Full text
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 311 TOMCHILAB SUG‘ORISH TIZIMLARIDA QO‘LLANUVCHI AVTOMATIK NAZORAT VA BOSHQARISH VOSITALARI J.R.Qadirov, A.X.Ne’matov Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.17768098 Issiqxonada tomchilatib sug‘orish Mutaxassislarning e’tirof etishicha, tomchilatib sug‘orishning afzalligi, eng avvalo, suv resurslarini tejashda namoyon bo‘ladi. Bunga sug‘orish rejimining o‘ziga xosligi, bug‘lanishning pastligi, ob-hayotning behuda oqib ketmasligi tufayli erishiladi, albatta. Eng muhimi, tomchilatib sug‘orishda suv o‘simlikka shlanglar vositasida etkazib berilganligi uchun dala tuprog‘i qotmaydi, natijada qator oralariga ishlov berishga ehtiyoj tug‘ilmaydi. Tuprog‘i qotmagan maydon esa mavsum oxirida sifatli va oson haydaladi. O‘g‘it suv bilan birga berilganligi bois, o‘g‘itlash uchun texnika ishlatishning zaruriyati yo‘qoladi. Natijada mehnat va yonilg‘i-moylash materiallari tejaladi. Dalada suvchilarning qo‘l mehnati keskin kamayadi. Aytish joizki, tomchilatib sug‘orish tizimini qurish uchun suv nasosi, filtr hovuz-tindirgich, o‘g‘itlovchi moslama, magistral va tarqatuvchi quvurlar, sug‘orish shlanglari, tomizgichlar, yordamchi va ulovchi qismlar kerak bo‘ladi. Bunga qurilish ishlari va loyihani tuzish xarajatlari kiritiladi. 2024–2025 yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlarga asosan, 1 gektar maydonga tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish uchun o‘rtacha 6–7mln so‘m atrofida mablag‘ sarflanadi. E’tiborli jihati shundaki, respublikamizda hozirgi kunda ushbu texnologiya uchun talab etiladigan jihoz va anjomlarning 95 foizi ishlab chiqarilmoqda. Bundan atigi 5–6 yil burun mamlakatimiz sharoitida tomchilatib sug‘orish tizimining ayrim qismlarinigina ishlab chiqaruvchi birgina «Saniplast» qo‘shma korxonasi faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib bunday korxonalar soni bir qadar ko‘paydi. Agar suv nasosi «Suvmash» zavodida tayyorlansa, filtr, har xil diametrdagi plastik quvurlar, shlanglar, yordamchi va ulovchi qismlar «SHo‘rtangaz», «Maxsuspolimer», «Jizzaxplasmassa» va boshqa korxonalarda ishlab chiqarilmoqda. Umumiy ma’lumot. issiqxonalardagi xavoni isitish uchun asosiy manba bu quyosh radiatsiyasi. Yordamchi manbalar –bu isitilgan suv, biologik yoqilg‘i va elektr energiyasi. Biologik isitish. Chorva mollarining axlati issiqlik manbasi bo‘lib xizmat qiladi. Unda turli mikroorganizmlarni xayoti natijasida anayera jarayon ketadi va organik moddalarni parchalanish natijasida axlat 45-700 C gacha qiziydi. Issiqxonalardagi mikroiqlimga havoning xarorati namligi va CO2 miqdori kiradi. Issiqxonalardagi mikroiqlim zarur tempratura va havoning nisbiy namligini saqlash, shuningdek xavoda karbanant angidirt miqdorini sun’iy oshirish yo‘li bilan rostlanadi. Bu faktorlar o‘simliklarga bir-biridan alohida emas, balki o‘zaro kompleks holda ta’sir etadi va birini ikkinchisiga almashtirishga yo‘l qo‘ymaydi. Masalan: issiqlik yetishmaganda yorug‘likni oshirish va aksincha qilish yaramaydi. Mikroiqlimni ta’minlovchi faktorlar quyidagi qoidaga binoan muvofiqlashtiriladi: issiqxona qancha yaxshi yoritilgan bo‘lsa harorat va havodagi karbanat angidiritning miqdori shuncha ko‘p va aksincha bo‘lishi kerak. Issiqxonalardagi haroratni isitish sistemasi ulash va uzish yoki ventilyattsiyani kuchaytirib – kamaytirish bilan rostlanadi. Havoning nisbiy namligi issiqxonani tez shamollatish yo‘li bilan kamaytiriladi, suv purkash esa oshiriladi. Havodagi karbanat angidrid miqdori dastakli usulda yoki
