scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLARNI OILADAGI TAZYIQ VA ZO'RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH MASALALARI

Davronova Feruza Raxmonovna

Abstract

O‘zbekistonda ayollarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga xizmat qiladigan, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklardan himoya qiladigan normativ hujjatlar haqida, oilaviy zo‘rovonlik, ularni bartaraf etish usullari va statistik ma’lumotlarga murojaat etiladi. Ayollarni oiladagi zo‘rovonliklardan himoya qilish borasida ijtimoiy-siyosiy tahliliy fikr va mulohazalar bayon etiladi.

Full text

INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 19 O‘ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLARNI OILADAGI TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH MASALALARI Davronova Feruza Raxmonovna O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Siyosiy fanlar kafedrasi dotsenti v.b., siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori https://doi.org/10.5281/zenodo.17778611 Annotatsiya. O‘zbekistonda ayollarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga xizmat qiladigan, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklardan himoya qiladigan normativ hujjatlar haqida, oilaviy zo‘rovonlik, ularni bartaraf etish usullari va statistik ma’lumotlarga murojaat etiladi. Ayollarni oiladagi zo‘rovonliklardan himoya qilish borasida ijtimoiy-siyosiy tahliliy fikr va mulohazalar bayon etiladi. Kalit so‘zlar: zo‘rovonlik, ijtimoiy-siyosiy faollik, oila, davlat va jamiyat boshqaruvi, huquq va majburiyatlar, gender tengligi. Аннотация. Речь идет о нормативных актах, служащих защите прав и свобод женщин в Узбекистане, защищающих женщин от насилия, семейного насилия, методах их преодоления и статистических данных. Описаны социально-политические аналитические мнения и размышления о защите женщин от семейного насилия. Ключевые слова: насилие, социально-политическая активность, семья, управление государством и обществом, права и обязанности, гендерное равенство. Annotation. We are talking about regulations that protect women's rights and freedoms in Uzbekistan, protect women from violence, family violence, methods of overcoming them, and statistical data. Socio-political analytical opinions and reflections on the protection of women from domestic violence are described. Keywords: violence, socio-political activism, family, State and community management, rights and obligations, gender equality. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rnini kuchaytirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash kabi qator yo‘nalishlarda islohotlar olib borish, jamiyatda ayollarning huquq va erkinliklari, imkoniyatlarini ta’minlash, ayniqsa, ularni turli xil zo‘rovonliklardan himoya qilish bo‘yicha qator nazariy va amaliy ishlar olib borilmoqda. O‘zbekistonda inson huquqlarini oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qiladigan hamda uning oldini olish va tugatishga nisbatan huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini tartibga soladigan bir qator qonunchilik va normativ-huquqiy aktlar qabul qilingan. Ular asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi. Konstitutsiya oila va insonning huquq, erkinlik va manfaatlarini muhofaza etishni belgilaydigan va kafolatlaydigan normalar asosi bo‘lib, quyidagilarini misol qilib keltirish mumkin: ● O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar (18-modda). Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga qasd qilish eng og‘ir jinoyatdir (24-modda); INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 20 ● Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas (25-modda); ● Har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. (27-modda); ● Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xattiharakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi (44-modda); ● Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar (46-modda). Oilada xotin-qizlar ustidan zo‘ravonlik jiddiy muammo hisoblanadi. Oilaviy munosabatlarda teng huquqlilikka erishish — inson huquqlari tizimiga doir ijtimoiy-demokratik institutning tarkib topishi natijasidir. Uning vujudga kelishiga jinslarning davlat tuzilmalarida, hukumat bilan va o‘zaro munosabatlarida tegishli normalarni topishning murakkab jarayoni sabab bo‘lgan. Tarix shundan dalolat beradiki, teng huquqlilik g‘oyasi hamda uni amalga oshirish odob-ahloq, ma’naviy-madaniy va diniy jihatlardan iborat majmuani o‘z ichiga oladi. Xotin-qizlar deyarli barcha davlatlar aholisining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi, shuning uchun aholi yarmining huquqlari poymol qilinganda, amalda demokratiyaga asoslangan jamiyat to‘g‘risida gapirish qiyin. Xotin-qizlar ustidan zo‘ravonlik muammosi davlatdagi nosog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit va yangi ijtimoiy munosabatlarni yaratishdagi qoloqlikdan dalolat beradi. Garchi insonga nisbatan barcha turdagi zo‘ravonlik va kamsitishlarni bartaraf etish taqozo etilsa-da, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik alohida ahamiyatga muhtoj, chunki bu holat butun jamiyatga tegishlidir. Oiladagi zo‘ravonlik inson huquqlari hisoblangan barchaning qonun oldida teng himoyaga egalik huquqining buzilishiga sabab bo‘lib, jinsiga ko‘ra kamsitishlarga olib keladi. Bundan tashqari yana bir qator inson huquqlarining: shafqatsiz munosabatga uchramaslik huquqining, yashash huquqi va jismoniy daxlsizlik huquqining, oliy jismoniy va ruhiy sog‘liqqa ega bo‘lish huquqining buzilishiga ham sabab bo‘ladi. Aynan xotin-qizlar ustidan zo‘ravonlik muammolariga e’tiborning qaratilishi bilan xalqaro huquq oiladagi zo‘ravonlikni nazorat qilish g‘oyasini ilgari suradi. Oiladagi zo‘ravonlikni xalqaro inson huquqlarining buzilishi sifatida talqin etishga qaror qilindi. Bu masalada shaxsiy hayot tamoyillari qayta ko‘rib chiqilishi kerak, chunki ommaviy va norasmiy sohaga an’anaviy bo‘linish ijtimoiy hokimiyatni taqsimlashda tengsizlik manbai bo‘lib hisoblanadi. Shunga ko‘ra, oiladagi zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan qonuniy asoslarni ishlab chiqish masalasini ko‘rib chiqish O‘zbekiston uchun ham dolzarbdir. Oiladagi zo‘ravonlik xotin-qizlar va bolalarning hayoti, sog‘ligi va qadr-qimmatiga tajovuz qiladigan keng tarqalgan huquqbuzarlik shakliga aylanib bormoqda. Statistika ma’lumotlariga qaraganda, hozirgi kunda sodir etilayotgan qotilliklarning, qasddan badanga turli darajadagi tan jarohatlarini yetkazish, kaltaklash va kamsitishlar, nikohdan erta o‘tishga majburlash, jinsiy motivlarda sodir etilayotgan jinoyatlarning ko‘pchiligi oilada, maishiy asoslarda sodir etilmoqda. Bunday jinoyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, zo‘ravonlikning ob’ekti bo‘lib oilaning zaif a’zolari: xotin-qizlar va bolalar hisoblanadi. Shuningdek, bu jinoyatlarning ko‘pchiligi latent, ya’ni yashirin xarakterga ega. Chunki er (ota)dan qo‘rqish yoxud oilaviy majburiyatlar yuzasidan, an’analar, diniy tasavvurlarga ko‘ra, moddiy va boshqa qaramlik oqibatida jabrlanuvchilar huquqni muhofaza qilish organlariga ularga nisbatan sodir etilgan yoki sodir etilayotgan zo‘ravonlik harakatlari to‘g‘risida xabar bermaydilar. INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 21 Oilada keng tarqalgan jinoyatlardan biri qiynashdir. