ZAMONAVIY AVTOMOBILLARNING AVTOMATIK PARKING TIZIMINI LOYIHALASH
Abstract
Maqolada zamonaviy avtomobillarning avtomotaik parkovkalash tizimi haqida keltirib o‘tilgan. Parkovkalash tizimi evolutsiyasiga, parktronik - parkovka radari, 4 ta parametrlarini ko‘rsata oladigan aylana atrofni ko‘rish (krugovo obzor) kameralari, passiv parkovka tizimi, avtomatik parkovkalash tizimi, paralel va perpendikulyar parkovka, parkovka jarayonida intelektual yordam berish tizimini, EBB ultratovush datchiklari ishlash jarayoni haqida to‘htalib o‘tilgan.
Full text
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 256 ZAMONAVIY AVTOMOBILLARNING AVTOMATIK PARKING TIZIMINI LOYIHALASH Azizov Zamon Axmadbekovich, Toshtemirov Sohib Furqat o‘g‘li Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institute, Toshkent, O‘zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.17767893 Annotasiya. Maqolada zamonaviy avtomobillarning avtomotaik parkovkalash tizimi haqida keltirib o‘tilgan. Parkovkalash tizimi evolutsiyasiga, parktronik - parkovka radari, 4 ta parametrlarini ko‘rsata oladigan aylana atrofni ko‘rish (krugovo obzor) kameralari, passiv parkovka tizimi, avtomatik parkovkalash tizimi, paralel va perpendikulyar parkovka, parkovka jarayonida intelektual yordam berish tizimini, EBB ultratovush datchiklari ishlash jarayoni haqida to‘htalib o‘tilgan. Аннотация. в статье приведены система автоматической парковки современных автомобилей. К эволюции системы парковки, парктроник - парковочный радар, камеры кругового обзора, способные отображать 4 параметра, система пассивной парковки, система автоматической парковки, параллельная и перпендикулярная парковка, интеллектуальная система помощи в процессе парковки, ультразвуковые датчики ЭБУ работающие процесс обсуждается. Kalit so‘zlar: avtomatik parkovka, parkovkalash, parkovka radari, biper, Ark Assist, Park Assist Vision, Intelligent Parking Assist System , Remote Park Assist System, Active Park Assist, parkovkalovchi avtopilot, paralel va perpendikulyar parkovka, passiv parkovka tizimi. Ключевые слова: автоматическая парковка, парковка, парковочный радар, бипер, Ark Assist, Park Assist Vision, Intelligent Parking Assist System , Remote Park Assist System, Active Park Assist, парковочный автопилот, параллельная и перпендикулярная парковка, пассивная система парковки. Hozirgi davrga kelib zamonaviy avtomovillarga bo‘lgan talab va avtomobillardagi passiv boshqaruv tizimlarida qo‘shimcha qulayliklar ham ortib bormoqda. Bunday qulayliklardan biri bu avtomobillarning avtomatik avtoparking tizimidir. Avtomobilning avtomatik parkovka tizimi – (boshqacha qilib aytganda intrllektual tizim yordamida parkovkalash yoki parkovkalovchi avtopilot) bu faol parkovkalash tizimi bo‘lib – avtomobilni avtomatik parkovkalashni ta’minlaydi, shu bilan birgalikda, avtomatik yoki avtomatlashgan funksiyalar bilan ta’minlangan bo’ladi. Parkovkalash tizimi evolutsiyasiga nazar soladigan bo‘lsak (parktronikdan tortib toki avtomatik parkovkalashgacha) avtomobilni parkovkalash va to‘htash joyiga manyovrlash jarayonida yangi haydovchi yoki tajribali haydavchilar uchun anchagina qiyinchiliklar tug‘diradi. Parkovkalashning asosiy muammolaridan – haydovchi joylashgan o‘rindiqdan avtomobilning chetki nuqtasi ko‘rinmasligi, to‘siqlargacha bo‘lgan masofaning mo‘ljalini ololmaslikdir. Bu muammo bundan 20 yil muqqaddam mashinalar ko‘payishi va parkovkalash uchun joylarni kamayishida boshlangan edi. Yetakchi olimlardan A.Glushenko keltiricha Bunday muammoga birinchi 1995 yilda Mercedes-Bens kompaniyasi tomonidan parktronik nomli tizimi orqali amaliy yechimni taqdim etadi. Parktronik - parkovka radari, hamda akustik parkovka tizimi ma’nolarini anglatadi.
