scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AYOLLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH – IJTIMOIY BARQARORLIK GAROVI

Muntazam Nishonova Baxtiyor qizi

Abstract

Maqolada, jamiyat taraqqiyoti va barqarorligini ta’minlashda xotin-qizlarning tutgan o’rni hamda ularning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotdagi faolligi yoritilgan. Xotin-qizlar nafaqat oila muhitining mustahkamligi, balki jamiyatdagi barqarorlik, totuvlik va ma’naviy yuksalishning asosiy tayanchi sifatida qaraladi.

Full text

INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 32 AYOLLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH – IJTIMOIY BARQARORLIK GAROVI Muntazam Nishonova Baxtiyor qizi Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17785172 Annotatsiya. Maqolada, jamiyat taraqqiyoti va barqarorligini ta’minlashda xotinqizlarning tutgan o’rni hamda ularning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotdagi faolligi yoritilgan. Xotin-qizlar nafaqat oila muhitining mustahkamligi, balki jamiyatdagi barqarorlik, totuvlik va ma’naviy yuksalishning asosiy tayanchi sifatida qaraladi. Kalit sо ‘zlar: oila, xotin-qizlar, ilmiy faoliyat, ijtimoiy himoya, gender tengligi, salohiyat, ta’lim, tahlil. Asosiy qisim. Ayollar huquqlariga intilish tarix davomida ijtimoiy taraqqiyotning asosiy jihati bo'lib kelgan. XX asr oxiri va XX asr boshlarida Buyuk Britaniya va AQSHdagi suffraget harakatidan tortib, gender tengligi uchun zamonaviy kurashgacha, ayollar huquqlarini himoya qilish murakkab va ko'p qirrali ish bo'ldi, Ayollar huquqlarini himoya qilishda huquqiy va siyosiy o ‘zgarishlar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Ammo bu olib borilayotkan ishlarga qaramasdan ayollar huquqlari baribir poymol qilinayotkandi va qandaydir bo’shliqlar ko’zatildi.Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ushbu bo ‘shliqni to ‘ldirish uchun qilingan qadamlardan biri 1979-yil 18-dekabrda qabul qilingan Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish haqidagi konvensiya (CEDAW) edi. Ayollar huquqlari to‘risidagi konvensiya sifatida tanilgan ushbu hujjat, uni ratifikatsiya qilgan davlatlarga madaniyat, jamiyat, ta’lim, siyosat va qonunchilik sohalarida ayollarning kamsitilishini bartaraf etish majburiyatini yuklaydi. O‘zbekiston Respublikasi ayollar huquqlarini har doim ta’minlashga alohida e’tibor beradi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchilardan bo ‘lib, 1995-yil 6-mayda BMTning Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish to ‘g ‘risidagi konvensiyasiga qo ‘shildi. Shuningdek, Onalikni himoya qilish to ‘g ‘risida, Mehnat va kasb sohasidagi kamsitish to ‘g ‘risidagi konvensiyalari va boshqa xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasida Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi, Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlagshi belgilangan. Yangi О‘zbekistonda ayollarning jamiyatdagi о ‘rni va nufuzini oshirish, ayollar bandligini ta’minlash, ularga munosib mehnat sharoitini yaratish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.“Mamlakatimizda xotin-qizlarni ish о ‘rinlari, uy-joy bilan ta’minlash, ularga tibbiy xizmat kо‘rsatish sifatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. Bu borada ayollarni kasb-hunarga qayta о ‘qitish markazlari joriy etilgani, arzon uy-joylar dasturi amalga oshirilayotgani muhim ahamiyatga egadir”. Aholining, xususan, xotinqizlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish muhim ijtimoiy masala sifatida ularning mehnat bozoridagi faolligini oshirishga bevosita ta’sir kо ‘rsatadi. Xotin-qizlar huquqlari uchun kurash tarixiy, ijtimoiy, siyosiy va psixologik omillar ta’sirida shakllangan uzoq va mashaqqatli yo ‘l bo‘ldi. Quyida, xotin-qizlar huquqlarini shakllantirish va rivojlantirishga ko'maklashish uchun ularning INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 33 imkoniyatlarini kengaytiradigan, munosabatlarni o'zgartiradigan va gender tengligini ta'minlaydigan psixologik strategiyalar bilan tushunishasiz. 