scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ZIYO UL-HAQ HARBIY REJIMINING AYOLLAR HUQUQLARIGA TA'SIRI

To'xtasinova, Shaxnoza Ibroximovna

Abstract

In Pakistan, the military regime led by General Muhammad Zia-ul-Haq from 1977 to 1988 brought about a fundamental change in the political and social life of the country. This period is known in history as the “Islamization Policy”, which changed not only the system of state governance, but also the socio-cultural structure of society. In particular, the laws adopted in the field of women’s rights, including the Territory Ordinances and Evidence Laws, dealt a serious blow to the principles of gender equality. As a result of this policy, the legal status of women declined. It was during this period, when women’s social activities were limited, that the modern women’s movement was formed in the Islamic Republic of Pakistan and a new stage of the struggle for human rights began.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 88 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17785272 ZIYO UL-HAQ HARBIY REJIMINING AYOLLAR HUQUQLARIGA TA’SIRI To‘xtasinova Shaxnoza Ibroximovna Sarbon universiteti tarix fani o‘qituvchisi. ANNOTATSIYA In Pakistan, the military regime led by General Muhammad Zia-ul-Haq from 1977 to 1988 brought about a fundamental change in the political and social life of the country. This period is known in history as the “Islamization Policy”, which changed not only the system of state governance, but also the socio-cultural structure of society. In particular, the laws adopted in the field of women’s rights, including the Territory Ordinances and Evidence Laws, dealt a serious blow to the principles of gender equality. As a result of this policy, the legal status of women declined. It was during this period, when women’s social activities were limited, that the modern women’s movement was formed in the Islamic Republic of Pakistan and a new stage of the struggle for human rights began. Kalit so‘zlar: Gender, Ziyo ul-Haq, BMT, Ayollar harakati forumi, islomlashtirish. Pokistonda 1977-1988-yillarda general Muhammad Ziyo ul-Haq boshchiligidagi harbiy rejim mamlakat siyosiy va ijtimoiy hayotida tub burilish yasadi. Mazkur davr “Islomlashtirish siyosati” nomi bilan tarixda muhrlangan bo‘lib, u nafaqat davlat boshqaruv tizimini, balki jamiyatning ijtimoiy-madaniy tuzilmasini ham o‘zgartirdi. Ayniqsa, ayollar huquqlari sohasida qabul qilingan qonunlar, jumladan Hudud farmonlari va Dalil qonunlari gender tengligi tamoyillariga jiddiy zarba berdi. Ushbu siyosat natijasida ayollarning huquqiy maqomi pasaydi. Xotin-qizlar ijtimoiy faoliyati cheklangan aynan shu davrda Pokiston Islom Respublikasida zamonaviy ayollar harakati shakllandi va inson huquqlari bo‘yicha kurashning yangi bosqichi boshlandi. Ziyo ul-Haqning hokimiyat tepasiga kelishi Pokiston tarixidagi eng keskin siyosiy burilishlardan biri bo‘ldi. 1977-yilning 5-iyulida “Saylovlarda yuz bergan firibgarlik” va “ommaviy norozilik” baxonasi bilan u o‘sha paytdagi Bosh vazir Zulfikor Ali Bhutto hukumatini ag‘darib, harbiy to‘ntarish e’lon qildi. 1 Hokimiyat boshqaruvining 1 Ayesha Jalal. The State of Martial Rule: The Origins of Pakistan's Political Economy of Defence. – Cambridge: Cambridge University Press, 1990. – P. 213. