SURXON VOHASIDA SOG'LIQNI SAQLASH TIZIMI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR. TERMIZ SHAHRI MISOLIDA (1925-1945 YY)
Abstract
Mamlakatimizda sovet hukmi o‘rnatilishi bilan, butun ittifoq hududida sog‘liqni saqlashga oid turli xil tadbirlar amalga oshirildi. Shuningdek, ushbu tadbirlar Surxon vohasini ham chetlab o‘tmadi. Termiz shahrida sog‘liqni saqlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, ammo kamchiliklar bir qancha bo‘lganligini turli manbalar va adabiyotlar hamda arxiv ma’lumotlari asosida tahli qilingan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 928 SURXON VOHASIDA SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR. TERMIZ SHAHRI MISOLIDA (1925-1945 YY) Allamurotov Asadbek Baxtiyor o‘g‘li Termiz Davlat Pedagogika Instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix) yo‘nalishi magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17770581 Annotatsiya. Mamlakatimizda sovet hukmi o‘rnatilishi bilan, butun ittifoq hududida sog‘liqni saqlashga oid turli xil tadbirlar amalga oshirildi. Shuningdek, ushbu tadbirlar Surxon vohasini ham chetlab o‘tmadi. Termiz shahrida sog‘liqni saqlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, ammo kamchiliklar bir qancha bo‘lganligini turli manbalar va adabiyotlar hamda arxiv ma’lumotlari asosida tahli qilingan. Kalit so‘zlar: Sog‘liqni saqlash, ambulatoriya, feldsherlik punktlari, shifoxona, Termiz shahri, Surxon vohasi. THE HEALTHCARE SYSTEM IN THE SURKHAN REGION: PROBLEMS AND SOLUTIONS. A CASE STUDY OF THE CITY OF TERMEZ (1925–1945) Abstract. With the establishment of Soviet rule in our country, various measures related to public health were implemented throughout the entire Union. These measures also extended to the Surkhan region. Although the healthcare system was established in the city of Termez, numerous shortcomings persisted. This issue has been analyzed based on various sources, literature, and archival materials. Keywords: Healthcare, Outpatient clinic, Feldsher stations, Hospital, City of Termez, Surkhan region. СИСТЕМА ЗДРАВООХРАНЕНИЯ В СУРХАНДАРЬИНСКОМ РЕГИОНЕ: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ. НА ПРИМЕРЕ ГОРОДА ТЕРМЕЗА (1925–1945 ГГ.) Аннотация. С установлением советской власти в нашей стране на всей территории Союза были реализованы различные мероприятия, связанные с охраной здоровья. Эти меры не обошли стороной и Сурхандарьинский регион. Хотя в городе Термезе была налажена система здравоохранения, тем не менее сохранялся ряд недостатков. Данный вопрос был проанализирован на основе различных источников, литературы и архивных материалов. Ключевые слова: Здравоохранение, амбулатория, фельдшерские пункты, больница, город Термез, Сурхандарьинский регион. KIRISH Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz tiklanayotgan bugungi kunda biz sog‘liqni saqlash tarixini qo‘limizdan kelganicha adabiyotlar, manbalar va arxiv materiallarini o‘rganib sog‘liqni saqlash tizimida bo‘lgan kamchiliklar va yutuqlar haqida aytmog‘imiz kerak. XX asr boshlarida Termiz shahri Buxoro amirligi tarkibida bo‘lgan bo‘lib, buyerda birorta tibboyot muassasi yo‘q edi. Sog‘liqni saqlash tizimi abgor holda edi. 15.12.1924-yilgacha Surxondaryoda bironta vrach, hamshira bo‘lmagan.