Full text
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 25 GENDER ZO‘RAVONLIKNING MILLIY XAVFSIZLIK VA BARQARORLIK TIZIMIDAGI O‘RNI: NAZARIY ASOSLAR VA AMALIY MEXANIZMLAR 1Mukhitdinova Firuza Abdurashidovna, 2Mukhitdinova Fiyuza Abdurashidovna 1Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori. Orcid: 0000-0003-1721-0189, 2Professor, Doctor of Legal Sciences, Department of state and law theory, Tashkent State Law University Orcid: 0000-0003-1721-0189 https://doi.org/10.5281/zenodo.17778712 Annotatsiya. Maqolada gender zo‘ravonlikning davlatning milliy xavfsizlik tizimiga ta’siri nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Gender tenglikni ta’minlash, ayollar va qizlarga qarshi zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha xalqaro normalar, milliy qonunchilik va institutsional mexanizmlar o‘rganilgan. Tadqiqotda gender zo‘ravonlik nafaqat inson huquqlarini buzish, balki ijtimoiy barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish va siyosiy xavfsizlikka tahdid soluvchi omil ekani isbotlanadi. Shuningdek, xavfsizlikning zamonaviy konsepsiyalarida gender yondashuvning o‘rni, davlat siyosati samaradorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti va jamiyat institutlari o‘rtasidagi kooperatsiya mexanizmlari tahlil qilinadi. Yakunda gender zo‘ravonlikka qarshi kurashni milliy xavfsizlik strategiyalariga integratsiya qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: gender zo‘ravonlik, milliy xavfsizlik, ijtimoiy barqarorlik, gender tenglik, huquqiy mexanizmlar, xalqaro standartlar. Annotation. This article examines the impact of gender-based violence on the national security system from both theoretical and practical perspectives. It analyses international norms, national legislation and institutional mechanisms aimed at ensuring gender equality and preventing violence against women and girls. The study demonstrates that gender-based violence is not only a violation of human rights but also a threat to social stability, economic development and political security. It further explores the role of gender perspectives in modern security concepts, the effectiveness of state policies, law-enforcement practices and mechanisms of cooperation among societal institutions. The paper concludes with scientifically grounded recommendations on integrating gender-based violence prevention into national security strategies. Keywords: gender-based violence, national security, social stability, gender equality, legal mechanisms, international standards. Аннотация. В статье проводится теоретический и практический анализ влияния гендерного насилия на систему национальной безопасности. Исследуются международные нормы, национальное законодательство и институциональные механизмы обеспечения гендерного равенства и предотвращения насилия в отношении женщин и девушек. Доказано, что гендерное насилие является не только нарушением прав человека, но и фактором, угрожающим социальной стабильности, экономическому развитию и политической безопасности. Проанализирована роль гендерного подхода в современных концепциях безопасности, эффективность государственной политики, правоприменительная практика и механизмы межинституционального взаимодействия.
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 26 В заключение представлены научно обоснованные рекомендации по интеграции превенции гендерного насилия в стратегии национальной безопасности. Ключевые слова: гендерное насилие, национальная безопасность, социальная стабильность, гендерное равенство, правовые механизмы, международные стандарты. Kirish So‘nggi o‘n yilliklarda gender zo‘ravonlik global hamda mintaqaviy xavfsizlik tizimining asosiy tahdidlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. BMTning 2030-yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibida “Ayollarga nisbatan barcha shakldagi zo‘ravonlikni bartaraf etish” alohida maqsad sifatida belgilangan. Chunki gender zo‘ravonlik faqat individual muammo emas, balki jamiyat taraqqiyotiga, iqtisodiy faollikka, demografik jarayonlarga, siyosiy tizimga va davlat boshqaruviga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan murakkab ijtimoiy-huquqiy hodisa hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha tub islohotlar olib borilmoqda. 