scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TARIX FANINI O'QITISHDA BADIIY ADABIYOTLARNING ROLI

Rashidova, Nilufar Mahkamboyevna

Abstract

Tarix fanini o‘qitishda badiiy adabiyotlardan foydalanishning didaktik, tarbiyaviy va metodik ahamiyati yoritilgan. Badiiy asarlarning o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish, tarixiy jarayonlarni jonli tasavvur qilish hamda milliy o‘zlikni anglashga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi.Tarix ta’limida adabiy manbalardan foydalanishning usullari, to‘g‘ri tanlay bilish, asar g‘oyasini ta’lim-tarbiyaviy tomondan chuqur o‘zlashtirishning muhim omillarini tanlashda foydalaniladigan mezonlar asoslab o‘tilgan.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 31 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17784990 TARIX FANINI O‘QITISHDA BADIIY ADABIYOTLARNING ROLI Rashidova Nilufar Mahkamboyevna Toshkent viloyat Olmaliq kon metallurgiya texnikum o‘qituvchi Email: [email protected] ANNOTATSIYA Tarix fanini o‘qitishda badiiy adabiyotlardan foydalanishning didaktik, tarbiyaviy va metodik ahamiyati yoritilgan. Badiiy asarlarning o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish, tarixiy jarayonlarni jonli tasavvur qilish hamda milliy o‘zlikni anglashga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi.Tarix ta’limida adabiy manbalardan foydalanishning usullari, to‘g‘ri tanlay bilish, asar g‘oyasini ta’lim-tarbiyaviy tomondan chuqur o‘zlashtirishning muhim omillarini tanlashda foydalaniladigan mezonlar asoslab o‘tilgan. Kalit so‘zlar: tarix ta’limi, badiiy adabiyot, tarixiy tafakkur, metodika, obraz. KIRISH Bugungi kunda ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan bir qatorda badiiy adabiyotdan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tarix fanining o‘ziga xosligi — voqealarning ketma-ketligini, sabab-oqibat munosabatlarini chuqur anglash va ular haqida to‘liq tasavvur hosil qilishdir. Badiiy adabiyot esa mazkur jarayonga jonlilik, emotsional ta’sir va obrazlilik kiritib, dars jarayonini mazmunan boyitadi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Tarix fanini o‘qitishda badiiy adabiyotlardan foydalanish jarayoni o‘quvchilarda tarixiy ongni shakllantirish, voqealar mohiyatini chuqur anglash hamda obrazli tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, tarixiy romanlar, qissalar, dramatik asarlar va dostonlar nafaqat tarixiy faktlarni mustahkamlaydi, balki o‘quvchilarning fan bilan bog‘liq emotsional qiziqishini ham oshiradi. Badiiy adabiyotning tarixiy faktlarni jonlantirishdagi imkoniyatlari uni o‘quv jarayonida samarali vositaga aylantiradi. Darsliklarda qisqa ko‘rinishda berilgan ma’lumotlar badiiy asarlarda kengroq, tasviriy va emotsional tarzda yoritilgani sababli, o‘quvchi o‘rganilayotgan davrning ruhiyatini yaxshiroq his qiladi. Bu jarayon tarixiy materialni yanada chuqurroq o‘zlashtirishga olib keladi.Shu bilan birga, badiiy adabiyot o‘quvchilarda tarbiyaviy sifatlarni shakllantirishda ham INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 32 muhim rol o‘ynaydi. Asarlardagi ijobiy obrazlar o‘quvchilarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik va halollik kabi fazilatlarga undaydi. O‘qituvchilar badiiy adabiyotdan foydalanishda metodik yondashuvlarga amal qilgan taqdirdagina ta’lim jarayoni kutilgan natijani beradi. Parcha o‘qish, sahnalashtirish, muqoyasali tahlil, mustaqil o‘qish topshiriqlari kabi metodlar o‘quvchilarni jarayonga faol jalb etadi va bilimni chuqurlashtiradi.Badiiy adabiyot tarixiy bilimni