scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ТАДБИРЛИ АЁЛ - ТАҚДИРЛИ ЖАМИЯТ

Abdujabbarova Musallam

Abstract

Ushbu maqolada yurt, jamiyat taraqqiyoti va barqarorligini ta’minlashda ayollarning faol ishtiroki, ularning barcha jabhadagi о‘rni hamda iqtisodiy-ijtimoiy hayotga qо‘shayotgan hissasi tahlil qilinadi. Shuningdek, ayollarni qо‘llab-quvvatlashning zamonaviy yо‘nalishlari, gender tengligi siyosati doirasida ularning imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yoritiladi. Maqolada ayollarning tashabbuskorligi nafaqat oila farovonligi, balki butun jamiyatning iqtisodiy о‘sishi va ma’naviy rivojlanishi uchun muhim omil sifatida tadqiq etiladi.

Full text

INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 54 ТАДБИРЛИ АЁЛ - ТАҚДИРЛИ ЖАМИЯТ Abdujabbarova Musallam О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, pedaogika fanlari nomzodi, dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.17785225 Аннотация. Ushbu maqolada yurt, jamiyat taraqqiyoti va barqarorligini ta’minlashda ayollarning faol ishtiroki, ularning barcha jabhadagi о‘rni hamda iqtisodiy-ijtimoiy hayotga qо‘shayotgan hissasi tahlil qilinadi. Shuningdek, ayollarni qо‘llab-quvvatlashning zamonaviy yо‘nalishlari, gender tengligi siyosati doirasida ularning imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yoritiladi. Maqolada ayollarning tashabbuskorligi nafaqat oila farovonligi, balki butun jamiyatning iqtisodiy о‘sishi va ma’naviy rivojlanishi uchun muhim omil sifatida tadqiq etiladi. Kalit sо‘zlar: ayollar, tadbirkorlik, jamiyat taraqqiyoti, barqarorlik, gender tennlik, iqtisodiy о‘sish, oila farovonligi, ijtimoiy rivojlanish, tashabbuskorlik. Аннотация. В данной статье анализируется активное участие женщин в обеспечении развития и устойчивости страны и общества, их роль во всех сферах, а также вклад в социально-экономическую жизнь. Кроме того, рассматриваются современные направления поддержки женщин, вопросы расширения их возможностей в рамках политики гендерного равенства. В статье исследуется, что инициативность женщин является важным фактором не только для благополучия семьи, но и для экономического роста и духовного развития всего общества. Ключевые слова: женщины, предпринимательство, развитие общества, устойчивость, гендерное равенство, экономический рост, благополучие семьи, социальное развитие, инициативность. Annotation. This article analyzes the active participation of women in ensuring the development and stability of the country and society, their role in all spheres, as well as their contribution to socio-economic life. In addition, modern approaches to supporting women and issues of expanding their opportunities within the framework of gender equality policy are considered. The article explores the idea that women’s initiative is an important factor not only for family well-being but also for the economic growth and spiritual development of the entire society. Keywords: women, entrepreneurship, social development, sustainability, gender equality, economic growth, family well-being, social progress, initiative Jamiyat barqarorligi — bu faqat siyosiy yoki iqtisodiy holat emas, balki ijtimoiy adolat, tenglik, inson huquqlarining himoyasi, va ijtimoiy hamjamiyatning barqaror bog‘liqligi bilan ta’minlangan holat bо‘lib, bunda inson jamiyatining barqarorligi, ma’naviy yuksalishi va iqtisodiy taraqqiyotida ayollarning о‘rni beqiyosdir. Xususan, tadbirli ayol – oila, jamiyat va davlat taraqqiyotida muhim tayanchdir. Zero, ilm, ma’rifatli bо‘lish, tadbirkorlik, mas’uliyat va ijtimoiy faoliyat ayol taqdiriga ham ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Kо‘pgina ilmiy tadqiqotlarda, ilmiy