2030-yilgacha mo‘ljallangan Gender strategiyasi, “Ayollar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha “rehabilitatsiya markazlari” tizimining kengayishi — bularning barchasi milliy xavfsizlikni mustahkamlovchi omillardir. Ushbu maqola gender zo‘ravonlikning milliy xavfsizlik tizimidagi o‘rnini ilmiy asosda yoritishni, mavjud xavflarni baholashni va samarali mexanizmlarni taklif qilishni maqsad qiladi. Gender zo‘ravonlik — jinsiy asosda sodir etilgan, jismoniy, ruhiy, iqtisodiy yoki jinsiy zarar yetkazuvchi har qanday xatti-harakatdir. U inson huquqlarining asosiy tamoyillariga zid bo‘lib, davlatning konstitutsiyaviy majburiyatlarini buzilishiga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikni ta’minlash va ayollarni tazyiq hamda zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalari so‘nggi yillarda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Tenglik tamoyilidan kelib chiqib, so‘nggi yillarda qator muhim me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 2019-yil 2-sentabrda qabul qilingan: “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi 561-sonli Qonun,“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi 562-sonli Qonun gender tenglikni ta’minlash, zo‘ravonlikni oldini olish, ayollar huquqlarini kompleks himoya qilish bo‘yicha milliy huquqiy tizimning asosiy tayanch hujjatlari sifatida shakllandi. Gender tenglik jamiyat rivojida muhim bo'lgan ijtimoiy munosabatlarda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi bugungi kunda yanada yaqqol namoyon bo'lmoqda. Bugun oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e'tibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda ham katta o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 2020-yil 4-yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3-sonli qarori qabul qilinib, ushbu qaror bilan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, uning ijrosini ta’minlash va monitoringini olib borish tartibini belgilovchi muhim Nizom tasdiqlandi. Mazkur tizim gender zo‘ravonlikning oldini olishda institutsional mustahkam mexanizm sifatida xizmat qilmoqda. Albatta, barchamizga ma'lumki, 1948 yilda BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida erkak va ayollarning tengligi alohida e'tirof etilgan bo'lib, Deklaratsiyaning 1moddasida «Hamma odamlar o'z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo'lib tug'iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 27 munosabatda bo'lishlari kerak», deya ta'rif berilgan. BMT tomonidan 1966 yilda qabul qilingan yana bir xalqaro hujjat – Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning 3moddasida ta'kidlanishicha, «Mazkur paktda ishtirok etuvchi davlatlar erkaklar va ayollar uchun ushbu Paktda ko'rib chiqilgan barcha fuqarolik va siyosiy huquqlardan bir xilda foydalanishini ta'minlash majburiyatini oladi». Aynan mazkur xalqaro norma “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida” qonunning 2-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir,-degan moddaning amaliy va huquqiy asosidir. Demak, yuqorida qayd etilgan xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilgan mustaqil davlatimiz xalqaro huquqning umume'tirof etilgan talablaridan kelib chiqib o'z milliy qonunchiligida ayollar va erkaklar tengligi masalasiga jiddiy ahamiyat berishining sababi ham asoslidir. Gender zo‘ravonlikning keng tarqalganini inobatga olgan holda, BMT va uning tuzilmalari ushbu muammoni bartaraf etish bo‘yicha qator xalqaro hujjatlar va tashabbuslarni ilgari surdi. Xususan: • Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya (CEDAW); • 1993 yilgi Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish to‘g‘risidagi BMT deklaratsiyasi; • Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun BMT Maqsadli jamg‘armasining tashkil etilishi; • «Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka