scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OILADA SHAXSLARARO MUNOSABATNING BARQARORLIGI

M.T.Voxidova; Tilloyeva Xulkar

Abstract

Maqolada oilada shaxslararo munosabatlarning barqarorligi va uning ijtimoiy ahamiyati tahlil qilingan. Oila nafaqat moddiy qo‘llab-quvvatlash, balki ma’naviy, axloqiy va ruhiy rivojlanishni ta’minlaydigan asosiy ijtimoiy institut sifatida ko‘rib chiqilgan. Maqolada oilaviy munosabatlarning shakllanishi, barqarorligi va ijtimoiy omillari, shuningdek, zamonaviy oilalardagi inqirozli holatlarning oldini olish yo‘llari tahlil qilingan

Full text

OURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH Volume 3, Issue 6, November 2025 Online ISSN: 3030-3508 https://spaceknowladge.com =============================================================== =============================================================== Volume 3 Issue 6 [November 2025] Pages | 125 OILADA SHAXSLARARO MUNOSABATNING BARQARORLIGI M.T.Voxidova Buxoro davlat texnika universiteti “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi dotsenti Tilloyeva Xulkar Buxoro davlat texnika universiteti-108-25 MSU guruhi talabasi MAQOLA MALUMOTI ANNOTATSIYA: MAQOLA TARIXI: Maqolada oilada shaxslararo munosabatlarning barqarorligi va uning ijtimoiy ahamiyati tahlil qilingan. Oila nafaqat moddiy qo‘llab-quvvatlash, balki ma’naviy, axloqiy va ruhiy rivojlanishni ta’minlaydigan asosiy ijtimoiy institut sifatida ko‘rib chiqilgan. Maqolada oilaviy munosabatlarning shakllanishi, barqarorligi va ijtimoiy omillari, shuningdek, zamonaviy oilalardagi inqirozli holatlarning oldini olish yo‘llari tahlil qilingan. Received:29.11.2025 Revised: 30.11.2025 Accepted:01.12.2025 KALIT SO’ZLAR: Oila, shaxslararo munosabatlar, barqarorlik, tarbiya, ijtimoiy muhit, farzand tarbiyasi, ma’naviy qadriyatlar Oila - inson hayotida eng asosiy ijtimoiy institutlardan biri. U nafaqat moddiy qo‘llabquvvatlashni, balki ma’naviy, axloqiy va ruhiy rivojlanishni ham ta’minlaydi. Shaxslararo munosabatlarning barqarorligi oilada tinchlik, totuvlik va axloqiy muhitni saqlashda muhim ahamiyatga ega. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, oila – jamiyat tayanchi, ma’naviyat beshigi va avlodlar o‘rtasidagi uzviylik ramzidir. Xalqimiz azal-azaldan oilaga muqaddas qadriyat, barqarorlikning mustahkam asosi sifatida qarab keladi. Darhaqiqat, oila bu inson uchun muqaddas maskan, kishilik jamiyatining ijtimoiy poydevoridir. Bola shakllanishining ilk maktabi esa ota-onaning o‘zaro munosabatlari majmui hisoblanadi. Oila barqarorligini belgilovchi shaxslararo munosabatlar ta’siriga xos OURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH Volume 3, Issue 6, November 2025 Online ISSN: 3030-3508 https://spaceknowladge.com =============================================================== =============================================================== Volume 3 Issue 6 [November 2025] Pages | 126 qimmatli ma’lumotlar hozirgi oilaviy turmush va uning barqarorligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Oilada shaxslararo munosabatlar madaniyatining shakllanganligi oila a’zolarining jamiyatda o‘z o‘rnini, qadrini topishga o‘z istak va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratadi. Agar unda oilaviy munosabatlar yetarli darajada shakllanmagan bo‘lsa yoki shakllanmasa unda turli muammolar va nizolar shakllanadi. Oila-jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, yacheykasi bo‘lib, unda er-xotinlik, ota-onalik, farzandlarning va tug‘ishganlarning o‘zaro shaxsiy qarindoshlik va mulkiy maksadlari, manfaatlari va hukuklari bilan bog‘liq munosabatlar mujassamlashgandir. Kishilar uchun muqaddas dargoh bo‘lgan oila insonlarning tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy munosabatlari zamirida vujudga keladi. Albatta oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi. Bu