TA'LIM - TARBIYA JARAYONINING PEDAGOGIK - PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.
Abstract
Maqolada Yurtboshimizning tarbiya haqidagi so’zlari, ta’lim- tarbiya jarayoni, tarbiya haqida tushuncha, psixologiyada tarbiya tushunchasi, oila tarbiyasi, shaxs shakllanishida tarbiyaning o’rni va oilada mehnat tarbiyasi, tarbiya to’g’risida fikrlar hamda maktabgacha yoshdagi bolalarda tarbiyaning o’ziga xosliklari haqida so’z boradi.
Full text
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 379 TA’LIM - TARBIYA JARAYONINING PEDAGOGIK - PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Andijon davlat pedagogika institute “Maktabgacha ta’lim va maxsus Pedagogika “ fakulteti sirtqi ta’lim 305-guruh talabasi Sohobova Oyshaxon Asatullo qizi Annotatsiya ; Maqolada Yurtboshimizning tarbiya haqidagi so’zlari, ta’limtarbiya jarayoni, tarbiya haqida tushuncha, psixologiyada tarbiya tushunchasi, oila tarbiyasi, shaxs shakllanishida tarbiyaning o’rni va oilada mehnat tarbiyasi, tarbiya to’g’risida fikrlar hamda maktabgacha yoshdagi bolalarda tarbiyaning o’ziga xosliklari haqida so’z boradi. Kalit so’zlar: ta’lim, tarbiya, jarayon, tarbiyali bo’lish, oila tarbiyasi, mehnat tarbiyasi, kognitiv tizim tarbiya, psixoterapiya, psixokorreksiya, psixoanaliz, xulq atvorli bo’lish, tarbiya ehtiyojlari. Аннотация: В статье рассматриваются высказывания нашего Президента о воспитании, образовательном процессе, понятии воспитания, понятии воспитания в психологии, семейном воспитании, роли воспитания в формировании личности и трудовом воспитании в семье, размышления о воспитании и особенностях воспитания детей дошкольного возраста. Ключевые слова: образование, воспитание, процесс, воспитание, семейное воспитание, трудовое воспитание, когнитивное воспитание, психотерапия, психокоррекция, психоанализ, поведенческое бытие, потребности в воспитании. Abstract: The article discusses the words of our President about upbringing, the educational process, the concept of upbringing, the concept of upbringing in psychology, family upbringing, the role of upbringing in personality formation and labor upbringing in the family, thoughts on upbringing, and the specifics of upbringing in preschool children. Keywords: education, upbringing, process, being educated, family upbringing, labor upbringing, cognitive upbringing, psychotherapy, psychocorrection, psychoanalysis, being behavioral, upbringing needs.
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 380 KIRISH. “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”. “Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman _ SH.MIRZIYOYEV. “Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim.Buning uchun yoshlarimiz bilan ko’proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy ko’mak berishimiz kerak.Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy ananalarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz”,-deydi muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Taʼlim – bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi. Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi. Jarayon — bu bir-birini almashtirib turuvchi hodisalar natijasida rivojlanish, biror natijaga erishish uchun ketma-ket harakatlar va ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa sohalarda davom etuvchi, uzluksiz harakatni bildiradi. Jarayonlar miqyosiga koʻra global, mintaqaviy va milliy boʻlishi mumkin va uzoq yoki qisqa vaqt davomida yuz berishi mumkin.