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 89 dastlabki yillarda Ziyo ul-Haq konstitutsiyani to‘xtatib, parlamentni tarqatib yubordi. Sud tizimi harbiy farmonlarga bo‘ysundirildi, siyosiy partiyalar faoliyati cheklab qo‘yildi. Bunday vaziyatda harbiy rejimning siyosiy legitimligini saqlab qolish maqsadida Ziyo ul-Haq diniy institutlar bilan strategik ittifoq tuzdi. U diniy ulamolar va konservativ siyosiy kuchlarni hokimiyatning mafkuraviy tayanchi sifatida jalb etdi. O‘z hokimiyatini mustahkamlash va uni xalq ko‘z o‘ngida qonuniy, diniy hamda axloqiy jihatdan asoslash uchun Muhammad Ziyo ul-Haq murakkab siyosiy va mafkuraviy tizim yaratdi. Harbiy to‘ntarish orqali hokimiyat tepasiga kelgan rahbar uchun legitimlik masalasi eng dolzarb muammo edi. U buni diniy qadriyatlar, milliy manfaat va xalqaro vaziyatni bir-biriga uyg‘unlashtirish yo‘li bilan hal etishga urindi. Shuningdek, Ziyo ul-Haqning hokimiyatni mustahkamlash jarayonida islomiy ideologiyani siyosiy vosita sifatida qo‘llashning yana bir asosiy maqsadi rejimni “muqaddaslashtirish” edi. Bu esa diniy e’tiqodlarni davlat boshqaruvi bilan uyg‘unlashtirib, jamiyatni islomiylashtirish jarayonini yanada tezlashtirdi. Ziyo ul-Haq o‘z rejimini “muqaddaslashtirish” yo‘lida o‘zining siyosiy harakatlarini “milliy va diniy burch” sifatida taqdim etdi. 1 Harbiy to‘ntarishdan keyingi dastlabki yillarda u Qur’on tamoyillari bilan birga davlat asoschisi liberal g‘oyalarga ega bo‘lgan Muhammad Ali Jinna g‘oyalarini ham ilgari surdi. Bu orqali u bir tomondan davlat va jamiyatni islomlashtirishga harakat qilgan bo‘lsa, ikkinchi tomonda o‘zini mamlakat asoschilari bilan bog‘lashga harakat qildi. Ziyo siyosatini diniy asosda legitimlashtirish uchun diniy tashkilotlar va ulamolar bilan faol hamkorlik o‘rnatdi. Xususan, “Jamaat-e Islami” harakati bilan yaqin aloqada bo‘lib, ularning mafkuraviy ko‘magidan foydalandi. 2 Bu tashkilotlar harbiy hukumatga diniy qonunlarni joriy etish va shariatga asoslangan boshqaruv tizimini yaratishda yordam berishdi. Boshqa tomondan, Ziyo ul-Haq o‘z rejimini xalqaro sahnada ham qonuniylashtirish uchun AQSh va G‘arb davlatlari bilan strategik hamkorlikni kuchaytirdi. Ayniqsa, 1979-yilda boshlangan Afg‘on urushi davrida Pokiston AQSh ning eng muhim ittifoqchisiga aylandi. Bu davrda Vashington Islomobodga katta miqdorda harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatdi. 3 Natijada, xalqaro maydonda Ziyo rejimi “kommunizmga qarshi kurashayotgan islomiy qal’a” sifatida e’tirof etildi. Ichki siyosatda esa Ziyo ul-Haq diniy tashviqot va ideologik nazoratni kuchaytirish orqali o‘z hokimiyatini mustahkamladi. Davlat televideniyasi va 1 O‘sha adabitot P. 102 2 Nasr, Seyyed Vali Reza. The Vanguard of the Islamic Revolution: The Jama‘at-i Islami of Pakistan. – California: University of California Press, 1994. – P. 211. 3 Haqqani Husain. Pakistan: Between Mosque and Military. Carnegie Endowment for International Peace, 2005. https://carnegieendowment.org/events/2005/07/pakistan-between-mosque-and-military?lang=en (20.06.2025) INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 90 matbuotda islom qadriyatlari markaziy mavzuga aylandi. Ayollar kiyinish madaniyatidan tortib, erkaklarning axloqigacha bo‘lgan ko‘rsatmalar targ‘ib qilindi. Shariat qonunlarini joriy etish jarayoni esa “Islomiy inqilob” sifatida ko‘rsatildi. Ziyo ul-Haq o‘z hokimiyatini harbiy va diniy ustuvorlik o‘rtasida muvozanatlashtirdi. Bu esa o‘z navbatida jamiyatda ayollar mavqeiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. U ayollarni “Islomiy qadriyatlarga sodiq millat onalari” sifatida talqin qilib, ularning ijtimoiy faolligini cheklashni ma’naviy vazifa deb ko‘rsatdi. 