytirish, xavfni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini yaratish, energetika, qurilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida texnogen avariyalarni bartaraf etishning ilmiy asoslangan standartlarini ishlab chiqish zarurati ta’kidlandi. Shuningdek, davlat nazorati tizimini zamonaviy talablardan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish, sun’iy intellekt, robototexnika va raqamli texnologiyalarni favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirish jarayonlariga integratsiya qilish, malakali kadrlar tayyorlash va rahbarlar uchun maqsadli o‘quv tizimini yaratish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi. Mazkur farmon doirasida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini rivojlantirish konsepsiyasi hamda 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
RESEARCH AND DEVELOPMENT | VOLUME II | ISSUE 11 | 2025 \ 104 Favqulodda vaziyatlar tizimidagi institutsional islohotlarning navbatdagi bosqichi Prezidentning favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir 310-son qarori bilan mustahkamlandi. Mazkur qaror bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining markaziy apparati qayta ko‘rib chiqilib, Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamenti, Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish departamenti, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti hamda Moliya, moddiytexnik ta’minot va muhandislik departamenti kabi yangi bo‘linmalar tashkil etildi. Zamonaviy boshqaruv tamoyillaridan kelib chiqib, vazirning raqamlashtirish va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etildi, shuningdek favqulodda vaziyatlar sohasida davlat nazoratini yagona tartib asosida amalga oshiruvchi davlat nazorati inspektori instituti yo‘lga qo‘yildi. Mahalla darajasida manzilli profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida “Mahallamizni favqulodda muhofazalangan hududga aylantiramiz” tashabbusi asosida xavf-xatarlarni ilmiy asosda baholash va mahallalarni toifalarga ajratish, shuningdek “xonadonbay” o‘rganish tizimini keng joriy etish mexanizmlari ishlab chiqildi [3]. Sohani raqamlashtirish va innovatsion yondashuvlar asosida modernizatsiya qilishga oid masalalar Prezidentning “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini raqamlashtirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 311-son qarorida batafsil yoritilgan. Ushbu qaror favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish, prognozlash va axborot almashinuvi bo‘yicha turli vazirlik va idoralar axborot tizimlarini yagona platformaga birlashtirish, 2028-yilgacha raqamlashtirish darajasini 60 foizga yetkazish, sun’iy intellekt texnologiyalarini monitoring va profilaktika jarayonlariga keng tatbiq etish hamda kiberxavfsizlik talablariga javob beruvchi infratuzilmani yaratish vazifalarini belgiladi. Qarorda, shuningdek, 2030-yilga qadar avariya-qutqaruv va yong‘in texnikasi mahsulotlarini mahalliylashtirish darajasini 30 foizga yetkazish, ilmiy-innovatsion mahsulotlarni yaratish, sinov-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, muvofiqlikni baholash va yong‘in-texnik ekspertizasi tizimini takomillashtirish zarurati alohida qayd etildi. Yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlar mamlakatda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavflarni boshqarish va oqibatlarni bartaraf etish bo‘yicha davlat siyosatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga, zamonaviy texnologiyalarni keng tatbiq qilishga, institutsional salohiyatni mustahkamlashga hamda aholining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tizimli yondashuvni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Yuqoridagi islohotlar sohaga qaratilayotgan e’tibor bejiz emasligini ko‘rsatadi. Bugungi globallashuv sharoiti va dunyoda kuzatilayotgan keskin geosiyosiy, ijtimoiy hamda texnologik o‘zgarishlar fuqaro muhofazasi tizimini modernizatsiya qilish, uni zamonaviy va ilg‘or texnologiyalar asosida rivojlantirish zaruratini kun tartibiga qo‘ymoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasida fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar tizimini modernizatsiya qilish davlat siyosatining strategik yo‘nalishlaridan biriga aylangan bo‘lib, huquqiy hamda institutsional bazaning mustahkamlanishi orqali aholining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tizimli yondashuv shakllanmoqda. Tizimning izchil takomillashuvi natijasida aholini favqulodda vaziyatlardan himoya qilishning yangi mexanizmlari amaliyotga tatbiq etilmoqda, xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash, ularni prognozlash va oldini olish bo‘yicha samarali imkoniyatlar shakllanmoqda. Respublika miqyosida tegishli davlat idoralarining o‘zaro integratsiyalashuvi, axborot tizimlarining yagona platformaga birlashtirilishi va monitoring mexanizmlarining takomillashuvi sohada zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonlar favqulodda vaziyatlarni boshqarishning institutsional asoslarini mustahkamlab, ularning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan. Prezidentning 2025-yil 20-oktyabrdagi farmoni, 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan kompleks choratadbirlar dasturi va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar fuqaro muhofazasi tizimini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. Mazkur hujjatlar tizimni raqamlashtirish, sun’iy intellektni joriy etish, xavfxatarlarni prognozlash va monitoring qilish, kadrlar malakasini oshirish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga doir yangi yondashuvlarni belgilab bermoqda. “Mahallamizni favqulodda muhofazalangan hududga aylantiramiz” tashabbusi esa mahalla darajasida profilaktika ishlarini kuchaytirishga, aholi o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim tashabbus sifatida e’tirof etilmoqda [4]. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tizimning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun faqat normativ-huquqiy asoslar yetarli emas. Bu jarayon ilmiy-texnik yondashuvlarni qo‘llash, zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini mustahkamlashni ham talab etadi. Xalqaro tajriba va zamonaviy ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida amalga oshirilayotgan islohotlar davlat va jamiyat xavfsizligini mustahkamlashga, tizimni xalqaro darajada raqobatbardosh holga keltirishga xizmat qiladi. Natijada, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, davlat xavfsizlik tizimining barqarorligini oshirish va mamlakatning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadigan zarur shart-sharoitlar yaratilib bormoqda.