[1] Shunday bo‘lsada shahar aholisi asosan xalq tabobati hizmatidan ya’ni tabiblar yordamiga muhtoj edi. Tabiblar yillar davomida saqlanib kelinayotgan giyohlar bilan davolash yo‘li orqali davolagan.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 929 Aholi o‘rtasida ushbu tabiblarga ehtiyoji borlar talaygina ammo tabiblarga bo‘lgan ehtiyojini ham qondiraolmas edi. Chunki, ushbu davrda jiddiy muammolardan biri mablag‘ masalasi edi. Mablag‘i yetarli shaxslargina davolana olgan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan tabiblar vohadagi tibbiyot tizimiga bo‘lgan ehtiyojni ma’lum darajada bo‘lsada amallay olgan. Lekin, tibbiyot muassasalariga bo‘lgan talab ortib bormoqda edi. METODOLOGIYA VA ADABIYOTLAR TAHLILI Maqolada umumiy qabul qilingan metodlar-xolislik, tarixiy tahlil, qiyosiy-mantiqiy tahlil, xronologik ketma-ketlik tamoyillari asosida Termiz shahrida sog‘liqni saqlash xizmati tarixini ilmiy manbalar asosida yoritib berishdan iborat. Sovet hokimiyati o‘rnatilishi bilan okrug bo‘yicha faqat Termiz shahridagina aholiga amblatoriya hizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan edi xolos. Harbiy feldsherlar tomonidan bemorlarni qabul qilish ba’zida harbiy qism boshlig‘ining ruxsati bilan o‘tkazilar tibbiy yordam ko‘rsatganligi uchun pul to‘lanar edi. Vrachga bir marta ko‘rinish uchun 50 tiyin, tibbiyot muassasida bir kun davolanish uchun 3 so‘m 50 tiyin, har bir jarrohlik operatsiyasi uchun esa 1020 so‘m to‘lash lozim bo‘lgan.[2] Bu jarayon chekka tumandagi fuqarolar uchun turli xil qiyintchiliklar olib kelgan. Navbat ko‘pligi va mablag‘ masalasida bo‘lgan muammolar darhol ko‘zga tashlanadi. Surxon vohasidag birinchi kasalxona Termiz shahrida tashkil etildi. Surxondaryo viloyati davlat arxividagi materiallarga ko‘ra 6.10.1993-yildagi N128 tarixiy dalolatnomada yozilishicha viloyat sog‘liqni saqlash bo‘limining mudiri A.Shevalovichning 1924-yilgi ma’ruzasidan ko‘rinib turibdiki, viloyatdagi birinchi shofoxona 10 o‘rinlik bo‘lib, 15.05.1924-yili ochilgan. 1926-yil iyul oyida esa 20 o‘ringa kengaytirilgan.[3] Ushbu shifoxonada faqat fuqarolar hakimi, davolovchi hakim va doya bo‘lgan, demak 2 ta vrach va 1 akusherka ishlagan ekan. Oktabr oyiga kelib shifoxona ishchilari tarkibi bitta harbiy hakim, bitta tish davolovchi, bitta xotin-qizlar vrachi va 10 nafar farroshdan iborat edi. Termiz shahridagi dastlabki tibbiyot markazi binosi va yerlari chegarachilar qismi otryadining 31 Amudaryo qo‘riqchi brigadasi binosida joylashgan bo‘lib, bino 1889-yilda qurilgan. Ushbu binoni shifoxona deb ham atashga til ojiz. Yomg‘ir yoqsa suv o‘taydigon, umuman javob bermaydigan ta’mir talab bino bo‘lsada har bir xonasida 9-10 ta bemor yotqizilib davolangan. Shunga qaramasdan shifoxona xodimlari Popova, Belyamisheva, Rodovich, Bermshteyn, Stixovskaya kabilar astoydil mehnat qilishgan. 1928-yili eski kasalxona Surxondaryo shahar okrug binosiga ko‘chirildi va 1-viloyat shifoxonasi deb nomlandi. 1-viloyat shifoxonasini tashkil etishda shifoxona bosh vrachi Topilskiy harakatlari beqiyos. Topilskiy tomonidan bolalar bo‘limi, tishni davolash xonasi, xotin-qizlar poliklinikasi, ichki kasalliklar, jarrohlik ko‘z kasalliklari bo‘limini ochishga muvaffaq bo‘ldi.[1] Termiz shahrida 1928-yili 4 ta davolash tibbiyot markazi mavjud bo‘lib, 80 ta davolash o‘rni bor va ular qoshida 3 ta amblatoriya ishlagan. 