SEYSMORAZVEDKA UCHN 3D MALU'MOTLARI BO'ICHA SURGIL MAYDONI QUYI YURA YOTQIZIQLARINING GEOLOGIK TUZILISHI VA NEFTEGAZLILIGI
Abstract
Ushbu tadqiqotda 3D UChN seysmik ma'lumotlari asosida Surgil maydonining quyi yura yotqiziqlarining yotish xususiyatlari va ularning neftgazlilik potentsialini baholash va “ECHOS” oynali kampyuter dasturida seysmik ma’lumotlarga raqamli ishlov berish.
Full text
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 51 DOI: https://10.5281/zenodo.17779822 SEYSMORAZVEDKA UCHN 3D MALU’MOTLARI BO‘ICHA SURGIL MAYDONI QUYI YURA YOTQIZIQLARINING GEOLOGIK TUZILISHI VA NEFTEGAZLILIGI Orazaliev Azamat Ergali og‘li Geologiya fanlari universiteti magistri O‘zbekgeofizika Aksiyodarlik jamiyati E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu tadqiqotda 3D UChN seysmik maʼlumotlari asosida Surgil maydonining quyi yura yotqiziqlarining yotish xususiyatlari va ularning neftgazlilik potentsialini baholash va “ECHOS” oynali kampyuter dasturida seysmik ma’lumotlarga raqamli ishlov berish. Kalit so‘zlar: 3D UCHN, quyi yura davri yotqizig‘i, Sudochi egilmasi, ECHOS oynasi. АННОТАЦИЯ В настоящем исследовании на основе сейсмических данных 3D УЧН проведена оценка особенностей залегания нижнеюрских отложений Сургульского поля и их нефтегазоносности и цифровая обработка сейсмических данных в компьютерной программе с окном "ECHOS." Ключевые слова: 3Д МОГТ, нижнеюрская отложения, Судочинский прогиб, ECHOS. ABSTRACT In this study, based on seismic data by the 3D common depth point method, the features of the bedding of the Lower Jurassic deposits of the Surgil field and the assessment of their oil and gas potential were studied, and digital processing of seismic data was carried out using the "ECHOS" computer program. Keywords: 3D CDP, Lower Jurassic deposits, Sudochi depression, ECHOS, KIRISH Jahon miqyosida neft qazib olishni zaxiralarning yetarli darajada o‘sishi bilan to‘ldira olmaslik muammosi yildan yilga keskinlashib borayotganligi sababli, XXI asr boshlarida resurs bazasini to‘ldirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar har qanday mintaqa xalq xo‘jaligining holati va rivojlanishini belgilovchi asosiy tadqiqotlardan biri bo‘lib
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 52 qolmoqda. Shu bilan birga, uglevodorod uyumlarining tuzilishi va shakllanish sharoitlarini kompleks modellashtirish asosida turli darajada o‘rganilgan geologik obyektlarni ishonchli baholashga erishish bilan bog‘liq ilmiy ishlanmalar alohida dolzarblik kasb etadi. Ushbu muammoni hal qilish geologik modellashtirish sohasidagi tadqiqot ishlarining jadal rivojlanishini ta’minlaydi va neft va gazga geologiya-qidiruv ishlarining eng samarali yo‘nalishlari va obyektlarini aniqlash bilan bevosita bog‘liq [1]. Oxirgi yillarda O‘zbekiston Respublikasi hududining asosan Ustyurt regionida yangi neft va gaz konlarini izlash va qidirish aktual vazifalardan biri hisoblanadi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Neft va gaz konlarini qidirishda qo‘yilgan vazifa va masalalarni yechishda seysmoqidiruv usullariga qo‘shimcha sifatida elektr-qidiruv