BIRGALIKDA barham beramiz» (UNiTE) global kampaniyasi 2017 yilgi Spotlight tashabbusi. BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) milliy hukumatlar, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor bilan hamkorlikda gender zo‘ravonlikning ildiz omillarini bartaraf etish, huquqiy bazani takomillashtirish hamda jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatishni kengaytirishga ko‘maklashadi. Xalqaro amaliyot shuni ko‘rsatadiki, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud tizimi xodimlarini muntazam o‘qitish, genderga sezgir yondashuvni joriy etish, jinoiy javobgarlikni kuchaytirish va himoya orderlarini samarali tatbiq etish zo‘ravonlikning oldini olishda yuqori natija beradi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda gender zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha muhim yutuqlar qayd etildi. 2019 yilda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va ta’qib holatlarini huquqiy jihatdan belgilovchi qoida va mexanizmlar qabul qilindi, jumladan: zo‘ravonlikdan himoya orderlari (tahdidni cheklash orderlari), jabrlanganlarni vaqtinchalik boshpana bilan ta’minlash, huquqiy, tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish tartiblarini joriy etidi. Shuningdek, Gender tengligi masalalari bo‘yicha komissiya faoliyati kuchaytirildi, Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha Milliy harakatlar rejasi qabul qilindi, davlat organlari xodimlari uchun maxsus treninglar yo‘lga qo‘yildi, ayollarning siyosiy va iqtisodiy hayotdagi ishtiroki sezilarli kengaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni gender tenglik sohasida yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu farmon bilan 2022–2026-yillarda xotin-qizlarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur hamda ushbu dastur doirasidagi 2022–2023-yillar uchun kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 28 Farmon bilan mehnat resurslari zich bo‘lgan hududlarda xotin-qizlar bandligini oshirish maqsadida tadbirkorlik subyektlari uchun bir qator imtiyozlar joriy etildi. Ushbu iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmlari gender tenglikning iqtisodiy poydevorini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Gender zo‘ravonlikni o‘rganish, oldini olish va monitoringini kuchaytirish: Senat tashabbuslari 2022-yil 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Xotinqizlar va bolalarning huquqlarini ishonchli himoya qilish, ularga nisbatan sodir etilayotgan zo‘ravonliklarga oid masalalar haqida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan mas’ul vazirlik va idoralar, ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etildi. Ishchi guruh zimmasiga quyidagi аmaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiya qilish va ularning samaradorligini baholash, gender zo‘ravonlikning omillari va sabablari bo‘yicha mamlakat hududlari kesimida chuqur tahlillar o‘tkazish, Ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish, оlimlar, ekspertlar va fuqarolik jamiyati institutlarining takliflarini umumlashtirish, аyollar, qizlar va bolalarning huquqlarini ta’minlash bo‘yicha kafolatlangan chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifalar yuklatilgan. Mazkur tashabbuslar gender zo‘ravonlik masalasining davlat darajasida tubdan qayta ko‘rib chiqilayotganini, milliy xavfsizlik tizimiga gender yondashuvning chuqur integratsiya qilinayotganini ko‘rsatadi. Xavfsizlik nazariyalarida gender yondashuvi - Zamonaviy xavfsizlik konsepsiyalarida (inson xavfsizligi, ijtimoiy xavfsizlik, gender xavfsizligi) tahdidlarni faqat harbiy omillar bilan emas, balki ijtimoiy tengsizliklar bilan bog‘lash tendensiyasi kuchaymoqda. