scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BANK EKOTIZIMLARINING BANK TIZIMIDAGI O'RNI VA AHAMIYATI: RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASI VA O'ZBEKISTON MISOLIDA TAHLILIY YONDASHUV

Alisher Akbarov Azamjonovich

Abstract

Ushbu maqolada bank ekotizimlarining zamonaviy moliya tizimidagi o‘rni, ularning iqtisodiy jarayonlarga ta’siri hamda rivojlangan davlatlar tajribasi asosida shakllangan ustunliklar ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda bank ekotizimlarining mijozlar uchun integrallashgan xizmatlar yaratish, raqamli platformalar bilan bog‘lanish, xarajatlarni kamaytirish va moliyaviy inklyuziyani kengaytirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston bank tizimida amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiya, fintech hamkorliklari, onlayn xizmatlar va ekotizim yondashuvining joriy etilishi bilan bog‘liq yutuqlar va mavjud muammolar qiyosiy tahlil etilgan. Maqola natijalari bank ekotizimlarining mamlakatimiz moliya bozorida samaradorlikni oshirish, innovatsion rivojlanish va barqaror iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shishini ko‘rsatadi.

Full text

1053 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 BANK EKOTIZIMLARINING BANK TIZIMIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI: RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTON MISOLIDA TAHLILIY YONDASHUV Alisher Akbarov Azamjonovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Mustaqil tadqiqotchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17774738 Annotatsiya. Ushbu maqolada bank ekotizimlarining zamonaviy moliya tizimidagi o‘rni, ularning iqtisodiy jarayonlarga ta’siri hamda rivojlangan davlatlar tajribasi asosida shakllangan ustunliklar ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda bank ekotizimlarining mijozlar uchun integrallashgan xizmatlar yaratish, raqamli platformalar bilan bog‘lanish, xarajatlarni kamaytirish va moliyaviy inklyuziyani kengaytirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston bank tizimida amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiya, fintech hamkorliklari, onlayn xizmatlar va ekotizim yondashuvining joriy etilishi bilan bog‘liq yutuqlar va mavjud muammolar qiyosiy tahlil etilgan. Maqola natijalari bank ekotizimlarining mamlakatimiz moliya bozorida samaradorlikni oshirish, innovatsion rivojlanish va barqaror iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shishini ko‘rsatadi. Kalit Soʻzlar: Bank ekotizimi, bank tizimi, raqamli transformatsiya, fintech, moliyaviy xizmatlar, innovatsion platformalar, iqtisodiy samaradorlik, xalqaro tajriba. THE ROLE AND IMPORTANCE OF BANKING ECOSYSTEMS IN THE BANKING SYSTEM: AN ANALYTICAL APPROACH BASED ON THE EXPERIENCE OF DEVELOPED COUNTRIES AND THE CASE OF UZBEKISTAN Abstract. This article provides a scientific analysis of the role of banking ecosystems in the modern financial system and their impact on economic processes, using the experience of developed countries as a reference point. The study examines how banking ecosystems contribute to the development of integrated customer services, connectivity with digital platforms, reduction in operational costs, and expansion of financial inclusion. It also explores the current state of digital transformation in Uzbekistan’s banking sector, including fintech partnerships, online banking services, and the implementation of ecosystem-based models. Comparative analysis reveals both the achievements and existing challenges of introducing banking ecosystems in the national financial market. The findings show that the development of banking ecosystems significantly enhances efficiency, drives innovation, and supports sustainable economic growth in Uzbekistan. Keywords: Banking ecosystem, banking system, digital transformation, fintech, financial services, innovative platforms, economic efficiency, international experience. Kirish So‘nggi o‘n yilliklarda global moliya bozorlarida kuzatilayotgan transformatsion jarayonlar bank tizimining an’anaviy funksiyalaridan