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 381 • Boshlanish va tugallanish jarayoni: Har qanday jarayon biror natijaga erishish uchun sodir boʻladigan ketma-ket harakatlar yigʻindisidir (masalan, ishlab chiqarish jarayoni). • Siyosiy va huquqiy jarayon: Sudda ishni koʻrish, sud majlisi, muhokama kabi tartib-qoidalar ham jarayon hisoblanadi. • Ijtimoiy jarayonlar: Bu jarayonlar sabab va oqibat munosabatlarida namoyon boʻlib, jamiyatning umumiy kayfiyatiga salbiy yoki ijobiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. • Muddati va miqyosi: Jarayonlarning miqyosi umumbashariy, mintaqaviy va milliy boʻlishi mumkin. • Boshqaruv jarayoni: Jarayonlar odamlarning kuchi va qudratiga bogʻliq boʻlib, ularni boshqarish va maqsad sari yoʻnaltirish muhimdir. Ta’lim jarayoni – bu bilim, malaka va ko‘nikmalar berish, odamni hayotga va mehnatga tayyorlash jarayonidir. Tarbiya esa ta’limni o‘z ichiga olgan kengroq, umrboqiy jarayon bo‘lib, shaxsni shakllantirishga qaratilgan. Ta'lim tor ma'noda o'qitishni anglatadi, tarbiya esa oila, ishlab chiqarish va jamiyatning barcha sohalarida amalga oshiriladi. Ta'lim jarayoni • Bilim, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish. • Odamni hayotga va mehnatga tayyorlash. • Maxsus o‘quv yurtlari, oila, ishlab chiqarish kabi turli joylarda amalga oshiriladi. Tarbiya jarayoni • Ta'limni o'z ichiga oladi, shuning uchun undan ko'ra kengroq va mukammaldir. • Shaxsni shakllantirishga qaratilgan. • Oila, jamiyat, ta'lim muassasalari kabi barcha sohalarda davom etadi. Ta'lim va tarbiya munosabati • Bir-birini to‘ldiradi: Ta'lim tarbiyaning bir qismi bo'lsa, tarbiya ta'limni o'z ichiga oladi. • Maqsadlari: Ta'lim ma'lumot berishga qaratilgan bo'lsa, tarbiya insonni barkamol shaxs qilib tarbiyalashni nazarda tutadi.
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 382 Demak, Ta’lim bilan Tarbiya o’zaro birbiri bilan chambarchas bog’liq. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi. Pedagogik psixologiyada tarbiya tushunchasi_ shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantish jarayoni, kishilarning ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy aktiv ishtirok etishga qaratilgan barcha ta’sirlar majmui. Tarbiya bu alohida jarayon emas, balki o’qitishning bir tomoni bo’lib, u bilan umumiy va farqli tomonlarga ega. Bilim berish va tarbiyaga, asosan, insonning ijtimoiy ko’nikma olish mexanizmining o’ziga xos jihatlarini kiritish mumkun. Tarbiya jarayonining ilmiy asoslari bilan psixologiyadan tashqari _ falsafa; _ sotsiologiya; _ pedagogika fanlari shug’ullanadi. Tarbiyaning asosiy turlari oiladagi tarbiya va ijtimoiy tarbiyadir. Tarbiya ijtimoiy hayotning muhim funksiyasidir. Tarbiya shaxsning individual taraqqiyoti, axloqiy, jismoniy kamolotida yetakchi rol o’ynaydi. Kognitiv tizim, kognitiv tuzilma (lotincha: cognitiо „idrok, tasavvur qilish, ishning tahlili“) — xarakter, tarbiya, kuzatish va atrofdagi dunyoni aks ettirish natijasida ongda rivojlangan bilimlar tizimi (shaxsning). Ushbu tizimga asoslanib, maqsadlar qoʻyiladi va maʼlum bir vaziyatda qanday harakat qilish kerakligi haqida qarorlar qabul qilinadi, kognitiv dissonansdan qochishga harakat qiladi. Kognitiv tizimning asosi — fikrlash, ong, xotira