1979-yilda Ziyo ul-Haq Hudud Farmonlarini 1 joriy etish orqali islomiy jinoyat qonunchiligini amalda tatbiq eta boshladi. Ushbu qonun to‘rt asosiy bo‘limdan iborat bo‘lib, ular zino, o‘g‘rilik, ichkilikbozlik va tuhmat kabi jinoyatlarni Qur’on va sunnat asosida jazolashni nazarda tutardi. Bu qonunlarning qabul qilinishi bilan Pokiston jamiyatida ayollar huquqlariga nisbatan tub burilish yuz berdi. Ayniqsa, zino va zo‘rlash bilan bog‘liq holatlarda ayollarni jinoyatchi sifatida ko‘rish holatlari ko‘paydi. Bu esa ayollarning shaxsiy erkinligini jiddiy darajada cheklab, erkaklarning diniy va ijtimoiy ustunligini mustahkamladi. Ziyo rejimi ta’lim tizimidan o‘z hokimiyatini mustahkamlash uchun yana bir muhim vosita sifatida foydalandi. Maktab va universitetlarda o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritildi, tarixiy darsliklarda islomiy qahramonlar markazga qo‘yildi. Natijada yosh avlod ongida Pokiston va islom tushunchalari birlasha boshladi. Masjidlar va madrasa tarmoqlari kengaytirildi, diniy ta’lim muassasalari davlat siyosatini qo‘llabquvvatlash markaziga aylandi. Bu jarayon ayniqsa ayollar ta’limi masalasida sezilarli o‘zgarishlarga olib keldi. 1980-yillarda qizlar uchun mo‘ljallangan o‘quv dasturlari asosan diniy-maishiy yo‘nalishda shakllantirildi, fan, texnika yoki siyosat sohalariga oid bilimlar ikkinchi darajaga tushirildi. 2 Islomlashtirish siyosati, bir tomondan, diniy qadriyatlar tiklanayotganini ta’minlagandek ko‘rinsa-da, amalda bu siyosat patriarxal jamiyatni mustahkamlab, ayollarni “uy bekasi” roliga qaytardi. Davlat idoralari, sud tizimi va ommaviy axborot vositalari orqali davlat ayollar yangi obrazini qayta shakllantirdi. Unda ayollar jamiyatning faol subyekti sifatida emas, balki “uy bekasi” sifatida talqin qilindi. Ziyo ul-Haqning diniy siyosati nafaqat ichki, balki tashqi omillar bilan ham uzviy bog‘liq edi. 1979-yilda Sovet Ittifoqining Afg‘onistonga bostirib kirishi Pokistonning geosiyosiy ahamiyatini keskin oshirdi. AQSh va G‘arb mamlakatlari Pokistonni “Afg‘on jihodi”ning markaziy tayanch nuqtasi sifatida ko‘rdi. Shu bilan birga, bu davrda G‘arb davlatlari inson huquqlari sohasidagi buzilishlarga nisbatan ko‘z yuma 1 Government of Pakistan. Hudood Ordinances 1979 – Overview and Text. National Assembly of Pakistan, Islamabad. URL: https://na.gov.pk/en/content.php?id=75 (Ko‘rildi: 2025-10-20) 2 Abdul Razaque Channa “Women and Education under Zia.” (19.08.2025) https://pakistanpressfoundation.org/women-and-education-under-zia/.com INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 91 boshladilar, chunki ularning asosiy maqsadi Sovet ta’sirini cheklash edi. Bu esa Ziyo ul-Haqqa jamiyatni islomlashtirish jarayonida nisbatan erkin harakat qilish imkonini berdi. Ushbu davrda ayollar nafaqat huquqiy, balki iqtisodiy jihatdan ham cheklanishga duch keldi. 1980-yillarda davlat sektorida ayollar ulushi kamaydi, ish joylarida ularning faoliyati diniy me’yorlar bilan chegaralandi. 