O'ZBEKISTONGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA AKSIYADORLIK JAMIYATLARI EMISSIYA FAOLIYATINING O'RNI
Abstract
Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy o‘sishga asos bo‘lib, jahon amaliyotida mamlakatlarni moliyaviy barqarorlik va raqobatbardoshlikka olib chiqadi. 2016-yildan buyon O‘zbekistonda iqtisodiy ochilish va liberallashtirish sur’atlari o‘sdi, buning natijasida 2023-yilda mamlakatga 2,5 mlrd AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar kirib kelgani qayd etildi[1]. [1] Uzbekistan opening up, but yet to fulfil its FDI potential https://www.fdiintelligence.com
Full text
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 226 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us O’ZBEKISTONGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA AKSIYADORLIK JAMIYATLARI EMISSIYA FAOLIYATINING O’RNI Dilnozaxon Muxitdinova “Korporativ moliya va qimmatli qog'ozlar”kafedrasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent, Oʻzbekiston, [email protected] Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy o‘sishga asos bo‘lib, jahon amaliyotida mamlakatlarni moliyaviy barqarorlik va raqobatbardoshlikka olib chiqadi. 2016-yildan buyon O‘zbekistonda iqtisodiy ochilish va liberallashtirish sur’atlari o‘sdi, buning natijasida 2023-yilda mamlakatga 2,5 mlrd AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar kirib kelgani qayd etildi 1 . Bunday investitsiyalar jozibadorligini oshirishda jahon bozoridagi kompaniyalar aksiyalarini chiqarish (emissiya) muhim mexanizm sanaladi. Ammo, O‘zbekiston bo‘yicha fond bozori hali boshlang’ich bosqichda; 2021-yilda respublika fond birjasi bo‘yicha bozor kapitallashtirishi (aksiyalar qiymati) yalpi ichki mahsulotning 1 foizidan ham kamini tashkil qilgan. Bu nisbiy past ko‘rsatkich yapon va Janubiy Koreya kabi rivojlangan bozorlar bilan solishtirilganda juda kichik (Malayziyada 112%, Xitoyda 46%) 2 Shuni ta’kidlanishi lozimki, aksiyalar emissiyasi mexanizmini samarali tashkil qilish investitsiya muhitini yaxshilaydi. Boshqa mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, fond bozorining likvidligi va investor huquqlarining himoyasi oshgani sari xorijiy investitsiyalar oqimi ham kuchayadi. Oʻzbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari soni va ularning chiqarayotgan qimmatli qogʻozlar hajmi soʻnggi yillarda ortib bormoqda. Masalan, 2023 yilda respublikada jami 612 ta aksiyadorlik jamiyati faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 2024 yilda bu koʻrsatkich 625 taga yetdi va 2025 yilning so’nggi to’qqiz oyida 692 taga oshdi 3 . Shu davr mobaynida davlat ulushiga ega aksiyadorlik jamiyatlari soni ham 220 tadan 254 taga koʻpaygan. 1 Uzbekistan opening up, but yet to fulfil its FDI potential https://www.fdiintelligence.com 2 J. Ataniyazov, S. Narimonov “Stock Market in Uzbekistan: Current Situation and Development Prospects”- British Journal of Multidisciplinary and Advanced Studies: Business and Magament Sciences,3(1),1-10 3 O'zbekiston yilar bo'yicha Aksiyadorlik Jamiyatlari haqida ma'lumotlarhttps://www.invest24.uz