1. O'z-o'zini samaradorlik orqali imkoniyatlarni kengaytirish: Xotin-qizlarni o'z qobiliyatlari va kuchli tomonlariga ishonishga undash xotin-qizlar huquqlarini shakllantirish uchun muhim ahamiyatga ega. O'z-o'zini samaradorligini oshirish orqali odamlar harakat qilishlari, o'z huquqlarini himoya qilishlari va kamsitish amaliyotlariga qarshi chiqishlari mumkin. Bugungi kunda ayollar huquqlari masalasi dunyo miqyosida eng muhim ijtimoiy mavzulardan biri hisoblanadi. Har bir jamiyat taraqqiyoti, avvalo, unda ayollarga berilgan imkoniyatlar bilan o‘lchanadi. Ayollar faolligi, ularning o‘z huquq va manfaatlarini bilishi, shuningdek, ijtimoiy hayotda faol ishtiroki – davlatning demokratik darajasini belgilovchi muhim omillardandir. Shu sababli ayollar huquqlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi mavqeini oshirish va erkaklar bilan teng imkoniyatlar yaratish masalasi har bir mamlakat siyosatining ajralmas qismi bo‘lishi zarur. 2. Ta'lim orqali munosabatni o'zgartirish: Ta'lim gender tengligi haqidagi qarashlar va e'tiqodlarni shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Ta'lim o'quv dasturlariga feministik nuqtai nazar va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini kiritish orqali shaxslar xotin-qizlar huquqlari muammolarini chuqurroq tushunishlari va o'zgarishlar tarafdori bo'lishlari mumkin. 3. Empatiya va tushunishni shakllantirish: Empatiya xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishda kuchli vositadir, chunki u odamlarga boshqalarning tajribalari va kurashlari bilan bog ‘lanish imkonini beradi. Empatiyani rivojlantirish orqali odamlar gender tengligini qo'llabquvvatlashlari va adolatli jamiyat yaratish yo'lidaharakat qilishlari mumkin. 4. Stereotiplar va tarafkashliklarga qarshi kurashish: Gender stereotiplari va tarafkashliklariga qarshi kurashish va ularga qarshi kurashish xotin-qizlar huquqlari uchun kurashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu noto'g'ri fikrlardan xabardorlikni oshirish va tanqidiy fikrlashni rag'batlantirish orqali shaxslar gender tengligi yo'lidagi to'siqlarni yo'q qilishga harakat qilishlari mumkin. Bugungi kunda ayollarning jamiyatni rivojlantirishda o’rni qanday degan savol paydo bo’lishi mumkin.Keling buni birgini ta’lim sohasidagi ayollar roli bilan ko’rib chiqamiz. Jami: 1158 200. Ayollar 867 700/75% Zaxiradagi :15668 nafar ayolni rahbarlikka tayyorlash. 11, 3 ming nafari tuman (shahar) larda, 2, 4 mingi respublikada о ‘qitiladi; 600 dan ortiq о ‘quv-seminar tashkil etiladi; yuqori natijaga erishganlar milliy kadrlar zaxirasiga olinadi; Davlat boshqaruvi akademiyasida xotin-qizlar uchun 30 foiz kvota joriy etiladi. Respublikamizda 151 ta oliy ta’lim muassasalari mavjud bо‘lib, ulardan 104 tasi davlat, 47 tasi nodavlat hamda xorijiy oliy ta’lim muassasasi va ularning filiallari hisoblanadi. Hozirda Oliy va о ‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida mehnat qilayotgan hodimlarning 41 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Jumladan, ayni paytda tizimda xotin-qizlar orasida 879 nafar fan doktorlari, 2208 nafar falsafa doktori (PhD), 833 nafar professorlar, 2024 nafar dotsentlar barqaror faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, 4 nafar rektor, 56 nafar prorektor (direktor о‘rinbosari), 199 nafar fakultet dekani va dekan о ‘rinbosari