1 Xatto ba’zi idoralarda ayollarning erkak hamkasblari bilan bir xonada ishlashiga ruxsat berilmadi. Bu esa iqtisodiy faollikning pasayishiga, ayollarni norasmiy mehnat bozoriga surilishiga olib keldi. Shuga qaramasdan, Ziyo ul-Haq davrida ayollarning huquqiy va siyosiy kurash shakli paydo bo‘ldi. 1981-yilda tashkil etilgan Ayollar harakati forumi, Shirkat Gah va Aurat Fondi kabi tashkilotlar ayollar huquqlari buzilishiga qarshi keskin chiqishlar qilishdi. Ular xalqaro hamjamiyat e’tiborini Pokistondagi gender tengsizlik muammosiga qaratdilar. AHF a’zolari xalqaro inson huquqlari tashkilotlari bilan hamkorlikda “Hudud farmonlari”ni bekor qilish talabini ilgari surdilar. Ularning faoliyati, ayniqsa, 1983-yilda Lahorda o‘tkazilgan norozilik namoyishlari bilan tarixda muhim iz qoldirdi. 2 Bu voqea keyinchalik Pokiston ayollar harakati uchun ramziy ahamiyat kasb etdi. AHF o‘z faoliyatida ikki asosiy tamoyilga tayanardi: birinchisi ayollarni diniy asosda kamsitishga qarshi kurash, ikkinchisi esa harbiy rejimning siyosiy monopoliyasiga qarshi fuqarolik qarshiligini rivojlantirish. AHF tarkibiga universitet o‘qituvchilari, advokatlar, jurnalistlar, yozuvchilar, san’atkorlar, va hatto uy bekalari ham kirgan. Tashkilotning dastlabki faoliyati Lahor va Karachi shaharlarida o‘tkazilgan “Adolat va qonun oldida tenglik” shioridagi mitinglar bilan boshlandi. Bu namoyishlarda Hudud qonuni va Guvohlik to‘g‘risidagi qonunlarning adolatsiz talqinlari tanqid qilindi. Ziyo ul-Haq davrida qabul qilingan Hudud farmonlari va Dalillar qonunlari ayollarning ijtimoiy mavqeini huquqiy jihatdan ham pasaytirdi. Ushbu qonunlar, diniy asosda “jinoyat va axloqni tartibga solish” maqsadini ko‘zlagan bo‘lsa-da, amalda ularning natijasi ayollarni ikkinchi darajali subyektga aylantirdi. Masalan, zino jinoyati bo‘yicha erkakning ayblanishi uchun to‘rtta erkak guvoh talab qilinar edi, bu esa zo‘ravonlik holatlarida ayolning huquqiy himoyasini deyarli imkonsiz qilgan. 1 Nazli, Hina; Nazli, Samina. Trends in Female Employment at the Federal Government Level: A Critical Appraisal of 1983–1989. // The Pakistan Development Review. – Islamabad: Pakistan Institute of Development Economics, 1995. – Vol. 34, No. 4 (Part III). — pp. 412–419. URL: https://pide.org.pk/research/trends-in-female-employment-at-the-federal-government-level-a-criticalappraisal-of-1983-1989/ 2 “Women recount 1983 protest against discriminatory laws.” (15.03.2025) https://www.dawn.com/news/1534095.com INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 92 Natijada, ko‘plab ayollar zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan holatda o‘zlari aybdor sifatida jazolangan. Ziyo davrida ayollar huquqlarining toraytirilishi faqatgina diniy asosda emas, balki siyosiy nazoratni kuchaytirish vositasi sifatida amalga oshirilgan edi. Hokimiyat islomiy qadriyatlarni himoya qilish asnosida siyosiy muxolifatni, xususan ayollar harakatlarini sustlashtirishga erishdi. Ayollar harakati vakillari, masalan, Ayollar harakati forumi a’zolari “G‘arbning agentlari” yoki “dinga qarshi kuchlar” sifatida ayblanib, ularning faoliyati cheklab qo‘yildi. Shu tarzda, ayollarni siyosiy jarayondan chiqarish diniy ritorika yordamida qonuniylashtirildi. 1 Ziyo ul-Haq diniy institutlar bilan hamkorlikda ayollar mavzusini ideologik jihatdan qayta shakllantirdi. Masalan, 1981-yilda chiqarilgan hukumat farmonlariga ko‘ra, barcha davlat o‘quv darsliklarida ayollar “bo‘ysunuvchi va sadoqatli” obrazda tasvirlanishi shart etib belgilandi. 