scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

HAYDOVCHISIZ BOSHQARILADIGAN AVTOMOBILLARDA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA SUN'IY INTELLEKTNING O'RNI

Axmadjonova D. T., Hamzayev J. F.

Abstract

Ushbu maqolada haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarda xavfsizlik muammolari va sun’iy intellektning (SI) o‘rni tahlil qilingan. Maqolada, avtonom transport vositalarining inson xatosini kamaytirish va yo‘l harakati xavfsizligini oshirishdagi afzalliklarini yoritish bilan birga, texnik nosozliklar, kiberxavfsizlik, huquqiy mas’uliyat va foydalanuvchi ishonchi kabi dolzarb muammolarga ham e’tibor qaratilgan. Tadqiqotda SI tizimlarining sensor integratsiyasi, trayektoriya rejalashtirish, va adversarial hujumlardan himoyalanish mexanizmlaring asosi yoritilgan. Jahon tajribasi, hususan AQSh, Yevropa va Osiyo mamlakatlari misolida tahlil qilinib, O‘zbekiston uchun istiqbolli yo‘nalishlar, xususan, SI xavfsizligi, huquqiy baza yaratish va “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi amaliy ishlar ko‘rsatib o‘tilgan.

Full text

THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 250 HAYDOVCHISIZ BOSHQARILADIGAN AVTOMOBILLARDA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA SUN’IY INTELLEKTNING O‘RNI Axmadjonova D. T., Hamzayev J. F. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU https://doi.org/10.5281/zenodo.17767875 Annotatsiya: Ushbu maqolada haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarda xavfsizlik muammolari va sun’iy intellektning (SI) o‘rni tahlil qilingan. Maqolada, avtonom transport vositalarining inson xatosini kamaytirish va yo‘l harakati xavfsizligini oshirishdagi afzalliklarini yoritish bilan birga, texnik nosozliklar, kiberxavfsizlik, huquqiy mas’uliyat va foydalanuvchi ishonchi kabi dolzarb muammolarga ham e’tibor qaratilgan. Tadqiqotda SI tizimlarining sensor integratsiyasi, trayektoriya rejalashtirish, va adversarial hujumlardan himoyalanish mexanizmlaring asosi yoritilgan. Jahon tajribasi, hususan AQSh, Yevropa va Osiyo mamlakatlari misolida tahlil qilinib, O‘zbekiston uchun istiqbolli yo‘nalishlar, xususan, SI xavfsizligi, huquqiy baza yaratish va “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi amaliy ishlar ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Avtonom transport vositalari, sun’iy intellekt, xavfsizlik muammolari, kiberxavfsizlik, huquqiy va etik masalalar, sensor integratsiyasi, mashinali o‘rganish, foydalanuvchi ishonchi, SI xavfsizlik kafolati, O‘zbekiston istiqbollari. Аннотация: В данной статье анализируются проблемы безопасности в беспилотно управляемых автомобилях и роль искусственного интеллекта (ИИ). Наряду с освещением преимуществ автономных транспортных средств в снижении человеческого фактора и повышении безопасности дорожного движения, внимание уделено актуальным проблемам, таким как технические неисправности, кибербезопасность, юридическая ответственность и доверие пользователей. В исследовании раскрыты основы интеграции сенсоров, планирования траектории и механизмов защиты ИИ-систем от адверсариальных атак. На основе международного опыта — в частности, США, европейских и азиатских стран — проведён анализ перспективных направлений для Узбекистана, включая обеспечение безопасности ИИ, создание нормативно-правовой базы и практические шаги в рамках стратегии «Цифровой