scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GEODEZIYA VA KADASTR MA'LUMOTLARINING O'ZARO INTEGRATSIYASI ORQALI ATROF-MUHIT MONITORINGI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ILMIY-USLUBIY ASOSLARI

G'ofirov, Muzaffar Jumayevich; Karimova, Marjona Sherzod qizi

Abstract

Maqolada atrof-muhit monitoringida geodezik o‘lchov natijalari va kadastr ma’lumotlarining o‘zaro integratsiyasini yo‘lga qo‘yishning ilmiy-uslubiy jihatlari tahlil qilinadi. Integratsiyalashgan ma’lumotlar orqali ekologik jarayonlarni aniqlik bilan kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Antropogen omillar ta’sirini baholash va tabiiy resurslar holatini monitoring qilish imkoniyatlari kuzatiladi. Maqolada GIS, GNSS va raqamli kadastr texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklarini yoritib berish bo‘yicha takliflar keltirilgan.

Full text

Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 126 DOI: https://10.5281/zenodo.17781421 GEODEZIYA VA KADASTR MA’LUMOTLARINING O‘ZARO INTEGRATSIYASI ORQALI ATROF-MUHIT MONITORINGI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ILMIY-USLUBIY ASOSLARI G‘ofirov Muzaffar Jumayevich Qarshi davlat texnika universiteti dotsenti https://orcid.org/0009-0007-2426-3752 E-mail: muzaffargofi[email protected] Karimova Marjona Sherzod qizi E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Maqolada atrof-muhit monitoringida geodezik o‘lchov natijalari va kadastr ma’lumotlarining o‘zaro integratsiyasini yo‘lga qo‘yishning ilmiy-uslubiy jihatlari tahlil qilinadi. Integratsiyalashgan ma’lumotlar orqali ekologik jarayonlarni aniqlik bilan kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Antropogen omillar ta’sirini baholash va tabiiy resurslar holatini monitoring qilish imkoniyatlari kuzatiladi. Maqolada GIS, GNSS va raqamli kadastr texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklarini yoritib berish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Kalit so‘zlar: geoinformatsion tizim (GIS), ma’lumotlar integratsiyasi, ekologik monitoring, raqamli xaritalash, GNSS texnologiyalari, LiDAR, fotogrammetriya, ekologik indikatorlar, fazoviy tahlil, raqamli relyef modeli, ma’lumotlar bazasi, barqaror rivojlanish, ma’lumotlar vizualizatsiyasi, raqamli geoma’lumotlar, integratsiyalashgan monitoring tizimi. АННОТАЦИЯ В статье анализируются научно-методические аспекты налаживания интеграции результатов геодезических измерений и кадастровых данных в мониторинге окружающей среды. Интегрированные данные позволяют с высокой точностью наблюдать экологические процессы. Рассматриваются возможности оценки воздействия антропогенных факторов и мониторинга состояния природных ресурсов. В статье представлены предложения по Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 127 освещению преимуществ использования технологий GIS, GNSS и цифрового кадастра. Ключевые слова: геоинформационная система (ГИС), интеграция данных, экологический мониторинг, цифровое картографирование, технологии GNSS, LiDAR, фотограмметрия, экологические индикаторы, пространственный анализ, цифровая модель рельефа, база данных, устойчивое развитие, визуализация данных, цифровые геоданные, интегрированная система мониторинга. ABSTRACT The article analyzes the scientific and methodological aspects of establishing the integration of geodetic measurement results and cadastral data in environmental monitoring. Integrated data make it possible to accurately observe environmental processes. The possibilities of assessing the impact of anthropogenic factors and monitoring the state of natural resources are considered. The article presents proposals highlighting the advantages of using GIS, GNSS, and digital cadastre technologies. Keywords: Geoinformation system (GIS), data integration, environmental monitoring, digital mapping, GNSS technologies, LiDAR, photogrammetry, environmental indicators, spatial analysis, digital elevation