2 Qizlar uchun mo‘ljallangan ta’lim dasturlarida diniy tarbiya fanlarining ulushi 40 foizga oshirildi, texnik fanlar esa qisqartirildi. Bu jarayon ayollar tabiatini diniy stereotiplarga moslashtirish siyosati sifatida qaraladi. Ziyo ulHaq ayollar mavqeini mafkuraviy yo‘lda ishlatish orqali milliy va diniy birdamlikni ramziy shaklda mustahkamlashga intildi. Harbiy boshqaruv sharoitida siyosiy muxolifatni bostirish uchun u jamiyatni islomiy axloq atrofida birlashtirishni maqsad qildi, bunda ayol obrazi axloqiy muvozanatning timsoli sifatida ishlatildi. Natijada, ayollar tanasi, kiyimi va xulqi jamiyatdagi axloqiy mezonning o‘lchovi sifatida belgilandi. Bu esa gender tengligini buzdi va jamiyatdagi mavjud patriarxal boshqaruvni yanada mustahkamladi. Bu mafkuraviy yondashuv xalqaro maydonda ham tanqid ostiga olindi. Human Rights Watch, Amnesty International, va United Nations Commission on the Status of Women kabi tashkilotlar Ziyo rejimini ayollarni siyosiy vosita sifatida ishlatayotgani, ularning huquqlarini diniy niqob ostida buzayotganini qayd etishgan. 3 Shunga qaramay, hukumat bu tanqidlarni davlatning ichki ishi sifatida talqin etib rad etdi va o‘z siyosatini islomiy qadriyatlarni g‘arb feministik ta’sirdan himoyalash pozitsiyasida mustahkam turdi. 1 Weiss, Anita M. “Women’s Action Forum and the Politics of Gender in Pakistan.” Asian Survey. – Vol. 29, No. 4 1989. – pp. 452–456 2 Mumtaz, Khawar; Shaheed, Farida. Women of Pakistan: Two Steps Forward, One Step Back? - London: Zed Books, 1987. - P. 104–106. 3 Human Rights Watch. Women in Pakistan: Rights under Zia-ul-Haq - New York: Human Rights Watch, 1987. - pp. 4–9. URL: https://www.hrw.org/reports/1999/pakistan/Pakhtml-03.htm; Amnesty International. Pakistan: Violations of Human Rights under the Military Regime - London: Amnesty International, 1982. - pp. 3–8. URL: https://www.amnesty.org/en/documents/ASA33/001/1982/en/; United Nations Commission on the Status of Women. Report of the Commission on the Status of Women 1981–1983 - New York: United Nations, 1983. - pp. 22–27. URL: https://digitallibrary.un.org/record/1317557 INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 93 Ushbu harakatlar natijasida ayollar harakati bir tomondan diniy normalardan, ikkinchi tomondan esa siyosiy tuzum ularni davlat mafkurasining vositasiga aylantirishi orqali cheklanganligidan qiyin vaziyatda edi. Shu sababli, 1980-yillarda ayollar harakati nafaqat huquqiy, balki jamiyatda ijtimoiy-madaniy ozodlik uchun ham kurash olib borishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib, Ziyo ul-Haq ayollar mavqeini diniyideologik vosita sifatida ishlatish orqali o‘z hokimiyatining ijtimoiy tayanchini mustahkamladi, ammo bu jarayon Pokiston jamiyatida uzoq muddatli ijtimoiy konservatizmni kuchaytirdi. Natijada, ayollar faqat siyosiy emas, balki ma’naviy va madaniy jihatdan ham ikkinchi darajali toifaga aylantirildi. Shunga qaramasdan bu jarayonlar ayollarning ijtimoiy ongini o‘zgartirdi, ularni huquqiy kurash yo‘liga boshladi. Aynan Ziyo davrida shakllangan bu kurash Pokiston tarixida yangi bosqichni boshlab berdi. Endi ayollar o‘z huquqlari uchun siyosiy harakatlarga birlasha boshladi. Shu tariqa, Ziyo ul-Haqning harbiy rejimi bir tomondan ayollar huquqlarini cheklagan bo‘lsa, boshqa tomondan ularning ongida tenglik va adolat uchun kurash zarurligini uyg‘otdi. 1979-yilda qabul qilingan Hudud farmonlari va 1984-yilda joriy etilgan Dalillar to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, ayolning guvohligi erkakning guvohligining yarmiga tenglashtirildi. 