Узбекистан – 2030». Ключевые слова: автономные транспортные средства, искусственный интеллект, проблемы безопасности, кибербезопасность, юридические и этические вопросы, интеграция сенсоров, машинное обучение, доверие пользователей, гарантии безопасности ИИ, перспективы Узбекистана. Kirish. So‘nggi yillarda transport tizimlarida yuz bergan texnologik inqiloblardan eng muhimlaridan biri — bu avtonom transport vositalari (ATV), ya’ni haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarning jadal rivojlanishidir. Ushbu texnologiya sun’iy intellekt (SI), mashinali o‘rganish, chuqur neyron tarmoqlar va sensor integratsiyasi kabi ilg‘or texnologiyalarni o‘zida mujassamlashtiradi [1]. Avtonom transport vositalari inson xatosini kamaytirish, yo‘l harakati xavfsizligini THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 251 oshirish, yo‘lovchilar qulayligini ta’minlash va transport tizimini raqamlashtirish orqali samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi [2]. Shu bilan birga, bu texnologiya yangi turdagi xatarlarni ham yuzaga keltiradi — kiberxavfsizlik, texnik nosozliklar, yuridik mas’uliyat va etik muammolar shular jumlasidandir [3], [4]. Oxirgi besh yil ichida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, foydalanuvchilar haydovchisiz avtomobillarning afzalliklarini tan olsalar ham, ularning xavfsizlik darajasiga nisbatan ishonchi past. Gözde Bakio’g’lu va Ali Osman Atahan [5] o‘z tadqiqotida foydalanuvchilarning psixologik, texnik va atrof-muhit omillariga bog‘liq holda xatarlardan himoyalanishni qanday qabul qilishini tahlil qilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, kiber hujumlar, dasturiy xatoliklar va huquqiy noaniqliklar foydalanuvchilarda ishonchsizlikni kuchaytiradi. Avtonom transport vositalarining keng qo‘llanilishi uchun texnik barqarorlik, SI tizimlarining aniq ishlashi va foydalanuvchi ishonchini ta’minlash eng asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu sababli, ushbu maqola haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarda yuzaga keladigan xavfsizlik muammolarini va bu sohada sun’iy intellektning o‘rnini tahlil qiladi. Sun’iy intellektning o’rni. Avtonom transport vositalarining yuragi — bu sun’iy intellekt tizimlari, ya’ni atrofmuhitni idrok etish, vaziyatni baholash va real vaqt rejimida qaror qabul qilish imkonini beruvchi algoritmlardir [6]. Ushbu tizimlar sensorlar (kamera, radar, LiDAR), GPS, inertial o‘lchov birliklari (IMU) va boshqa qurilmalardan olingan ma’lumotlarni birlashtiradi [7]. Koopman va Widen [8] ta’kidlashicha, SI avtomobil xavfsizligini ta’minlashda reaksiya tezligi, ssenariylarni prognoz qilish va avariya xavfini minimallashtirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ayniqsa, deep learning (chuqur o‘rganish) asosidagi modelar (masalan, YOLO, Faster R-CNN) obyektlarni real vaqt rejimida aniqlashda samarali natija beradi [9]. Xia va Chen [10] tomonidan 2024-yilda e’lon qilingan tadqiqotda haydovchisiz avtomobillarda trayektoriya rejasini tuzish va to‘qnashuv xavfini oldindan aniqlash algoritmlari tahlil qilingan. Ularning fikricha, SI asosidagi qaror qabul qilish tizimlari transport oqimining xavfsizligini 30–40% gacha oshiradi. Shu bilan birga, noto‘g‘ri o‘rganilgan model yoki tizimga noaniq ma’lumot yetib borishi (sensor noise) xavfsizlik xatarini oshiradi (1-jadval). 