kengroq ko‘lamda faoliyat yuritishiga olib keldi. Raqamli texnologiyalar, ochiq bank xizmatlari, moliyaviy integratsiya va innovatsion platformalarning jadal rivojlanishi natijasida banklar o‘z atrofida kompleks xizmatlarni birlashtiruvchi bank ekotizimlarini shakllantira boshladi. Bank ekotizimi bu moliyaviy, texnologik, ijtimoiy va xizmat ko‘rsatish segmentlarini yagona raqamli maydonga jamlaydigan, foydalanuvchilarga keng qamrovli xizmatlar majmuasini taqdim etuvchi tizim bo‘lib, u bankning raqobatbardoshligini oshirish, mijozlar ehtiyojini chuqurroq qondirish va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 1054 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Yevropa mamlakatlarida bank ekotizimlari moliyaviy texnologiyalar bilan integratsiyalashgan holda mehnat unumdorligini oshirish, kreditlash jarayonini optimallashtirish, mijozlar uchun raqamli qulayliklarni kengaytirish hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda asosiy mexanizmlardan biri sifatida shakllangan. Xususan, Xitoydagi “Ant Group”, Janubiy Koreyadagi “KakaoBank”, Yevropadagi “Revolut” singari ekotizimli banklar moliyaviy xizmatlar bozorida yangi biznes-model yaratgan holda, ekotizim yondashuvining samaradorligini amalda isbotlab bermoqda. O‘zbekiston bank tizimida ham so‘nggi yillarda raqamli bank xizmatlarini kengaytirish, fintex kompaniyalar bilan integratsiya, elektron to‘lovlar infratuzilmasini modernizatsiya qilish va ochiq bank (Open Banking) tamoyillarini joriy etish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlar milliy banklar oldida keng qamrovli xizmatlar, yagona raqamli platformalar va ekotizim asosidagi biznes-modellarni yaratish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Shu bois bank ekotizimlarining shakllanishi va ularning bank tizimi barqarorligi, raqobatbardoshligi hamda iqtisodiy rivojlanishga ta’sirini chuqur ilmiy asosda o‘rganish dolzarb masala sanaladi. Dolzarbligi Jahon moliya bozorida raqamli transformatsiya jarayonlarining keskin tezlashuvi, fintex kompaniyalarining faol integratsiyasi va moliyaviy xizmatlarning diversifikatsiyalashuvi bank tizimining yangi rivojlanish bosqichiga o‘tishiga sabab bo‘lmoqda. An’anaviy bank modeli endilikda mijoz ehtiyojlarini to‘liq qondirishga yetarli bo‘lmay qoldi, natijada xizmatlarning keng qamrovli raqamli ekotizimlar orqali ko‘rsatilishi global tendensiyaga aylandi. Rivojlangan davlatlar tajribasi bank ekotizimlari moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashi, raqobatni kuchaytirishi, iqtisodiy samaradorlikni oshirishi va mijozlar segmentini kengaytirishi orqali bank biznes-modelining asosiy elementiga aylanganini ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda ham bank sektorida raqamlashtirish darajasi izchil oshib bormoqda, elektron to‘lovlar tizimi kengaymoqda, fintex xizmatlariga talab ortmoqda va ochiq bank tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy qilish jarayoni davom etmoqda. Shunga qaramay, bank ekotizimlarini to‘liq shakllantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan model, tartibga solish mexanizmlari, integratsiya strategiyasi hamda milliy iqtisodiyotga ta’siriga oid tadqiqotlar yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Shu sababli mazkur mavzuning ilmiy o‘rganilishi O‘zbekiston bank tizimini modernizatsiya qilishda, raqamli moliya xizmatlarini takomillashtirishda va xalqaro tajribalarni tatbiq etishda juda muhim hisoblanadi. Maqsadi Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi bank ekotizimlarining bank tizimidagi o‘rni, funksional ahamiyati va iqtisodiy samaradorligini ilmiy asosda tahlil qilish, rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan solishtirib, O‘zbekiston bank sektorida ekotizimli modelni joriy etishning nazariy va amaliy jihatlarini aniqlashdir. Mazkur maqsadni amalga oshirish orqali banklar faoliyatida raqamli integratsiya va innovatsion xizmatlar orqali samaradorlikni oshirish, mijozlarga yo‘naltirilgan xizmatlar spektrini kengaytirish hamda moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga doir ilmiy xulosalar ishlab chiqiladi. Asosiy qism Bank ekotizimlari bu bankning asosiy moliyaviy xizmatlarini keng ijtimoiy-maishiy, savdo, texnologik va xizmat ko‘rsatish platformalari bilan integratsiyalashgan holda iste’molchilarga yagona raqamli makonda taqdim etish tizimidir. Ekotizim mohiyatan mijoz ehtiyojlarini maksimal darajada qamrab olish, ularni bank bilan uzoq muddatli o‘zaro aloqada ushlab turish va bankning qo‘shimcha qiymat yaratish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. 