Full text
Noyabr, 2025-Yil 333 BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O‘QITISHDA METODIK TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI Bayzakova Malika Guliston davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17776054 Annotatsiya. Ushbu maqola bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) xalqaro baholash dasturi asosida o'qitish jarayonida metodik tayyorgarliklarini rivojlantirishga bag'ishlangan. Maqolada innovatsion va axborot texnologiyalarining ta'lim jarayoniga integratsiyasi, o'qituvchilarning pedagogik kompetensiyalarini oshirish, shuningdek, o'quvchilarning o'qish savodxonligini baholashda zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. PIRLS dasturi doirasida o'qituvchilarni tayyorlashda axborot texnologiyalarining roli va ahamiyati, shuningdek, o'qitish metodlarining yangilanishi haqida fikrlar bildirilib, amaliy tavsiyalar beriladi. Maqola, kelajak avlod o'qituvchilarini sifatli tayyorlash va ularning professional rivojlanishiga ko'maklashishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: PIRLS, zamonaviy yondashuv, kompetentsiya, o‘qituvchi, o‘quvchi, texnologiya, rivojlanish, integratsiya, metodika, global muammo, savodxonlik. Аннотация. Статья посвящена развитию методической подготовки будущих учителей начальной школы к учебному процессу на основе международной программы оценки PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study). В статье анализируется интеграция инновационных и информационных технологий в образовательный процесс, повышение педагогической компетентности учителей, а также современные подходы к оценке читательской грамотности учащихся. Обсуждаются роль и значение информационных технологий в подготовке учителей в рамках программы PIRLS, а также обновление методов обучения и даются практические рекомендации. Статья направлена на качественную подготовку будущих учителей и содействие их профессиональному развитию. Ключевые слова: PIRLS, современный подход, компетентность, учитель, ученик, технологии, развитие, интеграция, методология, глобальная проблема, грамотность. Abstract. This article is devoted to the development of methodological training of future primary school teachers in the teaching process based on the international assessment program PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study). The article analyzes the integration of innovative and information technologies into the educational process, improving the pedagogical competencies of teachers, as well as modern approaches to assessing students' reading literacy. The role and importance of information technologies in the training of teachers within the framework of the PIRLS program, as well as the renewal of teaching methods, are discussed and practical recommendations are given. The article is aimed at high-quality training of future generation teachers and facilitating their professional development. Keywords: PIRLS, modern approach, competence, teacher, student, technology, development, integration, methodology, global problem, literacy.
Noyabr, 2025-Yil 334 Bugungi kunda ta'lim tizimida global miqyosda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida xalqaro baholash dasturlari, jumladan, PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) dasturining ahamiyati ortib bormoqda. Ushbu dastur o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash orqali ularning ta’lim jarayonidagi yutuqlari va kamchiliklarini aniqlashga yordam beradi. Xalqaro baholash natijalari asosida mamlakatlarning ta'lim sifatini yaxshilash, o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini takomillashtirish hamda o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish imkoniyati yuzaga keladi. O‘zbekistonda ham PIRLS dasturi talablari asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash dolzarb masalalardan biridir. Jahonda o‘qituvchilarni PIRLS - (Progress in International Reading Literacy Study) xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishning samarali texnologiyalari taʼlim jarayoniga tatbiq etilmoqda. Zamon talablariga mos pedagogik kadrlarni tayyorlash Xalqaro baholash dasturlari (PIRLS) asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarinining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish, xalqaro baholash dasturlari asosida multimediali elektron resurslar yaratishvatalim sifatini baholash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bunday ishlar bilan birgalikda, “taʼlim sifatini baholash jarayoni va vositalarini takomillashtirish, erishilgan natijalarni aniqlash imkonini beruvchi mexanizmlarni amaliyotga joriy etish”, o‘quvchilar bilim darajasini xalqaro standartlar asosida baholash, o‘qish savodhonligi fanlarni o‘qitish sifatini oshirishga oid tendensiyalarni amaliyotga tatbiq etish ishlari olib borilmoqda. Respublikamizda so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” (PF-5712-son) gi farmonida, yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etildi, o‘qitish metodikasini takomillashtirish, shuningdek taʼlimtarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish hamda professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, xalq taʼlimi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish, taʼlim sifatinibaholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishning meʼyoriy asoslari yaratilmoqda. “Milliy o‘quv dasturi bo‘yicha yangi metodikalarga o‘qituvchilarni o‘qitish maqsadida elektron malaka oshirish platformasi uchun 2026-yilga qadar jami 769 ta videodars yaratish” muhim ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bu taʼlim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik tayyorgarliklarini yangi pedagogik texnologiyalar va xalqaro baholash dasturlari asosida takomillashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmoni, 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirishva ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida” PF-4708-son, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-3775-sonli qarorlari, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2909-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari
Noyabr, 2025-Yil 335 to‘g‘risida”gi 997-sonli 129 qarori, shuningdek, mazkur sohaga tegishli boshqa meʼyoriyhuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya ishimuayyan darajada xizmat qiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning ushbu dastur talablari asosida tayyorlanishi ularning o‘quvchilarga zamonaviy va samarali ta’lim berish ko‘nikmalarini shakllantirishga, shuningdek, xalqaro miqyosda raqobatbardosh bilim va malakaga ega bo‘lishlariga xizmat qiladi. Ushbu tezisda PIRLS dasturi doirasida bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va texnologiyalar asosida o‘qitishning samaradorligi tahlil qilinadi. Kelajakdagi boshlang'ich sinf o'qituvchilarining PIRLS baholash dasturiga asosida o'qitish metodikasini rivojlantirish innovatsion va axborot texnologiyalarini o'z ichiga oladi, jumladan, interfaol ta'lim usullari, raqamli darsliklar va o'quv-nazorat tizimlari. Bu texnologiyalar o'qituvchilarga baholash mezonlarini tushunish, o'quvchilarning o'qish savodxonligini rivojlantirish va baholash natijalarini tahlil qilishda yordam beradi. Innovatsion va axborot texnologiyalari Interfaol va multimedia vositalari: PIRLSga tayyorgarlik ko'rish uchun o'qituvchilar dars jarayonida interfaol doskalar, video-darsliklar, o'quv-nazorat dasturlari va onlaynplatformalardan foydalanishlari mumkin. Bu o'quvchilarning diqqatini jalb qilishga va mavzuni chuqurroq o'zlashtirishga yordam beradi. Raqamli darsliklar va o'quv materiallari: PIRLS talablariga moslashtirilgan elektron darsliklar va o'quv materiallari (masalan, o'qish matnlari, savol-javoblar, topshiriqlar) ta'lim jarayonini boyitadi. O'quv-nazorat tizimlari: Ushbu tizimlar o'qituvchilarga o'quvchilarning o'qish savodxonligini baholash, rivojlanishini kuzatish va natijalarni tahlil qilish imkonini beradi. Bu tizimlar yordamida o'qituvchilar o'z o'qitish usullarini takomillashtirishi mumkin. Sinfdagi texnologiyadan foydalanish: PIRLSga tayyorgarlik ko'rish uchun dars jarayonida tabletkalar, kompyuterlar va boshqa texnik vositalardan foydalanish mumkin. O'quvchilarni baholashga doir axborot texnologiyalari: PIRLSga tayyorgarlik ko'rish uchun o'quvchilarni baholashga doir axborot texnologiyalari (masalan, onlayn testlar, dasturlash platformalari) o'qituvchilarga o'quvchilarning bilimlarini aniqroq baholashda yordam beradi. Metodik tayyorgarlikni rivojlantirish yo'llari Treninglar va seminarlar: O'qituvchilar uchun PIRLS baholash dasturi va undan foydalanish bo'yicha maxsus treninglar, seminarlar va master-klasslar o'tkazish zarur. Onlayn kurslar: O'qituvchilarning o'z bilimlarini mustahkamlash va yangilash uchun onlayn kurslar va vebinarlar taklif etish mumkin. Tajriba almashish: O'qituvchilarning tajriba almashish forumlari va sessiyalari tashkil etish orqali PIRLSga tayyorgarlik bo'yicha eng yaxshi usullarni targ'ib qilish mumkin. O'quv-nazorat tizimlaridan foydalanish: PIRLSga moslashgan o'quv-nazorat tizimlaridan muntazam foydalanish orqali o'qituvchilar o'z o'qitish usullarini baholash va takomillashtirish imkoniyatiga ega bo'lishadi. PIRLS xalqaro baholash dasturi bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirishda innovatsion va axborot texnologiyalarining ahamiyati beqiyosdir.
Noyabr, 2025-Yil 336 Ushbu texnologiyalarni ta'lim jarayoniga integratsiya qilish, o'qituvchilarning professional kompetensiyalarini oshirishga yordam beradi va natijada o'quvchilarning o'qish savodxonligini yanada yaxshilaydi. Ta'lim tizimini yangilash va takomillashtirish yo'lida harakat qilishimiz zarur, chunki kelajak avlodi sifatli ta'limga muhtojdir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. SH.M.Mirziyoyev “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qatiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz” –Toshkent, “O‘zbekiston”, 2017-yil, 592 bet 10-bet 2. Martin, M. O., Mullis, I. V. S. (2017). PIRLS 2016 International Results in Reading. International Association for the Evaluation of Educational Achievement (IEA). 3. Mullis, I. V. S., & Martin, M. O. (2019). Assessment Frameworks for PIRLS 2021. TIMSS & PIRLS International Study Center, Boston College. 4. Halilova, N. & Jabborov, Z. (2020). O‘zbekistonda boshlang‘ich sinf ta’limi va xalqaro baholash dasturlari. O‘zbekiston Ta’lim Va Ilmiy Tadqiqotlar Jurnali, 2(1), 34-49. 5. Avramenko, V. A., & Sokolova, S. Y. (2021). Competence-Based Approach in the Preparation of Primary School Teachers. Journal of Pedagogical Sciences, 5(3), 72-88. 6. Eshonqulov, Q. (2020). Pedagogik texnologiyalar va boshlang‘ich ta’limda innovatsion yondashuvlar. O‘zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti. 7. Kozlova, A. & Petrova, E. (2018). Teaching Reading Comprehension Strategies in the Context of PIRLS. European Journal of Education Studies, 5(4), 123-135.