usullari foydalaniladi, ba’zi hollarda esa seysmik qidiruv ishlarini o‘tkazish qimmatga tushsa yoki seysmik qidiruv ishlarini ma’lum bir hududlarda ekologik, iqlimiy, geologic va boshqa sabablarga ko‘ra o‘tkazib bo‘lmasa, elektr-qidiruv usullari orqali yechimini toppish alohida ahamiyat kasb etadi. Keng maydonlardagi o‘ta murakkab vazifalarni yechishda to‘lqinlarni paydo bo‘lishidan to qabul qilinishigacha, geologik kesimlarni yuqori aniqlikdagi geometrik holatini belgilash bo‘yicha ko‘p marta o‘lchash, ma’lumotlarni qayta olish va ularni elektron hisoblash mashinalarda hisoblab chiqishni taqozo etadi. Ularni tahlil qilish natijasida seysmogeologik chegaralarning joylashgan chuqurligini, ularning yotishini, cho‘zilishini, to‘lqinlarni tezligini aniqlash mumkin, geologik ma’lumotlar asosida esa, aniqlangan chegaralarning geologik tabiatini belgilash mumkin. [2] Turli vazifalarni hal qilish bo‘yicha seysmorazvedka chuqurlik, strukturali, neftgazli, ma’danli va muhandisli turlariga bo‘linadi. Qanday sathda tadbiq qilinishi bo‘yicha seysmorazvedkaning Yer yuzidagi, akvatorial (dengiz), Yer ostidagi (burg‘i quduqlarda) turlari mavjud. Elastik to‘lqinning tebranish chastotasiga qarab yuqori chastotali (100 gs dan katta), o‘rta chastotali( bir necha o‘n gs ) va past chastotali ( 10 gs dan kichik ) seysmorazvedka turlariga ajratiladi. Elastik to‘lqinning chastotasi qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik tez so‘nadi va kichik chuqurlikni qamrab oladi. Seysmorazvedka – geofizik usullari ichida juda muhim va ko‘p holatlarda juda aniq (qo‘l mehnat talab qilsada) usullardan biridir. Turli geologik muammolarni yechishda seysmorazvedka bir necha metrdan (jinslarni fizik-mexanik xususiyatini o‘rganishda) bir necha o‘n, hatto yuz kilometrlargacha (Yer qobig‘ini va yuqori mantiyani o‘rganishda) chuqurlikni qamrab oladi [2].
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 53 Seysmorazvedka 20-asrning 20-yillarida seysmologiyaning (zilzilani o‘rganuvchi fanning) bir bo‘limi sifatida yuzaga keldi. 1923-1925 yillarda seysmorazvedka Rossiyada turli geologik jumboqlarni yechishda, ayniqsa neft geologiyasida keng qo‘llanila boshlandi. Hozirgi vaqtda butun geofizik usullarning to‘rtdan bir qismi seysmorazvedkaga to‘g‘ri keladi [2]. Seysmorazvedka juda ko‘p to‘lqinlarni ajratib o‘rganish, kinetik va dinamik hususiyatini aniqlash, talqin qilish (interpretatsiya) muammolarini yechish kabi murakkab jarayonni o‘z ichiga oladi. To‘lqin tarqalish tezligi jinslar tarkibi, tuzilishi, holati, mineral zarralarining zichligi, chuqurligi, metamorfizm darajasi, o‘zgarganligi, darzliklari, namdorligi, nuraganligi, neftgazdorligi va boshqa omillarga bog‘liq [2]. Yer yuzasiga yaqin yotgan yuqori g‘ovakli cho‘kindi jinslarda (0.1-1 km/s): quruq g‘ovak qumlarda bo‘ladi (0,5-1 km/s), neftda (1,2 km/s), suvda (1,5 km/s), gillarda (1,3-3 km/s), ko‘mirda (1,8-3,5 km/s). Tezlikning yuqori qiymatlari (3-6 km/s) qattiq cho‘kindi jinslarda (ohaktosh, marmar, dolomit, tuz va b.) bo‘lsa, eng katta tezlik (47,5 km/s) metamorfik va vulkan jinslarida bo‘ladi [2]. Tog‘ jinslarining