1055 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Bank ekotizimlari shakllanishida raqamli texnologiyalar, ma’lumotlar tahlili, mobil ilovalar, onlayn to‘lovlar, marketplace xizmatlari va fintech hamkorliklari muhim o‘rin tutadi. Amaliyotda bank ekotizimlari ikki asosiy modelga bo‘linadi: moliyaviy xizmatlar markazida turgan ekotizim va moliyaviy bo‘lmagan xizmatlar bilan kengaytirilgan superplatforma modeli. Ekotizimlarning shakllanish mexanizmi bankning raqamli infratuzilmasi, mijozlar bazasi, texnologik hamkorlik, davlatning tartibga solish siyosati va bozor talablariga bevosita bog‘liq. Natijada bank ekotizimlari bankning biznes modelini tubdan o‘zgartirib, uni ko‘p funksiyali xizmat platformasiga aylantiradi. Rivojlangan davlatlar tajribasi bank ekotizimlarining iqtisodiyotdagi rolini aniqlashda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. AQShda JPMorgan, Bank of America singari yirik banklar raqamli xizmatlarni kengaytirish orqali moliya bozorida o‘z ekotizimlarini bosqichmabosqich shakllantirdi. Yevropa davlatlarida esa “open banking” siyosati banklarni fintech kompaniyalar bilan integratsion hamkorlikka undadi, natijada PayPal, Revolut, N26 kabi raqamli platformalar ekotizim modelining yetakchi namunalariga aylandi. Osiyo davlatlari ayniqsa Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya global miqyosda eng tez shakllanayotgan ekotizimlarga ega bo‘lib, Alipay, Ant Group, KakaoBank, Rakuten Bank singari super-applar moliyaviy xizmatlarni iste’mol savdosi, elektron tijorat, transport, sug‘urta va ijtimoiy xizmatlar bilan uzviy bog‘lab yuborgan. Ushbu tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ekotizimlar muvaffaqiyati davlatning raqamli siyosati, banklarning innovatsion faolligi va fintech hamkorliklarining kuchiga bevosita bog‘liq. Bank ekotizimlari iqtisodiy samaradorlikka bir nechta mexanizmlar orqali ta’sir ko‘rsatadi: operatsion xarajatlarning kamayishi, mijozlar segmentatsiyasining yaxshilanishi, daromad diversifikatsiyasi va xizmatlarning o‘zaro integratsiyasi tufayli bankning qo‘shimcha tushumlar yaratishi. Ekotizim modeli mijozlarning bank xizmatlariga ulangiqligini oshiradi, churn-darajani pasaytiradi, mijoz sodiqligini mustahkamlaydi va bankning bozor ulushini kengaytiradi. Raqamli ekotizimlar orqali kreditlash jarayonlari avtomatlashtiriladi, xavf tahlili aniqroq bajariladi, bu esa kredit portfelining sifati va bankning barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ekotizim ichidagi turli xizmatlardan tushgan ma’lumotlar katta data sifatida qayta ishlanib, yangi moliyaviy mahsulotlar ishlab chiqishga zamin yaratadi. Natijada ekotizimga ega banklarning rentabellik ko‘rsatkichlari an’anaviy banklarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Dunyo tajribasi ekotizimlar bank kapitali likvidligini oshirishini, soliqlar tushumiga hissa qo‘shishini va umumiy iqtisodiy faollikni kuchaytirishini tasdiqlaydi. Bank ekotizimlari samaradorligi bevosita raqamli texnologiyalar rivojiga bog‘liq. Big Data, sun’iy intellekt, blokcheyn, bulutli texnologiyalar, API integratsiyasi kabi innovatsion texnologiyalar ekotizimning texnik asosini tashkil qiladi. Sun’iy intellekt mijozlar xulqini tahlil qilish, xavf monitoringini kuchaytirish, xizmatlarni shaxsiylashtirishda muhim vosita bo‘lsa, blokcheyn tranzaksiyalar xavfsizligini oshiradi va operatsion xarajatlarni kamaytiradi. Mobil platformalar va super-applar esa ekotizimning foydalanuvchi interfeysini shakllantirib, mijozlar bilan doimiy aloqani ta’minlaydi. API texnologiyalari orqali banklar fintech kompaniyalari bilan cheklovsiz hamkorlik qiladi, bu esa yangi xizmatlarning paydo bo‘lishiga va ekotizimning kengayishiga olib keladi. Shu tarzda raqamli texnologiyalar bank ekotizimining asosiy drayveri bo‘lib, uning funksional imkoniyatlarini kengaytiradi va raqobatbardoshligini oshiradi. O‘zbekiston bank tizimi so‘nggi yillarda jadal modernizatsiya jarayonlarini boshdan kechirmoqda. Raqamli bank xizmatlari soni ortib bormoqda, mobil ilovalar orqali to‘lovlar ulushi kengaymoqda, elektron tijorat bozori rivojlanmoqda. Lekin ekotizim modelining to‘liq shakllanishi hali boshlang‘ich bosqichda. 