INTERFAOL TA'LIM METODLARINING MAZMUN-MOHIYATI VA ULARNING TASNIFI
Abstract
Mazkur maqolada ta’limda interfaol metodlarning mazmun-mohiyati atroflicha yoritilgan. Oʻqitishning zamonaviy metodlari asosida dars jarayonlarini tashkil etishning afzalliklari va natijalari bayon etilgan. Shu bilan bir qatorda, interfaol metodlarni tasniflashda e’tiborga olinadigan jihatlar sanab o’tilgan va ushbu ta’lim metodlarining tasnifi keltirib oʻtilgan. Dars jarayonida ta’lim metodlarini tanlashda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida tushunchalar berilgan. Interfaol metodlarga misollar keltirilgan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 977 INTERFAOL TA’LIM METODLARINING MAZMUN-MOHIYATI VA ULARNING TASNIFI Ashurova Zilolaxon Baxodir qizi GDPI magistranti. [email protected] +998889090074 https://doi.org/10.5281/zenodo.17775553 Annotatsiya. Mazkur maqolada ta’limda interfaol metodlarning mazmun-mohiyati atroflicha yoritilgan. Oʻqitishning zamonaviy metodlari asosida dars jarayonlarini tashkil etishning afzalliklari va natijalari bayon etilgan. Shu bilan bir qatorda, interfaol metodlarni tasniflashda e’tiborga olinadigan jihatlar sanab o’tilgan va ushbu ta’lim metodlarining tasnifi keltirib oʻtilgan. Dars jarayonida ta’lim metodlarini tanlashda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida tushunchalar berilgan. Interfaol metodlarga misollar keltirilgan. Kalit soʻzlar: Interfaol metod, interfaol ta’lim strategiyalari, interfaol grafik organayzerlar, pedagogik texnologiya, ta’lim, ta’lim metodlari, tasniflash. Аннотация. В статье подробно изложены содержание и сущность интерактивных методов в образовании. Описаны преимущества и результаты организации учебного процесса на основе современных методов обучения. Перечислены аспекты, которые следует учитывать при классификации интерактивных методов, и дана их классификация. Даются понятия о том, на что следует обращать внимание при выборе методов обучения в учебном процессе. Приведены примеры интерактивных методов. Ключевые слова: Интерактивный метод, интерактивные стратегии обучения, интерактивные графические органайзеры, педагогические технологии, образование, методы обучения, классификация. Abstract. This article provides a detailed description of the content and essence of interactive methods in education. The advantages and results of organizing lesson processes based on modern teaching methods are described. In addition, the aspects to be considered when classifying interactive methods are listed and a classification of these teaching methods is given. Concepts are given about what to pay attention to when choosing teaching methods in the lesson process. Examples of interactive methods are given. Keywords: Interactive method, interactive teaching strategies, interactive graphic organizers, pedagogical technology, education, teaching methods, classification. Kirish. Hech kimga sir emaski, shiddat bilan rivojlanib borayotgan XXI asr ilm-fan taraqqiyoti ijtimoiy hayotning hech bir sohasini chetlab oʻtayotgani yoʻq. Ma’lumki, har bir kashfiyot, har bir yangilikning negizida ta’lim turadi. Ilm-fan taraqqiyoti mamlakat taraqqiyoti uchun nechogʻlik zarur boʻlsa, ta’lim ham shunchalik zaruratdir. Sharqda azal-azaldan ilm-fan taraqqiyoti va ta’limga e’tibor kuchli boʻlgan. Buyuk qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino ham o’zining “Donishnoma-i Aloiy” asarida quyidagi fikrlarni bildirib oʻtgan: “Bilimning haqiqati – uni qoʻllaganda ayon boʻladi” [3]. Ta’limning muhim va dolzarbligi bugungi kunda ham oʻz qiymatini yoʻqotgani yoʻq.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 978 Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning ta’lim sohasidagi qaror va farmonlarida ta’lim sifatinni oshirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish muhim vazifa sifatida belgilangan [2,95]. Jumladan, 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida ta’lim sifatini oshirish strategiyasi”da integratsiyaviy, zamonaviy metodlar asosida tashkil etiladigan ta’limning dolzarbligi ta’kidlangan[1,112]. Bugungi milliy pedagogikada “interfaol metodlar” nomi bilan kirib kelayotgan metodlar talaba-oʻqituvchidan ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Qisqa vaqt mobaynida ma’lum nazariy bilimlarni oʻquvchiga yetkazish, unda ma’lum faoliyat yuzasidan koʻnikma, malaka hosil qilish hamda baholash oʻqituvchidan yuksak pedagogik mahorat va chaqqonlikni talab qiladi [7,694] Interfaol ta’lim metodlari. Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida oʻqitishning zamonaviy metodlari keng qoʻllanilmoqda. Oʻqitishning zamonaviy metodlarini qoʻllash oʻqitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning oʻzlashtirish darajasi oʻsishiga olib keladi [4,90]. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng koʻp tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qoʻllanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari koʻp boʻlib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarli hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qoʻllash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun toʻgʻri tanlash muammosini keltirib chiqargan. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi mutassil ragʻbatlantirib turilishi, oʻquv materialini kichik-kichik boʻlaklarga boʻlib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yoʻnaltiruvchi matn, loyiha, rolli oʻyinlar kabi metodlarni qoʻllash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi [5,37]. Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni oʻzaro muloqotda, oʻzaro bahsmunozarada fikrlash asnosida, hamjihatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat oʻquvchi-talabani mustaqil fikrlashga oʻrgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. Oʻqitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, oʻquv muassasasining oʻquv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, oʻqituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi [4,92].
