scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YANGI O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI – YANGI HAYOT, FAROVON JAMIYAT KAFOLATIDIR

Kimsanova Saodatxon Bohodirjon qizi

Abstract

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyasida oʻz ifodasini topgan normalarning mamlakatimizda fuqarolarning farovon hayot sharoitlariga ega boʻlishlarini, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishda munosib huquqiy baza boʻlib xizmat qilayotganligi, koʻpmillatli Oʻzbekiston xalqining bagʻrikenglik va tinch-totuvlik asosida hayot kechirishlari uchun kafolat timsoli ekanligi xususida soʻz yuritilgan.

Full text

Noyabr, 2025-Yil 329 YANGI O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI – YANGI HAYOT, FAROVON JAMIYAT KAFOLATIDIR Kimsanova Saodatxon Bohodirjon qizi Andijon Davlat Chet tillari instituti 1-bosqich magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17767059 Annotatsiya. Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyasida oʻz ifodasini topgan normalarning mamlakatimizda fuqarolarning farovon hayot sharoitlariga ega boʻlishlarini, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishda munosib huquqiy baza boʻlib xizmat qilayotganligi, koʻpmillatli Oʻzbekiston xalqining bagʻrikenglik va tinch-totuvlik asosida hayot kechirishlari uchun kafolat timsoli ekanligi xususida soʻz yuritilgan. Kalit so‘zlar: Konstitutsiya, inson huquqlari, “Inson qadri uchun” tamoyili, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy davlat, aholi bandligi, sifatli taʼlim, malakali tibbiy yordam, bagʻrikenglik, yaxshi qoʻshnichilik. “Yangi tahrirdagi Konstitutsiya bizga inson huquqlari, demokratiya, erkinlik, barqarorlik, tenglik va taraqqiyot tamoyillariga asoslangan huquqiy va adolatli davlat qurish yoʻllarini keng ochib berdi”. Sh.Mirziyoyev. Mamlakatimizda jamiyat hayotining barcha sohalarida yuz berayotgan ulkan oʻzgarishlar, istiqbolli yutuqlar, bugungi Oʻzbekiston erishayotgan barqaror iqtisodiy taraqqiyot, ijtimoiy sohada aholi salomatligi, bandligi va farovon turmush tarzini oshirishga qaratilgan sayi-harakatlar, Markaziy Osiyo xalqlarining birdamligiga erishish yoʻlidagi yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari, mamlakatimizning bugungi kundagi xalqaro maydonda qoʻlga kiritayotgan nufuzinining jahon hamjamiyati tomonidan katta qiziqsh bilan eʼtirof etilishi zamirida yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning oʻrni va ahamiyati beqiyosdir. Konstitutsiyamizda davlat va jamiyat taraqqiyotining huquqiy mafkurasi, xalqimizning Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida tayanadigan konstitutsiyaviy qadriyatlar va tamoyillar qatʼiy belgilab berilgani yuqoridagi fikrlarimizning yaqqol dalilidir deyish mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiyhuquqiy va maʼnaviy-madaniy hayotning barcha sohalarida izchil va bosqichma-bosqich, uzviy va tizimli ravishda amalga oshirilgan keng qamrovli demokratik islohotlarning chinakam yuridik manbai hamda asosiy huquqiy kafolati sifatida xizmat qildi. Tabiiyki, huquqiy davlat qurishni maqsad qilgan har qanday demokratik jamiyatda Konstitutsiya ustuvor ahamiyat kasb etadi. Insoniyat tarixiga bir zum boʻlsa-da, nazar tashlaydigan boʻlsak, aytish mumkinki, konstitutsiya – insoniyatning ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish va tashkil etish sohasida erishgan eng muhim yutuqlaridan biri boʻlib, u jamiyatdan ajralgan holda mavjud boʻlishi mumkin emas. Konstitutsiyani qotib qolgan qoidalar yigʻindisi, deb ham boʻlmaydi. Konstitutsiya – dinamik, yaʼni doimiy harakatdagi, oʻsish va rivojlanish jarayonidagi hujjatdir. Noyabr, 2025-Yil 330 U hayot joʻshqinligi va oʻzgarishlarini oʻzida aks etiradi. Shu maʼnoda, xususan, Harakatlar strategiyasi Yangi Oʻzbekistonning yangi konstitutsiyaviy qiyofasiga asos boʻlib xizmat qildi. 1 Xalqning oʻz xohish irodasini amalga oshirish shakllaridan biri boʻlgan, umumxalq referendumi asosida bosh qomusimizning qabul qilinishi xalqimizning yorqin kelajakka, farovon, erkin hayotga ishonchini mustahkamladi. Binobarin: xalqimiz takliflari asosida Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilib, moddalar soni 128 tadan 155 taga ortib, Konstitutsiyamizning amaldagi 275 ta normasi esa 434 taga koʻpaydi va amaldagi Konstitutsiyamiz 65 foizga yangilandi. Eng muhimi, qabul qilinganligining ikki yilligi nishonlanayotgan yangilangan Asosiy Qonunimizning konstitutsiyaviy normalari jamiyatimiz va davlatimiz, taʼbir joiz boʻlsa, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir inson hayotida amal qilmoqda. Bu esa, jamiyatimiz erishgan eng katta yutuqlardan biri hisoblanadi. 