boshqa hususiyatlari, ya’ni namdorligi, zichligi, metamorfizm darajasi katta tezlikda bo‘lishini ta’minlaydi. Tog‘ jinslarida darzliklar, yoriqlar, g‘ovakliklar va sochma holatda bo‘lishi, bo‘sh joylarda havo va gazlar bo‘lishi V tezligining kamayishiga olib keladi. Neftga to‘yingan jinslarda V suvga to‘yinganlardan kam farq qiladi. Kuchli qatlamchalardan iborat bo‘lgan slaneslarga turli yo‘nalishdagi tezlik hosdir: ularning bo‘ylama yo‘nalishdagi tezligi ko‘ndalang qat-qat qatlamga nisbatan 10-20% ko‘proq. Jinslarning mutloq yoshi (T) qanchalik qari va chuqurligi (h) katta bo‘lsa, tezlik shunchalik katta bo‘ladi. Cho‘kindi jinslar uchun quyidagi empirik ifoda ma’lum bo‘lib, u tezlik va boshqa omillarga bog‘liqdir [2]. Ustyurt regioni O‘zbekiston Respublikasi hududining g‘arbiy qisimini egallaydi landshaft jihatidan mintaqada Ustyurt platosi, Amudaryo vodiysi va deltasi hamda Orol dengizi akvatoriyasi ajralib turadi. Bu regionda Kuanish, Shaxpate, G‘arbiy Barsakelmes, Akchalak, Berdax, Urga, Surgil, Arslan, Karachalak, Kokchalak va boshqa maydonlarda gaz va gazokandensat konlari ochilgan, bu esa o‘z navbatida bir qator tadqiqodchilarning regionda yura va paleozoy davr yotqiziqlarining istiqbolligi haqidagi fikrlarini tasdiqlagan. “Sudochie botiqligi, Berdax va Taxtakair valsioman ko‘tarilmalarida joylashgan Surgil, Arslan, Inam, Qizil-Shali, Quyi Shimoliy Berdax, Quyi Surgil, Aydosbiy, Atau va Shege tuzilmalarining quyi yura va paleozoy yotqiziqlari bo‘yicha geologik tuzilishini o‘rganish maqsadida 3D UCHMN (Umumiy chuqurlik nuqtasi) usulida seysmik qidiruv ishlari o‘tkazilgan.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 54 Bu usulda, kuzatishlar uchun ishlatilgan ko‘p kanalli qayd qiluvchi telemetrik Sistema I/O SISTEMA IMAGE 200 ma’lumot yigadi, yo‘lgiz joylashgan(shablon, tempate) 5ta qabul qilish chizigidan tuzilgan, chizigida 120 ta kanal, chizigining uzunligi 5950 m ga teng. Xar bir chiziqda 1 ta markaziy quzgalish chizigi va 120 ta portlash joyi bo‘lib, perpendikulyar joylashgan. Qabul qilish chiziqlari orasidagi masofa 600 m, chiziqdagi kanallar orasi va portlash joyi orasidagi masofa 50m. Shablonning o‘tish qadami qabul qilish chizigi bo‘ylab 600 m, quzgalish chizigi bo‘ylab 3000 m, guruhlash 22 ta seysmopreomnik 1ta kanalga (2 ta guruh 11tadan asbob har 2,5 m da, qabul qilish hizigi bo‘ylab namunadagidek SM 4-10 Hz).Tanlangan usul 25x25m bin o‘lchamini ta’minlaydi, nominal karralik 3D tasvirlash 25ga teng. Chiziqli guruhlash 5ta AHV-IV-362 vibratordan namunali 50m bazada seysmik to‘lqinlarni kuzatish o‘tkazilgan, signalning o‘lchamlari: bo‘shlangich va oxirgi chastotalari 10-90Hz, davomiyligi 6 sekundli ma’lumot yozib o‘lingan. NATIJA VA MUHOKAMA Seysmorazvedkaning eng murakkab muammolarini yechish juda ko‘p to‘lqinlar orasidan foydali to‘lqinlarni ajratib olish, ularni EHM larda raqamli ishlov bermasdan amalga oshirilish mumkin emas. Geofizikada «Raqam inqilobi» 60-70-yillarda bo‘lib o‘tgan. Seysmorazvedkani kompyuterlashtirish darajasi esa, ilmiy-amaliy yo‘nalishlar ichida eng yuqori hisoblanadi. Raqamli ishlov berish asosini uchta