lavozimlarida ayollarimiz rahbarlik qilib kelmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayollarning turli sohalardagi faolligi, ularning tashabbuskorligi va yetakchilik qobiliyatini INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 34 rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari nafaqat ijtimoiy, balki iqtisodiy barqarorlikka ham xizmat qilmoqda. Ayniqsa, “Ayollar daftari” tizimi, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari, grant va stipendiya dasturlari ularning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga keng yo‘l ochdi.Gender tengligi masalasi bugungi kunda jamiyat taraqqiyotining ajralmas qismiga aylandi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvida, siyosiy qarorlar qabul qilishda, ilm-fan va ta’lim sohalarida faol ishtiroki barqaror rivojlanishning asosiy omillaridan biridir. Chunki ayol qarorlar qabul qiladigan muhitda mehr, adolat va mas’uliyat ustuvor bo‘ladi. Shu bois, ayollarning boshqaruv tizimidagi ulushi ortgani sayin, jamiyatda ijtimoiy muvozanat, tinchlik va ishonch mustahkamlanadi. O‘zbekiston Respublikasida ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 1948-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida ayollar va erkaklarning teng huquqli ekani qayd etilgan. Shu asosda O‘zbekistonda so‘nggi yillarda bir qator muhim huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun (2019-yil 2-sentabrda) ayollarning jismoniy, ruhiy va iqtisodiy daxlsizligini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu qonun asosida ayollarni himoya qilish markazlari tashkil etildi, ularga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ayol – oila va jamiyat tayanchi. U farzand tarbiyasi, oilaviy muhitni mustahkamlash, millat tarbiyasida beqiyos o‘rin tutadi. Shu sababli ayolning huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoyalanganligi jamiyat barqarorligining garovidir. O‘zbekiston hukumati tomonidan ayollarni kasb-hunar o‘rganishga, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga, rahbarlik lavozimlarida ishlashga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bugungi kunda ayollar davlat boshqaruvi, ta’lim, tibbiyot, biznes va siyosat sohalarida faol ishtirok etmoqda. Misol uchun, Oliy Majlis deputatlarining 32 foizini ayollar tashkil etadi, bu esa gender tenglikni ta’minlash yo‘lida muhim yutuqdir. Shuningdek, mamlakatda “Ayollar daftari” tizimi joriy etilib, u orqali ehtiyojmand ayollarga moddiy yordam, ish bilan ta’minlash, huquqiy va psixologik maslahatlar berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Bu tizim nafaqat ayollarning ijtimoiy muammolarini hal etishga, balki ularni faol hayotga qaytarishga yordam bermoqda.Biroq ayrim hududlarda hali ham ayollar imkoniyatlari cheklangan. An’anaviy qarashlar, ijtimoiy bosim yoki iqtisodiy qiyinchiliklar sababli ayollar o‘z huquqlarini to‘liq himoya qila olmayapti. Shuning uchun ham ularning huquqiy savodxonligini oshirish, o‘z fikrini erkin bildira olishga o‘rgatish juda muhim. Ayolning ovozi eshitiladigan jamiyatda adolat, tenglik va taraqqiyot bo‘ladi. Ayollar huquqlarini ta’minlash va ularning tengligini rivojlantirish mamlakat taraqqiyotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bilimli, mustaqil va faol ayollar – jamiyatning eng kuchli tayanchidir. Shu ma’noda, 2022-yilda qabul qilingan “Gender tenglikni ta’minlash milliy strategiyasi (2022–2030)” O‘zbekistonning bu boradagi qat’iy pozitsiyasini ko‘rsatadi. Ushbu strategiya ayollarni siyosat, iqtisod, fan, ta’lim, madaniyat va boshqaruv sohalarida teng ishtirok etishini kafolatlaydi. Bundan tashqari, xotin-qizlarning ilmiy faoliyatdagi o‘rni ham alohida ahamiyatga ega. Ularning ilmiy