scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

THE IMPORTANCE OF SCORPION VENOM IN MEDICINE AND TRADITIONAL HEALING

Ne'matova, Zulayho; Farmonova, Sarvinoz; Sayfiddinova, Lobar; Karjavov, Abdixakim

Abstract

This article examines the composition of scorpion venom, its use in the field of medicine and in traditional healing practices, as well as its beneficial and harmful effects on human health. Scorpion venom consists of complex proteins, peptides, and enzymes, which have been studied for their impact on the nervous system. In modern medicine, scorpion venom is mainly used in the development of pharmaceutical products, particularly pain-relieving medications, cancer cell research, cardiac rhythm analysis, and studies related to the immune system. Information on these applications is provided in the article. In addition, the harmful effects of scorpion venom such as severe allergic reactions, paralysis of the nervous system, and respiratory dysfunction are also analyzed.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1023 CHAYON ZAHARINING TIBBIYOTDA VA XALQ TABOBATIDA AHAMIYATI Ne’matova Zulayho Jamol qizi Farmonova Sarvinoz Voxidjon qizi Sayfiddinova Lobar Akbar qizi Samarqand davlat tibbiyot universiteti davolash ishi fakulteti Karjavov Abdixakim Raxmonovich Samarqand davlat tibbiyot universitet Samarqand viloyati, O‘zbekiston Annotatsiya. Ushbu maqolada chayon zaharining tarkibi, uning tibbiyot sohasida va xalq tabobatida qo‘llanilishi hamda so‘g’liq uchun foydali va zararli jihatlari ko‘rib chiqilgan. Chayon zahari murakkab oqsillar, peptidlar va fermentlardan tashkil topgan bo‘lib, ular nerv tizimiga ta’sir ko‘rsatishi o‘rganilgan. Tibbiyotda chayon zaharidan aososan dori vositalari tayyorlashda, xususan, og’riq qoldiruvchi preparatlar, saraton hujayralariga qarshi tadqiqotlarda, yurak ritmini tekshirishda hamda immun tizimini o‘rganishda foydalaniladi va bular haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shu bilan birga, chayon zahari organizmga og’ir allergik reaksiyalar, nerv sistemasining falajlanishi, nafas olish buzulishi kabi xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi, ya’ni salbiy jihatlari ham tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: chayon zahari, tibbiyot, xalq tabobati, asab tizimi, immun tizimi, yallig’lanish, saraton kasalliklari ЗНАЧЕНИЕ ЯДА СКОРПИОНА В МЕДИЦИНЕ И НАРОДНОЙ МЕДИЦИНЕ Неъматова Зулайхо Жамол кизи Фармонова Сарвиноз Вохиджон кизи Сайфиддинова Лобар Акбар кизи Самаркандский государственный медицинский университет, факультет лечебного дела Каржавов Абдихаким Рахмонович Самаркандский государственный медицинский университет Самаркандская область, Узбекистан Аннотация. В данной статье рассмотрены состав яда скорпиона, его применение в медицине и народной медицине, а также полезные и вредные стороны для здоровья. Яд скорпиона состоит из сложных белков, пептидов и ферментов, влияние которых на нервную систему изучено. В медицине яд скорпиона используется главным образом для производства лекарственных средств, в частности обезболивающих препаратов, в исследованиях, направленных против раковых клеток, при изучении сердечного ритма и иммунной системы, и об этом приведены сведения. Вместе с тем проанализированы и его негативные свойства, такие как возможность вызвать тяжелые аллергические реакции, паралич нервной системы, нарушения дыхания и другие опасные последствия. Ключевые слова: яд скорпиона, медицина, народная медицина, нервная система, иммунная система, воспаление, онкологические заболевания. THE IMPORTANCE OF SCORPION VENOM IN MEDICINE AND TRADITIONAL HEALING Ne’matova Zulayho Jamol qizi Farmonova Sarvinoz