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 227 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Aksiyalarning umumiy nominal qiymati nuqtai nazaridan ham o‘sish kuzatilmoqda: 2023 yilda aksiyadorlik jamiyatlarining nominal aksiyalari qiymati umumiy hisobda 178,3 trln so‘m boʻlgan bo‘lsa, 2024 yilda u 190,7 trln so‘mga, 2025 yilda esa 255,9 trln so‘mga yetdi. Natijada, ayrim mutaxassislar eʼtiboriga ko‘ra, oxirgi ikki yilda davlat ulushiga ega AJ’larning aksiyalar bozori qiymati 182,9 trln so‘mga koʻtarilgan. Bu esa Oʻzbekiston iqtisodiyotidagi xususiy hamda davlat kapitalining rivojlanayotganligini koʻrsatadi 4 . Joriy statistik maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda aksiyalar emissiyasining hajmi astasekin oʻsmoqda. Masalan, Oʻzbekiston Markaziy qimmatli qogʻozlar depozitariysi hisobotida 2021 yil yakuni boʻyicha aksiyalar emissiyasi hajmi 149 502,26 mlrd so‘m boʻlgan boʻlsa, 2022 yilga kelib bu koʻrsatkich 153 047,94 mlrd so‘mga yetdi. Shuningdek, chiqarilgan oddiy aksiyalar soni 2021 yilda 10 048,12 mlrd dona boʻlsa, 2022 da u 12 211,14 mlrd donaga koʻtarildi. Ushbu raqamlar shuni koʻrsatadiki, mahalliy aksiyadorlik jamiyatlari bozori rivojlanib, aksiyalar hajmi va savdo aylanmasi oshmoqda. Qimmatli qogʻozlar bozorida obligatsiyalar emissiyasi ham muhim o‘rin tutadi. 2021 yil maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston markaziy depozitariya tizimida 10 ta emitent tomonidan 365,6 mingdan ortiq korporativ obligatsiya chiqarilgan boʻlib, ularning umumiy nominal qiymati 783,30 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu jamgʻarilgan mablagʻlar korxonalar qimmatli qogʻozlari orqali uzoq muddatli investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga imkon beradi. Davlat ulushi va mahalliy boshqaruv organlari ishtirokidagi AJ’larni ham statistikada kuzatib borish muhim. 2022 yil boshiga kelib, respublikada davlat ulushi mavjud 234 ta AJda davlat kapitallari jami 125 322,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan, shundan Markaziy depositoryda ro‘yxatda 222 ta AJda davlat ulushi 125 310,6 mlrd so‘m miqdorida qayd etilgan. 2021 yilda davlat ishtirokidagi AJ’lar soni 20 taga koʻpaygan boʻlsa, davlat ulushi hajmi 2279,0 mlrd so‘mga kamaygan (xususiylashtirish davomida bir qator davlat aksiyalari sotilgan). Shuningdek, mahalliy xo‘jalik boshqaruvi organlarining 163 ta AJdagi aksiyalari qiymati 7482,3 mlrd so‘mni tashkil qilib, oʻtgan yilda 3097,8 mlrd so‘mga oshdi. Bularning barchasi korporativ mulkning qayta taqsimlanishi va xususiylashtirish jarayonlari natijasidir. 4 O'zbekiston yilar bo'yicha Aksiyadorlik Jamiyatlari haqida ma'lumotlarhttps://www.invest24.uz
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 228 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us 1-rasm. 2020–2025 yillarda Oʻzbekiston fond bozori kapitalizatsiyasi (mlrd. AQSH dollari) CEIC Data ma'lumotlariga koʻra, 2025 yil fevral holatiga koʻra, Oʻzbekiston fond bozori kapitalizatsiyasi 18,74 milliard AQSH dollarini tashkil etgan. Bu koʻrsatkich 2024 yil may oyida 19,51 milliard AQSH dollariga yetgan edi. 1-jadval Yil FDI hajmi O'sish sur'ati (%) 2020 1,73 -25,4 2021 2,28 +31,8 2022 2,65 +16,2 2023 2,14 -19,2 2024 11,9 +456,1 2020–2024 yillarda Oʻzbekistonga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi (mlrd. AQSH dollari) 2020–2024 yillar oraligʻida Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyalar hajmi sezilarli oʻzgarishlarga duch keldi. 2020 yilda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi 1,73 milliard AQSH dollarini tashkil etgan boʻlsa, 2022 yilda bu koʻrsatkich 2,65 milliard AQSH dollariga yetdi. 2023 yilda esa 2,14 milliard AQSH dollariga tushdi. 2024 yilda esa 11,9 milliard AQSH dollariga yetdi. (1-jadval). Xorijiy tajribada aksiyadorlik jamiyatlari emissiyasi investorlarni jalb qilishda asosiy mexanizmlardan biri sifatida ko‘riladi. Janubiy Koreya tajribasida aksiyalar bozorining ochiqligi va investor himoyasi muhim rol o‘ynaydi. Koreya investorlarni jalb qilish maqsadida 1990-yillardan boshlab bozorni liberallashtirgan. Hozirda KOSPI
