MEDICAL TERMINOLOGY. THE PRINCIPLES OF FORMATION OF CLINICAL TERMS IN THE GREEK LANGUAGE. THE DEONTOLOGICAL SIGNIFICANCE OF MEDICAL TERMINOLOGY
Abstract
This article explains the principles of correctly forming clinical terms in the Greek language, the proper construction of clinical terminology using prefixes and suffixes, their scientific-linguistic features, and the principles of their widespread use in medicine. It also examines the deontological significance of medical terminology — ethical norms, the correct selection of terms in communication with patients, and its role in ensuring professional responsibility.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 46 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us TIBBIY TERMINOLOGIYA. KLINIK TERMINLARNING YUNON TILIDA SHAKLLANISH QONUNIYATLARI. TIBBIY TERMINOLOGIYANING DEONTOLOGIK AHAMIYATI Rashitova Jasmina Djamshidovna TDTU Stomatologiya fakulteti 1kurs talabasi, E-mail:: [email protected] Tel:+998902362009 Mualliflar: Uralov Salohiddin Ravshan oʻgʻli TDTU Stomatologiya fakulteti 1kurs talabasi, E-mail:[email protected] Tel:+9989785099799 Mualliflar:Soatmurotova Iroda Abduraxmonovna TDTU Stomatologiya fakulteti 1kurs talabasi, Email:[email protected] Tel:+998972292800 Ilmiy rahbar: Sayfullayeva Lola Sobitovna Toshkent davlat tibbiyot universiteti Lotin tili va xorijiy tillar kafedrasi katta o‟qituvchisi E-mail:: [email protected] Tel: +998909976700 Musurmonov Jamoliddin Faxriddin o‘g’li TDTU Davolash ishi fakulteti 2-kurs talabasi, E-mail: [email protected] Tel:+998941120624 Annotatsiya:Ushbu maqola klinik terminlarning yunon tilida to‘g‘ri shakllantirish qonuniyatlari , prefiks va suffikslar yordamida klinik atamalarni to‘g‘ri yasalishi, ilmiy-lingvistik xususiyatlari hamda terminlarning tibbiyotda keng qo‘llanilish tamoyillarini yoritadi. Shuningdek, tibbiy terminologiyaning deontologik ahamiyati– etik me’yorlar, bemor bilan muloqotda terminlarning to‘g‘ri tanlanishi va kasbiy mas’uliyatni ta’minlashdagi roli o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: Lotin tili, tibbiy terminologiya, prefiks, suffiks, kasbiy etika, deontologiya ilmiy-lingvistik,kompozitsiya, eponimik MEDICAL TERMINOLOGY. THE PRINCIPLES OF FORMATION OF CLINICAL TERMS IN THE GREEK LANGUAGE. THE DEONTOLOGICAL SIGNIFICANCE OF MEDICAL TERMINOLOGY
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 47 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us Annotation: This article explains the principles of correctly forming clinical terms in the Greek language, the proper construction of clinical terminology using prefixes and suffixes, their scientific-linguistic features, and the principles of their widespread use in medicine. It also examines the deontological significance of medical terminology — ethical norms, the correct selection of terms in communication with patients, and its role in ensuring professional responsibility. Keywords: Latin language, medical terminology, prefix, suffix, professional ethics, deontology, scientific-linguistic, composition, eponymic. МЕДИЦИНСКАЯ ТЕРМИНОЛОГИЯ. ЗАКОНОМЕРНОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ КЛИНИЧЕСКИХ ТЕРМИНОВ НА ГРЕЧЕСКОМ ЯЗЫКЕ. ДЕОНТОЛОГИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ МЕДИЦИНСКОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ Аннотация: В данной статье рассматриваются закономерности правильного формирования клинических терминов в греческом языке, корректное образование клинических терминов с помощью префиксов и суффиксов, их научно-лингвистические особенности, а также принципы широкого применения терминов в медицине. Кроме того, изучается деонтологическое значение медицинской терминологии — этические нормы, правильный выбор терминов при общении с пациентом и их роль в обеспечении профессиональной ответственности. Ключевые слова: латинский язык, медицинская терминология, префикс, суффикс, профессиональная этика, деонтология, научно-лингвистический, композиция, эпонимический. KIRISH: Lotin tili qadimiy Rim davridan boshlab ilm-fan, falsafa va tibbiyotning asosiy tili sifatida shakllangan. Bugungi kunda ham bu til tibbiyot sohasida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.. Ayniqsa, tibbiy terminologiya – kasalliklar, anatomik tuzilmalar, tashxis va muolajalar nomlanishi – ko‘p hollarda lotin va qadimgi yunon tillariga asoslanadi. Bugungi kunda dunyo bo‘ylab foydalanilayotgan tibbiy hujjatlar, klinik tashxislar va ilmiy adabiyotlarning aksariyatida aynan lotincha atamalar qo‘llaniladi. Bunga sabab, lotin tili “o‘lik til” bo‘lib, unda so‘zlar o‘z ma’nosini o‘zgartirmasdan, doimiy va universal shaklda saqlanib qoladi. U global tibbiy muloqotda yagona til sifatida xizmat qilib, terminologiyaning izchilligini ta’minlaydi. Tibbiy atamalar asoslari Fan, texnika, ishlab chiqarishning har qanday sohalarida ham muvaffaqiyat bilan ish olib borish uchun mutaxassis o‘sha sohaga tegishli maxsus leksikani, ya’ni atamani
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 48 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us to‘g‘ri tushunishi va qo‘llashi zarur. Atamaning asosiy vazifasi (lotincha terminus - chegara) ilmiy tushunchani bir ma’noda aniq ifodalab berishdan iborat. Atama so‘z ham (fan, to‘qima, gen, kasallik, appenditsit, flyurografiya), so‘z birikmasi ham (ko'krak qafasi, umurtqa pog'onasi, gipertonik kasallik, gigiyena) bo‘lishi mumkin. Atamalar kundalik turmushda ishlatiladigan adabiy tildagi so‘zlardan farq qilib, ilmiy va ilmiy texnika tushunchalarini ifodalaydi. U ilmiy nazariy xulosa natijasi, ma’lum bir ilmiy nazariy parcha aksidir. Klinik terminlarning ilmiy-nazariy yasalish prinsiplari Klinik terminologiyani o‘rganishda yunon tili so‘zlariga asoslanadi. Har qanday so'z yasovchi element (negiz, old qo‘shimcha prefiks, suffiks) atama element deyiladi. Terminlar muayyan ma'noga ega. Shuning uchun bir necha elementlardan tuzilgan terminlarni tahlil qilishda asosiy ma'no tashuvchi atama elementlariga ilmiy jihatdan yondashish maqsadga muvofiqdir. Klinik terminologiyani o‘zlashtirish metodikasi alohida atama elementlarning ma'nosini tushunish yasama yoki murakkab atamalar yasash usullarini nazarda tutadi. Klinik atamalar odatda yasama yoki qo‘shma so‘zlardan ifodalanadi. Yasama so'zlar prefiks+o‘zak; prefiks+o‘zak+suffiks: nephritis-nefrit, buyrakning yallig‘lanishi; Para+nephr+itis - paranefrit, buyrak atrofi yallig'lanishi va hokazo. 