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik: • demografik barqarorlikni buzadi; • oilaviy institutni izdan chiqaradi; • iqtisodiy ishtirokni kamaytiradi; • siyosiy jarayonlardan chetlashtirishga olib keladi; • korrupsiya, migratsiya, radikal guruhlar uchun zamin yaratadi. Garchi gender zo‘ravonlik harbiy tahdid sifatida namoyon bo‘lmasa-da, u jamiyatning ichki barqarorligiga putur yetkazuvchi “yumshoq xavfsizlik tahdidi” hisoblanadi. Aslida ayollarga nisbatan har qanday zo'ravonlik barcha aqlli jamiyatlarda, jumladan, Islomda ham qoralanadi. Ayollarga nisbatan kuch ishlatish tajovuz hisoblanadi. Ularga nisbatan hech qanday kuch, zo'ravonlik, urish, kaltaklashni ishlatib bo'lmaydi. Nasihat qilish, u kor qilmasa, sekin turtib ogohlantirish, u ham kor qilmasa, yotoqlarida tark qilish ko'zda tutilgan. SHu bois ham, qonun 32-moddadan iborat bo'lib, 29-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'lishi hamda 30-moddada O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga etkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o'rtasida tushuntirilishini ta'minlashi qayd etilgan.. ILMIY TAHLIL: ZO‘RAVONLIKNING BARQARORLIKKA TA’SIRI
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 29 Ijtimoiy barqarorlikka ta’siri - Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, gender zo‘ravonlik yuqori bo‘lgan jamiyatlarda, oilaviy inqirozlar ko‘payadi. Bolalar orasida travmalar kuchayadi; – jinoyatchilik o‘sad. Ishonch kapitali (social trust) pasayadi. Iqtisodiy xavfsizlikka ta’siri - BMT ma’lumotlariga ko‘ra, gender zo‘ravonlik mamlakat YAIMining 1–3%iga teng iqtisodiy zarar keltiradi (ishsizlik, mehnatga layoqatsizlik, tibbiy xarajatlar). Bu esa iqtisodiy xavfsizlikni zaiflashtiradi. Siyosiy va huquqiy xavfsizlikka ta’siri - Zo‘ravonlik keng tarqalgan jamiyatlarda ayollar siyosiy ishtirokdan tiyiladi, demokratiya institutlari sustlashadi. Mehnat bozori va siyosiy maydonda gender tafovutlarning saqlanib qolishi qonun ustuvorligini zaiflashtiradi. AMALIY MEXANIZMLAR: DAVLAT VA JAMIYAT HAMKORLIGI 2030 yilgacha O‘zbekistonda gender tenglikka erishish strategiyasi: maqsadlar, ustuvor yo‘nalishlar va kutilayotgan natijalar : Bugungi kunda hayotga izchil tatbiq etilayotgan “2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi” mamlakatda gender tenglikni ta’minlash borasida so‘nggi yillarda boshlangan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur strategiyaning eng muhim jihati — uning BMTning 2030 yilga qadar Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) bilan to‘liq uyg‘un kelishidir. Bu holat O‘zbekistonning gender siyosati global hamjamiyat tomonidan ilgari surilayotgan tamoyillar bilan mushtarak ekanini ko‘rsatadi. Strategiyada jamiyat hayotining turli jabhalarida gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan 8 ta ustuvor yo‘nalish belgilangan: 1. Saylov huquqlarini amalga oshirishda ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash; 2. Davlat xizmati tizimida gender tenglikni ta’minlash; 3. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida teng huquq va imkoniyatlar yaratish; 4. Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ayollar va erkaklar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash; 5. Tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishda teng huquqlarni kafolatlash; 6. Oilaviy munosabatlar va bolalar tarbiyasida gender tenglikni mustahkamlash; 7. Gender jihatlarni hisobga olgan holda rejalashtirish va budjetlashtirish; 8. Gender statistikasini yuritish va mazkur yo‘nalishni takomillashtirish. Strategiya ijrosi natijasida erishilishi kutilayotgan asosiy maqsadlar: Strategiya doirasidagi vazifalarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi quyidagi muhim natijalarni ta’minlashi ko‘zda tutilgan: • Davlat boshqaruvi tizimida ayollarning rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi kengayadi. • Siyosiy partiyalar uchun rag‘batlantiruvchi mexanizmlar joriy etilishi orqali ayollar siyosiy ishtirokiga keng yo‘l ochiladi. • Aholi bandligi sohasida ayollar va erkaklar uchun kafolatlangan teng imkoniyatlar, munosib ish o‘rinlari yaratiladi. • Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar, ayniqsa qishloq ayollari uchun manzilli qo‘llab-quvvatlash kuchayadi. • Ayollar va erkaklarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha tizim takomillashtiriladi, jamiyatdagi salbiy ijtimoiy stereotiplar qisqaradi.