1056 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Aksariyat banklar haligacha an’anaviy mahsulotlar bilan chegaralangan bo‘lib, raqamli super-platformalar yaratish masalasi kuchli rivojlanish bosqichiga chiqmagan. “Ipak Yo‘li Banki”, “TBC Bank” va “Hamkorbank” kabi ayrim banklarda ekotizimga o‘tish bo‘yicha dastlabki tajribalar mavjud: marketplace xizmatlar, raqamli kreditlash, elektron hamyonlar, mobil to‘lovlar va xizmatlarni agregatsiya qilish yo‘nalishlari rivojlanmoqda. Davlat tomonidan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ekotizimlar uchun muhim zamin yaratmoqda, biroq tartibga solish, texnologik integratsiya va fintech bilan hamkorlik bo‘yicha kompleks yondashuv hali yetarli emas. Bank ekotizimlarining O‘zbekiston iqtisodiyotiga joriy etilishi bir qator afzalliklarni taqdim etadi: moliyaviy inkluzivlikning oshishi, xizmatlarning arzonlashuvi, kreditlash jarayonlarining soddalashuvi va iqtisodiy faollikning kuchayishi. Ekotizim orqali tadbirkorlar uchun qulay moliyaviy platformalar yaratiladi, elektron savdo bozori kengayadi, naqd pulsiz iqtisodiyot rivojlanadi. Ijtimoiy jihatdan ekotizimlar yoshlar, talabalar, startaplar va kichik biznes uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Aholining raqamli savodxonligi ortadi, xizmatlardan foydalanish qulaylashadi. Ekotizimlar davlat xizmatlari bilan integratsiyalashganda, soliqlarni to‘lash, kommunal xizmatlar, onlayn hujjatlashtirish jarayonlari soddalashadi. Bu esa davlat boshqaruvining samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy nuqtai nazardan bank ekotizimlari investitsiya oqimini kuchaytiradi, raqobatni oshiradi va moliya bozorining jozibadorligini sezilarli ravishda yaxshilaydi. O‘zbekiston banklarida ekotizimlarni rivojlantirishda bir qator cheklovlar mavjud: texnologik infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi, mutaxassislar yetishmasligi, fintech hamkorliklar bozorining sustligi, tartibga solish siyosatining ba’zi jihatlarda aniq emasligi. Shuningdek, banklarning innovatsion madaniyati yetarlicha shakllanmagan bo‘lib, raqamli xizmatlarga o‘tish sur’atlari sekin. Xavfsizlik masalalari, kiberxavf-xatarlar va ma’lumotlar maxfiyligi muammolari ham ekotizim rivojlanishiga to‘siq bo‘lmoqda. Yechim sifatida uzluksiz raqamli modernizatsiya, bank–fintech hamkorligini kuchaytirish, API infratuzilmasini joriy etish, davlat tomonidan aniq tartibga solish mexanizmlarini yaratish va kiberxavfsizlik standartlarini mustahkamlash zarur. Shuningdek, bank xodimlari va mijozlar uchun raqamli savodxonlikni oshirish strategiyasi ham juda muhim hisoblanadi. Kelgusi yillarda O‘zbekistonda bank ekotizimlarining to‘liq shakllanishi kutilmoqda. “Open Banking”, “Digital ID”, “KYC avtomatlashtirish”, “Raqamli to‘lovlar platformasi” kabi tizimlarning joriy etilishi bank ekotizimlari uchun keng imkoniyatlarni ochadi. Banklar elektron savdo, transport, sug‘urta, ta’lim, sog‘liqni saqlash va davlat xizmatlari bilan integratsiyalashib, super-applar yaratish bosqichiga o‘tishi prognoz qilinmoqda. Bu jarayonlar banklarni nafaqat moliyaviy tashkilot, balki ko‘p funksiyali xizmat platformasiga aylantiradi. O‘zbekiston iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasi bank ekotizimlarining tez va samarali rivojlanishini taqozo etadi. Xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan milliy ekotizim modeli mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshiradi, moliyaviy bozorlarni kengaytiradi va aholining kundalik hayotini sezilarli darajada yengillashtiradi. Bu esa bank ekotizimlarining O‘zbekiston istiqbolida strategik ahamiyatga ega ekanini tasdiqlaydi. Muhokama Bank ekotizimlarining rivojlanishi global moliya tizimida yangi bosqichni boshlab berdi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, raqamli infratuzilma, Open Banking siyosati va fintech bilan integratsiya ekotizimlarning muvaffaqiyatida hal qiluvchi omil hisoblanadi. 