Voxidjon qizi Sayfiddinova Lobar Akbar qizi ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1024 Samarkand State Medical University, Faculty of General Medicine Karjavov Abdixakim Rakhmonovich Samarkand State Medical University Samarkand Region, Uzbekistan Annotation. This article examines the composition of scorpion venom, its use in the field of medicine and in traditional healing practices, as well as its beneficial and harmful effects on human health. Scorpion venom consists of complex proteins, peptides, and enzymes, which have been studied for their impact on the nervous system. In modern medicine, scorpion venom is mainly used in the development of pharmaceutical products, particularly pain-relieving medications, cancer cell research, cardiac rhythm analysis, and studies related to the immune system. Information on these applications is provided in the article. In addition, the harmful effects of scorpion venom such as severe allergic reactions, paralysis of the nervous system, and respiratory dysfunction are also analyzed. Keywords: scorpion venom, medicine, traditional healing, nervous system, immune system, inflammation, cancer diseases. Kirish. Milliy sog’liqni saqlash ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab 1,5 millionga yaqin chayondan zaharlanish qayd etiladi, bu esa 2000-3000 kishining o‘limiga olib keladi. Xavfli turlaring soni ayniqsa Shimoliy Afrika, Eron, Saudiya Arabistoni, Braziliya, Meksika va Venesuelada yuqori. Chayondan zaharlanishning birinchi alomati mahalliy og’riq bo‘lib, keyin neyrotransmitterlarning katta miqdorda chiqarilishini qo‘zqatuvchi chayon zahari neyrotoksinlari terlash, ko‘ngil aynishi va qusishni keltirib chiqaradi. O‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan gipersalivatsiya, bezovtalik va og’ir hollatlarda aritmiya, ongni yo‘qotish va yurak yetishmovchiligi holatlari ham kuzatiladi. Lekin, chayon zaharining hayot uchun xavfli ta’siriga qaramay, qadimgi tibbiyotda chayon zaharining terepevtik xususiyatlaridan ming yillar davomida foydalanilmoqda. Zaharlanish darajalari. Chayondan zaharlanish odamlarda og’ir patologik tas’sirga ega va hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin. Zaharlanishdan keyingi hosil bo‘ladigan alomatlarga qarab zaharlanish uch darajaga bo‘linadi: yengil, o‘rtacha va og’ir. Yengil darajada zaharlanishda kuchli mahalliy og’riq, chaqish joyida shish, uyqusizlik, terlash, tana va qon hujayralari, qon atrofida to‘qimalarning nekrozi kuzatilishi mumkin. O‘rtacha zaharlanish holatlarida tanada qo‘shimcha ravishda isitma, qorin va bo‘g’imlardagi o‘g’riqlar, qonda shakar miqdorining ortib ketishi, g’ayritabiiy tez nafas olish, yurak urish tezligining oshishi, ko‘ngil aynishi, qusish yuzaga keladi. O‘g’ir zaharlanishda neyrotoksinlar yurak-qon tomir, nevrologik va oshqozon-ichak traktining asoratlariga olib kelishi mumkin. Masalan, o‘pka shishi,miokard yetishmovchiligi, aritmiya, konjestif yurak yetishmovchiligi, ekstremal mushak konvulsiyasi, gipertonik ensefalopatiya, aqliy chalkashlik va koma. Bir necha kundan keyin chayondan zaharlangan qurbonlarning aksariyati yurak yoki nafas olish yetishmovchilidan vafot etadi. Zahar tarkibi va uning organizmga ta’siri. Chayon zahari kalsiy kanali faoliyatini kuchaytiruvchi oqsillardan, ya’ni calsindan iborat. Calsin hujayra ichidagi kalsiy chiqishini tezlashtiradi va bu keyinchalik spastik falajga olib kelishi mumkin. Chayon zaharidan kam sonli fermentlar topilgan. Fosfolipazalar kuchli gemolitik ekanligi ma’lum, chunki ular fosfolipidlarni gidrolizlash orqali hujayra membranalarini buzadi. Ular to‘qimalarning nekroziga va qon ketishiga olib kelishi