O'SIMLIKLARNING HAYOTIMIZDAGI O'RNI VA AHAMIYATI
Abstract
Mazkur maqolada o‘simliklarning inson hayotidagi bequyos o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Unda o‘simliklarning ekologik muvozanatning saqlashdagi kislorod ishlab chiqarishdagi oziq-ovqat, dori-darmon, kiyim-kechak va turli xom ashyolar manbai sifatidagi roli keng taxlil qilingan .roli keng taxlil qilingan, shuningdek atrof muhitni tozalash, tuproqni eroziyadan asrash va inson ruhiyatiga ijobiy ta’siri haqida ham ma’lumotlar berilgan. maqolada o‘simliklarni asrash va ko‘paytirishning dolzarbligi, ekologik madaniyatning oshirish zarurligi ta’kitlangan.
Full text
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 94 DOI: https://10.5281/zenodo.17780827 O‘SIMLIKLARNING HAYOTIMIZDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI Qodirova Shahribonu Normurodovna Samarqand davlat veternariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali katta o‘qituvchi. E-mail: [email protected] Quvondiqova Dinora Muhiddin qizi Samarqand davlat veternariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali ANNOTATSIYA Mazkur maqolada o‘simliklarning inson hayotidagi bequyos o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Unda o‘simliklarning ekologik muvozanatning saqlashdagi kislorod ishlab chiqarishdagi oziq-ovqat, dori-darmon, kiyim-kechak va turli xom ashyolar manbai sifatidagi roli keng taxlil qilingan .roli keng taxlil qilingan, shuningdek atrof muhitni tozalash, tuproqni eroziyadan asrash va inson ruhiyatiga ijobiy ta’siri haqida ham ma’lumotlar berilgan. maqolada o‘simliklarni asrash va ko‘paytirishning dolzarbligi, ekologik madaniyatning oshirish zarurligi ta’kitlangan Kalit so‘zlar: avtotrof, kislorod, o‘simliklarning o‘sishi atrof muhitga ta’siri rivojlanishi ekologik muozanati dorivorlik hususiyatlari. Sellyuloza, geterotrof, xloroplast, bakteriyalar, zamburugʻlar, lishayniklar ,yoʻsinlar, psilofitlar, plaunlar, rizoid. АННОТАЦИЯ В статье раскрывается неповторимая роль и значение растений в жизни человека. Анализируется роль растений в поддержании экологического баланса, выработке кислорода, источнике питания, лекарств, одежды и различного сырья. также представлена информация о положительном влиянии растений на очищение окру жающей среды, защиту от эрозии почвы и духовность человека. В статье подчеркивается актуальность сохранения и размножения растений, необходимость повышения экологической культуры.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 95 ABSTRACT The article discloses the incomparable role and importance of plants in human life. it analyses the role of plants in maintaining ecological balance, producing oxygen, as a source of food, medicine, clothing and various raw materials. it also provides information about the positive impact of plants on environmental cleansing, soil erosion protection and human spirituality. the article stresses the urgenticity of preserving and propagating plants, the need to increase ecological culture Keywords: the place of plants in our life, oxygen, plant growth, impact on the environment, development, ecological balance, medicinal properties. Yer kurrasiniung deyarli hamma qismida uchraydigan o‘simliklarning tabiat va inson hayotidagi roli beqiyosdir. Yashil o‘simliklar barcha tirik organizmlarni nafas olishi uchun zarur kislorod bilan ta’minlaydi. O‘simliklar, ularning tuzilishi, tarqalishi va sistematikasini o‘rganuvchi fan botanikadir. Muayyan hududda joylashgan barcha turdagi o‘simliklarning yig‘indisi floradir. Avtotrof mavjudotlar Yerdagi barcha hayot uchun zarurdir. O‘simliklarning qiymati yashil hujayralardagi kimyoviy jarayonlarning quyidagi xususiyatlari bilan belgilanadi: - yorug‘lik energiyasi so‘rilgan, reaktsiyalar uchun ishlatiladigan ovqatlanish usuli; -odamlar, hayvonlar va o‘simliklarning nafas olishi uchun zarur bo‘lgan kislorodni chiqarish; - organik