1 Bu hujjat faqat sud jarayonlarida emas, balki butun ijtimoiy hayotda ayollarning mavqeini pasaytirdi. Shu tariqa, ayollar ishtiroki bilan bog‘liq har qanday ijtimoiy va huquqiy faoliyat cheklana boshladi. Ziyo davrida Federal Shariat sudining tashkil etilishi ham muhim voqea bo‘ldi. Bu sud diniy tamoyillar asosida faoliyat yuritib, mavjud qonunlarni islom diniga muvofiqligi nuqtai nazaridan baholardi. Amalda esa bu institut erkaklar tomonidan boshqarilib, patriarxal tuzumni mustahkamlash vositasiga aylandi. Natijada, ayollar manfaatlari ko‘pincha diniy matnlarning erkaklar foydasiga talqin qilinishi bilan cheklandi. XULOSA Ushbu davrda ayollar masalasi siyosiy hokimiyat va diniy mafkura o‘rtasidagi eng muhim mavzulardan biriga aylandi. Hokimiyat o‘zining “Islomiy jamiyat” konsepsiyasini shakllantirish jarayonida ayollar mavqeini markaziy ramz sifatida ishlatdi. Ularning ijtimoiy roli, huquqlari va kundalik hayoti “diniy qadriyatlarni himoya qilish” niqobi ostida siyosiy maqsadlar uchun qayta talqin qilindi. Bu esa ayollarni ijtimoiy faolligini har tomonlama cheklab qo‘ydi. 2 1 Weiss Anita M. Women, the State and Ideology in Pakistan: The Zia-ul-Haq Years - London: Palgrave Macmillan, 1987. - P. 132. 2 Weiss, Anita M. Women, the State and Ideology in Pakistan: The Zia-ul-Haq Years. Palgrave Macmillan, 1987. – P. 98. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 94 Ziyo ul-Haq hokimiyatining ilk yillaridagi islomiylashtirish siyosati avvalo ayollar libosi, xulq-atvori va oiladagi o‘rnini tartibga solishdan boshlandi. 1979-yildan boshlab davlat televideniyesi va matbuotda ayollar “iffat, itoat va sadoqat” timsolida tasvirlana boshlandi. 1 Ularning kiyinish madaniyatiga oid qat’iy me’yorlar joriy qilindi: davlat idoralarida ishlovchi ayollar uchun hijob yoki kamida boshni yopuvchi ro‘mol majburiy tarzda tavsiya etildi. Bu jarayon asta-sekin majburiy ijtimoiy normaga aylandi. Shu orqali hukumat harbiy hokimiyatni islomlashtirish orqali ayollar tanasi va libosini siyosiy nazorat obyekti darajasiga tushirdi. 1980-yillarda hukumat tomonidan o‘tkazilgan ommaviy axborot kampaniyalarida ayol obrazi asosan uy bekasi, tarbiyachi yoki sodiq rafiqa sifatida gavdalantirildi. Ayolning ijtimoiy faol shaxs sifatidagi roli esa “G‘arb ta’sir” yoki “axloqiy buzuqlik” bilan bog‘lab talqin qilindi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Ayesha Jalal. The State of Martial Rule: The Origins of Pakistan’s Political Economy of Defence. – Cambridge: Cambridge University Press, 1990. – P. 213. 2. Nasr, Seyyed Vali Reza. The Vanguard of the Islamic Revolution: The Jama’at-i Islami of Pakistan. – California: University of California Press, 1994. – P. 211. 3. Haqqani Husain. Pakistan: Between Mosque and Military. Carnegie Endowment for International Peace, 2005. (20.06.2025) 4. Government of Pakistan. Hudood Ordinances 1979 – Overview and Text. National Assembly of Pakistan, Islamabad. URL: (Ko‘rildi: 2025-10-20) 5. Abdul Razaque Channa “Women and Education under Zia.” (19.08.2025) 6. https://carnegieendowment.org/events/2005/07/pakistan-between-mosque-andmilitary?lang=en 7. https://na.gov.pk/en/content.php?id=75 8. https://pakistanpressfoundation.org/women-and-education-under-zia/.com 1 Osha adabiyot P. 140