jarayonda eng avvalo ikkala jins o‘rtasidagi kelishuv, ya’ni nikoh asosiy rol o‘ynaydi. Chunki oila taqdiri rasmiy-nikohiy tus olishidan boshlanadi, shundagina er-xotin oldida, xotin er oldida, ular ota-ona sifatida farzandlaru qavm-qarindoshlar, mahalla-ko‘y, qisqasi jamiyat oldida, o‘z navbatida farzandlar ham o‘z ota-onalari va el oldida ma’suliyat sezadilar va burchli ekanliklarini xis etib yashaydilar. Oila - kishilarning tabiiy-biologik, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligidir. Darhaqikat, oila er-xotin, ularning bola-chaqalari, eng yaqin tug‘ishganlaridan iborat kishilar guruhi, boshqacha aytganda xonadonidir. Chunki oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir erkaknnng o‘zi yoxud bir ayolning o‘zi oila bo‘la olmaydi. Qolaversa, oila faqat er va xotindangina iborat emas. Oila er-xotindan tashqari erning ota-onasi, ya’ni qaynota va qaynonalar, farzandlar, uka va singillardan iborat ko‘p bo‘g‘inli xonadon. Uning har bir a’zosi o‘z mavqeiga ega, shu oilaning ichki intizomiga buysunib yashaydi. Shu ma’noda oila jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu jamiyatnint o‘z saltanati bor: Bunda minglab tasodiflar jarayonida er-xotin muhabbati sinovdan o‘tadi, shu sinov jarayonida ular bir-birlarini chuqurrok tushuna boradi, bir-birlarini qadrlashni o‘rniga qo‘yadigan bo‘ladi, bir-birlariga kechirimli bo‘lishadi, er-otaga, xotin-onaga aylanadi, farzandlarni tarbiyalab elga qo‘shadi, orzu-havas ko‘radi. Shu manoda oila inson hayotiga to‘kislik baxsh etadi, jamiyatning muqaddas maskani sifatida sadoqat sarchashmasiga aylanadi. Islom dining manbai Qur’oni Karimda xotin va erkakning bir-biriga muhabbat va tinchlik topishi ta’kidlangan: “Ularning orasida tinchlik va muhabbat borligini ko‘ringlar.” (Rum, 21) Oiladagi mehr va hurmat bolalarga ham o‘rnak bo‘ladi. OURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH Volume 3, Issue 6, November 2025 Online ISSN: 3030-3508 https://spaceknowladge.com =============================================================== =============================================================== Volume 3 Issue 6 [November 2025] Pages | 127 Oilaviy turmushning muhim muammolari, undagi shaxslararo munosabat masalalari, uning barqarorligi va uni ta’minlashni ijtimoiy psixologik omillari barosida bir qancha nazariy hamda amaliy tadqiqotlar o‘tkazilgan. Oilada shaxslararo munosabatlarning o‘ziga xos tomonlari uning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Latish olimi I. Plotnieks oila haqida shunday fikrlarni aytgan edi: “Shunday bolalar baxtliki, qachonki , ota-onasi hamjixatlikda hayot surishsa, bir-birlarini tushunib hurmat qilishsa shundagina bolalari ham ota-onasi taqlid qidib voyaga yetishadi va ota-onasi kabi turmush kechiradilar” ,-degan edi. Zamonaviy oilalardagi ijtimoiy-psixologik muhit jamiyatning barqarorligi va oilaning ichki totuvligi uchun beqiyos ahamiyatga ega. Oiladagi bu muhit, bir tomondan, har bir a’zoning individual ehtiyojlari va istaklarini hisobga olgan holda shakllantiriladi, boshqa tomondan esa jamiyatning ijtimoiy qadriyatlari va normativ talablariga mos keladigan tarzda tartibga solinadi. Shu tariqa, oilaviy muhit bilan jamiyatning o‘zaro uyg‘unligi nafaqat oiladagi tinchlik va farovonlikni ta’minlaydi, balki uning a’zolarining ijtimoiy moslashuvchanligini ham kuchaytiradi. Shuningdek, oiladagi sub’ektlarning maqsad va niyatlarining uyg‘unligi, qadriyatlar darajasining saqlanayotganligi, avlodlar o‘rtasida madaniy va axloqiy an’analar uzluksiz tarzda meros sifatida yetib borishi, etnik va madaniy muhitning munosabatlarda saqlanishi oilaning ichki barqarorligini mustahkamlaydi. Bu omillar, avvalo, oilaning barcha a’zolari o‘rtasida sog‘lom muloqot va hurmat muhitini yaratadi, shuningdek, avlodlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni kamaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari, ijtimoiy kutishlar, rollar taqsimoti va oilaviy majburiyatlarning aniq belgilanganligi oilada so‘zsiz inqirozlarning oldini olishga xizmat qiladi. Har bir a’zo o‘z rolini anglab, unga mos harakat qilganda, oiladagi nizolar kamayadi, ijtimoiy va psixologik muvozanat saqlanadi. Shu bilan birga, oilaning ichki totuvligi, avlodlararo hurmat va qadriyatlarning uyg‘unligi, bolalarning ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratadi. Natijada, zamonaviy oilalardagi ijtimoiy-psixologik muhit nafaqat oilaning ichki barqarorligini ta’minlaydi, balki jamiyatning umumiy farovonligi, avlodlar ma’naviy kamoloti va ijtimoiy uyg‘unligi uchun ham muhim vosita hisoblanadi. Shu bois, oiladagi har bir ijtimoiy-psixologik jarayon, qadriyat va rollarning uyg‘unligi, ularning sog‘lom muhitni saqlashdagi roli nafaqat shaxs, balki butun jamiyat uchun asosiy ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda oila muammosiga aloqador masala uning barqarorligini ta’minlash, undagi inqirozli holatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarni ishlab chiqishga da’vat etadi. OURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH Volume 3, Issue 6, November 2025 Online ISSN: 3030-3508 https://spaceknowladge.com =============================================================== =============================================================== Volume 3 Issue 6 [November 2025] Pages | 128 Oiladagi ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi muammolar o‘tmishda ham hozirgi kunda ham dolzarb muammolar sirasiga kiradi. Oilada bola tarbiyasi jarayonida ota-onaning roli beqiyosdir. An’anaviy tajriba shuni ko‘rsatadiki, o‘g‘il bola ko‘proq otasining, qiz esa onasining xulq-atvorini, odobini va hayotiy qarashlarini o‘zlashtiradi. Shu bois, yosh niholning to‘g‘ri unib-o‘sishi, uning ma’naviy va ijtimoiy kamolotga erishishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ota-onaning e’tiboriga va tarbiyaviy mehnatiga bog‘liqdir. Hayotiy misol sifatida, har qanday meva daraxtning qattiq urug‘idan o‘sishi va meva berishi kabi, bolaning ruhiy va axloqiy rivojlanishi ham otaonaning bergan tarbiyasi va e’tiboriga bog‘liq bo‘ladi. Afsuski, bugungi kunda er-xotinlarning farzandlarga bo‘lgan tabiiy ota-onalik mehriga qaramay, tarbiyaviy faoliyatda sezilarli tanazzul kuzatilmoqda. Ko‘plab oilalarda ota-onalar farzandlarining moddiy ta’minoti va moddiy qulayliklariga ko‘proq e’tibor qaratmoqda, shu bilan birga ularning ruhiy, axloqiy va ma’naviy rivojiga yetarlicha e’tibor ajratmayapti. Natijada, oilaviy tarbiya jarayonida bo‘shliq yuzaga keladi, bu esa zamonaviy oilalarda ijtimoiy-psixologik muhitning beqarorligiga olib keladi. Shu bilan birga, oiladagi bu bo‘shliq nafaqat farzandlarning shaxsiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki ularning jamiyatdagi ijtimoiy moslashuvchanligi, muloqot madaniyati va axloqiy qadriyatlarini shakllantirish jarayonini ham qiyinlashtiradi. Bola, ota-onaning e’tiborsizligi va tarbiyadagi yetishmovchilik tufayli, ichki ruhiy barqarorlikni yo‘qotishi, ijtimoiy vazifalarni to‘g‘ri anglamasligi va kelajakda munosabatlarda muammolarga duch kelishi mumkin. Shu bois, zamonaviy oilalarda ota-onaning farzand tarbiyasidagi roli yanada mustahkamlanishi, ularning ruhiy va ma’naviy rivojiga yetarli e’tibor qaratilishi nihoyatda muhimdir. Ota-onalar farzandlarining moddiy ta’minotiga qaraganda, ularning ma’naviy va psixologik farovonligiga ham yetarlicha ahamiyat berishi, oilaviy muhitni sog‘lom va barqaror qilish, shuningdek, jamiyatdagi ijtimoiy-psixologik uyg‘unlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Millat taqdiri mana shu millat vakillari yashagan oilaning holatiga bog‘liqdir, qaerda oila munosabatlari kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo‘ladi. Tarbiyaning