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 257 Mercedes-Bens kompaniyasi tomonidan parktronik tizimi ultratovushli datchig va indekatorlardan tashkil topgan – biper edi. Ishlash jarayoni oddiy yani: datchik to’siqgacha bo’lgan masofani o’lchaydi, biper esa tovush chastotalari o‘zgarishidan qachon to‘xtashlikni ogoxlantirar edi. Birinchi avtomobilning orqa qismida bitta kamera bilan jihozlangan parktroniklar paydo bo‘la boshladi. Bunday tizimlar hozirgi paytda ham juda ishonchli tizimlaridan biridir. 2007 yildan boshlab (birinchi bor Nissan kompaniyasida) 4 ta kamera bilan jihozlangan. Avtomobil 4 ta parametrlarini ko‘rsata oladigan aylana atrofni ko‘rish (krugovo obzor) kameralari paydo bo‘ladi. 1-rasm. Aylana atrofni ko‘rish Lekin bu passiv parkovka tizimi faqatgina haydovchiga atrofni ko‘rish va xis etish uchun qulaylik yaratadi xolos. Lekin, manyovrdek murakkab vazifani haydovchining o‘ziga yuklaydi. Hozirda avtomobil uchun qulay parkovka joyini topish, tanlangan joyga parkovkalash va parkovkadan chiqish vazifasini haydovchining yordamisiz bu muammoni avtomatik parkovka tizimi bajarmoqda. 2-rasm. Parkovkalash joyini avtomatik qidirish. Birinchi avtomatik parkovkalash tizimi 2000-yillarda yaratilgan va hozirgi kungachi ularning imkoniyatlarini kengaytirib borilmoqda. Birinchi yaratilgan avtomatik parkovkalash tizimi faqatgina avtomabilning chiqishi uchun yordam bergan bo‘lsa, keyinchalik nafaqat chiqish balki, parkovkada tartibsiz joylashtirilgan avtomobillardan qat’iy nazar avtomobilning parkovkalay olish kabi tizimlar yaratilgan. Zamonaviy avtomobillarda turli xil avtomatik parkovkalash paralel va perpendikulyar parkovka qilish uchun yordam beradi. Eng ko‘p tarqalgan turi bu paralel avtomatik parkovkalashdir. Avtomatik parkovkalash avtomobilning rul boshqarmasining burish burchagi chizig‘i va harakat tezligiga asoslanib ishlaydi. Avtoparking tizimining asosiy qismlariga sensorlar, kameralar, elektron boshqaruv bloki, boshqaruv elementlari: Ultrasonik sensorlar (Parktronik): Avtomobil atrofiga joylashtirilgan bo'lib, bo'sh joylarni o'lchaydi va to'siqlarni aniqlaydi,
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 258 Kameralar: Ba'zi tizimlar atrofdagi tasvirni (aylanma ko'rinish) ta'minlash uchun kameralardan foydalanadi, Elektron Boshqaruv Bloki (ECU): Bu tizimning miyasi bo'lib, sensorlardan ma'lumotlarni qayta ishlaydi, parkovka joyini hisoblaydi va avtomobilning ruli, gaz/tormozi va uzatmalar qutisini boshqarish uchun buyruqlar yuboradi, Boshqaruv elementlari: Elektr Rul Boshqaruvi (EPS): ECU buyruqlariga muvofiq rulni avtomatik buradi, Transmissiya/Uzatmalar Qutisi Boshqaruvi: Zarur bo'lganda (masalan, parallel parkovka uchun) oldinga va orqaga uzatmalarni almashtirishni boshqaradi. Gaz va Tormoz Boshqaruvi: Ba'zi to'liq avtomatik tizimlar tezlikni va tormozni ham boshqaradi, Displey (Monitor): Haydovchiga tizimning holati, topilgan parkovka joyi va bajarilayotgan harakatlar haqida ma'lumot beradi. Ishlash Tamoyili: 1. Qidiruv: Haydovchi tizimni faollashtiradi. Avtomobil sekin harakatlanayotganda, sensorlar parkovka uchun mos joy qidiradi. 