model, database, sustainable development, data visualization, digital geodata, integrated monitoring system. KIRISH So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va yer resurslaridan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish borasida bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilinib, tashkiliy islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu huquqiy hujjatlar geodeziya va kadastr ma’lumotlari integratsiyasiga asoslanadigan ekologik monitoring tizimlarining zarurligini ta’kidlaydi. Ularning aniqligi va samaradorligini oshirish uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81sonli Prezident Farmoni orqali ekologiya boshqaruvi ko‘lamlari yangilanib, qonun buzilishi va nazorat ishlari tartibga solinmoqda, nazorat tizimlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar belgilandi. “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-oktabrdagi PF-182-son Farmoni orqali ekologiya boshqaruvi ko‘lamlari yangilanib, qonun buzilishi va nazorat ishlari tartibga Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 128 solinmoqda, nazorat tizimlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar belgilandi. Mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni taʼminlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sogʻligʻiga zararli taʼsirini oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holat sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Butun mamlakat miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda, davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar qimmatbaho navlarining kesilishiga muddatsiz moratoriy amal qilmoqda. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI Maqolaning maqsadi – geodezik va kadastr ma’lumotlari o‘rtasidagi integratsiyani yaratish orqali ekologik holatni kuzatish, tahlil qilish, boshqarishning zamonaviy tizimini ishlab chiqish, geoma’lumotlarni integratsiyalash va vizualizatsiya qilish orqali ekologik jarayonlarni aniqlik bilan kuzatishdan iborat. Ekologiya va atrof-muhit monitoringi sohasida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar va amaliy ishlanmalar mavjud. Adabiyotlar tahlili quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: Global tadqiqotlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi geodezik o‘lchovlarning yuqori aniqligi atrof-muhit monitoringi tizimlari uchun asosiy ma’lumotlar bazasi hisoblanar ekan. GNSS, LiDAR va fotogrammetriya texnologiyalari orqali relyef, tuproq deformatsiyasi, suv sathining o‘zgarishi kabi jarayonlar aniq o‘lchash; GIS tizimlari yordamida ma’lumotlarni integratsiyalash va tahlil qilish. Milliy tadqiqotlarga O‘zbekistonda geodezik o‘lchov natijalarini raqamli xaritalash orqali ekologik muammolarni tahlil qilish; yer resurslari kadastri bilan ekologik indikatorlar integratsiyasi va Davlat geodeziya xizmati va Atrof-muhit monitoringi agentligi o‘rtasida ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabilar kiradi. Gollandiyalik olimlar Van Oosterom va Lemmen Land Administration Domain Model (LADM) ni ishlab chiqishgan. Bu yer va ko‘chmas mulkni boshqarish sohasidagi ma’lumotlarni standartlashtirish uchun ishlab chiqilgan xalqaro model bo‘lib hisoblanadi. GNSS va GNSS-IR texnologiyalarining ekologik monitoringdagi ahamiyati boyicha Jin (2022) va Abdelhamid (2025) tadqiqotlari ko‘p tizimli GNSS (GPS, GLONASS, Galileo, BeiDou) va GNSS-IR texnologiyasining suv sathi, qor qoplami, tuproq namligi, vegetatsiya monitoringi uchun yuqori aniqlik berishini ko‘rsatadi. Bu ma’lumot kadastr ma’lumotlari bilan birga qo‘llanganda ekologik monitoring imkoniyatlarini sezilarli kengaytiradi. Resbublikamiz bo‘yicha mavjud tadqiqotlar IISD (2024) va Kadastr agentligining 2025 yilgi geoinfratuzilma loyihalari mahalliy ekologik monitoring muammolari – Orolbo‘yi zonasi tiklanishi, suv tanqisligi, yer degradatsiyasi, noqonuniy qurilishlar Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 