1928-yil 1-oktabrdan Termizda mahalliy budjet hisobiga ichki kasalliklar, jarrohlik, ginekologiya, ko‘z va tish davolash bo‘limlari tashkil etildi. Keyinchalik amblatoriyada yana 2 ta bo‘lim: asab va tomoq, quloq va burun kasalliklari bo‘limlari tashkil etildi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 930 1930-yillarda Termiz shahridagi 1-viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasi bosh vrachi Laker o‘z ma’ruzalarida shifoxonadagi kamchiliklarni keltirib o‘tadi. O‘sha yillari shifoxonada qo‘l va yuz yuvgichlari bo‘lmagan, 20 ta bemorga 5-7 ta kosa to‘g‘ri kelganligi achinarli ahvol edi. Shifoxonada 15 ta davolovchi vrach yordamchisi 7 ta akusherkalar bor edi. 1 ta vrach va 1 ta hamshiraga 100 tadan bemor to‘g‘ri kelardi. Ular 1 kunda 17 soat ishlashga majbur edilar. Termiz shahrida bir nechta tibbiyot muassalari tashkil etilgan bo‘lsada hali hamon mahalliy aholi vakillari tabiblar hizmatidan foydalanayotgan edi. Bunga sabab mahalliy aholi vakillari rus tilini bilmaganligi hamda tibbiyot muassalarida asosan rusiy zabon tibbiyot xodimlari ishlaganligi edi. 1941-yil 3-fevralda Surxondaryo tuman kengashi Ijroiya Qo‘mitasi majlisining N58 qarori 17-bandida qayd etilishicha tumanda 27 ta qishloq vrachlik punkti faoliyat ko‘rsatayotgani biroq buyerda 15 ta shifokor, 12 tasi feldsherlar bilan ta’minlangan. SSSR Xalq Komissarlari Soveti, O’zbekiston SSR va Markaziy Komitet ko‘rsatmalariga bo‘ysunmaslik ya’ni tashkilotlar tomonidan qishloq vrachlik punktlari xodimlari uchun yetarlicha ta’minot (joy, xona va boshqlar) yaratilmagani, qarorlar ijro etilmayotgani qayd etilgan. Qarorga ko‘ra Termiz shahrining o‘zida 11 ta qishloq vrachlik va 50 ta feldsherlik punktidan 19 tasi hali ham turar joy bilan ta’minlanmagan. Shuningdek, bir qator tibbiyot xodimlari poliklinika, shifoxona, ambulatoriya, sanitariya nazorat punktlarida yashab ishlamoqda.[4] 1941-yil 23-aprel kuni SSSR Xalq Komissarlari Soveti, O‘zbekiston SSR sog‘liqni saqlash Xalq Komissarligi - Sog‘liqni saqlash xalq komissari G.Mitorev tomonidan 164-sonli qaror chiqarildi. Ushbu qarorga binoan 780 ta tibbiyot xodimini tayyorlash ko‘zda tutilgan edi. Shundan shifokorlar malakasini oshirish institutlarida 120 kishi tahsil olishi mo‘ljallangan edi.[5] Ammo Jahonda boshlangan urush va ba’zi adolatsizliklar tufayli bajarilmay qoldi. 1941-yil 22-iyunda boshlangan “Ulug‘ Vatan” urushi Termiz shahriga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Natijada vrachlar va hamshiralar frontga jalb qilindi. Urushga jalb etilgan vrachlar hisobiga kasalxonalarda yoshi ulug‘ keksa va ko‘p bolalik vrachlar qolib ketdi Urushdan yarador bo‘lib qaytgan askarlar hisobiga kasalxonada kasallar soni ortib bordi. Urushga safarbar etilayotgan askalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yuki ham tibbiyot muassasi xodimlari zimmasiga yukalatilgan edi. 1941-1945-yillardagi urush xalqimiz g‘alabasi bilan yakunlandi ammo tajribali hakimklar va vrachlar, shifokorlarning bir qismidan ayrildik. NATIJALAR 1925-yilga kelib, shifoxonada 170 bemor davolangan va shifoxonada 108 ta bola tug‘ilgan. 