matematik operatsiya: Fure o‘zgartirishi, signallarni quyuqlashtirish (konvolyutsiya) va taqqoslash tashkil qiladi. Fure o‘zgartirishi, vaqt maydonidagi funksiyani (elastik to‘lqin paydo bo‘lishidagi qisqa impuls) chastotalar maydonidagi (signallarning uzoq garmonik yozuvi) funksiyaga va uning aksiga o‘zgartiradi. Bunday o‘zgartirishlarda ma’lumot yo‘qolmaydi, balki ularga ishlov berish vaqti yoki chastotali maydonlarda qulaylik tug‘diradi. Signallarni quyuqlashtirish – filtratsiya masalalarini matematik yechishdir, ya’ni bunda har bir signalni tashkil etuvchi element ayrim funksiya bilan almashtiriladi. Signallardan biri to‘ntarilgan, ya’ni fazaga qarshi bo‘ladi. Taqqoslash ikki ketma-ketlikdagi to‘lqin o‘xshashlik meyorini aniqlaydi. U quyuqlashtirishga o‘xshash bo‘lib, faqat bironta funksiyaning to‘ntarilishisiz amalga oshiriladi. Masalan, bu usul yordamida ikki trassadagi seysmopriyomniklar yozuvining o‘xshashligi aniqlanadi. O‘xshashlikni yaxshilash uchun birorta kanalga vaqtli siljish kiritiladi. Raqamli ishlov berish usullarining maqsadi; foydali signallarni halaqit beruvchi to‘lqinlarga nisbatan yaxshilash, ishonchli saralash, bir karra qaytgan va singan to‘lqinlarning foydali sinfazalarini, turli trassalardagi to‘lqin kelish vaqtini, signallar o‘zgarishini aniqlashdan iborat.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 55 1-Rasm. Spectral analizda 12 – 70 Hz gacha. Bu daladan kelgan ma’lumotlar asosida olingan chastota ko‘rinishi. Biz bu ma’lumotga FILTR va IEDIT qo‘llab ma’lumotni qayta ishlaymaiz. 2 - Rasm. FILT va IEDIT funksiyasi qo‘llanilgandagi ko‘rinish. Filtr funksiyasi maxsus algaritm asosida tuzilgan va bu funksiya boshlang‘ish birinchi qo‘llaniladigan funksiyalar qatoriga kiradi. A rasimda tasvirlangan 12 Hz dan 70 Hz gacha qo‘llanilgan. Belgilangan oraliqdan boshqa har qanday shumlarni o‘ziga qabul qilmaydi. Faqat belgilangan joydagi chastota bilan ishlaydi. B rasmdagi IEDIT
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 56 funksiyasi ham maxsus algaritmlardan tuzilgan va bu har bir trassalardagi foydasiz shumlarni olib tashlab beradi. A-B rasmda ikkala rasmdagi ko‘rinishning qanchaga farq qilinishi tasvirlangan. Har bir algaritim (maxsusu kodlardan) jarayonidan o‘tkandan keyin maydonning chiroyli vaqti kesimi vujudga keladi. Shu bilan biz yangi qayta ishlangan ma’lumotlardan foydalangan holda kelgusida yang konlar ochilishiga va tavsiya quduqlarini ko‘paydirishga va O‘zbekiston respublikasining neft va gazga bo‘lgan talabini qondirishga katta xizmat qiladi. 3 - Rasm. Qayta ishlangan holidagi eng oxirgi vaqtli kesim ko‘rinishi. Surgil, Shim. Berdax, konlarida, Kabanbay tuzilmasida keyingi burgulash quduqlarini aniqlashda yangi nuqtalar tavsiya qilingan. Yura va yuragacha bo‘lgan yotqiziqlar bo‘yicha vaqtli va chuqurlik tuzilmali xaritalari tuzilgan. Ular asosida geologik tuzilishing o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan, Yura yo‘tqizigining maxsuldor qatlami bo‘yicha fatsiyal xaritalar tuzilgan. 