1057 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 AQSh, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida banklar oddiy moliyaviy institut emas, balki keng ko‘lamli raqamli xizmatlar markaziga aylangan. Bu jarayon super-applarning shakllanishi, big data asosida mijozlar xulqini chuqur tahlil qilish, xizmatlarni shaxsiylashtirish va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan integratsiya orqali amalga oshgan. O‘zbekistonda esa ekotizimlar shakllanishi bosqichma-bosqich kechmoqda. Raqamli xizmatlar soni ortib, ayrim banklar marketplace, elektron kreditlash va raqamli to‘lovlar ekotizimiga o‘tishda dastlabki tajribalarni namoyish etmoqda. Biroq tizim hali rivojlangan davlatlar darajasiga yetgani yo‘q: open banking uchun normativ baza to‘liq shakllanmagan, fintech hamkorligi cheklangan, big data texnologiyalaridan foydalanish tizimli emas. Shu bilan birga, kiberxavfsizlik infratuzilmasi yetarlicha kuchaytirilishi zarur. Muhokamalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda bank ekotizimlari joriy etilishi nafaqat bank sektorini modernizatsiya qiladi, balki iqtisodiyotda yangi raqamli muhit yaratadi. Ekotizimlar moliyaviy inkluzivlikni oshiradi, naqd pulsiz iqtisodiyotni rivojlantiradi, aholining kundalik xizmatlardan foydalanish samaradorligini oshiradi va davlat xizmatlarining raqamli integratsiyasiga zamin yaratadi. Ammo muvaffaqiyat uchun davlat siyosati, innovatsion infratuzilma, texnologik hamkorlik va malakali mutaxassislar asosiy omil bo‘lib qoladi. NATIJALAR Tahlillar natijasida aniqlandi, rivojlangan davlatlar bank ekotizimlari keng infratuzilma, texnologik integratsiya va super-applarga asoslangan bo‘lib, moliya sektorining yuqori samaradorligini ta’minlaydi. O‘zbekistonda esa ekotizimlar shakllanishining boshlang‘ich bosqichida bo‘lib, rivojlanish uchun katta salohiyat mavjud. Bank ekotizimlarining iqtisodiy ta’siri yuqori ekani tasdiqlandi: operatsion xarajatlar qisqaradi, daromadlar diversifikatsiyalanadi, mijozlar bilan o‘zaro aloqa mustahkamlanadi va iqtisodiy jarayonlar tezlashadi. O‘zbekiston bu natijalarga erishishi uchun raqamli infratuzilmani kengaytirishi zarur. Raqamli texnologiyalar ekotizimlarning asosiy drayveri ekanligi aniqlandi. Sun’iy intellekt, Big Data, API, bulutli texnologiyalar integratsiyasi ekotizimlarni funksional, xavfsiz va raqobatbardosh qiladi. O‘zbek banklarida bu texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish jarayoni davom etmoqda. O‘zbekiston bozorida fintech hamkorligi cheklangan, bu esa ekotizimlarni to‘liq shakllantirish jarayonini sekinlashtiradi. Rivojlangan davlatlar tajribasi bank–fintech sinergiyasi ekotizimlarning muvaffaqiyatidagi asosiy omil ekanini ko‘rsatdi. Kiberxavfsizlik masalalari global ekotizimlarda ustuvor yo‘nalish bo‘lib, O‘zbekistonda ham xalqaro standartlarga mos himoya tizimlarini kuchaytirish zarurligi aniqlandi. O‘zbekiston uchun ekotizimlarning ijtimoiy va iqtisodiy afzalliklari yuqori: moliyaviy inkluzivlik oshadi, elektron savdo kengayadi, soliq tushumlari ortadi va aholining kundalik xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yengillashadi. Tahlil jarayonida ishlab chiqilgan jadval asosida aniqlanishicha, O‘zbekiston rivojlangan davlatlar darajasiga yetishi uchun normativ-huquqiy islohotlar, texnologik sarmoya, malakali kadrlarga ehtiyoj va integratsion siyosatni kuchaytirish zarur. Umuman olganda, o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bank ekotizimlari O‘zbekiston moliya bozorining kelajakdagi asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, to‘g‘ri strategiya bilan mamlakat iqtisodiy o‘sishiga kuchli turtki berishi mumkin. Xulosa Bank ekotizimlari zamonaviy moliyaviy tizimda strategik ahamiyatga ega bo‘lib, ular bank faoliyatini nafaqat klassik xizmatlar bilan cheklab qo‘ymaydi, balki keng ko‘lamli raqamli, noan’anaviy va qo‘shimcha xizmatlarni birlashtiruvchi yagona platformaga aylantiradi. 