1926-yilda Termiz shahri kasalxonasi yana 40 o‘ringa kengaytirildi. Chunki harbiy vrachlar yеtishmaganligi sababli bu yеrga maxsus vrachlar yuborildi. Bu davrda yuborilgan vrachlar faoliyati faqat shahar aholisi bilan cheklanib qolib, qishloq aholisi e’tibordan chetda qoldirilgan edi. Aholini kasallikdan forig‘ qilish ishlarida ancha ijobiy ishlar amalga oshirilgan. O‘sha yili bezgak kasalidan 30 kishi, sil kasalidan 160 kishi, qichimadan 463 kishi, ko‘z kasali traxomadan 273 kishi, zahimdan esa 332 bemor davolangan. Demak, shifoxonada 1328 bemor sog‘lomlashtirilgan. 1925-1928-yillarda Sog‘liqni saqlash ishlari oldinga siljidi, eng avvalo mazkur sohaga ajratiladigan mablag‘ ko‘paydi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 931 Shunday qilib, 1925-1926-yillarda davlat byudjetidan 84 610 so‘m, mahalliy byudjetdan 92 034 so‘m, davolash fondidan 29 534 so‘m mablag‘ ajratilgan, hammasi bo‘lib 207 967 so‘mni tashkil etgan. 1926-1927-yillari esa davlat byudjetidan 65 847 so‘m, mahalliy byudjetdan 28 694 so‘m va davolash fondidan 65 935 so‘m, hammasi bo‘lib 413 726 so‘m ajratilgan. Bu esa 19251926-yillarga nisbatan 193 foizni tashkil etadi.[6] 1927-1928-yillarda ham sog‘liqni saqlash ishlari uchun mablag‘ ajratishdagi o‘zgarishlar va o‘sishlar davom etdi. Bu yillar uchun mablag‘ davlat byudjetidan 80 040 so‘m, mahalliy byudjetdan 377 095 so‘m va davolash fondidan 113 940 so‘mni, hammasi bo‘lib 571 025 so‘mni tashkil etgan. Bu esa 1926-1927-yillarga nisbatan 275 foizga oshganligini ko‘rsatadi, ya’ni mablag‘ ajratish bu davrga kelib uch marta oshgan edi. 1927-yilda okrug kasalxonalarida 18 554, 1928-yilda esa 22 508 bemor kasalxona o‘rinlaridan foydalanib, o‘z sog‘liqlarini tikladilar. Termiz shahri aholisi sog‘lig‘ini saqlash borasida amalga oshirilgan tadbirlar ma’lum ma’noda o‘zining natijalarini berib, ijobiy yutuqlarga erishildi. Bu davrda Termizda bolalar konsultatsiyasi, bezgak kasalligiga qarshi stansiya, Pasterov stansiyasi, vrachlik bo‘limi, butun okrugga xizmat qiluvchi bitta dorixona va bakteriologiya laboratoriyasi bor edi. Viloyatimizning iqlim sharoiti, unda kasalliklarning kechishi, davolashda iqlim sharoitlarini o‘rganish va mahalliy kadrlarning malakasini oshirish maqsadida Toshkentdan S. M. Salmin, G. K. Pervintsev, T. E. Arskaya, D. S. Sergeev, A. M. Rexina, A. S. Mnushkin, A. G. Tyumenalar oilalari bilan kelishib faoliyat ko‘rsatdilar. Ulardan biroz keyinroq, O‘rta Osiyo Davlat Universitetining davolash bo‘limini bitirgan K. H. Toirov, I. K. Musoboev, A. S. Zohidov kabi shifokorlar kelib, bemorlarni davolashda katta yordam berdilar. 1927-yilda Termiz shahridagi shifoxonada Ch. T. Bojenov, P. S. Pozhon, Ye. G. Lyupotskaya, I. O. Filatova, N. I. Prezrenika, A. V. Kozarinov, B. Ye. Loazerva, K. P. Staxanovskaya, A. I. Verolovskaya, Ye. I. Ezhevskaya, M. A. Semonyak kabi vrachlar jonbozlik ko‘rsatib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatganlar. 1932-yilda Termiz shahridagi 1-viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasi faytun oladi, 1936yilga kelib esa davlat tomonidan 300 o‘rinli bu shifoxonaga 1 ta mashina beriladi. Uning birinchi haydovchilari Kozimirov, Ch. Ye. Podgorniy, Podziriy kabi shofyorlar bo‘lib, ular shifoxonada mayda xonalarda yashaganlar. Yoqilg‘i sifatida ishlatilgan o‘tinlar shifoxona xodimlari tomonidan Amudaryo bo‘yidan terib keltirilgan. Yangi qurilgan jarrohlik korpusi o‘rnida joylashgan binoga 1933-yili ichki kasalliklar bo‘limi ko‘chirildi. 