SHAXS PSIXOLOGIYASINING RIVOJLANISHIDA MILLIY MANFAATLARNING USTUNLIGI
Abstract
Ushbu maqolada shaxs tushunchasiga alohida to‘xtalib o‘tiladi. Shaxs haqida, individ tushunchasi haqida, uning ta’rifi haqida ma’lumotlar keltiriladi.M.G.Davletshinning “Psixalogiyadan izohli lug‘atda” individ haqida keltirgan fikrlari tahlil qilinadi.Shaxs psixalogiyasidagi psixalogik nazariya haqida, uning asoschi Zigmund Freyd haqida, xulq – atvor hamda gumanistik nazariyalar haqida ma’lumotlar keltiriladi.Gumanistik nazariya asoschilari bo‘lgan K.Rodjers va A. Maslou fikrlari tahlil qilinadi.
Full text
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 72 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17785201 SHAXS PSIXOLOGIYASINING RIVOJLANISHIDA MILLIY MANFAATLARNING USTUNLIGI Ubaydullayeva Zulxumor Fayzullo qizi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Tarix fakulteti I bosqich talabasi [email protected] O‘qituvchi : Nargiza Saidova ANNOTATSIYA Ushbu maqolada shaxs tushunchasiga alohida to‘xtalib o‘tiladi. Shaxs haqida, individ tushunchasi haqida, uning ta’rifi haqida ma’lumotlar keltiriladi.M.G.Davletshinning “Psixalogiyadan izohli lug‘atda” individ haqida keltirgan fikrlari tahlil qilinadi.Shaxs psixalogiyasidagi psixalogik nazariya haqida, uning asoschi Zigmund Freyd haqida, xulq – atvor hamda gumanistik nazariyalar haqida ma’lumotlar keltiriladi.Gumanistik nazariya asoschilari bo‘lgan K.Rodjers va A. Maslou fikrlari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Shaxs. Induvid, shaxs psixalogiyasi, psixologik nazariya, xulqatvor va gumanistik nazariya, M.G.Davletshin, K.Rodjers, A.Maslou. АННОТАЦИЯ В данной статье рассматривается понятие личности. Приводятся сведения о личности, понятии «индивид» и его определении. Анализируются размышления М.Г. Давлетшина о личности в «Толковом психологическом словаре». Приводятся сведения о психологической теории личности, о её основателе Зигмунде Фрейде, о поведенческих и гуманистических теориях. Анализируются взгляды основоположников гуманистической теории К. Роджерса и А. Маслоу. Ключевые слова: Личность. Индивид, психология личности, психологическая теория, поведенческая и гуманистическая теория, М.Г. Давлетшин, К. Роджерс, А. Маслоу. ABSTRACT This article focuses on the concept of personality. Information is provided about the personality, the concept of the individual, and its definition. M.G. Davletshin’s thoughts about the individual in the "Explanatory Dictionary of Psychology" are
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 73 analyzed. Information is provided about the psychological theory in personality psychology, about its founder Sigmund Freud, about behavioral and humanistic theories. The thoughts of the founders of humanistic theory, K. Rogers and A. Maslow, are analyzed. Keywords: Personality. Individual, personality psychology, psychological theory, behavioral and humanistic theory, M.G. Davletshin, K. Rogers, A. Maslow. Shaxs bu - alohida induvid, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qarama-qarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aql idrok, tafakkur obyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin. Indvid so‘z shaxs ma’nosini beradi. “M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan “Psixalogiyadan qisqacha izohli lug‘atda” induvid bo‘linmas, ayrim jins, shaxs ma’nolarini anglatib, biologik turga