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 312 avtomatik rostlanadi. Issiqxonalarda haroratni avtomatik rostlash isitish usuliga bog‘liq. Issiqxonalarda ma’lum mikroiqlim yaratish uchun issiqlik berishni havo harorati va namligini hamda ventilyatsiyani avtomatik rostlaydigan uskunalar komplekti ishlatiladi. Haroratni rostlash va boshqarish jarayonining funktsional va texnologik sxemalari 1va 2 -rasmlarda keltirilgan. 1rasm. Issiqxonada havo haroratini avtomatik rostlash tizimining funksional sxemasi Haroratni rostlash sxemasida havo harorati o‘zgartirgichi issiq suv harorati o‘zgartirgichi (5), qaytgan suv harorati o‘zgartirgichi (8) va energetik yoritilganlik o‘zgartirgichi (7) qo‘llaniladi. Rostlagich (9) uch tomonlama klapanni ijro mexanizmni (3) yordamida boshqarib boradi va bunda sistemaga uzatilayotgan issiqlik tashuvchining miqdori o‘zgartirib boriladi. Bosim rostlagichi (4) trubadagi suv bosimini stabillashtirib boradi. Vaqt relesi (10) haroratni kechasiyu-kunduzi rostlab turadi. Ventilning holatini nazorat qilish uchun xolat o‘zgartirgichi (2) va ikkilamchi uskuna (1) ishlatiladi. Issiqxonada harorat doimiy ravishda qayd qilib boriladi. Haroratni rostlovchi birlamchi o‘zgartirkichlar issiqxona blokning ichiga o‘rnatiladi, elektronli rostlagich boshqarish signalini hosil qiladigan hamda uch tomonlama klapanning holatini o‘zgartirib turadigan ijro mexanizmiga ta’sir etadi. Elektronli rostlagich ijro mexanizmi bilan birgalikda PI-rostlash qonuni va tashqi differentsiator bilan esa PID-rostlash qonuni hosil qiladi. Issiqxonadagi xavo namligini rostlash sistemasida havoning nisbiy namligi (1) va tuproqni namligi (2) o‘zgartirgichlari rostlagich (4) yordamida avtomatik ravishda ishlaydi. Yarim avtomatik rejimda esa yomg‘irlatish vaqtiga yoki sug‘orish qurilmasiga (7), sug‘orish maydonini tanlash (6) va yomgirlatish soniga (5) topshiriq beriladi. Issiqxonada tabiiy shamollatishni boshqarishning funktsional – texnologik sxemasi 1va 2 – rasmlarda ko‘rsatilgan. 1 – ikkilamchi uskuna, 2 – holat o‘zgartirgichi, 3 – ijro mexanizmi, 4bosim rostlagichi, 5 – suv harorati o‘zgartirgichi, 6 – sug‘orish maydonini tanlash, 7 – energetik yoritilganlik o‘zgartirgichi, 8 – qaytgan suv harorati o‘zgartirgichi, 9rostlagich, 10 – vaqt relesi.
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 313 2-rasm. Issiqxonada tabiiy ventilatsiyani boshqarish funktsional – texnologik sxemasi. Issiqxonada tabiiy ventilatsiyani boshqarish funktsional – texnologik sxemasida quyidagicha shartli belgilashlardan foydalanilgan: • gidromеtoparamеtr datchiklari signallari bo‘yicha tizimning ishlash boshi va boshqaruvning kеlishilgan xolda ishlab chiqarilgan algoritmining boshqa ko’rsatkichlarini; • yomg‘ir tomchili apparatlari va qurilmalarining ishlash tartibi va navbatma navbatliligini; • ishning har bir jarayonida talab qilingan sug‘orish mе’yorini; • talab qilingan jarayonlar soning qayta ishlashini; • to‘liq sug‘orish mе‘yorini bеrishdan kеyingi yoki gidromеtoparamеtrlar (GMP) datchiklarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha tizim harakatining to‘xtatilishi. • Sug‘orish jarayonida tizim ishining nazoratini; Avariya xolatlarida tizimni o’chirish va boshqaruv punktiga avariya signalini bеrishni ta'inlash lozim. Ammo yuqorida sanab o’tilgan funktsiyaning barchasi hamma dasturli qurilmalar bilan bajarilavеrmaydi. Ko‘rsatilganidеk, ayrim funksiyaning bajarilishi qurilmani murakkablashtiradi, boshqasining bajarilishi boshqaruv va apparaturaning mos algoritmi bilan ta’minlanmagan. Foydalanigan adabiyotlar 1. 2. Ганкин М.З.Комплексная автоматизация и АСУТП водохозяйственных систем. М.Агропромиздат 1991 г. 2. Газиева Р.Т.Сув хўжалигидаги технологик жараёнларни автоматлаштириш. - Тошкент.: Талкин, 2007. 3. Атабаева Х.Н., Умаров 3., Бўриев X. Ва бошқалар. “Ўсимликшунослик”. Дарслик. Тошкент. Меҳнат, 2000. 4. Горох, семена и посев, сорта -// http.chudo-ogorod.ru, 2010. 5. Дала тажрибаларини ўтказиш услублари –Тошкент, 2007, Б.180. 6. Куржинский С.Г. «Зернобобовые культуры». М. Сельхозгиз, 1998, 151 с. 9. 7. Посыпанов Г.С. «Растениеводство», М.Колос, 1997.С. 234.