1-jadval. Sun’iy intellekt asosida trayektoriya rejalashtirish tizimida xavf manbalari va ularning xavfsizlikka ta’siri (Xia va Chen [10] asosida). № Xavf manbasi Tavsif Xavfsizlikka ta’sirlari(%) 1 Sensor xatolik(noise) Kamera yoki radar ma’lumotining noto’g’ri o’qilishi +25% xavf oshadi 2 Noto’g’ri o’rganilgan model SI modeli real muhitda noto’g’ri qaror chiqarsa +30% xavf oshadi 3 Trayektoriya bashoratidagi noaniqlik Yo’l harakati dinamikasi noto’g’ri baholansa +15% xavf oshadi 4 Ma’lumot kechikishi Sensor yoki tarmoqdagi signal uzilishi +10% xavf oshadi Sun’iy intellektning muhim afzalliklaridan biri — bu ma’lumotdan o‘rganish qobiliyati. Avtonom tizimlar har bir harakatdan o‘rganadi va bu orqali o‘zining xavfsizlik samaradorligini doimiy yaxshilaydi. Biroq, Fernandez-Llorca va boshq. [11] qayd etishicha, bu o‘rganish jarayonlari ham kiber tahdidlarga ochiq bo‘lishi mumkin, ya’ni hujumchi modelni manipulyatsiya THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 252 qilib, noto‘g‘ri qaror chiqishiga sabab bo‘ladi (adversarial attacks). SI tizimlarining yana bir strategik jihati — ko‘p manbali ma’lumotlarni birlashtirish (sensor fusion). Bu texnologiya kamera, radar va LiDAR ma’lumotlarini bitta tahliliy modelda jamlab, holatni yanada aniqroq tushunishga imkon beradi [12]. Kim va Kaur [7]ning 2024-yildagi tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, LiDAR tizimlarining adversarial hujumlarga bardoshliligi past, shu bois, xavfsizlik arxitekturasi mustahkam kriptografik algoritmlar bilan himoyalanishi zarur. Umuman olganda, sun’iy intellekt haydovchisiz transport tizimlarida nafaqat boshqaruv va navigatsiya, balki xavfsizlik monitoringi, risk tahlili, va tizimning o‘zini himoya qilish kabi funksiyalarni ham bajaradi. Xavfsizlik muammolari. Avtonom transport vositalarining xavfsizligi masalasi nafaqat texnik, balki axborot, huquqiy va axloqiy jihatdan ham murakkab ko‘p qatlamli tizimdir. Tadqiqotchilar [5], [8], [11] qayd etganidek, xavfsizlik muammolari asosan to‘rtta toifaga bo‘linadi: 1)Texnik nosozliklar 2)Kiberxavfsizlik tahdidlari 3)Huquqiy va etik masalalar 4)Inson ishonchi va psixologik xavfsizlik Texnik nosozliklar. Texnik nosozliklar tizimning o‘zida, ya’ni apparat (hardware) va dasturiy (software) komponentlarida yuzaga keladigan muammolarni o‘z ichiga oladi. Dixit va boshq. [6] tadqiqotiga ko‘ra, avtonom avtomobillarda sensor ishdan chiqishi yoki ma’lumot oqimida kechikishlar to‘qnashuv xavfini 25% gacha oshiradi. Shu sababli, real vaqt rejimida ishlovchi tizimlarda zaxira mexanizmlar (redundancy systems) muhim o‘rin tutadi. ATVning barqaror harakatini ta’minlash uchun esa ba’zi tadqiqotlarda Lyapunov barqarorlik yondashuvi qo’llaniladi. Bu yondashuv tizimning elektromagnit momenti va burchak tezligini boshqarish orqali xatolik yuz berganda ham tizimni xavfsiz holatda ushlab turishni maqsad qiladi. Lyapunov formulasi quyidagicha: 𝑇𝑒𝑚 =𝑗𝜆𝑜𝑝𝑡𝑉󰇗 𝑅+𝑇𝑔−𝑓𝑐Ω 𝑔+𝐾𝑒1 Ω 𝑔=∫𝑛𝑓𝑐 𝑗𝑒1 Sharti: 𝑉󰇗−𝐾𝑒1 2≤0 Bu yerda V—Lyapunov funksiyasi, 𝑒1—tizimdagi xatolik signali, K—boshqaruv kuchaytirgichi. Agar bu tenglama manfiy qiymatni saqlasa, tizim barqaror holatda bo’ladi. Natijada, SI asosida boshqariluvchi tizimlar real vaqt rejimida xatolikni kamaytirib, to’qnashuv xavfini pasaytiradi va tizimning energiya samaradorligini oshiradi. Bakio’g’lu va Atahan [5] texnik nosozliklar bilan bog‘liq ishonchsizlik