kiruvchi alohida mavjudot sifatida ko‘rsatib o‘tiladi 1 ”. Bu fikrlardan shuni xulosa qilish mumkinki shaxs deb muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug‘ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli induvidga aytiladi. Shaxs psixalogiyasi – shaxsning o‘ziga xos tuzilishini, uning fikrlash, his-tuyg‘u va xatti – harakatlarini o‘rganadigan psixalogiya sohasi hisoblanadi. Uning fikricha, shaxsning tuzilishi genetik va atrof-muhit omillari ta’sirida shakllanadi, bu esa shaxsiy xususiyatlarni o‘lchash va inson xulq-atvorini tushunish imkonini beradi. Shaxs psixologiyasi, shuningdek, shaxsni tushuntirishning turli nazariyalari (psixoanalitik, xulq-atvor va gumanistik) bilan ham shug‘ullanadi. Psixonaliz nazariya – ruhiy xastalikni davolash usuli va psixologik ta’limot. U XX asr boshlarida taniqli nemis olimi Zigmund Freyd (1856-1939) tomonidan ishlab chiqilgan. Psixonaliz asosini inson xulqining negizini lazzat olishga intilish (libido), ayniqsa, ilk bolalikda paydo bo‘lgan jinsiy mayl tashkil qiladi, odam xulqini onglilik emas, balki ongsizlik boshqaradi, degan g‘oya shakllanadi. “Zigmund Freyd dastavval onglilik, yolg‘onchilik va ongsizlikdan iborat psixikaning uch bosqichini tadqiq etadi 2 ”. Oldingi ikki bosqichdan farq qiluvchi psixik darajani (lotincha instantia – bevosita yaqinlik) senzura deb nomladi. Odatda, senzura ikkita funksiyani bajaradi: 1 Xaydarov F.I, Xalilova N.I, “Umumiy psixalogiya”, Toshkent – 2010. 2 https://oyina.uz.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 74 1.Inson tomonidan o‘zining shaxsiy his-tuyg‘ulari, mulohazalari va xohishlarini muhokama qiladi, ularni ongsizlik holatidan siqib chiqaradi; 2. Ongga yorib kirishga intiluvchi faol ongsizlikka qarshilik ko‘rsatadi. Xulq-atvor shaxsning atrof – muhiti bilan o‘zaro ta’sirga kirishish shakllaridan iborat bo‘lib, ular bilan bir qator omillarga bog‘liq bo‘ladi. Shaxs va uning xulqatvorini tavsiflab beradigan asosiy omillarga quyidagilar kiradi: 1.Shaxsning tabiiy xususiyatlari, uning o‘ziga xos psixalogik xususiyatlari; 2.Shaxs ehtiyojlari, sabablari, qiziqishlari tizimi. 3.Shaxsni boshqarish tizimi, uning “men-obrazi”. Gumanistik nazariya – shaxsga doir gumanistik nazariya ikki asosiy yo‘nalishda farqlanadi. Birinchi yo‘nalish “klinik” (klinikaga yo‘naltirilgan) amerikalik psixolog K. Rodjers qarashlarida o‘z ifodasini topgan yo‘nalish. Ikkinchisi “motivatsion” yo‘nalish. Uning asoschisi amerikalik psixolog A.Masloudir. Mazkur ikki yo‘nalish o‘rtasida muayyan tafoutlar bo‘lsada, ularni bog‘lab turgan jihatlari ko‘p uchraydi. Gumanistik psixalogiya yondashuvi vakillari shaxs taraqqiyotining asosiy manbai deb avtoaktualizatsiya bo‘lgan tug‘ma moyilliklarni nazarda tutadilar. K.Rodjersga fikriga ko‘ra, inson psixikasida ikki tug‘ma moyillik mavjud. Birinchisi, mullif tomonidan “avtoaktualizatsiya tendensiyasi” deb nomlangan moyillik inson shaxsining bo‘lajak xususiyatlari negizini o‘zida jo etgan. Ikkinchi tug‘ma moyillik, “organizmik nazorat jarayoni” – shaxs taraqqiyotining idora etuvchi mexanizmidir. Yana uning fikricha , hayot maqsadi tug‘ma salohiyatni to‘kis namoyon etishdir, “o‘z vazifalarini to‘liq ro‘yobga chiqarish” ya’ni o‘z qobilyatlari va talantidan foydalanadigan, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish davomida o‘zini, o‘z kechinmalarini anglash sari harakat qiluvchi, o‘zining asl tabiatini ifodalashga intiluvchi odam. A.Maslou shaxs taraqqiyoti negizida yotadigan ehtiyojlarning ikki ko‘rinishini ajratib bergan: ularni qondirish mobaynida o‘z-o‘zidan yo‘qalib ketadigan “defetsitlar” ehtiyojlar hamda qondirilishi ularni kuchaytiruvchi “o‘sishga doir” ehtiyojlar. Yana Avraam Maslou odamlarning boshqa ehtiyojlarini ham hisobga olib, 5 ta asosiy toifaga ajratadi. Ular quyidagilar: 1.Fiziologik ehtiyojlar: ochlik, tashnalik va boshqalar. 