murakkabligi haqida sohibqiron Amir Temur bobomiz shunday fikrlirni bayon qilgan edilar: “Men farzand tarbiyalashda davlatni boshqarishdan ko‘ra chuqurroq mushohada, undan ham chuqurroq donishmandlik kerakligiga ishonch hosil qildim ”, Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yohud ahloq” asarida “Tarbiya biz uchun yo OURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH Volume 3, Issue 6, November 2025 Online ISSN: 3030-3508 https://spaceknowladge.com =============================================================== =============================================================== Volume 3 Issue 6 [November 2025] Pages | 129 hayot - yo mamot, yo najot –yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir”, -deb ulkan baho beradi. Ota - ona farzandlariga zebu ziynat, boylikni meros qilib qoldirgandan ko‘ra ,yaxshi xulq, shirin suxanlik va namunali tarbiyani meros qilib qoldirgani afzalroqdir. Bola uchun oila nafaqat yashash joyi yoki moddiy ta’minot manbai, balki uning shaxsiy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun eng muhim makondir. Oiladagi sog‘lom ijtimoiy va ruhiy muhit bola ongida ijobiy qadriyatlarni shakllantiradi, u bilan bog‘liq totuvlik, mehroqibat, madaniy-ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, shuningdek an’analar bola uchun hayotiy tajriba manbai sifatida xizmat qiladi. Shu bilan birga, oila bola uchun ijtimoiy tajribalar, amaliy malaka va muhim ko‘nikmalarni egallash maskani hisoblanadi. Har bir kun, oilaviy muloqotlar, ota-ona bilan o‘tkazilgan vaqt va oiladagi o‘zaro hurmat bolada insoniy fazilatlarni rivojlantirishga, jamiyatda to‘g‘ri va mas’uliyatli shaxs sifatida shakllanishga yordam beradi. Zerikarli bo‘lmagan bu ta’lim-tarbiyaviy jarayonda oilaning roli beqiyosdir. A. Adlerning so‘zlariga ko‘ra: “Oila mo‘jazgina bir jamiyatdir, butun insoniyat jamiyatimizning daxlsizligi, uning jipsligiga bog‘liq”. Bu fikr shuni ko‘rsatadiki, har bir oilaning ichki totuvligi va ma’naviy sog‘lomligi nafaqat o‘z a’zolarining, balki butun jamiyatning barqarorligi va farovonligiga bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli, bolani tarbiyalashda oilaviy muhitni sog‘lom, totuv va ma’naviy boy holda saqlash, unda axloqiy va madaniy qadriyatlarni singdirish eng ustuvor vazifa hisoblanadi. Shuningdek, oilada shakllangan ijobiy munosabatlar, mehr-oqibat va ma’naviy qadriyatlar bola ongida mustahkam tayanch vazifasini o‘taydi. Bola oiladagi iliq va qo‘llabquvvatlovchi muhit orqali nafaqat sevgi va hurmatni, balki hayotiy tajriba va axloqiy qadriyatlarni ham o‘rganadi. Ushbu qadriyatlar bola ongida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi va uning kelajakdagi shaxsiy va ijtimoiy qarorlarida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Bunday oilaviy muhit bolaga ijtimoiy moslashuvchanlikni o‘rgatadi, ya’ni u turli ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini to‘g‘ri tutishni, boshqalar bilan muomala madaniyati asosida aloqa o‘rnatishni va jamiyatda o‘z o‘rnini topishni o‘rganadi. Shuningdek, oilada shakllangan qadriyatlar bola ongida mas’uliyat, hurmat, halollik va mehribonlik kabi xulqiy fazilatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu tariqa, har bir oilaning ruhiy totuvligi va ichki muhitining ijobiyligi, madaniy va axloqiy qadriyatlarning boyligi nafaqat bolaning shaxsiy kamolotini ta’minlaydi, balki jamiyatning umumiy barqaror rivojlanishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Barqaror oilaviy muhit, mustahkam qadriyatlar va sog‘lom ijtimoiy-psixologik muloqot jamiyatda ijtimoiy OURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH Volume 3, Issue 6, November 2025 Online ISSN: 3030-3508 https://spaceknowladge.com =============================================================== =============================================================== Volume 