3D va QGT (Quduqlarda geofizik tadqiqotlar) ma’lumotlariga asosan elektron hisoblash mashinasida yura yotqiziqlaridagi gaz uyumining hajmi modeli tuzilgan, paleotektonik tiklash asosida chukindilarni yigilish sharoiti va uglevadarod uyumlarining hosil bo‘lishi, gaz va gazokandensat berish qobilyatlari o‘rganilgan, asosiy yoriqli buzilishlar butun kub bo‘yicha kuzatilgan va darslik zonalari bo‘yicha tezlik xaritalari tuzilgan, va ko‘rishingiz mumkin CrossLine 1970 da vaqtli kesim tasvirlangan va tuzilmali xaritada tasvirlangan.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 57 4-Rasm Surgil maydonining umumiy xaritasi va tuzilmali xaritasi. 5-rasm. CrossLine 1970 dan olingan vaqtli kesimi. Quyi yura yotqiziqlari TIVIII – J1 cho‘kindi tog‘ jinislari bilan 3900m yopiq izogipsda, hajmi 3,7x5,0 km va amplitudasi 120 m, maydoni 14.8km2 tashkil qiladi. “C₃ toifasiga mansub istiqbolli uglevodorod resurslari quyidagicha baholangan: gaz zaxiralari (xom va quruq holatda) mos ravishda 13 786 hamda 13 693 mln m³
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 58 miqdorida, kondensat zaxiralari esa (geologik va chiqarib olinadigan holatda) 618 va 509 ming tonna miqdorida aniqlangan.” XULOSA Tadqiqot natijalari ko‘rsatib turibdiki, bu usuldan foydalanish ixtisodiy taraftan yaxshi samara beradi. Ommo bu usil har doim qollasa boladi degani emas. Sababi bu usulda ma’lum bir hududlarda ekologik, iqlimiy, geologic, botqoqliklar va boshqa sabablarga ko‘ra o‘tkazib bo‘lmaydi. AHV-IV-362 vibrator mashinasi etib bora olmasligi mumkin. Elektr-qidiruv usullari orqali yechimini toppish tavsiya qilinadi. Seysmorazvedkada uchraydigan eng murakkab masalalardan biri ko‘p sonli to‘lqinlar orasidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan foydali to‘lqinlarni aniqlab ajratib olishdir. Ushbu jarayon yuqori darajadagi hisob-kitoblar, chuqur tahlil va murakkab filtrlash usullarini talab qiladi. “Paradigma 19” dasturidagi Echos moduli katta hajmdagi seysmik ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va ularni turli filtrlash hamda edit funksiyalari yordamida optimallashtirish imkonini beradi. Shuningdek, interpretatsiya jarayonida Canvas funksiyasi ma’lumotlar asosidagi xaritalarga tuzatishlar kiritish, ularni vizual yaxlitlash va ranglash orqali geologik modelning yanada aniq va ravshan ko‘rinishini ta’minlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1) Бочкарев В.А. Моделирование нефтегазоносных объектов. - М.: ОАО» ВНИИОЭНГ», 2010. – 268 с.: ил. 2) Агзамов А.А., Бобожонов Т.Л. –“Сейсмик қидирув фанидан ўқув амалиyoтини ўтказиш учун услубий қўлланма” Тошкент “Университет”. 1995 йил. 3) Платов Борис Викторович Старший преподаватель кафедры геофизики и геоинформационных технологий «Моделирование нефтяных и газовых месторождений» 4) Бочкарев А.В. Блоковая тектоника и нефтегазоносность НиколаевскоГороди-щенской ступени // Геология, геофизика и разработка нефтяных месторождений. – 1994. - № 5-6. – С. 21-24. 5) Бочкарев В.А. Новое направление ГРР в нефтедобывающих районах Волгоград-ской области // Перспективы нефтегазоносности Нижнего Поволжья и Азово-Каспийского региона. – Волгоград: ООО «ЛУКОЙЛВолгоградНИПИморнефть», Вып. 64. - 2005. – С. 48-57.