129 kabi omillarni yoritadi. Bu monitoring uchun integratsiyalashgan tizim zarur ekanligini tasdiqlaydi. TADQIQOT METODOLOGIYASI Maqola quyidagi ilmiy-uslubiy yondashuvlarga asoslanadi. Ma’lumot turlari va ularni birlashtirish modeli bo‘yicha geodezik ma’lumotlar turkumiga GNSS (statik, RTK va NRTK) o‘lchovlari, GNSS-IR texnologiyasi orqali suv sathi va namlik o‘lchovlari, UAV dronlari yordamida olingan yuqori aniqlikdagi suratlar, LiDAR nuqta bulutlari hamda optik va radar sun’iy yo‘ldosh tasvirlari kiradi. Kadastr ma’lumotlari esa yer uchastkalarining 2D va 3D chegaralari, huquqiy atributlar (RRR — rights, restrictions, responsibilities), yer turlari, maydonlar va xo‘jalik kategoriyalari hamda inshootlar reyestrini o‘z ichiga oladi. Ushbu ma’lumotlarning integratsiyasi LADM (ISO 19152) standarti asosida yaratilgan ‘yagona fazoviy baza’ konsepsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi, bu esa geodezik va kadastr ma’lumotlarini samarali birlashtirish hamda ekologik monitoring va boshqa fazoviy tahlil jarayonlarini optimallashtirish imkonini beradi. Shuningdek, masofadan zondlash texnologiyalari yordamida yer resurslarining degradatsiyaga uchrayotgan hududlari, o‘simlik qoplamasidagi o‘zgarishlar va suv resurslarining kamayishi kabi jarayonlar real vaqt rejimida kuzatiladi. Zamonaviy monitoring vositalari urbanizatsiya jarayonlarini rejalashtirish, qishloq xo‘jaligi resurslarini samarali boshqarish hamda sanoat hududlaridagi o‘zgarishlarni aniqlashda keng qo‘llaniladi. Elektron total stansiyalar, raqamli nivelirlar va avtomatlashtirilgan geodezik tizimlar o‘lchovlardagi inson xatosini sezilarli darajada kamaytirib, yer resurslarini kuzatish jarayonini yanada ishonchli, barqaror va qayta ishlashga mos qiladi. 1-jadval Geodezik va kadastr ma’lumotlarining o‘zaro integratsiyasi № Ma’lumot turi Manba Integratsiya usuli Qo‘llanilishi Amaliy ahamiyati Texnologiyala r 1 Geodezik punktlar (reperlar) Geodeziya Kadastr xaritalari bilan bog‘lash Yer maydonlarini aniqlash, balandlik va koordinatalarni aniqlash GNSS, teodolit, nivelyer 2 Kadastr ma’lumotlari Davlat kadastri Geodezik koordinatalar bilan sinxronlash Mulk huquqi, yer resurslarini boshqarish GIS, CAD, kadastr tizimi 3 Atrof-muhit ko‘rsatkichlari Sensorlar, monitoring stansiyalari Geodezik va kadastr ma’lumotlari bilan integratsiya Ekologik monitoring, zararli antropogen ta’sirlarni aniqlash GIS, IoT sensorlar, GNSS Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 130 MUHOKAMA Geodezik va kadastr ma’lumotlarining o‘zaro integratsiyasi ekologik monitoringning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Ushbu integratsiya jarayoni bir nechta asosiy afzalliklarni taqdim etadi. GNSS, UAV (dronlar) va LiDAR texnologiyalari orqali olingan ma’lumotlar an’anaviy monitoring usullariga nisbatan 3–10 baravar yuqori aniqlikni ta’minlaydi. Masalan, GNSS-IR texnologiyasi yordamida suv sathi monitoringi gidropostlar mavjud bo‘lmagan hududlarda ham minimal xarajat bilan amalga oshirilishi mumkin. Shu bilan birga, UAV-LiDAR orqali tuproq eroziyasi, sho‘rlanish zonalari va vegetatsiya holati kabi ekologik parametrlarni aniqlashda yuqori natijaga erishiladi, bu esa ekologik qarorlarni qabul qilish jarayonini tezlashtiradi. RS (masofadan zondlash) tasvirlari va kadastr chegaralarini solishtirish orqali noqonuniy qurilishlar, egallab olishlar va yer transformatsiyalarini real vaqtga yaqin aniqlash mumkin. Bu esa yer resurslarini samarali boshqarish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi. UAV-LiDAR ma’lumotlari tuproq eroziyasi, sho‘rlanish zonalari va vegetatsiya holatini aniqlashda yuqori natija beradi. Shu orqali hududlarda ekologik monitoring jarayoni doimiy bo‘lib, suv va yer resurslarining degradatsiyasini vaqtida aniqlash va zarur ekologik choralarni qo‘llash imkoniyati paydo bo‘ladi. Shunga qaramay, integratsiya jarayonida bir qator muammolar mavjud: - kadastr ma’lumotlarining ba’zi hududlarda eskirgan holatda bo‘lishi; - ma’lumotlarga ochiq kirish cheklovlari; - LADM (Land Administration Domain Model) asosida yagona standartning yo‘qligi; - mutaxassislar o‘rtasida yangi texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha metodik kamchiliklar; - UAV, LiDAR va GNSS qurilmalarining yuqori narxlari. XULOSA Geodeziya va kadastr ma’lumotlarining integratsiyasi atrof-muhit monitoringining samaradorligini sezilarli darajada oshirishi ilmiy-uslubiy tahlillar orqali tasdiqlandi. Integratsiya yondashuvi: monitoringni real vaqtga yaqinlashtiradi; fazoviy aniqlikni oshiradi; kadastr va ekologiya ma’lumotlari o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytiradi; siyosiy va xo‘jalik qarorlarini qabul qilishni tezlashtiradi; noqonuniy yer o‘zlashtirishlarga qarshi kurashni kuchaytiradi; suv resurslari boshqaruvida yangi texnologik imkoniyatlar yaratadi. Yuqorida keltirilgan muammolarni bartaraf etish uchun quyidagi chora-tadbirlar tavsiya etiladi: kadastr ma’lumotlarini to‘liq raqamlashtirish va yangilash; CORS Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 131 tarmoqlarini kengaytirish orqali GNSS monitoring samaradorligini oshirish; Geoportal orqali idoralararo ma’lumot almashuvini avtomatlashtirish; geodeziya va GIS mutaxassislarini yangi texnologiyalar bo‘yicha qayta tayyorlash. Shuni qayd etish mumkinki, O‘zbekiston sharoitida integratsiyalashgan monitoring tizimini yaratish uchun zarur infratuzilma mavjud va uni yaxlit ilmiyuslubiy asosga ega standart tizim ko‘rinishida joriy etish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. G‘.N.Aliqulov, M.J.G‘ofirov, B.N.Jumanov. “Geodeziya” o‘quv qo‘llanma. Qarshi: “Intellekt” nashriyoti. 2021 y 2. M.J.G‘ofirov. “Geodeziya” darslik. Qarshi: “Intellekt” nashriyoti. 2023 y 3. G‘ofirov, M. J. (2025). GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR TA’LIM YO ‘NALISHI TALABALARNING KASBIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHNING BAHOLASH MEZONLARI. RESEARCH AND EDUCATION, 4(3), 53-56. 4. G‘ofirov, M. J. (2025). ZOVURLARNI TA’MIRLASH VA BARPO ETISHDA QO ‘LLANILADIGAN GEODEZIK ASBOBLAR. RESEARCH AND EDUCATION, 4(3), 48-52. 5. Jumayevich, G. O. M., & Qizi, U. M. Y. (2024). YER RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH JARAYONIDA VUJUDGA KELGAN MUAMMOLAR. Science and innovation, 3(Special Issue 18), 624-627. 6. Jumayevich, G. O. M., & Shamsiddin o‘g‘li, B. S. (2022). MUHANDISLIK YO ‘NALISHI TALABALARINING UMUMKASBIY TAYYORGARLIGIGA QO ‘YILADIGAN TALABLAR. RESEARCH AND EDUCATION, 78. 7. Гофиров, М. Ж. (2022). ПРОБЛЕМЫ РЕГУЛИРОВАНИЯ ЗЕМЕЛЬНЫХ РЕФОРМ И ЗЕМЕЛЬНЫХ ОТНОШЕНИЙ В УСЛОВИЯХ РЫНОЧНОЙ ЭКОНОМИКИ. Вестник науки, 3(10 (55)), 100-104. 8. G‘ofirov, M. J., & Mirzayev, J. O. (2022). XATOLAR NAZARIYASI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 1175-1177. 9. G‘ofirov, M. J., Mirzayev, J. O., & Qurbonmurodov, A. A. (2022). YER TUZISH VA KADASTR ISHLARI UCHUN GEODEZIK O ‘LCHOVLARNI MATEMATIK QAYTA ISHLASH NAZARIYASI VA AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 1178-1181. 10. Jumaevich, G. M. (2021). Integrated learning concept. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 11881191. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 132 11. Khimmataliev, D. O., Khakimov, J. O., Sharipova, S. S., Turaev, M. F., Gofirov, M. J., & Murodova, Z. Q. (2021). Formation of didactic competence of students as a pedagogical problem. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(4), 75527567. 12. G‘ofirov, M. J., & Bolibekov, S. S. o ‘g ‘li.(2022). Muhandislik yo ‘nalishi talabalarining umumkasbiy tayyorgarligiga qo ‘yiladigan talablar. International conferences, 1 (8), 78–82. 13. G‘ofirov, M. J. Shukurova SA qizi.(2022). In Kompetentli yondashuv asosida bо ‘lajak muhandislarning umumkasbiy tayyorgarligini rivojlantirish. International conferences (Vol. 1, No. 8, pp. 12-16).