mumkin. Metalloproteinase va Serine protease fermentlari trombotsitlar faoliyatini susaytiradi, sitokin ishlab chiqarishni boshqaradi va immun ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1025 tizimini faollashtiradi. Bu ta’sirlar birgalikda matritsa oqsillarini parchalashi orqali chayon zahari toksinlarining tarqalishini ossonlashtiradi. Chayon zahari tarkibidagi antimikrob oqsillar ko‘p funksiyali va mikroblarga qarshi kuchli ta’siriga qaramay, odatda sitotoksik ta’sir korsatadi, ya’ni hujayralarni zaharlab, uni shikastlashi yoki nobud qilishi mumkin. Lekin chayon antimikrob oqsillarining past konsentratsiyasini klassik antibiotiklar bilan birlashtirib hujayralarga sitotoksik ta’sirini chetlab o‘tish uchun qo‘llash mumkin. Chayon toksinlari immunitet reaksiyalarini nazorat qilishi mumkin, immunitet tizmining faolligi ham zaharli patofiziologiyada yaxshi o‘rganiladi. Chunki zahar organizmga tez so‘riladi, hujayralarga kiradi, immun tizimini ishga soladi va immunologik javob tez yuzaga keladi. Chayon zahari saraton hujayralarini “o‘zini o‘ldirish”ga majbur qiladi, ya’ni apoptoz jarayoni sodir bo‘ladi. Saraton hujayralarining tez bo‘linishini sekinlashtiradi yoki hujayra siklini to‘xtatishi va saraton hujayralariga qarshi tabiiy himoya mexanzmlarini kuchaytiradi. Chayon zaharining saratonga qarshi ta’siri va samaradorligi glioma, neyroblasstoma, leykemiya, limfoma, ko‘krak, o‘pka va prostata saratonida sinovdan o‘tkazilgan.Chayon zahari yurak ritmi va qon tomirlari faoliyatiga ta’sir qiluvchi modda sifatida tibbiyotda qo‘llaniladi. Zahar ion kanallarini bloklashi yoki ochishi mumkin, bu yurak elektrik impulslarini uzatish tezligini o‘zgartiradi. Natijada bradikardiya, taxikardiya, aritmiya paydo bo‘lishi mumkin. Yoki toksinlar tomirlarni toraytirishi aksincha kengaytirishi mumkin, bu yurakka tushadigan yukni o‘zgartiradi. Qon bosimining oshishi yoki pasayishi yurak ritmiga ta’sir qiladi. Yurak mushagining qisqarish tezligini o‘zgartirishi mumkin, bu saraton yoki yurak kasalliklari bo‘lgan bemorlarda xavf tug’dirishi mumkin. Xalq tabobatida ahamiayti. Chayon va uning zahari Xitoy, Hindiston va Afrikada ming yillar davomida xalq tabobatida qo‘llanib kelinmoqda. Xtoyda Chayonlarning quritilgan tanasi Song sulolasidan buyon epilepsiyaga qarshi va og’riq qoldiruvchi vosita sifatida keng qo‘llanilib kelinmoqda. Hindistonda chayon quritilib kukun shaklida ishlatilgan va bo‘g’im og’rig’ida, mushak spazmlarida va yallig’lanishni kamaytirishda foydalanib kelingan. Qadimgi Arab xalq tibbiyotida chayon zahari tinchlantiruvchi vosita sifatida, asab buzilishida va epilepsiya simptomlarini yengillashtirishda qo‘llanilgan. Afrikaning ayrim qabilalarida chayon zahari jarohat va yallig’lanishlarni davolashda ishlatilgan. Shimoliy Afrika, ya’ni Marokash va Jazoirda yashovchi Berber xalqlari chayon zaharini og’riq qoldiruvchi malham sifatida foydalangan. O‘rta Sharqda va Markaziy Osiyo xalqlari orasida chayon ham “yomon”, ham “himoya qiluvchi” deb hisoblashgan. Ular chayonlarni qovurib yoki quritib o‘simlik yog’i bilan kuydurib olinadigan yog’ mahalliy og’riqni kamaytiruvchi va isituvchi malham sifatida ishlatilgan. Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida ham chayon zaharining qizdiruvchi va qon aylanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi haqida aytib o‘tilgan. Xulosa. Chayon zahari ming yillar davomida tibbiyotda va xalq tabobatida kasalliklarni davolashda foydalanib kelinmoqda. Chayon zahari tarkibidagi tuzlar, fermentlar va neyrotoksinlar organizm faoliyatiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tibbiyotda saraton kasalliklarini davolashda, asab va immun tizimiga ta’sir ko‘rsatishda foydalaniladi. Xalq tabobatida asosan og’riqni kamaytiruvchi va yallig’lanishga qarshi ishlatilgan. Lekin zahar dozasi oshib ketsa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1.Chippaux, J.