manbalarda ham ayollarning iqtisodiy, jarayonlardagi ishtiroki ularning ijtimoiy mavqeini yuksaltirishi, shaxsiy taqdiri va oilaviy hayotini mustaxkamlashi haqida aniq faktlar keltirilgan. Misol uchun arab tilida yozilgan “Turuqun niso” (“Ayollarning о‘zini tutish qoidalar”), asarida INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 55 ayollarning oiladagi, ayniqsa, ularning erlari bilan birgalikdagi vazifalari, uy tadbirlaridagi tutgan о‘rni, erlari oldidagi hizmatlari va boshqalar haqida kо‘plab ma’lumotlar 1 berilgan bо‘lsa, Rizouddin ibn Faxruddinning “Tarbiyali xotun” asarida ayollarning odoblari, oiladagi vazifalari, ularning erlariga qiladigan munosabatlari bayon qilingan. 2 Shuningdek, kо‘pgina tadqiqotlar kо‘rsatadiki, iqtisodiy jarayonlarda ayollarning teng huquqli ishtiroki mamlakat barqarorligiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. О‘tmishdagi ma’rifatli ayollar hayotidan misollar: • Tо‘maris malika (miloddan avvalgi VI asr). Massagetlarning qat’iyatli yetakchisi, о‘z donoligi va jasorati bilan tanilgan. U nafaqat davlatni boshqargan, balki о‘z jangchilarini mustaqillik uchun kurashga ilhomlantirgan. • Robiya Balxiy (X asr). О‘z davrining ijtimoiy meyorlariga qarshi chiqqan, о‘z tuyg‘ularini she’rlarda ifoda etgan fors shoirasi. Uning ijodi fikr erkinligi va о‘z-о‘zini ifoda etish ramziga aylangan. • Gulbadanbegim (XVI asr). Boburiylar imperiyasi imperatori Boburning qizi, "Humayun-noma" adabiy asari bilan tanilgan. U nafaqat otasi va akasining tarixini yozgan, balki о‘sha davrdagi ayollar hayoti haqida qimmatli dalillar qoldirgan. • Nodirabegim (XIX asr). О‘zbek shoirasi va davlat arbobi, о‘z adabiy iste’dodi va ijtimoiy faolligi bilan tanilgan. U maktablar va shifoxonalar ochgan, shuningdek, fan va san’at rivojiga yordam bergan. • Mariya Sklodovskaya-Kyuri (XIX-XX asrlar). Nobel mukofotini olgan birinchi ayol va ikki xil fan sohasida Nobel mukofotini olgan yagona ayol. Uning radioaktivlik sohasidagi ilmiy kashfiyotlari dunyoni о‘zgartirdi. Bunday tarixiy misollarni ketma-ketligi о‘tmish va bugungi kelajakni misollar asosida bog‘lab kelmoqda. Bugungi tezkor globallashuv davrda jahon tajribasi shuni kо‘rsatadiki, ayollar jamiyatning barqaror taraqqiyotida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Masalan, Skandinaviya davlatlarida ayollarning davlat boshqaruvidagi ulushi yuqori bо‘lib, bu demokratik jarayonlarning samaradorligini ta’minlaydi. Jahon banki ma’lumotlariga kо‘ra, ayollar tomonidan boshqariladigan kichik va о‘rta biznes korxonalari global miqyosda umumiy biznesning 30–35%ini tashkil etadi. Bu kо‘rsatgich ayollarning tadbirkorlikdagi (mikro, kichik va о‘rta bizneslar), ulushi oshib borayotganini tasdiqlaydi. Xalqaro mehnat tashkiloti (ILO – International Labour Organization) tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, iqtisodiy jarayonlarda ishtirok etgan ayollar oilasidagi qaror qabul qilish jarayonlarida ham yetakchilik pozitsiyasiga ega bо‘ladi. Aynan buni О‘zbekiston misolida kо‘radigan bо‘lsak, о‘zbekistonda xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasida yо‘lga qо‘yilgan. 2025 yil holatiga kо‘ra, mikro va kichik firmalardan tashkil topgan, ayollar rahbarligidagi korxonalar 43,860 ta bо‘lgan. (one.uz. О‘zbekiston yangiliklar portali.) Bu tadbirlar natijasida kо‘plab oilalarning moddiy holati yaxshilanib, ayollar jamiyatda о‘z nufuziga ega bо‘lmoqda. Ularning ijtimoiyiqtisodiy jarayonlardagi teng huquqli ishtiroki, mamlakat barqarorligiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Ayollar tadbirkorlik, davlat boshqaruvi va ta’lim sohasida faol bо‘lishi mehnat bozoridagi tenglikni ta’minlaydi. Ayollar nafaqat iqtisodiy hayotda, balki ijtimoiy muhitning bosh tomiri bо‘lgan ma’naviy-ma’rifiy jarayonlardagi ta’siri о‘ta muhim bо‘lib, ularning ta’lim va madaniy sohadagi ishtiroki insonparvarlik, bag‘rikenglik va milliy qadriyatlarni saqlashda muhim о‘rin tutadi. Bu esa ma’naviy barqarorlikni ta’minlashning asosiy bosh omilidir. Xalqimizda bir ibora bor, “Ona 1 Туруқун-ниса. ЎзР ФА Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институти, қўлёзма № 3075/II. 2 19.