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi qiynashni ya’ni «muttasil ravishda do‘pposlash va boshqacha harakatlar bilan qiynash», deb tushuntiradi. Bunda oilada qiynoqlarga duch kelgan shaxslarning sonini aniqlash qiyin, chunki ko‘pchilik hollarda jabrlanuvchilar himoyaning samarali bo‘lmasligidan, aydorning esa o‘ch olishidan qo‘rqib, militsiya yoki sudga murojaat qilmaydi. Ayollar jismoniy zo‘rovonlik ob’ekti bo‘lsa-da, bu haqda lom-mim deya olmaydi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, odam o‘ldirishlarning uchdan bir qismi oilada, maishiy asoslarda sodir bo‘ladi. Bunga sovuq munosabatlar, kaltaklashlar, qiynashlar, o‘ldirish bilan qo‘rqitish yoki zo‘ravonlik ishlatishlar sabab bo‘ladi. Lekin qonunchilikda oila a’zolari, homilador ayollar va voyaga yetmagan shaxslarni, ya’ni o‘z hayoti va sog‘ligini himoya qila olmaydigan shaxslarni qo‘rqitganligi uchun maxsus (qattiqroq) javobgarlik nazarda tutilmagan. Zo‘ravonlik bilan bog‘liq keyingi masala ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlashdir. Bunday majburlash zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish xarakteriga ega bo‘lib, ayolga jismoniy yoki ruhiy ta’sir o‘tkazish bilan ham sodir etilishi mumkin. Bundan tashqari homilani majburan tushirish muvaffaqiyatsiz bo‘lishi mumkin, buning oqibatida esa ayol og‘ir kasallikka chalinishi yoki vafot etishi ham mumkin. Quyida haqola etilayotgan jadval Ichki Ishlar Vazirligi bergan ma’lumotlari asosida bo‘lib tuzilgan bo‘lib, unda yillar kesimida viloyatlarda hozirda birga istiqomat qilayotgan yoki ilgarigi sherigi tomonidan jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikni boshidan kechirgan (15-49 yosh) ayollar soni keltirilgan:[3] 2018 y. 2019 y. 2020 y. 2021 y. 2022 y. 2023 y. O‘zbekiston Respublikasi 344 252 324 268 185 185 Qoraqalrog‘iston Respublikasi 26 27 22 20 14 5 Andijon 8 5 4 5 1 4 Buxoro 1 1 3 4 1 4 Jizzax 10 17 14 9 13 17 Qashqadaryo 4 2 3 1 4 59 Navoiy 4 1 1 - - 3 Namangan 1 2 1 2 - 12 Samarqand 8 5 6 7 11 42 Surxondaryo 16 18 15 13 7 9 Sirdaryo 11 27 18 12 4 2 Toshkent viloyati 56 64 59 40 23 6 Farg‘ona 13 18 14 15 5 1 Xorazm 63 52 47 40 33 6 Toshkent shahri 120 13 117 100 69 17 Viloyatlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Xorazm viloyatida oilaviy zo‘ravonlik darajasining eng yuqori ko‘rsatkichi qayd etilgan. Eng minimal ko‘rsatkich Buxoro, Navoiy va Andijon viloyatlarida ekan. Etiborli jihati shundaki, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariida oilaviy zo‘rovonlik keyingi yillarda ko‘payib borgan. Farg‘ona viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi yillar kesimida kamayish kuzatiladi. Jadval INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 22 ko‘rsatkichlarlari qarab qaerda qanday tadbir va islohotlar qilish kerakligi haqida umumiy tasavvur paydo qiladi. Oiladagi zo‘ravonlik ob’yekti bo‘lib oilaning har bir a’zosi — er-xotin, bolalar, qariya ota-onalar bo‘lishi mumkin, shuning uchun oiladagi shafqatsizlikning uch turi alohida ko‘rsatiladi. Xususan: er yoki xotinning bir-biriga nisbatan munosabatida; ota-onalarning bolalariga nisbatan munosabatida; bolalar yoki nabiralarning qariya qarindoshlarga nisbatan munosabatida. Oiladagi zo‘ravonlik — bu oila a’zolariga jismoniy yoki ruhiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki yetkazadigan, jins xususiyatiga ko‘ra sodir etilgan zo‘ravonlik akti yoki oilada, shaxsiy hayotda uchraydigan ozodlikdan o‘zboshimchalik bilan mahrum qilish yoki unga majburlash tahdidi [4]. Bugungi kunda inson huquqlarining ta’minlanishi va himoya qilinishi demokratik fuqarolik jamiyatining muhim belgisi ekanligi haqidagi qoida umum tomonidan e’tirof etilgandir. Shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquqlariga sodiqligini e’lon qilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni maqsad qilib, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan oladi, fuqarolarning huquq va erkinliklari tengligi tamoyilini mustahkamlaydi. Gender tengligi va erkaklar hamda xotinqizlarning teng imkoniyatlari xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan o‘zgarmas tamoyillar, tayanch qadriyatlar va andozalardir. Bu tamoyillar