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 30 • Oilaviy majburiyatlar bilan mehnat faoliyatini uyg‘unlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratilib, genderga sezgir mehnat bozori shakllantiriladi. • Mehnat migrantlari bo‘lgan ayollar va erkaklarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari kuchaytiriladi. • Oila institutini mustahkamlash, farzandlarni intellektual, axloqiy va jismoniy rivojlantirishda ota-ona mas’uliyati oshiriladi. • Ajralishlarning oldini olish hamda ajralish jarayonlarida ayol, erkak va bolalarning huquqlarini himoya qilish tizimi rivojlantiriladi. • Reproduktiv salomatlik va oilani rejalashtirish bo‘yicha tibbiy madaniyat kengayadi. • Ayollar va erkaklarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarning sifati oshadi, ayniqsa qishloqlarda xizmatlar ko‘lami kengayadi. • Ayollarni qiziqtirgan sohalarda mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari tashkil etiladi. • Ta’lim va sog‘liqni saqlashning ayrim yo‘nalishlarida erkaklar ulushini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar olib boriladi. • Genderga yo‘naltirilgan budjetlashtirish bosqichma-bosqich joriy etiladi va barcha loyihalar majburiy ravishda gender ekspertizasidan o‘tkaziladi. Amaliy natijalar va xalqaro e’tirof Strategiya ijrosi doirasida erishilgan muhim yutuqlardan biri shundaki, O‘zbekiston tarixda ilk bor parlamentda ayollar ulushi BMT tavsiyalariga mos darajaga yetdi. Bugungi kunda ayollar ulushi qariyb 32 foizni tashkil etib, mamlakat jahonning 190 ta parlamenti orasida 37o‘ringa ko‘tarildi. Shuningdek, Siyosiy partiyalardagi ayollar ulushi 44 foizga, Oliy ta’limda — 40 foizga,Tadbirkorlikda — 35 foizga,Boshqaruv lavozimlarida esa — 27 foizga yetdi. Ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari joriy qilindi: • “Ayollar daftari” tizimi yo‘lga qo‘yilib, har yili Davlat byudjetidan 300 mlrd so‘m ajratilmoqda. • Ota-onasidan ayrilgan yoki ehtiyojmand qizlarning kontrakt to‘lovlarini davlat tomonidan qoplab berish tizimi yaratildi. • Xotin-qizlar uchun oliy ta’limda g‘olib grantlar soni 2 mingtagacha oshirildi. • Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun Xalq banki biriktirildi, 14 hududda tadbirkor ayollar markazlari tashkil etildi. • Zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish tizimi tubdan takomillashtirildi. Mazkur keng qamrovli islohotlar O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rniga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, mamlakatni mintaqada gender tenglikni ilgari surayotgan yetakchi davlatlardan biriga aylantirmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, gender zo‘ravonlik milliy xavfsizlik masalasi sifatida yetarli darajada anglanmasa, davlatning barqaror rivojlanish strategiyalarida bo‘shliqlar paydo bo‘ladi. Aholi ongida gender stereotiplarning mustahkamligi, ma’lumot yetishmasligi, huquqiy madaniyat pastligi amaliy mexanizmlarning samaradorligini pasaytiradi. Shuning uchun gender zo‘ravonlikka qarshi kurash faqat huquqiy, ijtimoiy yoki psixologik choralar bilan cheklanmasdan, keng ko‘lamli xavfsizlik siyosatining ajralmas qismiga aylanishi kerak. Takliflar:
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 31 1. Gender zo‘ravonlik masalasini Milliy xavfsizlik strategiyasiga alohida bob sifatida kiritish. 2. Himoya orderlari tizimini takomillashtirish, monitoring mexanizmlarini kuchaytirish. 3. Prokuratura, IIO, sudlar uchun maxsus gender protokollar joriy etish. 4. Ta’lim tizimiga gender madaniyat bo‘yicha majburiy modul kiritish. 5. NNTlar va mahalla institutlari bilan kooperatsiyani kuchaytirish, reabilitatsiya xizmatlarini kengaytirish. 6. Davlat statistikasida gender zo‘ravonlik bo‘yicha yagona elektron platforma yaratish. 7. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ayollar xavfsizligi bo‘yicha regional markaz tashkil etish kerak. Gender zo‘ravonlik — davlatning milliy xavfsizligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ko‘p qatlamli ijtimoiy-huquqiy tahdiddir. Uni bartaraf etishning samaradorligi davlat siyosatining kompleksligi, institutlararo hamkorlik, fuqarolarning huquqiy ongi va gender madaniyatiga bog‘liq. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.2023. https://lex.uz/ 2. O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 2019. https://lex.uz/ 3. O‘zbekiston Respublikasining “Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, 2019. https://lex.uz/ 4. CEDAW Convention. United Nations, 1979. 5. UN Security Council Resolution 1325 “Women, Peace and Security”, 2000. 6. UNDP. Gender Equality and Security Sector Reform. New York, 2021. 7. World Bank. Gender-Based Violence and Development Impact. Washington DC, 2020. 8. European Institute for Gender Equality. Gender-based violence as a security threat. EU, 2022. 9. Kaufman, M. Gender and Security: A Global Perspective. Routledge, 2018. 10. True, J. The Political Economy of Violence Against Women. Oxford University Press, 2012. .