1058 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan mamlakatlarda bank ekotizimlarining muvaffaqiyatli shakllanishi banklar o‘rtasida raqobatni kuchaytirgan, mijozlar uchun qulayliklarni oshirgan va moliyaviy xizmatlarning ommabopligini yangi bosqichga ko‘targan. Xususan, AQSH, Yevropa Ittifoqi, Janubiy Koreya ва Сингапур тажрибасида ekotizimlar banklarni raqamli innovatsiyalarning asosiy drayveriga aylantirgani yaqqol namoyon bo‘ladi. Tadqiqot davomida aniqlanganidek, ekotizim modeli bank xizmatlari samaradorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish, mijozlar oqimini kengaytirish va moliyaviy inklyuziyani chuqurlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, ekotizimlar fintech kompaniyalari, sug‘urta tashkilotlari, elektron savdo platformalari va davlat xizmatlari bilan integratsiyalashgan holda butun iqtisodiyotda sinergetik ta’sir yaratadi. Mazkur yondashuv bankni faqat to‘lov vositasi emas, balki iqtisodiy ekosistemaning markaziy elementiga aylantiradi. O‘zbekiston misolida olib borilgan tahlil bank ekotizimlari so‘nggi yillarda jadal rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Raqamli transformatsiya, fintech hamkorliklari, masofaviy bank xizmatlarining kengayishi, onlayn kreditlash, elektron tijorat bilan integratsiya jarayonlari ekotizim modeliga xos ijobiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Biroq hali bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ham mavjud: axborot xavfsizligi darajasini oshirish, yagona platformalararo standartlarni shakllantirish, banklar va fintechlar o‘rtasida ochiq API muhitini kengaytirish, shuningdek, risklarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish talab etiladi. Umuman olganda, bank ekotizimlarining rivojlanishi O‘zbekiston bank tizimini xalqaro standartlarga yaqinlashtirishga, raqobatbardoshligini oshirishga, bozorda yangi innovatsion yechimlar paydo bo‘lishiga yordam beradi. Ekotizim yondashuvining joriy etilishi moliyaviy xizmatlar sifatini oshirish, mijozlar ehtiyojini to‘liq qondirish va iqtisodiyotda barqaror o‘sishga erishishda muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Foydalanilgan Adabiyotlar 1. Anderloni, L., Bongini, P., & Mascia, D. (2022). Banking ecosystems and digital transformation: New business models in the financial sector. Journal of Banking & Finance, 142, 106–120. 2. Bailey, A., Farrell, D., & Remes, J. (2021). The future of banking ecosystems: Global perspectives and strategic implications. McKinsey Global Institute Report. 3. European Banking Authority. (2023). EBA report on the role of fintech and digital platforms in EU banking. Luxembourg: Publications Office of the European Union. 4. Gomber, P., Kauffman, R. J., Parker, C., & Weber, B. (2018). On the fintech revolution: Interpreting the forces of innovation, disruption, and transformation in financial services. Journal of Management Information Systems, 35(1), 220–256. 5. OECD. (2022). Digital transformation in financial markets: Innovations, risks, and regulatory frameworks. Paris: OECD Publishing. 6. PwC. (2023). Global banking ecosystem survey: Trends, opportunities and future risks in the digital era. PricewaterhouseCoopers International. 7. Sinkovics, R., & Yamin, M. (2021). The platform economy in banking: Ecosystem strategy and global practices. International Business Review, 30(6), 101–118. 8. Ўзбекистон Республикаси Марказий банки. (2023). Ўзбекистон банк тизимини рақамлаштириш ва финтех ривожланишининг йиллик ҳисоботи. Тошкент. 1059 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 9. Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва молия вазирлиги. (2024). Молия бозорининг рақамли инфратузилмаси ва банк хизматлари трансформацияси. Тошкент.