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 229 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us ko‘rsatgichidagi aksiyalarning 31% dan ortig‘i xorijiy portfel investitsiyalariga to‘g‘ri keladi 5 . Yaʼni, mamlakatning fond birjasida butun aylanmada chet ellik sarmoyadorlarning ulushi ancha yuqori. Koreya hukumati ham xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoit yaratgan: masalan, valyuta konvertatsiyasi erkinligi va hisob-kitob tizimining shaffofligi. Natijada, Janubiy Koreya bozoriga Xitoy, Singapur, AQSH va Yevropa kompaniyalari faol sarmoya kiritmoqda. Bundan tashqari, yuqori darajadagi korporativ boshqaruv va moliyaviy hisobot meʼyorlari ham investitsiyalar uchun jozibadorlikni oshiradi. Masalan, AQSH va Yevropada xalqaro auditorlik va IFRS standartlari joriy etilgan, bu esa korporatsiyalar hisoboti ishonchliligini taʼminlaydi. Koreyada ham hukumat investor huquqlarini mustahkamlash, fond bozorini raqamlashtirish yoʻlida chora-tadbirlar koʻrmoqda. Umuman olganda, xalqaro tajriba shuni koʻrsatadiki, aksiyadorlik jamiyatlarining emissiya faoliyati yirik va shaffof bozor muhitida investorlarning ishonchini oshiradi va sarmoyalarni jalb qilish imkonini kengaytiradi 6 . Umuman olganda, aksiyadorlik jamiyatlarining emissiya faoliyatini rag‘batlantirish Oʻzbekiston iqtisodiyotida biznesni diversifikatsiya qilish va xususiy sektor orqali investitsiya oqimini oshirishga xizmat qiladi. Buning natijasida nafaqat ichki jamg‘armalar samaraliroq taqsimlanadi, balki xorijiy investorlar uchun qulay muhit yaratilib, Oʻzbekiston xalqaro investitsiya maydonchasida raqobatbardosh boʻladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Ataniyazov J.X., Alimardonov E.D. O‘zbekistonda fond bozori: joriy holat va rivojlanish istiqbollari, Science and Education (vol.4, no.5, 2023), pp.1538–1541. 2. “Uzbekistan reports surge in stock market activity in 2024”, Trend.az, 2 iyun 2025. 3. “Uzbekistan opening up, but yet to fulfil its FDI potential”, FDI Intelligence, 2 sentabr 2024 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi. Rasmiy statistika yig‘ma hisobotlari (2021–2024). 5. O‘zbekiston Respublikasi Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi. Yillik va choraklik hisobotlari (2021–2024). 6. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Savdo va rivojlanish konferensiyasi (UNCTAD). Jahon investitsiya hisobotlari (2022–2024). 7. Jahon Banki. “World Development Indicators” (FDI ma’lumotlari, 2021–2024). 5 Investment Climate Statement 2023-12-05https://www.trade.gov/country 6 Butaev J. - “Actual analysis of uzbekistan’s stock market:Problem, solution and suggestions”-American Journal of Business Management, Economics and Banking Volume 10, March, 2023
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 230 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us 8. CEIC Data. Uzbekistan Market Capitalization. https://www.ceicdata.com/en/indicator/uzbekistan/market-capitalization 9. Statista. Initial Public Offerings - Uzbekistan. https://www.statista.com/outlook/fmo/corporate-finance/initial-publicofferings/uzbekistan 10. Franklin Templeton to list $1.7bn of Uzbekistan state assets. https://www.ft.com/content/436cb4c6-822e-4b27-b79a-3b5a838e87e1