G'ARB MA'RIFATPARVARLARINING GNOSEOLOGIK QARASHLARI
Abstract
Ushbu maqola g‘arb marifatparvarlari va o‘z davrining ma'rifatparvar olimlarining gnoseologik qarashlarini tahlil qiladi. Tadqiqotda gnoseologiya – bilish nazariyasi asosida inson tafakkuri, bilim manbalari va bilimning shakllanish jarayonlari o‘rganiladi. Maqolada G‘arb marifatparvarlarining tajriba, aql va ilm-fan orqali bilim olishga oid qarashlari, shuningdek, ma'rifatparvarlarning gnoseologik yondashuvlari solishtiriladi. Maqola quyidagi masalalarni yoritadi: bilimning manbalari va shakllanishi, inson tafakkuri va aqlning roli, tajriba va eksperimentning ilmiy metod sifatidagi ahamiyati, shuningdek, g‘arb va mahalliy ma'rifatparvarlar orasidagi gnoseologik tafovutlar va umumiyliklar.
Full text
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 391 G’ARB MA’RIFATPARVARLARINING GNOSEOLOGIK QARASHLARI Islom tarixi va manbashunosligi, falsafa kafedrasi o’qituvchisi Xolova Umida Umedovna Buxoro Davlat Universiteti Tarix va Yuridik fakulteti, falsafa yo’nalishi 3-bosqich talabasi Ismatova Maftuna Murodjon qizi Annotatsiya Ushbu maqola g‘arb marifatparvarlari va o‘z davrining ma'rifatparvar olimlarining gnoseologik qarashlarini tahlil qiladi. Tadqiqotda gnoseologiya – bilish nazariyasi asosida inson tafakkuri, bilim manbalari va bilimning shakllanish jarayonlari o‘rganiladi. Maqolada G‘arb marifatparvarlarining tajriba, aql va ilm-fan orqali bilim olishga oid qarashlari, shuningdek, ma'rifatparvarlarning gnoseologik yondashuvlari solishtiriladi. Maqola quyidagi masalalarni yoritadi: bilimning manbalari va shakllanishi, inson tafakkuri va aqlning roli, tajriba va eksperimentning ilmiy metod sifatidagi ahamiyati, shuningdek, g‘arb va mahalliy ma'rifatparvarlar orasidagi gnoseologik tafovutlar va umumiyliklar. Kalit so’zlar: Gnoseologiya, Bilish nazariyasi, G‘arb mutafakkirlari, Ma’rifatparvarlik, Empirizm, Ratsionalizm, Tajriba va aql, Ilmiy metod, Bilimning manbalari, Inson tafakkuri, Epistemologik yondashuvlar,Falsafiy qarashlar, Bilimning shakllanish jarayoni. Kirish Gnoseologiya – bilish nazariyasi bo‘lib, insonning dunyoni anglash jarayoni, bilimning manbalari va aqlning o‘rni haqida fundamental savollarga javob izlaydi. Ushbu nazariyaning shakllanishida qadimgi yunon mutafakkirlari — Suqrot, Aflotun va Arastu alohida o‘rin tutadi. 1 Suqrot bilish jarayonini insonning ichki savollar berishi orqali yuzaga chiqishini ta’kidlab, haqiqiy bilimga muloqot va fikrlash orqali erishilishini ilgari surgan. Aflotun esa bilimni hissiy idrok va aqliy bilishga ajratib, haqiqiy haqiqat “g‘oyalar dunyosi”da ekanini aytgan. Arastu bilishning manbai sifatida tajriba, kuzatish va aqliy 1 1. Soyibjonova Saida. Gnoseologiya — bilishni o‘rganuvchi falsafa sohasi. Modern Education and Development, 2025.
