scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KADASTR MA'LUMOTLARIDAN FOYDALANIB MAVZULI XARITALARNI GIS TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TUZISHNING NAZARIY ASOSLARI

G'ofirov, Muzaffar Jumayevich; Ergashev, Hasan Baxtiyor oʻgʻli

Abstract

Maqolada kadastr ma'lumotlaridan foydalanib, suv resurslari holatini GIS texnologiyalari asosida tahlil qilish hamda mavzuli xaritalar yordamida ularning hududiy taqsimotini aniqlash masalalari bo‘yicha so‘z yiritiladi. Tadqiqot davomida tumandagi daryo, ariq, kanallar, kollektorlar va ichimlik suvi tarmoqlarining fazoviy ma'lumotlarini yig‘ish, kadastr bazasi bilan integratsiya qilish va yagona geoma'lumotlar tizimi shakllantirish ishlari ko‘rib chiqiladi. ArcGIS dasturlari yordamida suv obyektlarining uzunligi, maydoni, holati va aholi punktlariga nisbatan joylashuvi tahlil qilinadi.

Full text

Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 120 DOI: https://10.5281/zenodo.17781375 KADASTR MAʼLUMOTLARIDAN FOYDALANIB MAVZULI XARITALARNI GIS TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TUZISHNING NAZARIY ASOSLARI G‘ofirov Muzaffar Jumayevich Qarshi davlat texnika universiteti dotsenti https://orcid.org/0009-0007-2426-3752 E-mail: muzaffargofir[email protected] Ergashev Hasan Baxtiyor oʻgʻli E-mail: [email protected] ANNOTASIYA Maqolada kadastr maʼlumotlaridan foydalanib, suv resurslari holatini GIS texnologiyalari asosida tahlil qilish hamda mavzuli xaritalar yordamida ularning hududiy taqsimotini aniqlash masalalari bo‘yicha so‘z yiritiladi. Tadqiqot davomida tumandagi daryo, ariq, kanallar, kollektorlar va ichimlik suvi tarmoqlarining fazoviy maʼlumotlarini yig‘ish, kadastr bazasi bilan integratsiya qilish va yagona geomaʼlumotlar tizimi shakllantirish ishlari ko‘rib chiqiladi. ArcGIS dasturlari yordamida suv obyektlarining uzunligi, maydoni, holati va aholi punktlariga nisbatan joylashuvi tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: GIS, kadastr ma’lumotlari, suv resurslari, mavzuli xarita, Qamashi tumani, daryo va kanallar, suv ta’minoti, fazoviy tahlil, tematik kartografiya, gidrografiya. АННОТАЦИЯ В статье рассматриваются вопросы анализа состояния водных ресурсов на основе ГИС-технологий с использованием кадастровых данных, а также определения их территориального распределения с помощью тематических карт. В ходе исследования изучаются процессы сбора пространственных данных о реках, арыках, каналах, коллекторах и питьевых водопроводных сетях района, их интеграция с кадастровой базой и формирование единой геоинформационной системы. С помощью программ ArcGIS проводится анализ длины, площади, состояния водных объектов и их пространственного положения относительно населённых пунктов. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 121 Ключевые слова: GIS, кадастровые данные, водные ресурсы, тематическая карта, район Камаши, реки и каналы, водоснабжение, пространственный анализ, тематическая картография, гидрография. ABSTRACT The article examines issues related to analyzing the condition of water resources using GIS technologies based on cadastral data, as well as determining their spatial distribution through thematic maps. The study explores the processes of collecting spatial data on rivers, irrigation canals, channels, collectors, and drinking water supply networks in the district, integrating them with the cadastral database, and establishing a unified geoinformation system. Using ArcGIS software, an analysis is conducted of the length, area, and condition of water bodies, as well as their spatial relationship to populated areas. Keywords: GIS, cadastral data, water resources, thematic map, Qamashi