2 Konstitutsiyamizning yangilangan birgina moddasi normasiga eʼtibor qaratsak, unda “Oʻzbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega boʻlgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat” deb belgilanganiga guvoh boʻlamiz. Biz bu yerda Yangi Oʻzbekistonning ijtimoiy davlat sifatida eʼtirof etilayotganligiga ahamiyat qaratmoqchimiz. Xoʻsh, ijtimoiy davlat deganda nimalarni tushunishimiz kerakligi muhim?! Avvalo, bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 20-iyunda konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Konstitutsiyamizda “Oʻzbekiston — ijtimoiy davlat” degan tamoyilni mustahkamlash gʻoyasini ilgari surgan edilar. Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida bu gʻoya yanada mustahkamlanib, ijtimoiy davlatni barpo etishning ustuvor yoʻnalishlari belgilab berildi. Davlatimiz rahbari bu xususda toʻxtalib, “Biz Yangi Oʻzbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurishni maqsad qilyapmiz. Buni Konstitutsiyada mustahkamlashimiz kerak”, 3 deya taʼkidladilar. Maʼlumki, “Ijtimoiy davlat” tushunchasi hamda “Inson qadri” tushunchasi bir-biri bilan uzviy bogʻliq boʻlib, mazkur yuksak gʻoyaning negizida, eng avvalo, inson qadrini ulugʻlash, xalqiga xizmat qilishdek olijanob maqsad yotadi. Ijtimoiy davlat har bir fuqarosi uchun ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillari asosida munosib yashash va turmush sharoitlarini yaratib berishni maqsad qiladi hamda ijtimoiy farqlarni kamaytirish, ehtiyojmandlarga yordam berish boʻyicha oqilona siyosat olib boradigan davlat modeli hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda, ijtimoiy davlat muhtojlarga uy-joy, yashash uchun zarur boʻlgan isteʼmol mahsulotlarining eng kam miqdorini belgilab qoʻyilishi lozimligini ham eʼtirof etadi. Fuqarolarning munosib hayot kechirishi uchun yetadigan ish haqi, aholi bandligini taʼminlash, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, kambagʻallikni qisqartirish talab qilinadi. Shu sababli ham keyingi yillarda yurtimizda aholi turmush darajasini yuksaltirish, bandligini taʼminlash, sifatli taʼlim, malakali tibbiy yordam, hamma uchun teng imkoniyatlar yaratish, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bor shaxslarni har tomonlama qoʻllab1 A.Saidov. “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi: yaratilishi, qabul qilinishi va ijro etilishi. https://belgium.mfa.uz/news/33328?language=uz. 2 J.Komilov. Konstitutsiya - erkin va farovon hayot garovi! https://adolat.uz/news/1279. 3 Sh.Joldasova. Оʻzbekiston — ijtimoiy davlat. https://www.uzbekistan.org.ua/uz/uzbek-istan-uz/107yangiliklar_/6256.html. Noyabr, 2025-Yil 331 quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatida ham mana shu ezgu maqsad oʻz ifodasini topayotganligi bejiz emas. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yanada mustahkamlash, kelgusida barqaror amal qilishini taʼminlash zarurati “ijtimoiy davlat” tamoyilini Konstitutsiyada mustahkamlashni taqozo etdi. Ayni shu sababdan ham umumxalq muhokamasidagi barcha taklif va mulohazalar ijtimoiy sohaga yoʻnaltirilib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham, asosan, “ijtimoiy davlat” tamoyilini mustahkamlashga qaratilgan edi. Zero, Konstitutsiyada mamlakatimizning ijtimoiy davlat ekanini mustahkamlab qoʻyilishi Yangi Oʻzbekistonning mazmun-mohiyatiga mos ekanligini taʼkidlash oʻrinlidir. Asosiy qonunimizda mulk daxlsizligi va u bilan bogʻliq huquqlarning taʼminlanishi davlat tomonidan kafolatlanishi, mulkiy huquqlarni cheklash faqat sud qarori asosida boʻlishi mustahkamlandi. Mamlakatimizda tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishi kafolatlandi. Bu esa iqtisodiyot barqaror oʻsishi, farovon hayotimiz tayanchi hisoblangan tadbirkor va ishbilarmonlarning erkin faoliyati uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratdi. 