foydalanuvchilarning qabul qilish darajasini keskin kamaytirishini aniqlagan. Ularning fikricha, texnik xatoliklar inson hayoti bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, foydalanuvchilar “inson nazoratisiz” tizimga to‘liq ishonmaydi. Kiberxavfsizlik. Sun’iy intellekt asosida ishlovchi transport tizimlari tarmoqqa ulangan bo‘lgani uchun kiberxavfsizlik eng jiddiy muammolardan biridir. SI tizimlari “data poisoning”, “adversarial attacks” va “spoofing” kabi hujumlarga nisbatan zaif bo‘lishi mumkin [13]. Grosse [11] o‘z tadqiqotida SI asosidagi boshqaruv tizimlariga qarshi yo‘naltirilgan xakerlik hujumlari THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 253 nafaqat tizimni ishdan chiqarishini, balki avtomobilni ataylab noto‘g‘ri yo‘lga burish yoki to‘qnashuvga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi. Shu sababli xavfsizlik tizimlari kriptografik autentifikatsiya, blokcheyn asosida kuzatuv va SI monitoringi orqali himoyalanishi kerak. Koopman va Widen [8] esa “xavfsizlikning qayta talqini” g‘oyasini ilgari surib, avtonom tizimlarda ishonchlilikni faqat muhandislik masalasi sifatida emas, balki tizimni raqamli immunitet tamoyiliga asoslangan kompleks muhofaza sifatida ko‘rish kerakligini taklif etadi. Huquqiy va etik muammolar. Avtonom transport vositalarining keng joriy etilishidagi eng murakkab masalalardan biri — yuridik mas’uliyatni aniqlashdir. Ba’zi holatlarda to‘qnashuv yoki avariya yuz bersa, aybni kim zimmasiga olish kerak — ishlab chiquvchimi, foydalanuvchimi, yoki algoritmning o‘zi — bu hali ham aniq emas [5]. Fernandez-Llorca va boshq. [11] ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqida “AI Act” qonuni bu bo‘yicha umumiy prinsiplarni belgilab bergan bo‘lsa-da, real hayotdagi holatlar uchun maxsus protseduralar hali to‘liq ishlab chiqilmagan. Shu sababli, xavfsizlik va mas’uliyat o‘rtasidagi muvozanat — SI tizimlarini ishonchli qilishning asosiy siyosiy yo‘nalishidir. Psixologik hotirjamlik va ishonch. Naiseh va boshq. [12] tadqiqotida, foydalanuvchilarning haydovchisiz avtomobillarga bo‘lgan ishonchi ularning texnologik saviyasi va xavfni idrok etish darajasiga bevosita bog‘liqligi isbotlangan. Ishonchning pastligi tizimdan foydalanish niyatini kamaytiradi, bu esa yangi texnologiyaning bozorga kirish tezligini sekinlashtiradi. Bakio’g’lu va Atahan [5] shuni ko‘rsatadiki, foydalanuvchilar o‘z hayotini SI tizimiga topshirishdan oldin “inson nazoratining saqlanib qolishi”ni istaydi. Shuning uchun “human-in-the-loop” (inson aralashuvi saqlanadigan) modellarga talab yuqori bo‘lmoqda. Jahon tajribasi va tahlil. Dunyo miqyosida haydovchisiz transport vositalarini sinovdan o‘tkazish va joriy etish bo‘yicha tajribalar faol davom etmoqda. AQSh, Yevropa va Osiyo davlatlari bu yo‘nalishda yetakchi o‘rinda turibdi. AQSh tajribasi. AQShda avtonom avtomobillar 2014-yildan buyon Kaliforniya DMV tomonidan nazorat ostida sinovdan o‘tkazilmoqda. 2021-yilga kelib 285 ta ATV ishtirokida avtohalokatlar qayd etilgan bo‘lib, ularning 62 foizi “orqadan urilish” turiga to‘g‘ri kelgan (1rasm)[5]. 