district, rivers and canals, water supply, spatial analysis, thematic cartography, hydrography. KIRISH Suv resurslari inson faoliyati, qishloq xo‘jaligi, sanoat va ekologik barqarorlik uchun eng muhim tabiiy boyliklardan biridir. Ularning samarali boshqarilishi, hududiy rejalashtirish, ichimlik suvi taʼminoti va ekologik xavfsizlikni taʼminlash bugungi kunda global va mintaqaviy miqyosda dolzarb masala hisoblanadi. Ayniqsa, O‘zbekiston kabi qurg‘oqchil hududlarda suv resurslarining samarali taqsimlanishi va boshqarilishi hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bevosita taʼsir qiladi. Shu munosabat bilan suv resurslarini monitoring qilish, ularning fazoviy taqsimoti va foydalanish imkoniyatlarini vizual tarzda tahlil qilish zarurati mavjud. Kadastr maʼlumotlari — yer uchastkalari, mulk shakli, foydalanish turi va chegara koordinatalarini o‘z ichiga olgan ishonchli ma’lumot manbai bo‘lib, ularni GIS (Geografik axborot tizimlari) bilan birlashtirish suv resurslari bo‘yicha mavzuli xaritalar yaratishda samarali vosita hisoblanadi. Tematik xaritalar yordamida hududdagi daryo, kanal, ariq va kollektorlardan iborat suv tarmoqlari, ularning maydoni, holati, suvi yetkazib berish infratuzilmasi va aholi punktlariga nisbatan joylashuvi vizual tarzda tahlil qilinadi. Shu bilan birga, mavzuli xaritalar suv resurslarining optimal taqsimoti, hududiy infratuzilma bilan bog‘liqligi va ekologik xavfsizlik nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotning maqsadi kadastr maʼlumotlaridan foydalanib GIS texnologiyalari asosida suv resurslari bo‘yicha mavzuli xaritalarni yaratish, ularning fazoviy xususiyatlarini aniqlash va tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot natijalari suv Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 122 taʼminoti va meliorativ holatni monitoring qilish, hududiy boshqaruvni optimallashtirish, suv resurslaridan samarali foydalanish va kelgusida ekologik barqarorlikni taʼminlashga amaliy hissa qo‘shadi. Shu bilan birga, mavzuli xaritalar hududdagi suv resurslarining tarqalishi, infratuzilma obyektlari bilan bog‘liqligi va aholiga yetkazib berish imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi, bu esa hududiy rejalashtirish va qaror qabul qilish jarayonlari samarasini yanada oshiradi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI Mavzuli xaritalar — maʼlum bir mavzu yoki hodisani hudud bo‘yicha tasvirlaydigan kartografik mahsulotlar bo‘lib, geografik obyektlarning faqat shu mavzuga oid xususiyatlarini aks ettiradi. Mavzuli xaritalarning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: hududda maʼlum bir jarayonning tarqalishini ko‘rsatish, statistik maʼlumotlarni fazoviy ko‘rinishda aks ettirish, tahlil, rejalashtirish, monitoring va boshqaruv uchun asos yaratish. Mavzuli xaritalar umumgeografik xaritalardan farqli ravishda joyning barcha elementlarini emas, balki aniq bir ko‘rsatkichni batafsil ko‘rsatadi. Oʻzbekistonda mavzuli xaritalar, GIS va kartografiya sohasida ishlagan bir qator olimlar tadqiqot ishlarini olib borgan bo‘lib Asomberdi Egamberdiev kartografiya va geoinformatika sohasida darsliklar va maqolalar muallifi; atlas kartografiyasi va kompyuter GIS texnologiyalarining Oʻzbekistondagi qoʻllanilishi haqida tadqiqotlar olib borgan, Eshkabil Safarov “Tuproq qoplamini kartografiyalash nazariyasi va metodlarini ishlab chiqish, Oʻzbekiston misolida” mavzusida tadqiqot olib borgan, Dilshod Rakhmonov interaktiv xaritalar yaratish (ArcGIS Online misolida) va ochiq statistik maʼlumotlardan foydalangan holda onlayn xarita ilovalari ishlab chiqish bo‘yicha maqolalar chop etgan. Suv resurslarini boshqarish va ularning fazoviy taqsimotini tahlil qilish masalalari bo‘yicha ko‘plab ilmiy tadqiqotlar mavjud. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kadastr ma’lumotlari va GIS texnologiyalari integratsiyasi mavzuli xaritalar yaratishda eng samarali vosita hisoblanadi. Shu orqali hududdagi suv obyektlarining joylashuvi, maydoni, holati va aholi punktlariga nisbatan taqsimoti vizual tarzda tahlil qilinadi. TADQIQOT METODOLOGIYASI Tadqiqotda geografik axborot tizimlari (GIS), masofaviy zondlash (MZ), raqamli kartografiya va fazoviy tahlil usullari asosiy metodik yo‘nalish sifatida tanlandi. Metodologiyaning asosini fazoviy ma’lumotlarni yig‘ish, ularni standartlashtirilgan formatda qayta ishlash va mavzuli xaritalarga transformatsiya qilish bosqichlari tashkil etadi. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 123 Birinchi bosqichda tadqiqot uchun zarur bo‘lgan topografik xaritalar, kadastr ma’lumotlari, masofaviy zondlash tasvirlari, GNSS o‘lchovlari hamda statistik atribut ma’lumotlar yig‘iladi. Ushbu ma’lumotlar yagona koordinata tizimiga keltiriladi, proyeksion tizimlar moslashtirildi va raster hamda vektor formatlar birxillashtiriladi. Tadqiqotning navbatdagi bosqichi fazoviy tahlil jarayonlarini o‘z ichiga oldi. Statistikfazoviy tahlillar orqali hududiy naqshlar aniqlanadi va mavzuli qatlamlar chuqur tahlil qilinadi. Masofaviy zondlash tasvirlari klassifikatsiya usullari bilan tasniflanib, tadqiqot mavzusiga mos atributlar bilan boyitiladi. Mavzuli xaritalar yaratish jarayonida kartografik model loyihalanib, xarita maqsadi, masshtab, generalizatsiya talablari, ranglar, simbologiya va legenda tizimi belgilanadi. Bizning maqolamizda tuman misolida kadastr ma’lumotlaridan foydalanib suv resurslari bo‘yicha mavzuli xaritalar yaratishga asoslangan. Jarayon quyidagi bosqichlardan iborat: ma’lumotlarni tayyorlash, GIS muhitiga import qilish, fazoviy tahlilni amalga oshirish va mavzuli xaritalarni yaratish. Tadqiqot davomida chiziqli, izoliniyalar, kartogramma, kartodiagramma, belgili va areal usullar qo‘llanildi. Ushbu metodologiya suv resurslarini boshqarish, monitoring qilish va hududiy rejalashtirishda amaliy ahamiyatga ega. NATIJALAR Tuman misolida kadastr ma’lumotlari va GIS texnologiyalari yordamida olib borilgan tadqiqot natijalari quyidagicha yoritiladi. Tumandagi daryo, kanal, ariq va kollektorlardan iborat suv tarmoqlari to‘liq kartalashtiriladi. GIS tahlili natijasida suv obyektlarining uzunligi, maydoni, holati va aholi punktlariga nisbatan joylashuvi aniqlanib, mavzuli xaritalarda vizual ko‘rinishda aks ettirildi. Shu orqali suv resurslari aholi punktlariga yaqin joylashgani va ularning infratuzilma bilan bog‘liqligi ishonchli tarzda tasdiqlanadi. Suv tarmoqlarining holati ham GIS tizimi yordamida baholandi. Aniqlanishicha, ayrim kanallar va kollektorlar eskirgan yoki qisman to‘sib qo‘yilgan bo‘lib, bu suv ta’minotining samaradorligini kamaytiradi. Shu bilan birga, suv obyektlarining aholiga yetkazib berish imkoniyati va infratuzilma bilan bog‘liqligi aniqlanadi. Ushbu natijalar suv resurslarining rejalashtirilgan va amaliy boshqaruvi uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Mavzuli xaritalar yordamida suv resurslarining hududiy taqsimoti va maydoni tahlil qilindi. Chiziqli, izoliniya, kartogramma va belgili usullar qo‘llanilib, suv tarmoqlarining tarqalishi, intensivligi va aholi punktlariga nisbatan joylashuvi bir qarashda tushunarli tarzda ko‘rsatildi. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 124 Tumani suv resurslaridan foydalanish samaradorligi, ularning infratuzilma bilan bog‘liqligi va ekologik ahamiyatini ishonchli tarzda aks ettiradi. Shu bilan birga, GIS asosida yaratilgan mavzuli xaritalar hududiy rejalashtirish, suv ta’minoti monitoringi, meliorativ holatni baholash va suv resurslarini boshqarishda amaliy qiymatga ega ekanligini tasdiqlaydi. XULOSA Ushbu tadqiqot natijalari GIS texnologiyalaridan foydalanib mavzuli xaritalar yaratishning samarali ilmiy-uslubiy asoslarini shakllantiradi. Fazoviy ma’lumotlarning turli manbalardan yig‘ilishi, ularning proyeksion tizimlar bo‘yicha birxillashtirilishi, topologik xatolardan tozalanishi hamda masofaviy zondlash ma’lumotlari bilan integratsiyasi natijasida hududiy jarayonlarni kompleks baholash uchun yagona, izchil axborot bazasi yaratiladi. Raster va vektor ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan fazoviystatistik tahlillar hududlardagi geografik, ekologik va antropogen omillar ta’sirining real fazoviy tarqalishini aniqlash imkonini beradi. Mavzuli qatlamlarning attributiv boyitilishi, ularning interaktiv tarzda GIS muhitiga eksport qilinishi esa xaritalarning qo‘llanish doirasini yanada kengaytirib, amaliyotda ularning funksionalligi va informatsion qiymatini oshirdi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, GIS asosida ishlab chiqilgan mavzuli xaritalar tabiiy resurslardan foydalanish, ekologik monitoring, kadastr boshqaruvi, urbanistik rejalashtirish hamda hududiy rivojlanish strategiyalarini shakllantirishda muhim analitik vosita hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. G‘.N.Aliqulov, M.J.G‘ofirov, B.N.Jumanov. “Geodeziya” o‘quv qo‘llanma. Qarshi: “Intellekt” nashriyoti. 2021 y 2. M.J.G‘ofirov. “Geodeziya” darslik. Qarshi: “Intellekt” nashriyoti. 2023 y 3. G‘ofirov, M. J. (2025). GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR TA’LIM YO ‘NALISHI TALABALARNING KASBIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHNING BAHOLASH MEZONLARI. RESEARCH AND EDUCATION, 4(3), 53-56. 4. G‘ofirov, M. J. (2025). ZOVURLARNI TA’MIRLASH VA BARPO ETISHDA QO ‘LLANILADIGAN GEODEZIK ASBOBLAR. RESEARCH AND EDUCATION, 4(3), 48-52. 5. Jumayevich, G. O. M., & Qizi, U. M. Y. (2024). YER RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH JARAYONIDA VUJUDGA KELGAN MUAMMOLAR. Science and innovation, 3(Special Issue 18), 624-627. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 125 6. Jumayevich, G. O. M., & Shamsiddin o‘g‘li, B. S. (2022). MUHANDISLIK YO ‘NALISHI TALABALARINING UMUMKASBIY TAYYORGARLIGIGA QO ‘YILADIGAN TALABLAR. RESEARCH AND EDUCATION, 78. 7. Гофиров, М. Ж. (2022). ПРОБЛЕМЫ РЕГУЛИРОВАНИЯ ЗЕМЕЛЬНЫХ РЕФОРМ И ЗЕМЕЛЬНЫХ ОТНОШЕНИЙ В УСЛОВИЯХ РЫНОЧНОЙ ЭКОНОМИКИ. Вестник науки, 3(10 (55)), 100-104. 8. G‘ofirov, M. J., & Mirzayev, J. O. (2022). XATOLAR NAZARIYASI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 1175-1177. 9. G‘ofirov, M. J., Mirzayev, J. O., & Qurbonmurodov, A. A. (2022). YER TUZISH VA KADASTR ISHLARI UCHUN GEODEZIK O ‘LCHOVLARNI MATEMATIK QAYTA ISHLASH NAZARIYASI VA AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 1178-1181. 10. Jumaevich, G. M. (2021). Integrated learning concept. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 11881191. 11. Khimmataliev, D. O., Khakimov, J. O., Sharipova, S. S., Turaev, M. F., Gofirov, M. J., & Murodova, Z. Q. (2021). Formation of didactic competence of students as a pedagogical problem. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(4), 75527567. 12. G‘ofirov, M. J., & Bolibekov, S. S. o ‘g ‘li.(2022). Muhandislik yo ‘nalishi talabalarining umumkasbiy tayyorgarligiga qo ‘yiladigan talablar. International conferences, 1 (8), 78–82. 13. G‘ofirov, M. J. Shukurova SA qizi.(2022). In Kompetentli yondashuv asosida bо ‘lajak muhandislarning umumkasbiy tayyorgarligini rivojlantirish. International conferences (Vol. 1, No. 8, pp. 12-16).