2. Joyni Aniqlash: Mos joy topilgach (o'lchamlari va joylashuvi bo'yicha), ECU buni displeyda ko'rsatadi. 3. Boshqarish: Haydovchi tasdiqlagandan so'ng, ECU rasm (sxema) bo'yicha rasm (sxema) bo'yicha parkovka manevrini amalga oshirishni boshlaydi. o Haydovchidan gaz va tormozni boshqarish so'ralishi mumkin (yarim avtomatik tizimlar). o Yoki tizim to'liq avtomatik tarzda rul, gaz va tormozni o'zi boshqaradi. 4. Tugatish: Avtomobil to'g'ri joylashganidan so'ng, tizim signal beradi va boshqaruvni haydovchiga qaytaradi. Parkovka jarayonida intelektual yordam berish tizimining nomdor turlari to‘htalib o‘tadigan bo‘lsak qisqacha quyidagilar: • Ark Assist – Volkswagen avtomobillarida, • Park Assist Vision –Volkswagen avtomobillarida, • Intelligent Parking Assist System – Toyota ва Lexus avtomobillarida, • Remote Park Assist System – BMW avtomobillarida, • Active Park Assist - Mercedes-Benz ва Ford avtomobillarida, • Advanced Park Assist – Opel avtomobillarida.
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 259 3-rasm. Tizmning asosiy qurulmalari 1-parkovka uchun yordam beruvchi modul; 2oldi va orqa dinamiklar; 3-parkovka qilish uchun yordam beruvchi oldingi datchik; 4-porkovka qilish uchun yordamberuvchi tizimni o‘chirish; 5integrariv boshqaruv moduli (ICM); 6-kuch kuchaytirgich; 7-porkovka qilish uchun yordam beruvchi orqa datchiklar. EBB ultratovush datchiklaridan axbortlarni oladi va axborotlarni tahrirlab ijro etuvchi qurilmalarga yani: dvigatel, rul boshqarmasi, avtomatik uzatmalar qutisini boshqaradi. Avtomatik parkovlash tizimini ishlash jarayonini shartli ravishda ikkiga bo‘lish mumkin: parkovkalash uchun mos joyni topish va parkovkalash vazifasini bajarish. Tizimning afvzal va kamchiliklariga to‘htalsak: • manyovr harakatining sekinligi. Tizim hamma harakatni va manyovrlarni minimal tezlikda bajaradi, shuning uchun avtomatik parkovkalash tizimi haydovchi o‘zi parkovkalash jarayoniga nisbatan vaqtni ko‘p sarflanishi; • to‘siqlarni aniqlashda tizimning xatoligi. Ko‘p xollarda tizim ustun, bordyur va shunga o‘xshash sun’iy to‘siqlarni taniy olmaslik natijasida ko‘ngilsiz vaziyatlar yuzaga keladi. • Ob-havo va atrof muhit sharoiti tufayli tizim ma’limotlarni noto‘g‘ri tahtitlashi. Doimo esda saqlash kerakki datchigning iflaslanishi, kuchli yomg‘ir yoki qor ma’lumotlarni xato qabul qilishga va vazifani noto‘g‘ri bajarishiga sabab bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki avtomobilni parkovkalashdan avval ko‘rsatkichlar tablosida avtomobilni parkovkalashni EBB ning o‘zi yoki EBB ning yordamida haydovchining o‘zi amalga oshirish taklifi beriladi. FAYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Глущенко, А.А. Электронныу система автомобилей и тракторов. - Ульяновск: УлГУ, 2019. -401 с. 2. Глущенко, А.А. Управление автомобилем и трактором/А.А. Глущенко, И.Р. Салахутдинов - Ульяновск: УГСХА, 2019. -344 с. 3. Петров, В.М. Электрооборудование, электронные системы и бортовая диагностика автомобиля. /В.М. Петров, И.Ф. Дьяков/ - Ульяновск: УлГТУ, 2005. - 120 с.