scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KUTUBXONALAR VA SUN'IY INTELLEKT: JAMIYATDA ISHONCH VA INTELLEKTUAL MUSTAQILLIK MASALALARI

Sultanova Sadoqat Botir qizi

Abstract

Ushbu maqolada kutubxonalarda suniy intellekt (AI) dan foydalanishning meyoriy va ijtimoiy jihatlari tahlil qilinadi. Xususan foydalanuvchilar kutubxonalarga nisbatan suniy intellekt orqali ko‘proq bilim olishni maqul deb hisoblamoqdalar va ushbu jarayon fikrlash qobiliyatida va ijodiga salbiy ta’siri xorijiy tajribalar asosida ko‘rib chiqildi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 901 KUTUBXONALAR VA SUN’IY INTELLEKT: JAMIYATDA ISHONCH VA INTELLEKTUAL MUSTAQILLIK MASALALARI Sultanova Sadoqat Botir qizi TATU magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17770113 Annotatsiya. Ushbu maqolada kutubxonalarda suniy intellekt (AI) dan foydalanishning meyoriy va ijtimoiy jihatlari tahlil qilinadi. Xususan foydalanuvchilar kutubxonalarga nisbatan suniy intellekt orqali ko‘proq bilim olishni maqul deb hisoblamoqdalar va ushbu jarayon fikrlash qobiliyatida va ijodiga salbiy ta’siri xorijiy tajribalar asosida ko‘rib chiqildi. Kalit so‘zlar: kutubxona, suniy intellekt, kognetiv fikrlash, an’anaviy o‘qish, mustaqil tahlil, AI. БИБЛИОТЕКИ И ИСКУССТВЕННЫЙ ИНТЕЛЛЕКТ: ВОПРОСЫ ДОВЕРИЯ ОБЩЕСТВА И ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ САМОСТОЯТЕЛЬНОСТИ Аннотация. В данной статье анализируются нормативные и социальные аспекты использования искусственного интеллекта (ИИ) в библиотеках. В частности, рассматривается иностранный опыт, согласно которому пользователи считают получение знаний через ИИ более удобным, однако данный процесс может негативно влиять на способность к критическому мышлению и творческому развитию. Ключевые слова: библиотека, искусственный интеллект, когнитивное мышление, традиционное чтение, самостоятельный анализ, ИИ. LIBRARIES AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE: ISSUES OF PUBLIC TRUST AND INTELLECTUAL INDEPENDENCE Abstract. This article analyzes the regulatory and social aspects of using artificial intelligence (AI) in libraries. In particular, international experience is examined to show that users increasingly prefer acquiring knowledge through AI, while this process may negatively affect critical thinking skills and creativity. Keywords: library, artificial intelligence, cognitive thinking, traditional reading, independent analysis, AI. Bugungi kunda zamonaviy jamiyat hayotining deyarli barcha sohalarida sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari keng rivojlanmoqda va u inson faoliyatining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Xususan, ta’lim sohasida har kuni turli innovatsion texnologiyalar, dasturlar va raqamli platformalarning yaratilishi natijasida jamiyatda sun’iy intellektga nisbatan ishonch darajasi ortib bormoqda. Sun’iy intellektdan foydalanishning afzalliklari ko‘p bo‘lib, eng muhimi undan maqsadga muvofiq va ongli ravishda foydalana bilish zarur. AI tizimlarining muhim xususiyatlaridan biri vaqt va makon chegaralarining mavjud emasligidir, ya’ni foydalanuvchilar sun’iy intellekt imkoniyatlaridan o‘zlari uchun qulay vaqtda foydalanishlari mumkin. Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan innovatsion biznes-modellar, mahsulotlar va xizmat ko‘rsatish usullarining rivojlanishi uchun qulay va maqbul ekotizimni shakllantirish, ularni belgilangan ustuvor tarmoqlar hamda sohalarda tezkorlik bilan joriy etish va amaliyotga tatbiq etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26- ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 902 avgustdagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejimni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5234-son qarori qabul qilingan. Mazkur qaror “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida sun’iy intellekt sohasida innovatsion ekotizimni shakllantirish, shuningdek, AI asosidagi biznes-modellar, mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, qaror doirasida sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari va boshqaruv tizimlari o‘rtasida uzviy integratsiya va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilangan. Sun’iy intellekt kutubxona tizimini raqamli rivojlanish bosqichiga olib kirar ekan, u bilan bog‘liq ishonch, axborot xavfsizligi va intellektual mustaqillik masalalari ham shunchalik dolzarb bo‘lib bormoqda. Har bir narsaning foyda va zararlari bo‘lgani kabi suniy intellektning ham foydalanuvchilarga nisbatan xatarli tomonlari ham mavjud. Xususan odamlarda mustaqil fikrlashning pasayishi ya’ni axborotlarga nisbatan mustaqil kognetiv fikr bildira olmaslik, suniy intellekga haddan tashqari tobelik ya’ni har qanday vaziyatda unga tayanish, tashqi va ichki muammolarni mustaqil hal qila olmaslik va bugungi kundagi suniy intellektdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan eng achinarli holat bu akademik halollikning pasayishi, plagiatdir. Hozirda suniy intellektning foydalari va zararlari yuzasidan olimlar turli tadqiqotlar o‘tkazmoqdalar. Jumladan Massachusets texnologiyalar institutida olimlar AI dan muntazam foydalanish inson qobiliyatlarini pasaytirishi bo‘yicha bir necha bor muzokaralar olib borishadi va tadqiqot o‘tkaziladi. Tadqiqotda o‘quvchilar ikki guruhga ajratilib, ularga insho yozish sharti qo‘yiladi. Birinchi guruh o‘quvchilariga inshoni AI orqali yozishga ruhsat etiladi, lekin ikkinchi guruhga ruhsat etilmaydi. Tadqiqotdan maqsad har ikki guruhdagi o‘quvchilarning insholarini solishtirish va ulardagi farqni aniqlash edi. Shuning uchun ularga bir xil mavzudagi insholar beriladi. O‘quvchilar biroz vaqtdan keyin yana xuddi shu mavzuda insho yozishadi tadqiqot natijalariga ko‘ra AI dan foydalangan o‘quvchilar mavzuni bir xilligi u haqida oldin yozganini farqlamaydilar. Aksincha AI orqali emas, balki fikrlab yozgan o‘quvchilar esa osonlikcha yozadilar. Olimlar xulosa qilib AI orqali yozish osonligini, vaqt tejalishini va yaxshi natijalar berishini takidlaydi, ammo foydalanuvchilarda bu salbiy oqibatlarga olib kelishini, ma’lumotlarni tahlil qilmasligini, har bir AI dan olgan ma’lumotlarni to‘liq tushunmasligini, miyya va xotiraga salbiy ta’sirni aniqlashadi. Bugungi raqamli axborot asrida odamlar kutubxona va kitoblarga murojaat qilmay, suniy intellekt orqali bilim olishni maqul deb hisoblamoqdalar. Ushbu jarayon insonning fikrlashi va taffakuriga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Bu savol bugungi kunda eng dolzarb masalalarni keltirib chiqarmoqda. Zamonaviy texnologiyalar va suniy intellektdan foydalanish barcha sohalarda rivojlanib kelmoqda, shunday ekan insonlar bilim olishda ham, kutubxonalarda ham AI dan foydalanishlarini ijobiy tomonlari ko‘p deb o‘ylaymiz, misol uchun:  Kutubxonalar suniy intellekt orqali raqamli va electron xizmatlarni yaratib foydalanuvchilarga qulaylik keltirishlari mumkin;  Suniy intellekt orqali odamlar yangi g‘oyalarni olish orqali ijodiy fikrlashi mumkin;  Tezlik va chegaralanmagan vaqt orqali ma’lumotlarni olish mumkin;  Kutubxonalar suniy intellekt orqali yanada zamonaviylashishi mumkin ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 903 Elektron