1. Morfologik yasalish (qo‘shimchalar orqali hosil bo‘lish) Klinik terminlarning asosiy qismi prefiks + ildiz + suffiks modeli asosida yaratiladi. a) Prefikslar (old qo‘shimchalar) Ko‘pincha yunon yoki lotin kelib chiqishli bo‘ladi: • hyper- (ortiqcha): hypertonia — gipertoniya-qon bosimning oshishi • pro- (old): pronephros—pronefros-old buyrak • anti-(qarshi):antitoxia—antitoksiya-zaharga qarshi • eu-(normal):eupnoe—eupnoy-normal nafas olish b) Ildizlar Asosiy ma’noni beradi: • cardio- (yurak) • neuro- (asab) • dermo- (teriga oid) • path- (kasallik) c) Suffikslar (oxirgi qo‘shimchalar) Kasallik, yallig‘lanish, jarayon, o‘lcham kabi ma’nolarni beradi: • -itis (yallig‘lanish): gastritis, dermatitis • -osis (patologik jarayon): neurosis • -algia (og‘riq): neuralgia
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 49 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us • -ectomia (olib tashlash): appendectomia Morfologik usul klinik terminologiyaning eng asosiy shakllanish modeli hisoblanadi. 2. Kompozitsiya (juftlash / birikma shakli) Bu usulda ikki yoki undan ko‘p ildiz birlashib, yangi klinik atama hosil qiladi. Misollar: • cardiomyopathy → “cardio” (yurak) + “myo” (muskul) + “pathy” (kasallik) • gastroenterology → “gastro” (oshqozon) + “entero” (ichak) + “logy” (fan) • neuromuscular → “neuro” (asab) + “muscular” (mushak) Bu usul klinik jarayonning murakkabligini aniq aks ettiradi. 3.Eponimik yasalish (olim yoki shaxs nomi bilan atalishi) Bu usul klinik terminologiyani boyitib turadi. Misollar: • Parkinson kasalligi — J. Parkinson sharafiga • Daunsindromi — J. Down sharafiga Eponimlar klinik tibbiyotda juda ko‘p uchraydi. Klinik terminologiyaning deontologik ahamiyati quyidagi asosiy jihatlarda namoyon bo‘ladi: 1. Kasbiy etika va mas’uliyatni ta’minlash Klinik atamalarni to‘g‘ri va aniqishlatish shifokorning kasbiy mas’uliyatini ifodalaydi. Noto‘g‘ri termin ishlatilishi bemor salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Masalan: shifokor bemorning qorin og‘rig‘I sababini “gastritis” deb noto‘g‘ri tashxis qo‘ysa, bemor uchun kerakli davo choralari kechikadi, chunki haqiqiy sabab appendicitis bo‘lishi mumkin. Agar shifokor terminlarni aniq ishlatganida, bemor vaqtida jarrohlik ko‘rigi va muolajaga yuborilgan bo‘lardi. 2.Bemorning huquqlarini hurmat qilish To‘g‘ri klinik terminlar bemorga uning sog‘lig‘i haqida to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berish imkonini beradi. Bu esa bemorning xabardor roziligini olish va uni hurmat qilish tamoyiliga bog‘liq. Misol uchun, diagnostika natijalarini shaffof va aniq ifodalash orqali bemor o‘z salomatligiga oid qarorlar qabul qilishi mumkin 3. Xatolarni kamaytirish va xavfsizlikni ta’minlash Standartlashtirilgan klinik terminlar bemor xavfsizligini oshiradi. Noto‘g‘ri dori nomi yoki tashxis xatolari jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan: Agar shifokor bemorga “Warfarin” o‘rniga “Warfarin” bilan fonetik jihatdan o‘xshash boshqa dori yozsa yoki “hypertension” o‘rniga “hypotension” deb yozsa, bu bemorning qon bosimi bilan bog‘liq jiddiy muammolarga olib keladi. Standart klinik terminlarni ishlatish xatolarni sezilarli darajada kamaytiradi. 4. Ilmiy va klinik adolat