TADQIQOT VA TARAQQIYOT | II-JILD | 11-SON | 2025 \ 105 O‘zbekistonning fuqaro muhofazasi tizimini zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirishga, ilg‘or xalqaro tajribani o‘zlashtirishga qaratilgan siyosati kelgusida ushbu sohaning izchil va muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratadi. O‘zbekiston Respublikasida fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar sohaning strategik ahamiyatga ega ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Globallashuv jarayonlari, geosiyosiy o‘zgarishlar, texnogen xavflarning ortib borayotgani, tabiiy ofatlar dinamikasining murakkablashuvi mavjud tizimning zamonaviy talablar asosida qayta ko‘rib chiqilishini taqozo etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar, Prezident farmon va qarorlari, shuningdek sohaning institutsional va texnologik asoslarini mustahkamlaydigan strategik dasturlar aholining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yaxlit va tizimli yondashuvni shakllantirmoqda [5]. Tizimni raqamlashtirish, sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, monitoring va prognozlash mexanizmlarini takomillashtirish, mahalla darajasida profilaktika ishlarini kuchaytirish, shuningdek ilmiy-texnik salohiyatni oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar zamonaviy fuqaro muhofazasi tizimining muhim tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Bu yondashuvlar xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash, ularning oqibatlarini kamaytirish va favqulodda vaziyatlarda tezkor hamda samarali javob qaytarish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Ilmiy tadqiqotlar, xalqaro tajriba va ilg‘or amaliyotlarning soha rivojiga jalb qilinishi, shuningdek malakali kadrlar tayyorlashning yangi mexanizmlarini joriy etish fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda ustuvor ahamiyat kasb etadi. Natijada, mamlakatda fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mulki xavfsizligini ta’minlash, davlat xavfsizlik tizimining barqarorligini mustahkamlash hamda O‘zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi mustahkam tizim shakllanmoqda. Yakuniy xulosa sifatida aytish mumkinki, fuqaro muhofazasi tizimining zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirilishi, huquqiy va institutsional asoslarning mustahkamlanishi va profilaktika yondashuvlarining chuqurlashtirilishi kelajakda sohaning yanada samarali va barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratadi. Bu esa O‘zbekistonning milliy xavfsizlik tizimini yangi bosqichga olib chiqishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
RESEARCH AND DEVELOPMENT | VOLUME II | ISSUE 11 | 2025 \ 106 Iqtiboslar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni. “Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida”, 2000-yil 26-may, 80-II-son. – URL: https://lex.uz/uz/docs/-32994 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida”, 2025-yil 20-oktyabr, PF–185-son. – URL: https://lex.uz/uz/docs/-7777239 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. “Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”, 2025-yil 20-oktyabr, PQ–310-son. – URL: https://lex.uz/uz/docs/-7776312 4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini raqamlashtirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, 2025-yil 20-oktyabr, PQ–311-son. – URL: https://lex.uz/docs/-7776618 5. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi. “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirish” mavzusidagi taqdimot, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etilgan, 2025-yil 8-oktyabr.