va tilning oʻzaro taʼsiri; bunday tizimning tashuvchisi insonning miyasi . Kognitiv tarbiya ta’siri kishining bilim tizimlariga yo’naltirilgan bo’lib uni o’zgartirish mukammallashtirishni maqsad qilib qo’yadi. “ Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga , ilmga va mashqqa “ _degan edi ulug’ olim Arastu. Ana shu g’oyalarga asoslangan holda tarbiyachilar quyidagilarga amal qilishlari lozim; _ tarbiyada ulg’ayayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish; _ milliylikning o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish, jahon madaniyatining ilg’or tajribalariga asoslanish; _ ulg’ayayotgan inson faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish; _ qiziqarli, to’laqonli ulg’ayayotgan inson yosh jihatlariga mos hayot iqlimini yaratish; Oila tarbiyasioilada otaonalar, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 383 tarbiyalash. Oila qanchalik tartibli bo’lsa bolaning shunchalik muvaffaqiyatli bo’lishiga asos bo’ladi. Ma’lumki, shaxsning rivojlanganlik darajasini ta’minlovchi asoslar dastlab oilada yaratiladi. Birinchi prezidentimiz I.A.KARIMOV ta’kidlaganidek “ Bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urfodatlar bola zuvalasini shakllantiradi” - degan so’zlari bejizga aytilmagan. Oiladagi muhit ham bola tarbiyasida asosiy rol o’ynaydi. Oilada mehnat tarbiyasi bolalarni uy yumushiga jalb etishdan boshlanadi. Bolaning ilk mehnat tajribasi kelgusida uning mehnat faoliyati samarali bo’lishiga asos bo’ladi. Tarbiyaning bosh vazifasi jamiyat hayotida zarur bo’lgan kerakli sifatlarni o’zida mujassamlashtirgan shaxsni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Tarbiyali bo’lishbu xulq – atvorini nazorat qilishdan iborat. Bunday nazorat insonga yomon xattiharakatlarni bajarmaslik imkoniyatini beradi. Agar shaxs xulq atvorini axloqiyligi haqida qayg’ursa, u ijtimoiylashuvga erishgan bo’ladi. Tarbiya vositalari sifatida o’ziga xos o’rinni kompleks, global va har taraflama o’tkaziladigan ta’sirlar egallaydi. Ular qatoriga, masalan, psixoterapiyani, ijtimoiypsixologik treningni va boshqa psixokorreksiya turlarini ko’rsatish mumkin. So’ngi paytlarda shaxsga psixoterapevtik va psixokorreksion ta’sir vositalarini, uslublarini qo’llash keng tarqalgan. Psixoterapiya pedagogik psixologiyaning bir bo’limi emas, balki to’la psixogen tabiatga ega bo’lgan, insonning psixologik holatiga bog’liq kasalliklarni davolash yoki ularni oldini olish vositasi deb tushunilgan. Psixokorreksion uslublarni qo’llash deb, psixologpsixoterapevt va mijoz muloqotiga aytiladi. Psixoanaliz — bu shaxsning ongsiz ruhiy jarayonlari va xatti-harakatlarini o‘rganishga qaratilgan psixologiya (va psixiatriya)ning bir yo‘nalishi. Ajdodlarimiz asrlar davomida sevib mutolaa qilgan “Pandnoma”, “Siyosatnoma”, “Qobusnoma”, “Axloqi muhsiniy”, “Axloqi jaloliy”, “Axloqi nosiriy”, “Qonuni hikmat”, “Odob as-solihin”, “Turkiy “Guliston” singari asarlar shular jumlasidandir. Ushbu nodir asarlarda avval axloq-tarbiyaga oid biror so'z va tushunchani izohlab, keyin unga o'quvchi amal qilish uchun naqliy va axloqiy dalillar keltiradi. Umuman ularning mazmun-mundarijasi, ularda ilgari surilgan ilg'or g'oyalar bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan.