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 50 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us Aniq terminologiya shifokorlarning bir-birini tushunishini, ilmiy natijalarni adolatli baholashni va klinik tadqiqotlarda xatolarga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlaydi. Bu esa deontologiyada shifokorning bilimli va mas’uliyatli bo‘lishi talabi bilan bog‘liq. Xulosa Tibbiy terminologiya – zamonaviy tibbiyotning ilmiy asosini tashkil etuvchi mustahkam tizimdir. Ayniqsa, klinik atamalar lotin va yunon tillarining izchil morfologik qonuniyatlariga tayanishi tufayli aniq, ixcham va umumjahon darajasida tushunarli bo‘lib qoladi. Prefiks, ildiz va suffikslarning qat’iy lingvistik uyg‘unlikda qo‘llanilishi klinik jarayonlar, patologik holatlar va anatomo-fiziologik tushunchalarni aniq talqin qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, kompozitsiya, konversiya va eponimik yasalish metodlari terminologiya tizimini yanada kengaytirib, murakkab kasalliklar yoki klinik jarayonlarni qisqa, lekin mazmunli shaklda ifodalash imkonini yaratadi.Tibbiy terminologiya faqat ilmiy-texnik vosita bo‘lib qolmay, balki kuchli deontologik ahamiyatga ega. Atamalarni to‘g‘ri, o‘rinli va aniq qo‘llash shifokorning bemor oldidagi kasbiy axloqi, hurmati va mas’uliyatining ajralmas qismidir. Noto‘g‘ri termin tanlanishi klinik xatolarga, noto‘g‘ri tashxisga yoki dori buyurishda xatoga olib kelishi mumkin. Standartlashtirilgan, xalqaro miqyosda qabul qilingan tibbiy terminlardan foydalanish esa bunday xatoliklarning oldini oladi, bemor xavfsizligini ta’minlaydi va klinik jarayonning aniq boshqarilishini kafolatlaydi.Bundan tashqari, yagona tibbiy terminologiyaning mavjudligi turli mamlakatlar shifokorlari, tadqiqotchilari va sog‘liqni saqlash mutaxassislari o‘rtasida samarali muloqotni rivojlantiradi. Bu global hamkorlikni kuchaytirib, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshiradi, klinik qarorlar qabul qilish jarayonini yengillashtiradi va tibbiyotning jahon miqyosidagi integratsiyasini mustahkamlaydi.Shu bois, tibbiy terminologiyani chuqur o‘zlashtirish shifokor kasbining nafaqat ilmiy, balki axloqiy va ma’naviy poydevorini mustahkamlovchi muhim omildir. Terminologik savodxonlik yuqori bo‘lgan mutaxassis har doim aniq, mas’uliyatli, ehtiyotkor va deontologik prinsiplarni hurmat qilgan holda bemor bilan ishlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. LOTIN TILI - INSON TANASINING LINGVISTIK KODI VA TIBBIYOTDAGI UNIVERSALLIK TAMOYILI Musurmonov Jamoliddin Faxriddin o‘g’li Yo'ldosheva Charos Ilxom qizi Sayfullayeva Lola Sobitovna https://doi.org/10.5281/zenodo.17634558 2. LOTIN TILINING ZAMONAVIY TIBBIY YOZUVDAGI ROLI VA UNING XALQARO STANDARTLASHUVDAGI AHAMIYATI Musurmonov Jamoliddin Faxriddin o‘g’li Israilova Maxsuda Nugmatullaevna
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 51 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us 3. Musurmonov.J.F & Sayfullayeva.L.S,. (2025). FARMATSEVTIK ATAMASHUNOSLIK. Toshkent: TDTU https://doi.org/10.5281/zenodo.15289181 4. L.S. Sayfullayeva CHET TILLARI, LOTIN TILI VA TERMINOLOGIYA ASOSLARINI O ‘QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI 5. L.S. Sayfullayeva Lotin tilini o ‘qitish jarayonida axborot texnologiyalarining o ‘rni 6. Musurmonov.J.F(2024).Lotin tilining zamonaviy tibbiy yozuvdagi roli va uning xalqaro standartlashuvidagi ahamiyati. Toshkent: TDTU https://universalconference.us/universalconference/index.php/icmse/article/view/451 8 7. TIBBIYOT O‘QUV ADABIYOTI LOTIN TILI L.U.Xo‘jayeva X.A.Zohidova Z.Z.Rahmatullayeva 8. LOTIN TILI VA MEDITSINA TERMINOLOGIYASI Boliyev M.N.