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 392 umumlashtirishni ko‘rsatib, ilmiy bilishning nazariy asoslarini yaratgan. Aynan ushbu mutafakkirlarning qarashlari keyinchalik G‘arb ma’rifatparvarlari tomonidan rivojlantirilib, aql, tajriba va ilm-fan orqali bilimga erishish g‘oyalari shakllangan. Ushbu maqolada g‘arb mutafakkirlarining gnoseologik qarashlari va ularning bilish nazariyasiga qo‘shgan hissasi qisqacha tahlil qilinadi. Asosiy qism. Avgustin ta’limoti uchun antik davr falsafiy doktrinalaridan Platon ta’limoti g’oyaviy manba bo’lgan. Avgustin bu ta’limotni asosan neoplantonchilar talqini orqali o’rgangan. Platon metafizikasidagi g’oyalar, bilish nazariyasidagi absolyutizm , dunyo tuzilishidagi tamoyillar farqini tan olish ( yaxshi va yomon ruhlar,ayrim ruhlarning mavjudligi), ma’naviy hayotda irratsional omillarni ta’kidlash - bularning barchasi unga katta ta’sir ko’rsatadi. Avgustin o’z falsafasini xristian dini ta’limoti ruhida talqin qilishga katta ahamiyat bergan. Jon masalasida avgustin Platon g’oyalariga ergashib , jonni spiritualistik ruhida tushunadi. Uningcha, o’ziga xos substansiya sifatidagi jon jismoniy sifatga ham ega emas, tananing bir turi ham emas.U faqat fikrlash, iroda, xotira funksiyalarigagina ega. Biologik funksiyalar bilan uning hech qandayy aloqasi yo’q. Tanadan jon o’zining mukammalligi bilan farq qiladi. Jonni bunday talqin qilish qadimgi yunon falsafasida ham mavjud edi. Lekin Avgustin ulardan farqli ravishda jonning bunday ustunligi xudodandir, jon xudoga juda yaqin va o’lmasduir, degan fikrni aytadi. U jonga faqat jismoniy sifatga ega emas, balki u sezgi, fikrlash, iroda, xotira funksiyalariga ega deb hisoblagan. Avgustin bilishni diniy-falsafiy yondashuv orqali sharhlaydi. Unga ko‘ra, haqiqiy bilimning manbai — ilohiy nur, ya’ni Xudoning inson ongiga beradigan ichki ma’rifatidir. Avgustin tajribani to‘liq rad etmaydi, lekin sezgi a’zolari orqali olingan bilim noaniq va o‘tkinchi, haqiqiy bilim esa aqlning ruhiy yuksalishi orqali shakllanadi. Uning “Ichki haqiqatga qaytish” tamoyili gnoseologiyada introspektiv bilish, ya’ni insonning o‘z qalbi va ongini tahlil qilish orqali haqiqatga yetishini ifodalaydi. 2 Nikkolo Makiavelli (Machiavelli, italyancha: Niccolò di Bernardo dei Machiavelli; 3-may 1469-yil Florensiya – 22-iyun 1527-yil, oʻsha yerda) – italyan mutafakkiri, siyosatchisi, faylasuf, yozuvchi, gʻarb nazariyasiga doir asarlar muallifi. Makiavelli an’anaviy gnoseologiya vakili bo‘lmasa-da, uning siyosiy falsafasi bilish jarayoniga yangicha yondashuv olib kirdi. U haqiqatni amaliy tajriba, kuzatish va siyosiy voqelikni real tahlil qilish orqali anglash mumkinligini ta’kidladi. 2 Augustine, St. Confessions. Oxford University Press, 2008.
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 393 Makiavelli uchun bilim — nazariy g‘oyalar emas, balki hayotiy tajriba va davlat boshqaruvidagi real faktlarga tayangan holda shakllanadi. Uning yondashuvi gnoseologiyada realistik bilish modeli sifatida e’tirof etiladi. 3 Lokk g‘arb gnoseologiyasida empirizmning asoschisi sanaladi. U “Ong tug‘ilganida bo‘sh varaq (tabula rasa)” deya, barcha bilimlar sezgilar orqali hosil bo‘lishini ta’kidlaydi. Lokkga ko‘ra, bilim ikki manbadan keladi: Tashqi tajriba (sezgi) – rang, tovush, harorat…Ichki tajriba (refleksiya) – fikrlash, xotira, taqqoslash.U bilimni oddiy tasavvurlardan murakkab tushunchalarga aqliy qayta ishlash orqali shakllanishini ko‘rsatib, empirizmning ilmiy asoslarini yaratdi. 4 Uning quyidagi asarlari ma’lum: «Tabiat qonunlariga doir tajribalar» (1662-1664 y.), «Din erkinligini e’tirof etishga doir tajriba» (1667 y.), «Tibbiyot san’ati haqida» (1669y.), «Inson tafakkuriga doir tajribalar» (1689 yil, olim bu asar ustida 20 yildan ziyod mehnat qilgan), «Tarbiyaga oid ba’zi fikrlar» (1693 y.) va hokazo. Bilimlarimiz barcha mushkulotlarni qamrab olish va hamma savollarga javob topish qudratidan mahrumdir. Biron bir haqiqat yo‘qki, uni butun insoniyat birdek qabul qilsa. Menimcha, ruhning moddiy yoki nomoddiyligiga doir muammoning yechimi bizning bilim doiramizdan tashqarida yotadi. Ilm olmoqlik yaxshi ruhiy sifat egalarida ezgu fazilatlarning yanada ravnaq topishiga xizmat qiladi. Yaxshi ruhiy sifatlardan mahrum odamlar esa qancha ko‘p ilm olsalar, shuncha ahmoqroq va bema’niroq bo‘lib boradilar. Hasad – o‘zimiz istagan ezgulikka o‘zgalarning erishgani tufayli yuzaga keladigan ruhiy bezovtalik. 5 Dastlabki darslari matematika va fizika bo‘yicha bo‘lgan va u ilmfan bilan bo‘lgan qiziqishini umri davomida yo‘qotmagan. Bir necha yil ichida u quyidagi ilmiy mavzularda asarlar yozdi: ⚫ .inson irqlari haqida, ⚫ shamollar tabiatiga oid, ⚫ zilzilalar sabablari, ⚫ osmonlar umumiy nazariyasi haqida. “Koinotning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi” (1755) asarida u Quyosh tizimi bitta 3 Machiavelli, N. The Prince. Penguin Classics, 2003. 4 Locke, J. An Essay Concerning Human Understanding. London, 1690. 5 5. История философии. M;1997.