izlanishlari ta’lim sifatini oshirish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish va yosh avlodni bilimli, vatanparvar ruhda tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Ayollarning ijtimoiy hayotdagi faolligi ularning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlab, oilaviy farovonlikni oshiradi. Zero, jamiyatning barqarorligi — bilimli, faol va baxtli ayollarga tayanadi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda turli soha va tarmoqlarda mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilarning 45 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Jumladan, davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1400 ga yaqin xotin-qiz rahbarlik lavozimlarida mehnat qilmoqda. Ulardan 17 nafari senator, 16 nafari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, 1075 nafari esa xalq deputatlari mahalliy kengashlari INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 35 tarkibida faoliyat yuritmoqda. O‘nlab opa-singillarimiz “O‘zbekiston Qahramoni”, “O‘zbekiston fan arbobi”, “O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi”, “O‘zbekiston xalq shoiri”, “O‘zbekiston xalq artisti” singari davlatimizning yuksak faxriy unvonlari, orden va medallariga sazovor bo‘lgan. Ularning orasida 500 nafardan ziyod fan doktorlari va akademiklar, minglab fan nomzodlari o‘z bilimi, iste’dodi bilan Vatanimiz ravnaqi yo‘lida astoydil xizmat qilib kelmoqda. Jamiyat va davlat hayotida faollik, tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishi, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan xotin-qizlarga beriladigan “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Millatimiz tarixidan ma’lumki, o‘zbek ayoli, o‘zbek onalari nafaqat o‘z elimiz, balki dunyo hamjamiyati, umumbashariyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan mag‘rur, jasur va dono, mashhur ayollar – To‘maris, Bibixonim, Nodirabegim, Uvaysiylar nomlari nafaqat biz uchun,balki ilg‘or fikrli dunyo ahli uchun ham ahamiyatli ekanini hammamiz yaxshi bilamiz.Shuningdek, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ijtimoiylashuvida madaniy,ma’naviy va ijtimoiy-siyosiy omillarining ta’siriga doir fikrlar V.Vundt, E.Dyurkeym, P.Jane, U.Jeyms, Ch.Kuli, S.Koll, E.Klapared, J.Mill, B.Shtern va boshqa xorij olimlari asarlarida aks etgan.O.Bo‘riyev, M.Vohidov, L.Munavvarova, O.Musurmanova, M.Mamatov, K.Nasriddinov, M.Sangilov, U.Toshtemirov, I.Shoymardonov, M.Xolmatova, M.O‘zbekov kabi mamlakatimiz olimlari oila, uning madaniyati, ijtimoiy muammolari masalasiga to‘xtalib, ularni ancha mufassal tadqiq etgan holda xotin-qizlarning oiladagi ijtimoiy faolligini o‘z ilmiy izlanishlarida asoslab berganlar. Ayollarning jamiyatdagi o‘rni va rolini oshirish, davlat boshqaruviga ularni yanada kengroq jalb qilish, mamlakatning siyosiy boshqaruvi sohasida ularning faolligini yanada oshirish vazifalari keng ahamiyat kasb etib bormoqda. XXI asrda dunyoning barcha mamlakatlarida ayollar siyosat bobida ham teng huquqlilikka erishmoqda, parlamentda salmoqli o‘rinlarni egallamoqda. Masalan, Ukraina parlamentining 8 foizini ayollar tashkil qilsa, arab davlatlarida ham ushbu ko‘rsatkich 8 foizni tashkil qiladi. Shvetsiya, Estoniya va boshqa Yevropa davlatlari parlamentlarida ayollar ko‘pchilikni tashkil qilishi bilan ajralib turadi. Biroq Afrikadagi Ruanda mamlakatining parlamenti deputatlari ichida xotinqizlarning soni bu borada butun Yevropani ortda qoldiradi. Ushbu davlat parlamentining 48,8 foizini xotin-qizlar egallagan. Undan keyin Shvetsiya 45%, Daniya 40%.