Ризоуддин ибн Фахруддин. Тарбияли хотун. ЎзР ФА Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институти, тошбосма № 6548. INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 56 tarbiyasi – millat tarbiyasi” deydilar. Demak, shijoati shay, tadbirkor, bilimli ayol oilasida farzandlar bilim olish imkoniyatlari yuqori bо‘ladi, chunki iqtisodiy barqarorlik tarbiya va ta’lim sifatini oshiradi. Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilib aytganda, taqdirli ayol – tadbirli jamiyat” degan ibora nazariy va amaliy jihatdan asoslidir. Zero, ma’naviy jihatdan, ayol – oilada sog‘lom muhit yaratuvchi, ma’naviyat va axloq mezonlarini shakllantiruvchi asosiy tarbiyachi, ijtimoiy jihatdan, ayollar jamiyatdagi teng huquqli faoliyati orqali demokratik qadriyatlarni mustahkamlaydi va ijtimoiy adolatni ta’minlaydi, iqtisodiy jihatdan, tadbirkor va boshqaruvchi ayollar iqtisodiy о‘sish va barqaror rivojlanishning muhim resursidir, siyosiy jihatdan, ayollarning davlat boshqaruvi va qaror qabul qilish jarayonlaridagi ishtiroki shaffoflik, mas’uliyat va samaradorlikni oshiradi. Ayolning oqila, farosatli harakati bilan olib borgan faoliyati barqaror va taraqqiyparvar jamiyatni shakllantiradi. Bugungi yangi О‘zbekiston degan bu jamiyatda ayollarning о‘rni va roli davlat siyosati darajasiga olib chiqildi. Buni jahon hamjamiyati ham о‘z e’tirofini bermoqda. Shunday ekan, bugungi jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun ayollarning ma’naviy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi faolligini ta’minlash strategik zarurat hisoblanadi. Shu ma’noda, taqdirli ayol – jamiyat kelajagi me’mori, uning tadbirkorligi va ma’naviy qudrati esa jamiyatning barqaror taraqqiyotining asosiy kafolatidir. Foydalangan adabiyotlar 1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Қадимий ёзма манбаларни сақлаш, тадқиқ ва тарғиб қилиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 2017 йил 24 майдаги ПҚ-2995-сонли Қарори // www.lex.uz. 2. Ашуров Ҳ. Ўрта Осиё аёллари тарихи ва маънавияти. – Тошкент: Фан, 2018. – 215 б. 3. Нуриддинова С. Ўзбек аёллари тарих сахифаларида. – Тошкент: Маърифат, 2021. – 184 б. 4. Қосимова М. Нодирабегим — маърифат ва ижод тимсоли. // Тарих ва маданият журнали. – 2016. – №4. – Б. 45–51. 5. Ахмедова Д. Марказий Осиёда аёллар роли: Тўмарисдан Нодирабегимгача. – Самарқанд: Соҳибқирон, 2019. – 176 б. 6. Саидова Г. Робия Балхийнинг ижодий мероси ва унинг замонавий талқини. // Адабиётшунослик илмий тўплами. – 2017. – №3. – Б. 62–68. 7. Tomyris — Queen of the Massagetae // Encyclopaedia Britannica. – 2024. – Режим доступа: https://www.britannica.com/biography/Tomyris 8. “Гендер тенгликка оид кафолатлар тўғрисида”ги Қонун. – Тошкент, 2019. 9. United Nations. Gender Equality and Sustainable Development. New York, 2020. 10. Sen, A. Development as Freedom. Oxford University Press, 2001. 11. Содиқова, Д. Аёллар ва ижтимоий барқарорлик муаммолари. – Тошкент: Иқтисодиёт, 2022. 12. Туруқун-ниса. ЎзР ФА Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институти, қўлёзма № 3075/II. 13. Ризоуддин ибн Фахруддин. Тарбияли хотун. ЎзР ФА Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институти, тошбосма № 6548. 14. https://www.uzdaily.uz/ru/post/42927