mustahkamlaydi. Obrazli tasvirlar tarixiy faktlarning yaxshiroq esda qolishiga yordam beradi.O‘quvchilarda tarixiy tafakkur rivojlanadi. Tarixiy voqealar sabab-oqibatini anglash, shaxslar xarakterini tushunish va mustaqil tahlil qilish ko‘nikmalari kuchayadi.Tarbiyaviy natijalar sezilarli darajada kuchayadi.O‘quvchilarda vatanparvarlik, ma’naviyat va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ulari shakllanadi.Badiiy adabiyot dars jarayonini qiziqarli qiladi.Bu esa o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va ularning faol ishtirokini ta’minlaydi.Metodik jihatdan to‘g‘ri yondashuv samaradorlikni oshiradi.Parcha tahlili, sahnalashtirish, ijodiy topshiriqlar kabi usullar yordamida o‘quvchilar bilimni amaliy qo‘llash darajasiga ko‘tariladi. Badiiy asarlar tarixiy faktlarni ko‘rgazmali, hissiy va tasviriy shaklda namoyon qiladi. Obrazlar orqali berilgan tarixiy voqea o‘quvchida kuchli taassurot uyg‘otadi, bu esa bilimning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. O‘quvchi voqea sabablarini, shaxslar qarorlarining oqibatlarini tahlil qilar ekan, uning tarixiy mantiqni anglash darajasi oshadi. Tarix fanini samarali tashkil etish haqida fikr yuritishdan oldin “samarali ta’lim” tushunchasini mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar fikrlarini tahlil etgan holda o‘rganib chiqsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Samarali o‘qitish - bu o‘qituvchilarning turli xil o‘qitish uslublarini birlashtirib yoki ularni alohida qo‘llash orqali talabalarda mustaqil o‘rganish qobiliyati, dars atmosferasini idrok etish, tushunish va va kerakli bilimlarni egallash darajasi yuqori bo‘lgan ta’lim jarayoni hisoblanadi.Shuningdek, samarali o‘qitish bu o‘z o‘lchovlari bilan baholanishi kerak bo‘lgan keng tushunchadir. Tarix fanini o‘qitishda badiiy adabiyotlardan foydalanish ta’lim jarayonining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Badiiy asarlar nafaqat tarixiy voqealarni obrazli aks ettiradi, balki o‘quvchilarning ma’naviy olamini boyitadi, ularni mustaqil fikrlashga, tarixiy voqealar sabab-oqibatlarini chuqur anglashga undaydi. Shuningdek, milliy o‘zlikni anglash va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda ham badiiy adabiyotning o‘rni beqiyosdir. Shunday ekan, tarix o‘qituvchilari badiiy adabiyotdan didaktik vosita sifatida unumli foydalanishi ta’lim sifatining yuksalishiga xizmat qiladi. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 33 XULOSA Tarix fanini o‘qitishda badiiy adabiyotlardan foydalanish zamonaviy ta’limning muhim tarkibiy qismidir. Badiiy matnlar tarixiy haqiqatni obrazli tarzda ochib beradi, dars jarayonini mazmunan boyitadi, o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytiradi. Ularning vatanparvarlik, milliy o‘zlik va ma’naviy barkamolligini shakllantirishga qaratilgan yuksak tarbiyaviy imkoniyatlari sababli bunday yondashuv ta’limda alohida ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, badiiy adabiyotdan samarali foydalanish tarix ta’limining ilmiy va tarbiyaviy maqsadlariga to‘liq javob beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. G‘afforov, Y., Nafasov, A., & Nafasova, Z. (2020). From the History of the Beginning of the "Great Game". Journal of Critical Reviews, 7(11), 2798-2802. 2. Jabbor Usarov. (2019, June). Using Teaching Methods for Development Student Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 15(1), 272-274. 3. Toshtemirova, S.A. (2019). Klaster yondashuvi asosida mintaqaviy ta’lim tizmini boshqarish. NamDU ilmiy axborotnomasi, 1(11), 361-367.