1935-yili okrug aholisi uchun tibbiyot xizmati Termiz, Sherobod, Boysun va Sariosiyo tumanlaridagi 200 o‘rinli davolash muassasalarida, 5 ta ambulatoriyada, 2 ta maxsus davolash shifoxonasida hamda 4 ta dorixonada amalga oshirildi. “Pravda” gazetasi nomli maktab o‘qituvchisi F.Hakimova shahar harbiy komissariatiga o‘zini harakatdagi armiyaning sanitariya drujinasiga qabul qilishlarini so‘rab ariza yozishdi. Termizlik Vera Volochkina, Anna Shumixina, A.Fomina kabi ayollar qonli jangohlarda hamshira sifatida faoliyat yuritib, yarador askarlarga tibbiy yordam ko‘rsatishdi. Tibbiyot xodimi M.I.Blauishteyn urushga birdan to‘rt nafar o‘g‘lini jo‘natdi.[7] 1941-yili shifoxonada xalqpavar hakimlar soni yanada ko‘paydi. Ularning deyarli ko‘pchiligi rus millatiga mansub edi. Yekaterina Aleksandrovna Yevseyeva bosh shifokor, G. I. Solichenko-ichki kasalliklar bo‘limi, G. N. Parfenova-ginekologiya, P. F. Zabrodina-ko‘z kasalliklari, A. I. Artamanova-jarrohlik, K. F. Ragozina-bolalar, Ye. M. Perventsov-tug‘ruqxona
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 932 bo‘limi, R. A. Akanin esa rentgen xonasining mudiri bo‘lib ishladilar. Shuningdek, shifokorlardan Sh. K. Botirov, M. S. Avrova, G. M. Zhuchkovalar ham shu yerda mehnat qilgan edilar. XULOSA Xulosa qilinganda Termiz shahriga muhim vaqtlarda markazdan malakali tibbiyot xodimlari chaqirtirildi, biroq, mahalliy kadrlar tayyorlashga umuman e’tibor berilmadi. Markazdan kelgan malakali tibbiyot xodimlari ma’lum muddat ishlab, sharoit yo‘qligi tufayli va aholi tili va diniy-madaniy jihatdan moslasha olmaganligi tufayli yana ketib qolar edilar. Vohada aholini uy-joy bilan ta’minlash juda yomon holatda bo‘lib, ishga kelgan tibbiyot xodimlari shu muammo sababli bu yеrda qolishni istamaganliklarini ko‘pgina manbalar ham tasdiqlaydi. Ushbu masala 1941-yil O‘zbekiston SSR hukumati tomonidan tibbiyot xodimlarini kerakli moddiy sharoitlar va uy-joy bilan ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qilingani bejis emasdi. Aytib o‘tilgan ma’lumotlar asosida shuni aytish mumkinki, vohada aholi sog‘lig‘ini saqlash maqsadida sovet hukumatining dastlabki kunlarida bir qancha amaliy ishlar olib borildi. Xususan, yangi tibbiy maskanlarni tashkil etish, shifokorlar va tibbiy xodimlar sonini ko‘paytirish, ayrim kasalliklarning oldini olish va davolashda ijobiy natijalar kuzatildi. Lekin, shifoxonalar, ambulatoriyalar, tibbiyot xonalari va bolalar bog‘chalari Termiz shahar aholisi uchun yеtarli emas edi. Shu bilan birga, tibbiyot maskanlari ta’minoti va moddiy-texnikaviy bazasi o‘ta past darajada edi. Bugungi kunda ushbu xatolar va kamchiliklardan saboq olgan holda tibbiyot sohasida katta qadamlar tashlanmoqda. ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 85 yoshda. Sh.A.Raupov, A.D.Dusbayev. Termiz shahri –– 2009-yil. 2. Surxondaryo tarixi. S.Tursunov, E.Qobilob, B.Murtazoyev, T.Pardayev va boshq. –– T.: “Sharq”, 2004. 3. Surxon vohasida sog‘liqni saqlash tizimi va muammolari. O.A.Isayev. Tamaddun Nuri jurnali – 2024. 4. Surxondaryo viloyat Davlat arxivi, fond-77, opis-2, ish-2, sahifa-2. 5. Surxondaryo viloyat Davlat arxivi, fond-77, opis-1, ish-1, sahifa-5. 6. Surxondaryo tarixi. S.N.Tursunov, D.T.Yakubova. T.: “Tafakkur” 2020. 7. Termiz tarixi. S. Tursunov, E. Qobulov, T. Pardayev, I. Umarov.