bir tomondan ijtimoiy adolat va asl demokratiyaning uzviy talablari bo‘lib, ikkinchi tomondan xotin-qizlar va erkaklar huquqlarini ta’minlashning asosiy talablaridir. O‘zbekiston tomonidan inson huquqlari sohasidagi asosiy xalqaro-huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilinib, ularni ta’minlash va muhofaza etishga, shuningdek kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan qonunlar qabul qilingan. Gender tengligini ta’minlash sohasida erishilgan yutuqlarga qaramay amaldagi qonunchilikning va uni qo‘llash amaliyotining tahlili yechilishi kerak bo‘lgan muammolarni aniqlashga, fuqarolar huquq va erkinliklarining tengligi tamoyilining huquqiy ta’minlanishini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni asoslashga yordam beradi. Erkaklar va xotin-qizlarning teng huquq va imkoniyatlari to‘g‘risidagi, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllarini oldini olish to‘g‘risidagi, migratsiya to‘g‘risidagi qonunlarning qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat, Soliq, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga, «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida», «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida», «Aholining bandligi to‘g‘risida», «Ta’lim to‘g‘risida», «Fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar bo‘yicha tavsiyalarda keltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning kiritilishi O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlashga, Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya va O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan boshqa xalqaro huquqiy hujjatlarda belgilangan xalqaro andozalarning milliy qonunchilikka tatbiq qilinishiga, Xotin-qizlarga nisbatan barcha kamsitishlarga barham berish qo‘mitasiga taqdim etilayotgan va boshqa milliy ma’ruzalarning darajasi va mazmunini yaxshilashga xizmat qiladi. Yuqoridagilarni umulashtirgan holda quyidagi takliflarni ilgari surgan bo‘lar edik: Birinchidan, xotin-qizlarning ommaviy savodxonligini oshirish, o‘z huquq va erkinliklari, imtiyozlari haqida xabardor bo‘lishlarini ta’minlash lozim. Shu bilan birga o‘z haq-huquqlarini himoya qilish maqsadida tegishli muassasalarga murojaat qilish bo‘yicha axborotga ega bo‘lish. Ikkinchidan, jamiyatda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha qonuniy baza mexanizmi yaratilgan. Biroq uning amalda qanday amalga oshirilayotganligini nazorat INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 23 qiluvchi monitoring joriy etilishini taklif qilgan bo‘lardik. Monitoring natijalari ommaga ochiq e’lon qilinsa, ma’lumotlar shaffofligiga alohida e’tibor qaratilsa yaxshi bo‘lar edi. Uchinchidan, omma ongiga singib ketgan patriarxal stereotiplarni yumshatish, ayollarni birovlarga qaram va mute qilib emas, balki ongli, savodxon, shu bilan bir qatorda, ma’naviyatli, madaniyatli va oqila qilib tarbiyalashni maqsad qilish lozim. Zero, bilimli va dono ayoldan davlati va jamiyatiga foydali, qobiliyatli farzand o‘sib-ulg‘ayadi. To‘rtinchidan, gender tengligiga alohida ahamiyat qaratish, qamrab olinmagan jihatlarni e’tiborga olish kerak. Bundan tashqari ushbu tavsiyalar asosida maqsadga muvofiq yechimlarni ishlab chiqish uchun ularni har tomonlama va batafsil muhokama qilish kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T:. “O‘zbekiston”, 2019. 2. Taraqqiyot strategiyasi markazi rasmiy sayti https://strategy.uz/ 3. Государственный комитет Республики Узбекистан по статистике https://gender.stat.uz/ru/ 4. Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish to‘g‘risida Deklaratsiya, BMT Bosh Assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1994 yil 23 fevralda qabul qilingan. http://www.un.org/russian/documen/declarat/violence.htm 5. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (1994 y) https://lex.uz/docs