2.Xavfsizlik, himoya ehtiyojlari: qulaylik, yashash sharoitlarining doimiyligi va yaxshiligi. 3.Ijtimoiy ehtiyojlar: boshqalar tomonidan qabul qilinish, ijtimoiy aloqalar, muloqot, mehr, boshqasiga g‘amxo‘rlik va o‘ziga e’tibor kabi xususiyatlarning birgalikdagi faoliyati. 4.O‘z-o‘zini hurmat qilish. 5. Ma’naviy: bilim, o‘zini namoyon qilish, o‘zligini kashf qilish, o‘zini o‘zi saqlash. Ular insonda uchraydigan asosiy ehtiyojlar hisoblanadi.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 75 Shunday qilib shaxs psixalogiyasi insonning ichki dunyosi, ruhiy holati, motivlari, qadriyatlari va xulq-atvor mexanizmlarini o‘rganuvchi muhim ilmiy yo‘nalish bo‘lib, u jamiyatda har bir insonning o‘z o‘rnini topishi, maqsadini anglab yashashi va ongli ravishda qaror qabul qilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Shaxsning shakllanishida ko‘plab omillar – biologic meros, oilaviy tarbiya, muhit, ta’lim, ijtimoiy hayot – o‘zaro uyg‘un holda ta’sir ko‘rsatadi. Shular orasida milliy manfaatlar va milliy qadriyatlar alohida, strategik o‘rin tutadi. Milliy manfaatlar – bu jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi umumiy maqsadlar majmuasi. Ular shaxsni umumiy maqsadga birlashtirib, jamiyatga foydali inson bo‘lishga undaydi. Psixalogiyada manfaatlar shaxsning ehtiyojlari, maqsadlari va qadriyatlariga asoslangan ichki rag‘batlantiruvchi kuch hisoblanadi. Manfaatlar insonning xulqi, fikrlashi va qaror qabul qilishida yetakchi omillardan biri hisoblanadi. Bu manfaatlar shaxsning ijtimoiy munosabatlarida muhim o‘rin tutadi. Manfaatlarning ijtimoiy mazmuni shundaki, ular jamiyatdagi o‘zaro munosabatlar, hamkorlik, raqobat, birdamlik yoki konfliktlarning paydo bo‘lishida asosiy omil hisoblanadi. Shaxs manfaatlari jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlashganida ijtimoiy barqarorlik kuchayadi, shaxs jamiyat uchun foydali faoliyatga yo‘naltiriladi.Aksincha, manfaatlar qarama-qarshi bo‘lsa, ichki va tashqi ziddiyatlar, psixalogik inqirozlar, ijtimoiy kelishmovchiliklar vujudga kelishi mumkin. Shu bois manfaatlar tizimini ongli boshqarish, uni axloqiy me’yorlar va ijtimoiy talablar bilan uyg‘unlashtirish psixalogik yetuklikning asosiy ko‘rsatgichlaridan biri hisoblanadi. Xulosa qilib shuni aytish lozimki manfaatlar ustunligi shaxsning hayotiy strategiyasini belgilaydi, uning rivojlanish sur’ati va yo‘nalishini aniqlaydi, ichki dunyosini boshqarishga yordam beradi, Manfaatlarni sog‘lom va maqsadli shakllantirish orqali shaxsning psixalogik salohiyatini oshirish, uning ijtimoiy faolligini kuchaytirish va muvozanatli, ma’suliyatli, yetuk inson sifatida kamolotga yetishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham manfaatlar psixalogiyada inson tabiatini anglash va uni rivojlantirishning eng muhim mezonlaridan biri hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1.Xaydarov F.I, Xalilova N.I “Umumiy psixalogiya”,Toshkent-2010. 2. https://oyina.uz.