3 Issue 6 [November 2025] Pages | 130 uyg‘unlikni mustahkamlash, avlodlar o‘rtasida hurmat va hamjihatlikni rivojlantirish va milliy ma’naviy qadriyatlarni saqlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, oilada shakllangan bu boy qadriyatlar bolaning kelajakdagi shaxsiy hayoti, kasbiy faoliyati va ijtimoiy munosabatlarida mustahkam tayanch vazifasini o‘taydi. Oila tarbiyasida doimiy ta’sirchan kuch-oilaviy tartib, ya’ni oila a’zolarining bir-biriga munosabati, ota-ona va boshqa katta yoshli qarindoshlarning xulq-atvori, madaniyati, oilaning sharoiti va shu kabi omillar sanaladi. Oila qanchalik tartibli, bir-biriga mehroqibatli bo‘lsa, o‘zaro munosabatlari samimiy bo‘lsa, bola tarbiyasi ham shunchalik samarali bo‘ladi. Oilada shaxs nafaqat shakllanadi, balki butun hayoti davomida rivojlanadi, kamol topadi. Demak, oilaning barqarorligi bu - baxtli va farovon turmush tarzi, shaxslararo munosabatlarning ijobiy xususiyatidir. Yosh avlodning ma’naviy qiyofasi, ularning xattiharakati, xulq-atvori dastlab oilaviy munosabat madaniyatida shakllanadi. Zero, oila bu tarbiya o‘chog‘i hisoblanadi. Oila - jamiyatning bir bo‘lagidir. Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilagi ta’sirini ko‘rsatganidek, oiladagi o‘zgarishlar ham jamiyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Foydalanilgan Adabiyotlar 1. Toshpulatov A. Oilaviy tarbiya va shaxsiy munosabatlar. Toshkent, 2016. 2. Karimova N. Oila va jamiyat: psixologik va pedagogik tadqiqotlar. Toshkent, 2018. 3. Axmedov R. Oilada kommunikatsiya va insoniy munosabatlar. Toshkent, 2020. 4. Вахидова, М. Т. (2022). Духовно-нравственное воспитание молодежи узбекистан в контексте толерантности. innovative development in the global science, 1(7), 82-90. 5. Vohidova, M. (2023). Social and ethical aspects of the existence of tolerance in young people. Innovative Development in Educational Activities, 2(6), 559-566. 6. Kakhramonovna, K. S. (2024). The role of spiritual education in the development of the new uzbekistan. journal of international scientific research, 1(3), 84-102. 7. Jahongir, S. (2020). Philosophical views of Umar life. Academicia. An International Multidisciplinary Research Journal.–India, 10(4), 360-364. 8. Shodiev, J. J. (2020). Interpretation of moral facts in the opinions of Umar Khayyam. International engineering journal for research & development.-India, 5(3), 143148. OURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH Volume 3, Issue 6, November 2025 Online ISSN: 3030-3508 https://spaceknowladge.com =============================================================== =============================================================== Volume 3 Issue 6 [November 2025] Pages | 131 9. Jurakulovich, S. J. (2022). Attitude to human dignity in the period of amir temur and temurids dynasty. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(5), 43-47. 10. Shodiyev, J. (2021). Jamiyatdagi mehnat munosabatlari sharoitida ma'naviy salohiyat. Журнал истории и общества, (2) 11. JJ Shodiev. A step towards human dignity. golden brain 1 (24), 59-67. 12. Jo‘raqulovich, S. J. (2023). O‘zbekiston-inson qadr topgan yurt. sustainability of education, socio-economic science theory, 2(13), 191-197. 13. Jahongir, S. Interpretation of the image of may in the ruba of umar khayyam. Zbiór artykułów naukowych recenzowanych., 126. 14. Qakhorova, S. (2023). Philosophical and theoretical teaching of amir khusrav dehlavi. Farg'ona davlat universiteti, (5), 17-17. 15. Jurakulovich, S. J. (2024). The role of spirituality in the implementation of the development strategy of the new uzbekistan. Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 11(11), 307-311. 16. Qodirov O. Shaxs va ma’naviyat: oila muhitida tarbiya. Toshkent, 2019. 17. Mavlonova L. Oila psixologiyasi va konfliktlarni boshqarish. Toshkent, 2021.