moddalarning shakllanishi; - karbonat angidridning so‘rilishi, uning katta miqdori odamlar va hayvonlar uchun zararli. Yashil o‘simliklarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati suv, kislorod, azot, karbonat angidrid va boshqa birikmalarning aylanishlarida ishtirok etishidir. Oʻsimliklar – tirik organizmlar dunyosi; fotosintez qilish xususiyatiga ega boʻlgan avtotrof organizmlar; hujayra poʻsti, odatda, qalin sellyulozadan, zaxira oziq moddasi kraxmaldan iborat. Ayrim oʻsimliklar (saprofitlar, parazitlar) uchun xos boʻlgan geterotrof oziqlanish ikkilamchi hisoblanadi. Oʻsimliklar (Oʻsimliklar)ga xos boshqa xususiyatlar (oʻziga xos rivojlanish sikli, organlarning shakllanish yoʻli, yopishib yashash va boshqalar) hamma oʻsimliklarga tegishli emas, lekin bu belgilarning majmui oʻsimliklarni boshqa tirik organizmlardan oson farq qilishga imkon beradi. Faqat tuzilishning quyi, ayniqsa, bir hujayralilar darajasida oʻsimliklar bilan boshqa organizmlar oʻrtasidagi farq uncha aniq sezilmaydi;
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 96 shuning uchun evglenasimon suvoʻtlarni zoologlar bir hujayrali hayvonlarga kiritishadi. Bir hujayrali Oʻsimliklarning boshqa bir hujayrali organizmlardan asosiy farqi – xloroplastlar boʻlishi. Tuzilish darajasi orta borgan sari oʻsimliklar bilan boshqa organizmlar oʻrtasidagi farq ham orta boradi. Oʻsimliklarning oziqlanish jarayonida atrof muhitdan gazsimon (fotosintez) va suyuq (suv va unda erigan mineral tuzlar) moddalarni shimib olishga moslanishi natijasida ularning tanasi yuzasi tobora kengayib borgan. Yuksak oʻsimliklarda tana yuzasining kengayishi va ixtisoslashuvi toʻqimalar va vegetativ organlarning rivojlanishiga olib kelgan (qarang Toʻqima, Vegegpativ organlar). Oʻsimliklar tuzilishining koʻpchilik muhim xususiyatlari ularning oʻsishi va koʻpayishi, shuningdek, tarqalishiga moslanishi bilan bogʻliq. Anʼanaga koʻra, XX asrning oʻrtalarigacha barcha oʻsimliklar tuban (bakteriyalar, suvoʻtlar, zamburugʻlar, lishayniklar) va yuksak oʻsimliklar (yoʻsinlar, psilofitlar, plaunlar, qirqboʻgʻimlar, qirqquloqlar, ochiq urugʻlilar, gulli oʻsimliklar)ga ajratib kelingan. Hozirgi bakteriyalar va zamburugʻlar alohida dunyoga ajratiladi. Oʻsimliklar dunyosi 2 kichik dunyo: qizil suvoʻtlar va yuksak oʻsimliklarga boʻlinadi. Bu kichik dunyolar 350,000 turdan iborat barcha oʻsimliklarni oʻz ichiga oladi. Oʻsimliklarning kelib chiqishi yerda hayot paydo boʻlishining ilk rivojlanish davrlariga toʻgʻri keladi. Bunda Arxey erasida (bundan 3 milliard yil oldin) koʻkyashil suvoʻtlar (sianobakteriyalar)ga oʻxshash organizmlar paydo boʻlgan. Haqiqiy suvoʻtlar proterozoy erasida, yashil va qizil suvoʻtlar paleozoyning boshlarida paydo boʻlgani taxmin qilinadi. Dastlabki yuksak oʻsimliklar – riniofitlar proterozoy va paleozoy chegarasida kelib chiqqanligini ehtimol qilish mumkin. Ularda ildiz oʻrniga rizoidlari boʻlgan. Karbonda daraxtsimon qirqquloqlar kelib chiqqan; permda ular oʻrnini hozirgi qirqquloqlar egallagan. Karbonda ignabargli oʻsimliklar paydo boʻlgan, trias va yura davrlarida ular keng tarqalgan. Boʻr davrining boshlarida gulli oʻsimliklar (yopiq urugʻlilar) hosil boʻlgan va shundan soʻng ular Yer florasida hukmron boʻlib qolgan.Oʻsimliklar Yerda mavjud boʻlgan barcha tirik organizmlar hayotida katta ahamiyatga ega. Hayvonlar va odamlarning hayotini oʻsimliklarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Faqat yashil xlorofillga ega boʻlgan oʻsimliklar anorganik moddalardan organik birikmalarni sintezlash orqali quyosh nuri energiyasini toʻplaydi; ayni vaqtda oʻsimliklar atmosferadan S02 gazini olib, atmosferaga deyarli barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur boʻlgan kislorod chiqaradi. Shu yoʻl bilan yashil oʻsimliklar atmosfera tarkibining doimiyligini saqlab turadi. Oʻsimliklar organik moddalarni hosil qiluvchi produtsentlar sifatida oziq zanjirining asosini tashkil etadi. Yer yuzidagi oʻsimliklar turli hayotiy formalar (oʻtlar, butalar, daraxtlar, lianalar, epifitlar va boshqalar)ni hosil qiladi. Oʻsimliklarning xilma-xil turlaridan tarkib topgan