4 Bu esa oʻz-oʻzidan fuqarolar uchun yangidan-yangi ish oʻrinlarni yaratish, aholi bandligini taʼminlash hamda ularning farovon turmush tarzini taʼminlash uchun zamin yaratadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi yana bir alohida ahamiyatga ega boʻlgan normalar borki, ularning mazmunida, bugungi dunyo miqyosida globallashuv jarayonlari va tahlikali vaziyatlar amal qilayotgan bir paytda tashqi siyosatimizda ustuvor boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining oʻz milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, oʻzaro manfaatli va konstruktiv, yaxshi qoʻshnichilik tamoyillari mujassamlashgandir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-18-moddalarida Oʻzbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanishi, Oʻzbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va koʻp tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshirishi mustahkamlab qoʻyildi. Ushbu normalar bugungi kunda Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan siyosiy faoliyatda butunlay yangicha mazmun va ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizning har tomonlama ravnaq topishida hamda xalqimiz hayotining farovonligini taʼminlashda muhim qadam boʻlganligini yuksak baholash lozim deb oʻylaymiz. Bizning mintaqamizda uzoq yillar davomida ilk bor birgalikda oldinga qarab borishimiz uchun poydevor boʻlib xizmat qilayotgan oʻzaro ishonch, yaxshi qoʻshnichilik va hurmat muhiti shakllanmoqda. 5 Darhaqiqat, ushbu natijaga erishish uchun uzoq yillar talab qilindi. Bevosita Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy tashabbuskorligi hamda samarali mehnatlari sabab bunday muhit shakllandi. 4 Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi. https://parliament.gov.uz/oz/news/konstitutsiya-erkin-va-farovonhayot-garovi. 5 Sh.Mirziyoyev. Markaziy osiyo yangi davr ostonasida. https://president.uz/uz/lists/view/8653. Noyabr, 2025-Yil 332 Kuni kecha Prezidentimizning “Markaziy osiyo yangi davr ostonasida” nomli maqolasi chop etildi. Ushbu maqolada: “Hamkorligimizni mintaqaviy yaqinlashuvning yangi bosqichiga olib chiqish uchun davlatlarimiz darajasida sharoit yaratilganini koʻrib turibmiz. Oldimizda erishilgan kelishuvlarni fuqarolar va biznes uchun aniq natija va qulayliklarga aylantirishdek strategik vazifa turibdi. Markaziy Osiyo qarorlar shunchaki hujjat sifatida emas, balki mintaqa mamlakatlarida barqaror rivojlanishni taʼminlash va odamlarning kundalik hayotini yaxshilash uchun qabul qilinadigan, imkoniyatlardan birgalikda foydalaniladigan umumiy makonga aylanishi kerak”, - degan fikrlar bildirilgan. Ushbu fikrlardan ham Konstitutsiyamiz normalari oʻzagini tashkil qilgan inson huquqlarini, ularning manfaatlarini ifoda etadigan, roʻyobga chiqaradigan, ming yillar davomida quda-anda boʻlib yashab kelgan qardosh xalqlarning ushbu mintaqada bagʻrikenglik hamda tinchtotuv yashashlari uchun sharoit va imkoniyatlar yaratishdek ulkan mohiyat yotganligi tushunib yetish qiyin emas. Xulosa oʻrinda aytish mumkinki, yurtimizda olib borilayotgan barcha islohotlar “Inson qadri uchun” tamoyili asosida fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash, aholining farovon hayot kechirishini taʼminlaydigan barcha shart-sharoit hamda qulayliklarni yaratishga, Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda “odamlarning hayotdan rozi boʻlib” turmush kechirishi uchun munosib sharoit yaratish, aholi daromadlarini oshirish, ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirish, moddiy jihatdan keskin tabaqalanishga yoʻl qoʻymaslik masalalariga davlat siyosati darajasida eʼtibor berilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023-y. 2. Sh.Mirziyoyev. Markaziy osiyo yangi davr ostonasida. https://president.uz/uz/lists/view/8653 3. A.Saidov. “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi: yaratilishi, qabul qilinishi va ijro etilishi. https://belgium.mfa.uz/news/33328?language=uz. 4. Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi. https://parliament.gov.uz/oz/news/konstitutsiya-erkin-va-farovon-hayot-garovi. 5. J.Komilov. Konstitutsiya - erkin va farovon hayot garovi! https://adolat.uz/news/1279. 6. Sh.Joldasova. Оʻzbekiston — ijtimoiy davlat. https://www.uzbekistan.org.ua/uz/uzbekistan-uz/107-yangiliklar_/6256.html.