[7] Bu holatning o‘ziyoq xotin-qizlarning kun sayin zamonaviy imijga ega bo‘lib, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotda faollashib borayotganligini ko‘rsatib turibdi. Zamonaviy ayol deganda, birinchi navbatda, oliy ma’lumotga ega, dunyoqarashi keng,iqtisodiy jihatdan mustaqil, ma’naviyati yuksak, faol rahbar yoki xodim, barkamol avlodni tarbiyalaydigan mehribon ona, hurmatehtiromga sazovor ayol, saranjom-sarishta bekani ko‘z oldimizga keltiramiz. Bunday ayolning munosib ijtimoiy-siyosiy maqomini ta’minlash mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning tub maqsadidir.Jamiyat hayotida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish uchun quyidagi choralarni amalga oshirish zarur: – xotin-qizlarning mehnat va turmush sharoitini yaxshilash masalalarini o‘z ichiga olgan dasturlar ishlab chiqish; – xotin-qizlarning o‘z-o‘zini band etish va tadbirkorlik tashabbusiga ko‘maklashish; – ish o‘rinlarini yaratish, kasanachilik mehnatini tashkil etish. Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini kengaytirish maqsadida davlat darajasida quyidagi choralarni ko‘rish zarur: -yangi ish o‘rinlarini yaratish; INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 36 - xalqaro banklar jamg‘armalar va tashkilotlarni xotin-qizlarning ijtimoiy zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash uchun kichik imtiyozli kreditlar olish imkoniyatlarini tashkil etishga jalb etish; - uy bekalari bo‘lgan xotin-qizlarni band qilish bo‘yicha bepul o‘quv kurslarini ochish; - uy-fermer xo‘jaliklariga soliq solish mexanizmini qayta ko‘rib chiqish; - kichik biznes sohasidagi qishloq xotin-qizlarini rivojlantirish va rag‘batlantirish; -xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar berishni davom ettirish; -xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish uchun jamoat va davlat tashkilotlarini jipslashtirish; - xotin – qizlarning huquqiy savodxonligi va ijtimoiy faolligini oshirish uchun mahalla miqyosida ishlash, milliy qadriyatlarimizga asoslangan milliy hunar turlarining yo‘q bo‘lib ketmasligi uchun xotin-qizlarimizni jalb etish va hokazo. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qaroriga asosan 2020-2021 о ‘quv yilida xotin-qizlar uchun– 940 ta davlat granti asosidagi qо ‘shimcha qabul kо ‘rsatkichlari ajratildi.Biz hozir ayollar o’rnini birgina ta’lim sohasida ko’rib chiqdik.Eng asosisi va eng muhimi shuki kelajak avlodlarimiz bo’lgan yoshlarimizning tarbiyasi ham avvalo ayollarimiz qo’lida. Xulosa qilib aytganda,jamiyat taraqqiyoti va farovonligi, avvalo, undagi xotin-qizlarning faolligi, bilim va salohiyatidan katta darajada bog‘liqdir. Ayollar nafaqat oila tayanchi, balki siyosat, iqtisod, ta’lim, tibbiyot va madaniyat sohalarida ham muhim o‘rin tutadi. Ularning teng huquqli ishtiroki jamiyatda barqarorlik, adolat va insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlaydi. Shu bois xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning imkoniyatlarini kengaytirish — har qanday davlatning asosiy vazifalaridan biridir. Zero, ayollar faol va baxtli bo‘lgan jamiyat — doimo rivojlangan va istiqbollidir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Mo'minov AR Tillaboyev M. A Inson huquqlari. Ayollar huquqlari va erkinligini xalqarohuquqiy himoya qilish.//T.: Adolat. 2013.-B. 368. B. 368. 2. Odilqoriyev XT Davlat va huquq nazariyasi . Toshkent “Adolat”, 2018, 287-b 3. Saidov AM" Ayollar huquqlari bo'yicha bo'yicha xalqaro va milliy qonun hujjatlari rivojlanishining asosiy yo'nalishlari", Toshkent 1999 b-82 4. Tajixanov UB, Saidov AM Huquqiy madaniyat nazariyasi 1tom. Toshkent. 1998, 11-b 5. Zakirova SA “Xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining o'rni va roli”.//Fuqarolik jamiyati. 2017, № 4, 49-96. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (yangi taxrir) 2023-yil 30aprel.