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 394 gazsimon bulutdan hosil bo‘lgan degan tumanlik (nebulyar) nazariyasini ilgari surdi. Keyinchalik 1796-yilda Laplas ham shu nazariyani mustaqil taklif qilgan va bu g‘oya Kant–Laplace gipotezasi deb mashhur bo‘lgan.Kant gnoseologiyada kritik falsafani yaratib, empirizm va ratsionalizmni uyg‘unlashtirdi. Kantga ko‘ra: Bilim tajriba bilan boshlanadi, lekin faqat tajribadan kelib chiqmaydi. Inson aqli tajribani o‘zida mavjud kategoriyalar (sabab-oqibat, makon, vaqt) orqali tartiblaydi. Kantning eng asosiy g‘oyasi:“Narsaning o‘zi”ni bilish mumkin emas, biz faqat o‘z ongimizda aks etgan ko‘rinishini bilamiz.U bilishning chegaralarini belgilab, gnoseologiyani yangi bosqichga olib chiqdi. Xulosa. G‘arb mutafakkirlarining gnoseologik qarashlari inson bilimining shakllanishi, manbalari va chegaralarini turlicha talqin qilgan bo‘lsa-da, ularning har biri bilish nazariyasining rivojiga muhim ta’sir ko‘rsatgan. Avgustin bilishning asosini ilohiy nur va ruhiy idrok bilan bog‘lab, sub’ektiv-introspektiv bilish modelini shakllantirdi. Makiavelli esa haqiqatni amaliy hayot, siyosiy tajriba va real voqelikni kuzatish orqali anglash mumkinligini ko‘rsatib, bilishda pragmatik yondashuvni ilgari surdi. Avgustin butun falsafasida yagona, mutlaq va mukammal xudo haqidagi ta’limotni mujassamlashtiradi. Uning fikricha xudosiz hech narsani qilish ham, hech narsani bilish ham mumkin emas. Immaniul kant o’z qarashlarida aqlni ustun qo’yadi, ya’ni inson aqli orqali ollohga yetishishi mumkin ekanligini ta’kidlaydi. Makiavelli uchun bilim — nazariy g‘oyalar emas, balki hayotiy tajriba va davlat boshqaruvidagi real faktlarga tayangan holda shakllanadi. Fihte fikriga ko‘ra: Bilishning markazida insonning faol “Men”i, ya’ni ongning o‘zi turadi.Tashqi olam “Men”ning faoliyatidan kelib chiqadigan ijodiy konstruksiyadir. Fihte o’z qarashlarini metafizik jihatdan ichki mohiyatini bilishni ifodalaydi. Jon Lokk empirizmga tamal toshini qo‘yib, barcha bilim inson sezgilari va tajribasidan kelib chiqadi, deya bilish jarayonini ilmiy-empirik asosda tushuntirdi. Kant esa empirizm va ratsionalizmni sintez qilib, aqlning bilishga faol ta’sirini, kategoriya va shakllar orqali tajribaga tartib berishini ilmiy asoslab berdi. Fihte Kant g‘oyalarini davom ettirib, bilishning markazida insonning faol “Men”i turadi, tashqi olam esa ongning ijodiy mahsuli, degan sub’ektiv idealistik qarashni ilgari surdi. Ushbu qarashlarning barchasi gnoseologiyaning rivojida o‘ziga xos bosqichlarni ifodalaydi: diniy-intuitiv bilishdan tortib, empirik kuzatish va aql kategoriyalariga, hamda sub’ektiv ong markaziga qadar bo‘lgan jarayon G‘arb falsafasining bilish nazariyasini boyitdi. Mutafakkirlar fikrlarining solishtirilishi shuni ko‘rsatadiki, bilim
Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 395 bir vaqtning o‘zida tajriba, aql, ruhiy idrok va ong faoliyatining qo‘shilmasi sifatida shakllanadi. Bu esa gnoseologiyaning ko‘p qirrali va murakkab tizim ekanini tasdiqlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Machiavelli, N. The Prince. Penguin Classics, 2003. 2. Augustine, St. Confessions. Oxford University Press, 2008. 3. Fichte, J. G. The Science of Knowledge (Wissenschaftslehre). Cambridge, 1982. 4. Kant, I. Critique of Pure Reason. Cambridge University Press, 1998. 5. Locke, J. An Essay Concerning Human Understanding. London, 1690. 6. To‘xtaboyev M., G‘arb falsafasi tarixi, Toshkent: Universitet, 2018. 7. Qosimov B., Falsafa tarixi, Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017. 8. Soyibjonova Saida. Gnoseologiya — bilishni o‘rganuvchi falsafa sohasi. Modern Education and Development, 2025. 9. Uktamova Dinora Yoqub qizi. Bilish falsafasi va uning ahamiyati. Scientific-JL. Maqolasi 10. Qadimgi va O’rta asr G’arbiy yevropa falsafasi kitobi Rustam Jumayev ; T.;2003