-P.; Goyffon, M. Epidemiology of scorpionism: A global appraisal. Acta Trop. 2008, 107, 71–79. [Google Scholar] 2.WHO. Report of the Eleventh Meeting ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1026 of the WHO Strategic and Technical Advisory Group for Neglected Tropical Diseases; World Health Organization: Geneva, Switzerland, 2018; pp. 1–28. [Google Scholar] 3.Petricevich, V.L. Scorpion Venom and the Inflammatory Response (accessed on 12 January 2020). 4.Cordeiro, F.A.; Coutinho, B.M.; Wiezel, G.A.; de Bordon, K.C.F.; Bregge-Silva, C.; Rosa-Garzon, N.G.; Cabral, H.; Ueberheide, B.; Arantes, E.C.; Cordeiro, F.A.; et al. Purification and enzymatic characterization of a novel metalloprotease from Lachesis muta rhombeata snake venom. J. Venom. Anim. Toxins Incl. Trop. Dis. 2018, 24, 32. [Google Scholar] 5.Gutiérrez, J.M.; Rucavado, A. Snake venom metalloproteinases: Their role in the pathogenesis of local tissue damage. Biochimie 2000, 82, 841–850. [Google Scholar] 6.Cupo, P.; Cupo, P. Clinical update on scorpion envenoming. Rev. Soc. Bras. Med. Trop. 2015, 48, 642–649. [Google Scholar] 7.Pucca, M.B.; Cerni, F.A.; Pinheiro Junior, E.L.; Bordon, K.d.C.F.; Amorim, F.G.; Cordeiro, F.A.; Longhim, H.T.; Cremonez, C.M.; Oliveira, G.H.; Arantes, E.C. Tityus serrulatus venom—A lethal cocktail. Toxicon 2015, 108, 272–284. [Google Scholar] 8.Garcia, F.; Villegas, E.; Espino-Solis, G.P.; Rodriguez, A.; Paniagua-Solis, J.F.; Sandoval-Lopez, G.; Possani, L.D.; Corzo, G. Antimicrobial peptides from arachnid venoms and their microbicidal activity in the presence of commercial antibiotics. J. Antibiot. 2013, 66, 3–10. [Google Scholar 9.Shao J, Kang N, Liu Y, Song S, Wu C, Zhang J. Purification and char acterization of an analgesic peptide from Buthus martensii Karsch. Biomed Chromatogr 2007;21:1266–71 10.ZhaoZ,HongW,ZengZ,WuY,HuK,TianX,LiW,CaoZ.Mucroporin M1 inhibits hepatitis B virus replication by activating the mitogenactivated protein kinase (MAPK) pathway and down-regulating HNF4alpha in vitro and in vivo. J Biol Chem 2012;287:30181–90. 11.Gomes A, Bhattacharjee P, Mishra R, Biswas AK, Dasgupta SC, Giri B. Anticancer potential of animal venoms and toxins. Indian J Exp Biol 12.Heinen TE, da Veiga AB. Arthropod venoms and cancer. Toxicon 2011; 57: 497–511 13.Fayzullayev N., Akmalaiuly K., Karjavov A. Catalytic synthesis of a line by acetylene hydration // Известия НАН РК. Серия химии и технологии. – 2020. – N .2. -С. 23-30. 14.Fayzullayev N. I., Karjavov A.R., Yusupova S. S. Catalytic Synthesis of Acetone Direct Acetylene Hydration // International journal of Advanced Science and Technology . – 2020 .- T.29. – N.05.- C 4507-4514. 15.Karjavov A. R., Fayzullaev N. Study of the kinetics and mechanism of the reaction of the catalytic hydrochloration of acytylene// AIP Conference proceedings. – AIP Publishing LLC, 2024. -T.3045. – N. 1.-C.060046. 16.Fayzullayev N., Akmalaiuly K., Karjavov A. Catalytic synthesis of a line by acetylene hydration. (2020),2, Number 440 (2020,),23-30 (Электронный ресурс ). 17.Karjavov A.R., Fayzullayev N. Determination of technological parameters of producing vinylchloride from from acetylene // AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing LLC ,2024.- T.3045. -N. 1.- C.060045. 18.Karjavov A., Fayzullayev N.,Baykulov A. Production of acetone by catalytic hydration of acetylene // E3S Web of Conference . -EDP Science ,2023. -T .389.- C.01046.