TADQIQOT VA TARAQQIYOT | II-JILD | 11-SON | 2025 \ 107 ILMIY TAQRIZ Maqola: “Oʻzbekistonda fuqaro muhofazasi tizimini modernizatsiya qilishning huquqiy institusional asoslari” Muallif: Marattillo Toshpo‘lotov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi. Mazkur ilmiy maqola O‘zbekiston Respublikasida fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni chuqur va tizimli tahlil qilgani bilan alohida ajralib turadi. Muallif tomonidan keltirilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mamlakatda xavfsizlik sohasini modernizatsiya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan bo‘lib, u huquqiy asoslarni mustahkamlash, institutsional tuzilmani qayta ko‘rib chiqish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik va javob qaytarish mexanizmlarini tubdan takomillashtirishni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot natijalari shuni anglatadiki, O‘zbekistonning fuqaro muhofazasi tizimi bugungi global geosiyosiy o‘zgarishlar, tabiiy ofatlar chastotasining ortishi, texnogen xavflarning murakkablashuvi va infratuzilma tarmog‘ining kengayib borishi sharoitida samarali ishlashi uchun zarur bo‘lgan barcha asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha izchil modernizatsiya qilinmoqda. Muallif huquqiy-huquqiy baza evolyutsiyasini, xususan 2000, 2021, 2022 va 2025-yillarda qabul qilingan qonun va Prezident farmonlarining o‘zaro uyg‘unlashuvini ilmiy nuqtai nazardan asoslab beradi. Ushbu yondashuv amalga oshirilayotgan davlat strategiyasining uzluksizligi va tizimliligini ko‘rsatib, tadqiqotga ilmiy qiymat bag‘ishlaydi. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati shundaki, unda nafaqat mavjud siyosat va islohotlar sanab o‘tilgan, balki ular o‘zaro bog‘liq va izchil tizim sifatida talqin qilingan. Bu yondashuv ilmiy jihatdan metodologik to‘g‘ri bo‘lib, fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar tizimining kompleks xususiyatini ochib beradi. Muallif xavf-xatarlarni boshqarishning zamonaviy konsepsiyalarini – barvaqt aniqlash, monitoring, prognozlash, tezkor javob qaytarish va oqibatlarni kamaytirish bosqichlarini – O‘zbekiston tajribasi bilan uyg‘un holda yoritadi. Alohida e’tibor beriladigan jihat shundaki, maqolada raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, robototexnika, kiberxavfsizlik infratuzilmasini rivojlantirish kabi zamonaviy yo‘nalishlarning fuqaro muhofazasi tizimi uchun strategik ahamiyati asoslab berilgan. Bu yo‘nalishlar ilg‘or xalqaro tajribaga mos bo‘lib, O‘zbekistonni ushbu sohada mintaqaviy yetakchilikka olib chiqish salohiyatiga ega. Mahalla darajasidagi tashabbuslar — “Mahallamizni favqulodda muhofazalangan hududga aylantiramiz” kabi dasturlar tizimni aholiga yanada yaqinlashtirishi, profilaktika va xavfsizlik madaniyatini mustahkamlashi nuqtai nazaridan oqilona siyosiy yo‘nalish sifatida baholangan. Bu jihat O‘zbekiston modelining o‘ziga xosligiga, uning ijtimoiy yo‘naltirilgan yondashuvga asoslanganini ko‘rsatadi. Umuman olganda, muallifning xulosalari ilmiy asoslangan bo‘lib, fuqaro muhofazasi tizimini takomillashtirish yuzasidan davlat tomonidan ko‘rilayotgan choralar mamlakatda xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor tamoyillariga to‘liq mos kelishi tasdiqlanadi. Tadqiqotning amaliy qiymati shundaki, undagi tahlillar va xulosalar siyosat ishlab chiquvchilar, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar hamda favqulodda vaziyatlar tizimi bo‘yicha yangi strategiyalar tayyorlayotgan mutasaddi idoralar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Yakuniy xulosa sifatida aytish mumkinki, maqola mazmunan boy, ilmiy jihatdan asosli, tahliliy yondashuvga ega bo‘lib, O‘zbekistonning milliy xavfsizlik tizimini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan izchil siyosatni chuqur tahlil qiladi. Unda ilgari surilgan fikrlar va taqdim etilgan tahlillar kelgusida fuqaro muhofazasi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqishda muhim metodik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Disclaimer © This scientific review has been prepared by the editorial board of the “RESEARCH & DEVELOPMENT” journal and is intended solely for use within the journal’s internal expert evaluation process and editorial activities. This review is protected by copyright law, and its content may not be distributed, reproduced, or used for commercial purposes without the prior permission of the editorial board. The review has been prepared to assess the scientific quality, content, and methodological aspects of the author’s (authors’) work. It does not represent the personal opinion of the author(s) nor should it be interpreted as the official position of the journal. The editorial board bears no responsibility for the implementation, outcomes, or consequences of the recommendations, conclusions, or comments contained in this review. The review is provided to ensure transparency in the editorial process and to maintain quality control over scientific publications.