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 979 Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi boʻlgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qoʻllanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Shunday qilib, fanlarni oʻqitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish oʻziga xos xususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab oʻrganish va amalda qoʻllash oʻquvchi-talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning toʻgʻri yechimini topishlariga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Oʻquvchi-talabalarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda oʻquvchi-talabalarning bilim, koʻnikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga erishiladi[6,51]. Interfaol metodlarni tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol ta’lim strategiyalari, interfaol grafik organayzerlarga ajratish mumkin. Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi: 1. Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “Oʻquv keyslari”), “Blist-soʻrov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” “Assisment”, “Ikki qismli kundalik” va hokazo. 2. Interfaol ta’lim strategiyalari. “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va hokazo. Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategik yondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham koʻproq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli boʻlib, ularning orasida boshqa farqlar yoʻq. 3. Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Assisment”, “Ikki qismli kundalik” va hokazo. Interfaol ta’lim metodlarini koʻpincha turli shakllardagi oʻquv mashgʻulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda qoʻllanmoqda. Bu metodlarni qoʻllash mashgʻulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi [5,40]. Ta’lim metodlarini tanlash. Pedagogika fanida, oʻqituvchilarning amaliy tajribasini oʻrganish va umumlashtirish asosida ta’lim metodlarini tanlashga oʻquv-tarbiya jarayoni, kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bogʻliq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim: • Ta’limning umumiy maqsadlari. • Fanning va oʻrganilayotgan mavzuning mazmuni hamda o‘ziga xosliklari. • Biror fanni oʻqitish metodikasining oʻziga xosliklari. • Materialni oʻrganishga ajratilgan vaqt. • Oʻquv mashgʻulotining maqsadi, vazifalari va mazmuni. • Oʻquvchilarning yoshi va bilish imkoniyatlari. • O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi. • Ta’lim muassasasining moddiy ta’minlanganligi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 980 • O‘qituvchining nazariy, amaliy va metodik tayyorgarligi, pedagogik mahoratni egallaganlik darajasi [4, 95]. Xulosa. Bir soʻz bilan aytganda, bugungi kun zamonaviy ta’limini zamonaviy ta’lim metodlarisiz tasavvur etish mushkul. Pedagogning har bir dars uchun qoʻyilgan maqsadiga erishishining asosiy omillaridan biri, aynan, ta’limning zamonaviy metodlari sanaladi. Interfaol metodlarni dars jarayonida toʻgʻri qoʻllash dars samaradorligini ta’minlash bilan bir qatorda, oʻquvchilar faolligini oshiradi. Bu esa, oʻz navbatida, oʻquvchilarda mavjud boʻlgan ayrim psixologik va nutqiy muammolarni ham bartaraf etishga yordam beradi. Ya’ni interfaol metodlar ta’limga, hech shubhasiz, suv va havodek zarurligi bugungi kunda oʻz isbotini topgan. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati 1. Sh.Mirziyoyev - “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifatini oshirish strategiyasi”. Toshkent: Prezident matbuot xizmati. 2019, 112 b. 2. Prezident qarori. “Ta’limni modernizatsiya qilish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish to‘g‘risida” Toshkent. Hukumat nashriyoti. 2022, 95 b. 3. Abu Ali Ibn Sino. “Donishnoma-i Aloiy”. Toshkent.:Fan. 1958, 248 b. 4. Mirzayeva F.O., Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik. Toshkent.:Innovatsion rivojlanish nashriyoti-matbaa uyi. 2023, 304 b. 5. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi.:Nasaf. 2000. 6. Yoʻldoshev J.Gʻ., Usmonov S. Ilgʻor pedagogik texnologiyalar. T.:Oʻqituvchi, 2004. 7. Yangiboyev Gʻ.R. Oʻquv amaliyotlarini tashkil etishda interfaol metodlaridan foydalanishida didaktik imkoniyatlari. Qoʻqon universiteti xabarnomasi, 1(1), 693-695. https://doi.org/10.54613/ku.v1i1.684.