1-rasm. ATV bilan sodir etilgan avtohalokatlarning turlari Bu holatlar inson omilining kamayishi bilan yangi turdagi xavflar – texnik va kommunikatsion xatolar – kuchayganini ko‘rsatadi. Shuningdek, Tesla, Waymo va Cruise kompaniyalari o‘z ATV tizimlarida deep learning asosidagi xavfsizlik modellarini sinovdan o‘tkazmoqda. Waymo tizimida ishlatiladigan “Safe-to-Proceed” algoritmi [10] asosida avtomobil qarorlarni risk matritsasi orqali baholaydi va faqat xavfsizlik koeffitsienti 0.9 dan yuqori bo‘lganda ATV Orqadan urish Yondan urish Oldindan urish THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 254 harakatni davom ettiradi. Yevropa tajribasi. Yevropa Ittifoqi “AI Act” qonuni orqali avtonom tizimlar uchun standartlashtirilgan xavfsizlik talablari ishlab chiqmoqda [11]. Germaniya va Shvetsiya kabi mamlakatlarda haydovchisiz transportlar 2023-yildan tijorat asosida ishlamoqda. Ayniqsa, Mercedes-Benz kompaniyasining “Drive Pilot” tizimi 2024-yilda Level-3 sertifikatini oldi — bu Yevropadagi birinchi tijorat asosidagi litsenziyalangan ATV hisoblanadi. Xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha Ullrich va boshq. [12] tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Yevropa mamlakatlarida xavfsizlikni isbotlash uchun SI tizimlari standartlashtirilgan audit va test jarayonlaridan o‘tadi. Osiyo tajribasi. Osiyo mintaqasida Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy yetakchi o‘rinda. Xitoyda 2025-yilgacha 10 milliondan ortiq avtonom avtomobil ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Ularning xavfsizlik tizimlari uchun SI asosidagi “collision avoidance” modellarini ishlab chiqishda trayektoriya bashorati va signal o‘rganish algoritmlari keng qo‘llanmoqda [10]. Janubiy Koreyada esa Hyundai kompaniyasi “AI trust layer” arxitekturasini ishlab chiqqan bo‘lib, bu tizim foydalanuvchi ishonchini oshirish uchun SI qarorlarini izohlash (explainable AI) tamoyiliga asoslanadi. Sun’iy intellekt va O’zbekiston istiqbollari. O‘zbekiston Respublikasi so‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirish va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratmoqda. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida sun’iy intellekt va avtonom tizimlarni milliy transport sohasiga joriy etish yo‘nalishlari ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Hozirda Toshkent shahrida ayrim intellektual transport tizimlari (ITS) sinovdan o‘tkazilmoqda, bunda SI asosida yo‘l harakati oqimini tahlil qilish, svetoforlarni avtomatik boshqarish va avariya xavfini kamaytirish maqsad qilingan. Kelajakda ushbu tizimlarning haydovchisiz transport vositalari bilan integratsiyasi muhim bosqich bo‘ladi. Shuningdek, O‘zbekistonning sun’iy intellekt bo‘yicha milliy strategiyasida (2021-yil) transport sohasida SI xavfsizligi, ma’lumotlar himoyasi, etik me’yorlar va inson omilini kamaytirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga, mamlakatda hali haydovchisiz transportlar uchun maxsus huquqiy baza mavjud emas, bu esa ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va milliy qonunchilikni moslashtirish zarurligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston ilmiy muassasalari va texnoparklari tomonidan o‘tkazilayotgan tadqiqotlarda SI algoritmlarini lokal sharoitga moslashtirish, masalan, yo‘l sifati, iqlim va transport oqimi zichligini hisobga olish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shu yo‘sinda, O‘zbekiston yaqin yillarda avtonom transport tizimlari xavfsizligini ta’minlovchi regional markazlardan biriga aylanishi mumkin. Xulosa. Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar XXI asr transport inqilobining markazida turibdi. Ularning samarali ishlashi va keng qo‘llanilishi, birinchi navbatda, xavfsizlik darajasiga va foydalanuvchi ishonchiga bog‘liqdir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, texnik ishonchlilik, kiberxavfsizlik, huquqiy aniqlik va psixologik omillar bu tizimlarning muvaffaqiyat kalitidir [5], [8]. Sun’iy intellekt ushbu jarayonda markaziy rol o‘ynaydi — u atrof-muhitni tahlil qiladi, xavfli vaziyatlarni oldindan prognozlaydi va optimal qarorlarni qabul qiladi. Ammo shu bilan birga, SI tizimlarining o‘zi ham yangi turdagi xavflarni yuzaga keltiradi: adversarial hujumlar, noto‘g‘ri o‘rganish, va ma’lumotga asoslangan diskriminatsiya holatlari. Kelajakdagi tadqiqotlar SI’ning “izohlanadigan” (explainable AI) modellari, “insonga THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 255 yo‘naltirilgan dizayn” tamoyillari va global xavfsizlik standartlarini ishlab chiqishga qaratilishi zarur. Ayniqsa, O‘zbekiston uchun bu sohada xalqaro hamkorlik, SI etikasi bo‘yicha reglamentlar yaratish va texnik xavfsizlik sertifikatsiya tizimini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi. Natijada, haydovchisiz transport tizimlari inson xavfsizligini oshirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va transport tizimlarini samarali boshqarishda muhim o‘rin tutadi. Shu bois, SI va xavfsizlik o‘rtasidagi muvozanatni saqlash — bu nafaqat texnik, balki ijtimoiy va huquqiy zaruratdir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. [1] N. D. Noviati et al., “Artificial Intelligence Applications in Autonomous Vehicles: Current Innovations and Future Trends,” ResearchGate, 2024. 2. [2] A. Uzzaman et al., “Review on the Safety and Sustainability of Autonomous Vehicles: Challenges and Future Directions,” ResearchGate, 2025. 3. [3] L. Ullrich et al., “AI Safety Assurance for Automated Vehicles: A Survey on Research, Standardization, Regulation,” IEEE Trans. Intell. Vehicles, 2025. 4. [4] P. Koopman and W. Widen, “Redefining Safety for Autonomous Vehicles,” Proc. SAFECOMP 2024, Florence, Italy. 5. [5] G. Bakioğlu and A. O. Atahan, “Otonom Araçların Benimsenmesi ve Güvenlik Algılarının İncelenmesi,” EJOSAT, 2021. 6. [6] M. Dixit et al., “Safety and Risk Analysis of Autonomous Vehicles Using Computer Vision and Neural Networks,” MDPI, 2021. 7. [7] J. Kim and A. Kaur, “A Survey on Adversarial Robustness of LiDAR-based Machine Learning Perception in Autonomous Vehicles,” arXiv preprint, 2024. 8. [8] D. Fernández-Llorca et al., “Testing Autonomous Vehicles and AI: Perspectives and Challenges,” Eur. Transp. Res. Rev., 2025. 9. [9] X. Xia and R. Chen, “A Survey of Autonomous Vehicle Behaviors: Trajectory Planning Algorithms, Collision Risks, and User Expectations,” Sensors (MDPI), 2024. 10. [10] S. Abu et al., “Advancements, Challenges and Safety Implications of AI in Autonomous Vehicles,” Journal of Research and Communication, 2024. 11. [11] K. Grosse, “A Qualitative AI Security Risk Assessment of Autonomous Vehicles,” Transportation Research Part F, 2024. 12. [12] N. Naiseh et al., “Trust, Risk Perception, and Intention to Use Autonomous Vehicles: An Interdisciplinary Bibliometric Review,” AI & Society, Springer, 2024. 13. [13] A. Abuhmaid et al., “Legal and Ethical Challenges of Autonomous Vehicle Liability,” Journal of Law, Technology and Policy, 2023.