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 384 .”Tarbiya” so’zi arabcha “robba” fe’lidan olingan bo’lib, o’stirdi, ziyoda qildi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh qildi ma’nolarini bildiradi. Musulmon ulamolar “Tarbiya”ni bir necha xil ta’rif qilganlar. Jumladan , imom Bayzoviy quyidagicha ta’riflaydi:”Tarbiya bir narsani astasekin kamoliga yetkazishdir”,-deydi. Rog’ib Asfihoniy esa quydagicha ta’rif beradi: ”Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o’tkaza borib, batamomlik nuqtasiga yetkazishdir. Tarbiyaning ma’nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg’unlik hamda muvozanat ila o’stirishdir”- degan chiroyli fikrlarni ilgari surganlar. Bolalar hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy turlari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrofga ma’lum bir munosabatning shakllanishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Masalan, kattalarning bolalar bilan bo'ladigan hissiy, hissiy-predmetli munosabatlaridanoq bolada dastlabki ijtimoiy talabni vujudga keltiradi, dastlabki harakat va tasavvurlar, taassurotlar shakllana boshlaydi. Harakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga bog'liq. Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo'ladigan munosabati va narsa-buyumlar bilan bajargan harakati asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni asta-sekin buyumlar olamiga olib kiradilar. Mana shu yo'l bilan bola buyumlar bilan bo'ladigan faoliyatning o'ziga xos tomonlarini egallab boradi. 2,5 yoshdan keyin buyumlar bilan bo'ladigan faoliyatda bolalar ancha yuqori ko'rsatkichlarga erishadilar va ularning o'yin hamda tasviriy faoliyatga o'tishlari uchun asos yaratiladi. Kattalar tomonidan tashkil etilgan muomala munosabatlarida, faoliyatlarda o'z-o'zini anglab olishning dastlabki shakllari shakllanadi. Mashg'ulotlardagi o'quv faoliyati orqali bolalar tevarak-atrofidagi tabiat to'g'risida, ijtimoiy hayot, kishilar to'g'risidagi bilimlarni o'zlashtirib oladilar. Shuningdek, ularning aqliy va amaliy bilimlari kengayib boradi. Agar ta'lim jarayonida 3-4 yoshli bolalar diqqati tabiat, kishilar to'g'risidagi konkret faktlarga qaratilsa, 5-6 yoshli bolalarga ta’lim berishda asosiy e’tibor muhim bog'liqliklar va munosabatlarga, ulardagi oddiy tushunchalarni shakllan tirishga qaratiladi. Bular orqali bolalarda tushunarli tafakkur rivojlantiriladi. Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun o'qish asosiy faoliyat bo'lib qoladi va bu faoliyatni bolalar ijtimoiy ahamiyatli faoliyat deb anglay boshlaydilar. Bola o'zini maktab o'quvchisi deb tushuna boshlaydi. Demak, Bolani tarbiyalashda, uning rivojlanishida faoliyat yetakchi rol o'ynaydi.
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 385 Shuning uchun ta'lim-tarbiya tashkilotlarida va oilada bolaning hayotini u turlituman faoliyatlar bilan shug'ullana oladigan qilib tashkil etish kerak. Bunga albatta, bolalar faoliyatining mazmunini boyitib borish, yangi bilim malakalarni singdirish mustaqilligini rivojlantirish bilan erishiladi. Har bir faoliyat turining mazmuni va tuzilishining ijtimoiytarixiy tabiati har bir yosh avlodga obyektiv ravishda berilgan bo'ladi. Odamlarning ishlab chiqarish qurollarida, bilimlarda, san'atda, axloqda va hokazolarda jamlangan sermahsul faoliyati natijalari birgalikdagi faoliyatda va muloqotda bo'lgan paytda tarbiya va ta’lim vositasida katta avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati ana shunday shakllanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.Barkamol avlod orzusi; Toshkent, 1999, 127-147betlar. 2. Ivanov. I, Zufarova.M, “Umumiy psixologiya”. O’z FMJ., 2008 3. Safayev N.S, Mirashirova N.A, Odilova N. G, “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti “, 4. Xaydarov F. I, Xalilova. N “Umumiy psixologiya” T; “ Fan va texnologiyalar” markazining bosmaxonasi. 2009. 5. V. A. Kruteskiy” Pedagogik psixologiya asoslari” Toshkent, 1976, 223240betlar. 6. Vahobova, O’ (2023). “ Turli psixodiagnostik metodikalarni qo’llashning xususiyatlari “ . Journal of pedagogical and psychological studies, 1(1), 134-138 betlar. 7. N.G.Malikovna. “Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o'rni”.Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari 1 (2) 100-105,2023 8. Qodirova F.R, Toshpo’latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. “Maktabgacha pedagogika” T.: Tafakkur, T2019. Darslik.