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 97 fitotsenozlar Yer yuzi landshafti va boshqalar organizmlar uchun ekologik sharoitning xilma-xilligini belgilab beradi. Oʻsimliklarning bevosita ishtirokida tuproq va torf hosil boʻladi. Qoʻngʻir koʻmir va toshkoʻmirning hosil boʻlishi ham oʻsimliklar bilan bogʻliq. Oʻsimliklarning gʻoyat xilma-xil turlaridan urugʻli oʻsimliklar, asosan, gulli oʻsimliklar katta ahamiyatga ega. Urugʻli oʻsimliklar oziq-ovqat, kiyim-kechak, yoqilgʻi, qurilish materiallari va boshqalarni beradi (qarang: Madaniy oʻsimliklar). Odam juda katta maydonlarda madaniy oʻsimliklarning sunʼiy qoplamlari (ekin ekiladigan dalalar, bogʻlar, xiyobonlar va boshqalar)ni barpo etishni, Oʻsimliklarning xilma-xil navlarini yaratishni bilib olgan. Ammo oʻsimliklarni koʻp miqdorda yigʻib olish va oʻsimliklar boyliklaridan oqilona foydalanmaslik ularning juda katta maydonlarda yoʻqolib ketishiga olib keldi; koʻplab oʻsimlik turlarining butunlay yoʻqolib ketish xavfi tugʻildi. Shu sababdan, Oʻzbekistonda oʻsimliklarni himoya qilish va ularning tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish toʻgʻrisida maxsus qonun qabul qilingan (qarang: Tabiashni muhofaza qilish). Oʻzbekiston Qizil kitobiga noyob va yoʻqolib borayotgan oʻsimliklar turlari kiritilgan. Oʻsimliklarni botanika fani oʻrganadi. XULOSA Oʻsimliklar — Yer yuzidagi hayotning asosi va insoniyat hayoti uchun eng muhim tabiiy boyliklardan biridir. Ular nafaqat atrof-muhitni bezab turadi, balki hayotimizning har bir jabhasida muhim rol o‘ynaydi. Oʻsimliklar kislorod ishlab chiqarib, inson va hayvonlarning nafas olishi uchun zarur bo‘lgan muhitni yaratadi. Shuningdek, ular oziq-ovqat mahsulotlari manbai bo‘lib, kundalik ovqatlanishimizda
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 98 asosiy o‘rin tutadi. Mevalar, sabzavotlar, don mahsulotlari, choy, ziravorlar va hatto ichimliklar ham oʻsimliklardan olinadi. Bundan tashqari, oʻsimliklardan turli dori-darmonlar tayyorlanadi. Ko‘plab kasalliklarni davolashda tabiiy oʻsimliklardan foydalanish qadim zamonlardan beri davom etib kelmoqda. Shuningdek, oʻsimliklar yog‘och, qog‘oz, mato va boshqa sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ham muhim o‘rin tutadi. Uy-jihoz mebel, kitoblar, kiyimlar va qurilish materiallarining asosiy qismi oʻsimliklarga borib taqaladi.Sanoat uchun kerak bo‘ladigan ko‘pgina xomashyo mahsulotlarini ham yashil o‘simliklar etkazib beradi. Ekologik muhitda ham oʻsimliklarning o‘rni beqiyosdir — ular yer qatlamini mustahkamlab, eroziyaning oldini oladi, iqlimni muvozanatda ushlab turadi va tabiatdagi suv aylanishida ishtirok etadi. Bog‘lar, oʻrmonlar va yashil maydonlar inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, tinchlik va osoyishtalik baxsh etadi. Xulosa qilib aytganda, oʻsimliklar — hayotimizning ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib, ularni asrash, koʻpaytirish va ularga e’tibor bilan qarash har bir insonning vazifasidir. Oʻsimliklarsiz hayotni tasavvur qilish qiyin, shuning uchun ularni qadrlash orqali nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlari uchun ham muhimdir . FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Jizn rasteniy, t. 1—6, M., 1974—82; 2. Vent F. U., V mire rasteniy, M., 1972; 3. Taxtadjyan A. L., Voprosm evolyutsionnoy morfologii rasteniy, L., 1954. a. Tourchi, M.; Arslan, A.; Iranshahi, M. Biological Effects of Arctiin from Some Medicinal Plants of Asteraceae Family. Am. J. Lifen Sci. 2016, 4. Islomov B.S., Hasanov M.A. �Botanika� Samarqand-2020-yil 5. Pratov O‘., Shamsuvaliyeva L., Sulaymonov E., Axunov X., Ibodov K., Mahmudov V. Botanika, nashriyot Toshkent-2010-yil.