kutubxonalarda suniy intellekt yordamida foydalanuvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib kitob tavsiya qilinmoqda. Albatta ushbu jarayon qisqa vaqt ichida kerakli ma’lumotlarni toppish imkoniyatini yaratmoqda. Biroq AI dan haddan tashqari ko‘p foydalanish mustaqil tahlil qilish, ijodiy fikrlash va tanqidiy masalarni rivojiga to‘siq bo‘lmoqda, Insonda biror savol tug‘ilsa faqatgina suniy intellektning tayyor javoblariga o‘rganib qolish, insonning bilim o‘zlashtirish koeffisentini pasaytirmoqda. Misol uchun quyidagilarni keltirishimiz mumkin:  Tanqidiy va kognetiv fikrlash qolbiliyatinign pasayishi;  Ananaviy kitob o‘qish madaniyatining yo‘qolib borishi;  Mustaqil tahlil va chuqur o‘ylashning pasayishi;  Har qanday axborotga ishonish;  Ijodiy qobiliyatning pasayishi va eng dolzarbi bu texnologiyaga, suniy intellektga qaramlikdir. Ayni damda suniy intellekt insonlar hayotining ajralmas qismiga ayalanishga ulgurdi. Shuningdek barcha sohalarga kirgani kabi kutubxonachilik sohasiga ham kirib yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Ushbu zamonaviy texnologiya va turli dasturlardan foydalanish ma’lumotlarni olishni tezlashtirsada insonning fikrlash qobiliyatida va ijodiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Shu bois suniy intellektdan faqatgina maqsadli foydalanish unga o‘rganib qolib qullik qilish emas balki tafakkurimizni to‘ldiruvchi vosita sifatida bizga xizmat qildirishimiz zarur. Xulosa qilib aytganda sun’iy intellekt (AI) zamonaviy jamiyatning barcha sohalari, xususan, ta’lim va kutubxonachilikda muhim o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. AI texnologiyalari ma’lumotlarni tezkor olish, raqamli xizmatlarni rivojlantirish va foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish kabi afzalliklarga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida innovatsion ekotizimni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Biroq, AI dan haddan tashqari ko‘p va ongsiz foydalanish insonning tanqidiy va kognitiv fikrlash qobiliyatini pasaytirishi, mustaqil tahlil va ijodiy yondashuvga to‘sqinlik qilishi, shuningdek, akademik halollik va an’anaviy kitob o‘qish madaniyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, AI yordamida ishlarni bajarish vaqtni tejash va samaradorlikni oshirish bilan birga, foydalanuvchilarning ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish va mustaqil fikrlash qobiliyatlariga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli, AI dan maqsadga muvofiq va muvozanatli foydalanish, uni inson tafakkurini to‘ldiruvchi vosita sifatida qo‘llash zarur bo‘lib, bu orqali texnologiyaga qaramlikning oldini olish va intellektual mustaqillikni saqlab qolish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Александрова Е. Искусственный интеллект в учёбе — благо или зло? // Мир робототехники. – 2024. – 11 июня. – Режим доступа:https://roboticsworld.ru/itai/iskusstvennyy-intellekt-v-uchebe-blago-ili-zlo/?ysclid=mg7l7va5mq732048825 2. Ерохина Е. Эксперимент: использование ИИ-помощников вынуждает мозг «лениться» и потому мешает учёбе // Skillbox Media. – 2025. – 23 июля. – Режим ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 904 доступа: https://skillbox.ru/media/education/eksperiment-ispolzovanie-ii-pomoschnikovvynuzhdaet-mozg-lenitsya-i-potomu-meshaet-uchebe/?ysclid=mg7kkbj28d294336368 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejimni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5234-son Qarori, 2021-yil 26-avgust. – Manba: https://lex.uz/docs/-5603319 (Murojaat qilingan sana: 30.10.2025).